Book · May 019 citations reads 28,341 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/86
Sana20.09.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1682832
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   86
Bog'liq
Ritorika

Oldiga kelganin yomok xayvonning ishi,
Og‘ziga kelganni demak nodonilig ishi 
A.Navoiy 
 Islomiy manbalarda ham iymon qalbdadir deb bejizga ta’kidlanmagan. Biroq, 
uni so‘z bilan ifoda qilmasa, foydasi yo‘q. Namoz ham amaldir, u ham muqaddas 
so‘zlardan tashkil topgan. Inson «so‘zning ahamiyati yo‘q» deyishi bilan o‘z-
o‘zingni inkor etadi. Chunki shu fikrni ham so‘z bilan ifoda qilayotganligini bilmay 
qoladi. Islom dini insonlarni shirinso‘z bo‘lishga chaqirishi bejiz emas. Zero, 
Qur’onda «Bandalarimga aytgin, ular eng go‘zal bo‘lgan narsani aytsinlar. Albatta, 
shayton oralarini buzib turadi» (Isro surasi,53 oyat) . Alloh mana shu oyatda 
musulmonlarni o‘zaro suhbatlarida, gap-so‘zlarida shirinso‘z bo‘lishga buyuradi. 
Agar ular buyruqqa itoat etmay, yomon so‘zlarni ixtiyor qilsalar, albatta shayton 
oralarini buzadi va natijada yomonlik va dushmanlik sodir bo‘ladi. Qur’onning 
Baqara surasi, 83-oyatida esa Alloh aytadiki, “Va odamlarga yaxshi gaplar ayting”.
1
So‘z inson tanasiga turlicha ta’sir etadi. Inson xar doim navqiron, bardam 
bo‘lishi uchun boshqa insonlarni ranjitmasliklari, dilini vayron qilmasliklari hamda 
o‘zlari ham xushtabiat bo‘lishlari lozim. 
Uquv va bilimning tarjimoni ham tildir. Kishiga rushnolik, yaxshilik va ezgulik 
til tufayli keladi. Agar tilga e’tibor bermasa, uni noo‘rin ko‘llansa, insonning boshiga 
kulfatlar keltiradi. 
Til arslon misoli yotar qafasda,
Bexabar boshini u er nafasda
Tilidan tutilgan ne deyar, eshit,
Amal qil bu so‘zga, o‘zingga esh et.
Bolo keltiradi boshga bu til 
So‘zingni tiyib yur, boshing yorilmasi
1
Qur’oni Karim. T.: Cho‘lpon nashriyoti. 1992. B.168. 


99 
Tilingni tiyib tur, tishing sinmasin.
Yusuf Hos Xojib 
Shirinso‘zlik ko‘pgina muvoffaqiyatlarning omilidir, u taraqqiy etgan jamiyat 
tashkil etishning asoslaridan biridir. Shuning uchun ham bu narsaga barcha buyuk 
donishmandlar katta ahamiyat berib kelganlar. Ular doimo boshqalarga yaxshi 
so‘zlarni aytish, muloyim gaplarni tanlashga undaganlar. Yaxshi, muloyim gapni 
ishlatish insonning obro‘sini orttiradi, do‘stlarini ko‘paytiradi, hammaning hurmatiga 
sazovor qiladi. 
Donolar aytibdurlar: "Ey farzand.So‘z turt nav bo‘ladi: birinchisi- bilishga 
aytishga hojati yo‘q so‘zlar; ikkinchisi bilishga va aytishga zarur bo‘lgan so‘zlar; 
uchinchisi - bilishga zaruri yuq ammo aytsa bo‘ladigan so‘zlar; to‘rtinchisi bilsa 
bo‘ladigan, ammo aytishga hojati yo‘q so‘zlar. 
Ammo aytiladigan va bilinadigan so‘z shunday bo‘ladiki, dunyoning yaxshiligi 
shu so‘zga bog‘liq bo‘ladi. Bunday so‘z dunyo uchun foydalidir. Bunday so‘zni 
aytuvchiga ham, eshituvchiga ham ko‘p manfaati bor. 
Bilish mumkim – u, gapirish mumkin bo‘lmaydigan so‘zlar shunday bo‘ladiki, 
bir dust kishining aybi senga ma’lum bo‘ladi. Aql tomonidan o‘ylagan vaqtida uni 
aytish bexayodikdir. Shu aybni aytsang, do‘stingni jaxli chiqadi, u sendan xafa bo‘ladi 
yoki o‘z boshiga katta g‘avg‘o ortirib alasan, shuning uchun bu so‘zni bilish kerak, 
ammo aytmaslik lozim.... 
Ey farzand, hamma vaqt to‘g‘ri so‘z gapir.shoshilishdan qochgil. xar bir 
so‘zga quloq sol, tezlik qilma. O‘ylasmasdan so‘zlama xar bir so‘zni o‘ylab gapir, to 
aytgan so‘zingdan po‘shaymon bo‘lmagaysan. Sovuq, so‘z so‘zlama. Sovuq so‘z bir 
ypyg‘, undan dushmanlik hosil bo‘ladi
1
Alisher Navoiy ham so‘zning xashamdorligidan ko‘ra, haqqoniyligini 
ulug‘laydi. Shirin so‘zli, el uchun foydasi tegadigan notiqlarga yon bosadi. Ularning 
xizmatini masjid imomlarining qilayotgan ishlaridan yuqori ko‘yadi. Shu tufayli ular 
uchun imomlarga nisbatan ancha ko‘p mablag‘ ajratishni tavsiya etadi: "Voizga yillik 
naqdi besh yuz oltun, bug‘doy un yuq. Imomg‘a masjidi jome’da xatib bo‘lib, 
1
Kaykovus. Qobusnoma. Т.:Istiqlol 994. B 39-41 


100 
maktabdag‘i tutgay, yillik nafi ikki yuz oltun, bug‘doy un yuq."
1
Demak, shirin so‘zli bo‘lish tarbiyalanganlik belgisidir. Kuch bilan erisha olmagan 
narsaga so‘z bilan erishish mumkin. 
«Muomala» so‘zi zamirida butun insoniyat taqdiri mujassam» ekanligini 
e’tirof etgan adabiyotshunos olim N.Bekmirzaev muomala va shirinso‘zlikning 
inson hayotidagi o‘rni, ahamiyati, qimmatiga doir ma’lumotlarni keltiradi. Ayniqsa 
sansirab murojaat qilish odobsizlik ekanligi, do‘q-po‘pisa betayinlik va beburdlik 
nishonasi ekani haqida ta’kidlab, «Har bir odam o‘zining shaklu-shamoyil 
go‘zalligiga vaqt va pul sarflash hisobiga erishadi. Agar odamlardagi shakl 
go‘zhalligiga ma’naviy –axloqiy go‘zallik, muomala madaniyati ham qo‘shilsa 
bormi, nur ustiga a’lo nur bo‘lardi. Bundaylarni komillikka intilish yo‘lidan borib, 
odamlarga shirin so‘zlari bilan ruhiy madad beradiganlar safiga kiritish lozim»
2

deydi.
Darhaqiqat, chiroyli muomalaning qudrati inson bilimi bilan ham belgilanadi. 
Zero, oqilonalik so‘z, nutq bevosita tafakkur mahsuli, tafakkur esa bilimsiz vujudga 
kelmaydi. Shu bois, bilimsizlik o‘zaro muloqotda, insonlararo munosabatda pand 
berib qo‘yishi, aksincha, oqil kishining tili so‘zda erkli, mushohadali bo‘lib, 
ko‘plarga naf keltirganligi haqida pandnomalarda bitilgan. 
Bugungi kunda insonlararo muloqotda, odamlar orasida andishasiz so‘zlar, 
behayo gaplar, tuturuqsiz fikrlar, mantiqsiz mulohazalar va shallaqilik ko‘payib 
borayotganligi achinarli xoldir. Ayniqsa, bozorlarda, jamoat transportlarida, ko‘cha-
kuyda bunday illatlar tez-tez ko‘zga tashlanmoqda. Eng achinarlisi shundaki, yomon 
so‘zlar bilan murojaat qilish, so‘kinib gapirish ziyo maskanlari hisoblanmish ta’lim 
muassasalarida, madaniyat o‘chog‘i bo‘lmish san’at saroylariga ham kirib 
borayotganligini kishini ajablantiradi. Ayrim qizlarimiz va o‘g‘il bolalarimizning 
bir-biriga aytayotgan gapini, muomalasini ko‘rib xijolatli xolatga tushasan. Xattoki 
global tarmoqlarda ham yozma nutqlardagi savodsizlikdan tashqari behayo, 
xaqoratli so‘zlarni bemalol ishlatayotgan insonlar ko‘payib borayotganligi achinarli 
1
Alisher Navoiy. Asarlar. Т13. B.178 
2
Bekmirzaev N. Notiqlik san’ati asoslari. Т. Universitet. 2005. B.14 


101 
xol xisoblanadi. 
Bejizga «Inson gapiruvchi hayvondir». Uning xususiyati hayvonlikdan va 
gapirishdan iborat»-deb ta’kidlagan edi mavlono Jaloliddin Rumiy. Hayvonlik unda 
doimiydir, ayrilmasdir. So‘z ham shundoq. Inson ko‘rinishidan hech narsa demasa 
ham, ichida hamisha gapiradi. Bu xol go‘yo loy qorishgan suv toshqiniga o‘xshaydi. 
Toshqinning toza suvi insonning so‘zi (nutqi) balchig‘i esa hayvonligidir. Biroq, 
balchiq unda o‘tkinchi bo‘lib, vaqt kelib ulardan asar ham qolmaydi. Yaxshi yoki 
yomon bo‘lishiga qaramay, so‘zlar, hikoyalar va bilimlar qoladi. Odamlarning 
yomonliklariga sabr qilmoq go‘yo o‘z nopokligini ularga surtib tozalangan kabidir. 
Sening fe’li huying tahammul bilan yaxshilanadi. Ularniki esa zulm va yomon 
muomala sababli buziladi. Buni eslab olding va endi o‘zingni pokla»-deydilar
1
Darhaqqat, so‘z inson qalbini ilitadi va shu bilan birga so‘z inson qalbini 
jarohatlaydi ham. Shu bois xalqimizda «Tig‘ yarasi ketar, so‘z yarasi ketmas», 
degan maqol bekorga aytilgan emas. Chunki so‘zning qudrati benihoya katta. Husn 
jamoli yo‘q odam shirin so‘z bo‘lsa, go‘zal va shirin so‘zi bilan barchani qo‘lga 
oladi aksincha tili yomon odam xalq ko‘nglini jarohatlaydi. 
Notiq shaxsiga qo‘yiladigan talablar. Notiq birinchi navbatda o‘zini shaxs 
sifatida shakillantirishga xarakat qilishi kerak. Insoniy fazilatlar unda mujassam 
bo‘lishi lozim. Notiq kamtar, shirin so‘z, odamjonli, sermulohazali, bamani va 
diyonatli inson bo‘lishi kerak. Bunday axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan insonlarni 
fikrlarini to‘g‘riligiga hech kim shubha kilmaydi. 
Shirinsuxan, axloqli insonlarni alohida, maxsus joylarda etishtirilmaydi. Ular ham
bizning jamiyatimizda kamol topib boradilar. 
Notiqlik san’atida adolat va haqiqat masalalari haqida juda ko‘p fikrlarni 
berish mumkin. Bugungi kunda TV, radio, internet orqali xar - hil ma’lumotlar berib 
kelinmoqda. Lekin bu ma’lumotlarni barchasini ham to‘g‘ri deb bulmaydi. Ya’ni 
siyosiy informatsion kurash ketmoqda. Bu ma’lumotlarni tug‘ri yoki noto‘g‘ri 
ekanligi o‘z ishining yetuk mutaxasnslari o‘z nutqlari bilan joylarda, yoki o‘sha TV, 
1
Mavlono Jaloliddin Rumiy. Ichingdagi ichingdadir. Т.Yozuvchi. 1997. B.67 


102 
radio orqali jamoaga etkazishlari lozimdir. 

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling