Boqijonova sevinch


Suvda va quruqda yashovchilarning kelib chiqishi


Download 1.18 Mb.
bet2/3
Sana10.03.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1257593
1   2   3
Bog'liq
SUVDA HAMDA QURUQLIKDA YASHOVCHILAR SINFINI O\'RGANISHNING ZAMONAVIY USULLARI

2.4Suvda va quruqda yashovchilarning kelib chiqishi
Eng qadimgi suvda ham quruqda yashovchilar xaqidagi hamma ma’lumotlar so’nggi vaqtgacha devon davrining keyingi qatlamlaridan topilgan besh barmoqli oyoq tamalari bilan cheklanib kelgan edi. Keyinchalik Grenlandiyada so’nggi qazishlarda devon davrining so’nggi qatlamlaridan besh barmoqli hayvonlarning but bo’lmagan bosh skeleti topildi. Bu skelet suvda va quruqda yashovchilar skeletining belgilarini eslatar edi. Yuqori janing eng chetidan joy olgan burun teshigining borligi (ikki xil nafas oluvchilarda) bular boshqa qazilma amfibiyalardan ko’ra baliqlarga yaqin turadi.
Nazariy tomondan mulohaza qilganda amfibiyalarning qadimgi avlodlari cho’tka qanotli baliqlar bilan devon davrida yashagan amfibiyalarga to’ri keladi.
Stegostefallar – yoki kosa boshli amfibiyalar
2.5.Suvda va quruqda yashovchilar ekologiyasi
Yashash sharoiti va tarqalishiamfibiyalar poykiloterm (sovuq qonli) hayvonlar guruhiga kiradi. Bular ikkita omil tashqi muhit tempraturasi va muhitning kamligi asosiy rol o’ynaydi. Shuning uchun ular sahrolarda, qutblarda uchramaydi. Tanada bulanishni yuqori bo’lishi tana tempraturasini muhit tempraturasidan farq qildiradi. (odatda 2-30 farq qilsa, quruq muhitda 8-90 faqr qiladi) (Kavkazda 6 ta tur, O’rta Osiyoda 2 ta tur yashaydi)
Amfibiyalar konstentrastiyasi 1,0-1,5 dan oshiq bo’lgan sho’r suvlarda yashay olmaydi.
Цiklliligi suvda va quruqda yashovchilarda sutka va fasl stikilliligi bor, tinchlik davri bilan aktivlik davri to’ri tartibda ajralib turadi.

  • Sutka stiklliligi

  • Fasl stiklliligi: yil fasllarning o’zgarishi, yozgi quroqchilik, qishki sovish ularni hayotiga keskin ta’sir ko’rsatadi.

Soninnig o’zgarib turishiularni kamayib ketishi quroqchilik xisoblanadi. 1-2 yil ichida ular soni bir necha o’n barobar ko’payib qolishi ham mumkin.
Ovqatlanishi – bizda yashaydigan amfibiyalar deyarli umrtqasizlar bilan ovqatlanadi ularning mayda kemiruvchilar, er qazirlar, qushlar, kalta kesaklarni ham tutib eyishi ma’lum.
O’rchishi – suvda va quruqlikda yashovchilarning eng harakterli belgisi o’rchish davrida suvda turishiga sabab bo’ladi. Metomarfozni o’taydi.
Neoteniya – shuning bilan birga dumli amfibiyalarda metomorfoz prostessi yashash sharoitining xususiyatlari o’zgarishi munosabati bilan bir qancha vaqt to’xtab turishi va butunlay bo’lmasligi ham mumkin. Bu hodisa neoteniya, ya’ni lichinkani o’rchishi diyiladi.
Barcha dalillarga ko’ra dumli amfibiyalar – metomorfozlanish layoqatini yo’qotgan neotenik lichinkadan boshqa narsa emas.
Masalan: Texas orida yashaydigan ko’p tiriton Amerikada yashaydigan o’pkasiz triton lichinkasidir.
Quruqlikda rivojlanish xodisalaribu sinfga kiradigan hayvonlar orasida bir qancha turlar borki, ular suv havzalariga to’la bolanmagan, yoki batamom bolanmagan holda o’tadi. Bu 19 ta oiladan 14 tasida (“Naslga qayurish”) holida ko’rinadi.
Quruqlikda rivojlanish usuli ikkiga bo’linadi:
1. Chala quruqlikda rivojlanish (bunda tuxum va lichinka ilk stadiyalari suvdan tashqarida taraqqiy etadi. Kosta-Rika va Panamada yashaydigan baqalar tuxumini daraxt barglariga to’planib qolgan suvga qo’yadi va x.k.o)
2. Batamom quruqlikda rivojlanish (Bunda tuxumgina emas balki lichinka rivojlanishi ham suvdan tashqarida o’tadi)
Masalan: Steylon chervyagasi uyasiga uj qilib qo’ygan tuxumini gavdasi bilan o’rab oladi. Evropada yashaydigan qurbaqani qo’ygan tuxum marjonini erkagi orqa oyoiga o’rab oladi. Chilida uchraydigan baqaning erkagi tuxumni tovush xaltasiga olib yuradi. Janubiy Amerika kvakshaklari tuxumini teridan hosil bo’lgan xaltachalariga olib yuradi. Amerika pipasi
Tuxumdan tirik bola tuish to salamandrasiga xosdir.
Himoya moslanishlaribaqalarda ximoya vazifasini zahar bezlari o’taydi. Tropiklarda yashaydigan ba’zi turlarida ayniqsa kuchli bo’ladi.
Masalan: Braziliya qurbaqasi zahari itni osongina o’ldiradi. Amerika ola daraxt baqasi zahridan Kolumbiyalik ovchilar kamon o’qini zaharlab maymun va boshqa o’rmon hayvonlarini ovlashadi.
Suvda va Quruqda yashovchilar yoki amfibiyalar xali suv muxiti bilan anchagina aloqasini saqlab qolgan birinshi quruqlikka chiqqan umurtqali hayvonlardir. Aksariyat ko`pchilik turlarining tuxumlari qattiq po’st bilan qoplangan va faqat suvda rivojlanadi. Lichinkalari (itbalig’i) faqat suvda yashaydi. Xayot davomida ular o`z boshidan metamorfoz davrini o`tkazadi, ya’ni itbaliqdan Quruqlikda yashaydigan xolga aylanadi. Buning natijasida jabra yo`qolib, uning o`rniga o’pka xosil bo`ladi, oyoqlar rivojlanadi.
Bosh skeletining ensa qismida ikkita ensa bo’rtmasi bor. Tanglay kvadrat elementi miya qutisiga qo`shilib ketadi. Til, osti yoyining ustki elementi eshituv suyakchasi o`zangi suyakchasiga aylangan bo`ladi va bu suyakcha o’rta quloq bo`shlig`ida joylashadi. Yuragi uch kamerali bo`lib ikkita yurak bo’lmasidan va bitta yurak qorinchasidan tuzilgan. Qo’shimsha nafas olish organi bo`lib teri xizmat qiladi, katta va kichik qonaylanish doiralari xosil bo`ladi. Gavda temperaturasi tashqi muxit temperaturasiga bog’liq. Bosh miyasining oldingi miya yarim sharlari bir-biridan ajralgan, miya qopqog`ida miya moddasi bor. Ajratish organi bo`lib tana buyragi- mezanefros xizmat qiladi. Amfibiyalarning aksariyat ko`pchiligida tashqi urug’lanish prosessi yo`z beradi.
Suvda va quruqda yashovchilarning tuzilishini baqa misolida ko`rib chiqamiz.
Teri qoplagichlari. Baqaninig terisi yalang’och bo`lib, unda shox suyak tangachalari bo`lmaydi. Epidermisida ko`p xujayrali shilimshiq modda ishlab chiqaruvchi bezlar ko`p bo`ladi. Shilimshiq modda terini ko`rib qolishdan saqlaydi. Terisi muxim nafas organi hamdir. Baqaning terisi boshidan oyog’igacha gavdasi yopishmagan bo`ladi, shu joylarda limfa bilan to’ldirilgan bo’shliqlar bo`ladi.
Skeleti umurtqa pog’onasidan, bosh skeletidan erkin oyoqlar skeleti va ularning kamar skeletidan tashkil topgan.
Umurtqa pog’onasi, bo’yin, tana, dumg’oza va dum umurtqalariga bo`linadi. Bo’yin bo’limi faqat bitta umurtqadan iborat bo`lib, unda ko`ndalang o`simtalari va qo’shiluv o`simtalari bo`lmaydi, oldingi tomonda ikkita qo’shiluv chuqurchasi bo`ladi va shu chuqurchalar yordamida bosh skeletiga birikadi. Tana umurtqalari yettita bo`ladi. Bularning har biridan bir juftdan ustki yoylar, ko`ndalang va qo’shiluv o`simtalari chiqadi. Tana umurtqalarining oldingi tomoni ichiga botib kirgan, orqа tomoni esa burtib chiqqan, ya’ni prosel tipda bo`ladi. Kobirg’alari yo`q. Dumg’oza bo’limida faqat bitta umurtqa bor. Dum umurtqalari bir-biriga qo`shilib dum suyakchasi –urostilini xosil qiladi.
Bosh skeleti. Miya qutisining ko`p qismi tog`ay xolicha qolib ketadi, ensa qismida faqat ikkita yon ensa suyaklari bo`ladi. Eshitish bo’limida bir juft quloq suyaklari taraqqiy etadi. Ko`z kosasining oldingi qismida toq ponasimon- xidlov suyagi bo`ladi. Miya qutisining qoplovchi suyaklariga bir-biriga qo`shilib ketgan teppa-peshona suyagi, burun suyagi, bosh skeletining keyingi tomonidan o`rab turuvchi tangacha suyaklari va miya qutisining tagini xosil qilgan parasfenoid va juft dimog’ suyaklari kiradi. Visseral skeletining tanglay va qanotsimon suyaklari ham bosh skeleti tagini xosil qilishda ishtirok etadi.
Ustki jag` funksiyasini suyakli baliqlardagidek jag` oraliq va ustki jag` suyaklari bajaradi. Pastki jag` mekkel tog`aydan iborat bo`lib, uni ustidan tish va burchak suyaklari yopib turadi. Til osti yoyining ustki elementi xioblangan giomadibulyare o`zangi suyakchasiga aylanadi va o’rta quloq bo`shlig`ida joylashadi. Jag` yoyining pastki elementi-giod jabra yoylari bilan birga qo`shilib, til osti plastinkasi va uning shoxlarini xosil qiladi. Erkin oyoqlilar skeleti Quruqlikda yashovshi Umurtqali hayvonlarning oyoq skeletiga o’xshash tuzilgan.
Oyok skeleti 3 bo`limdan iborat:
1.Oldingi oyog’ida yelka, keyingi oyog’ida son, bu bo’lim har doim bittadan yelka va son suyaklaridan iborat.
2.Oldingi oyog’ida yelka oldi, keyingi oyog’ida boldir, yelka oldi bo’limi tirsak va bilak suyaklaridan, boldir bo’limi katta va kichik boldir suyaklardan tashkil topgan. Baqalarda bu suyaklar bir- biridan ajralmagan.
3.Oldingi oyoqda kaft, keyingi oyoqda tovon bo’limlari bor. Kaft bo’limi bilago`zuk, kaft va barmoq falangalaridan, tovon esa tovon-oldi tovon va barmoq falangalaridan tuzilgan. Baqalarda bilago`zuk va tovonoldi suyaklarining ko`p qismi o`zaro qo`shilib ketadi.
Yelka kamari yoy shaklida, uchi qorinli tomonga qaratilgan. Yoyning har qaysi tomoni kurak usti tog`ayi, kurak suyagi korakoid va uning oldida joylashgan prokarokoid suyaklaridan tashkil topgan. Yoyning o’rtasida tush suyagi, tush oldi suyagi bo`lib, bularning uchlari tog`ay xolicha qoladi. Tush oldi va kurak o’rtasida ingichka umrov suyagi bor.
Chanoq kamari juft yonbosh, kuymish suyaklaridan va tog`ay xolicha qolgan kov elementlaridan iborat. Bu uchala elementi kuymil kosasi atrofida o`zaro qo’shiladi.
Muskul sistemasi Quruqlikka chiqishi munosabati bilan baliqlarning muskul sistemasidan kuchli farq qiladi. Oyoqlarni xarakatga keltiruvchi kuchli muskullar xosil bo`ladi. Gavdani xarakatga keltiruvchi kuchli muskullarning segmentasiyasi yo`qoladi.
Nerv sistemasi. Bosh miyasi ancha progressiv belgilari bilan xarakatlanadi. Oldingi miya yarim sharlari ancha katta va bir-biridan to’liq ajralgan. Miya yarim sharlarining tagi, yon tomonlari va qopqog`i miya moddasidan tuzilgan. O’rta miya nisbatan kichik, miyacha juda mayda. Bosh miyadan 10 juft bosh nervlar chiqadi.
Orqа miya yaxshi rivojlangan yelka va shanov chigallarini xosil qiladi. Bular oyoqlarini idora qilib turadi.
Sezuv organlari progressiv taraqqiy etgan. Amfibiyalarda ichki quloq murakkablashadi va o’rta quloq bo’shlig’i xosil bo`ladi. O’rta quloq tashqi tomondan nog’ora parda bilan o’ralgan.
Ko`zning shox pardasi bo’rtib chiqqan, ko`z gavxari linzasimon shaklga ega. Qovoqlar ko`zni ximoya qiladi. Xid bilish organi tashqi va ichki burun teshiklaridan iborat. Suvda yashovchi itbaliqlarda yon chizig’i organi bo`ladi.
Ovqat xazm qilish organlari. Og`iz teshigi serbar og`iz- xalqum bo’shlig’iga ochiladi. Og`iz-xalqum bo’shlig’iga xonalari, xiqildoq yorig’i, evstaxiev nayining bir uchi va sulak bezlarining chiqarish yo’llari ochiladi. Og`iz –xalqumbo’shlig’ining tagida til joylashadi. Tilning uchi og`iz to’riga qarab qayrilgan. Til shilimshiq modda ajratadi, u xasharotlarni ushlash uchun xizmat qiladi.
Jag` oraliq, ustki jag` va dimog’ suyaklarida uchi biroz orqа tomonga qaratilgan tish joylashadi. Og`iz-xalqum bo’shlig’i torayib qizilo`ngachga ochiladi, u oshqozonga o`tadi. Ichak baliqlarining ichagiga nisbatan ancha uzun. Katta jigarining o`t pufagi va oshqozon osti bezining chiqarish yo’llari ichakning oldingi qismiga ochiladi. Ichakning keyingi qismi to’g’ri ichak kloakaga ochiladi.
Nafas olish organlari. Voyaga yetgan baqa o’pka va teri orqаli nafas oladi. O’pkalarning bir juft ingichka devori chuqurchali xaltachadan iborat. Teri orqаli nafas olish juda kuchli. Baqalarning terisi orqаli 51% kislorod olinadi va 86 % karbonat angidrid gazi chiqariladi. Nafas yo’llari ichki burun teshiklari- xonalari, xiqildoq- traxeya kamerasi va o’pkadir.
Baqalarning ko`krak qafasi yo`qligi sababli nafas olish aktiv o`ziga xos yo’l bilan o`tadi. Baqa avvalo og`iz bo’shlig’iga xavo oladi, buning uchun og`iz tubini pastga tushirib, burun teshiklarini ochadi. Keyin u burun teshiklarini klapanlar bilan yopadi va og`iz tubini yuqoriga ko`taradi, keyin xavo xiqildoq teshigidan o’pkaga o`tadi.
Qon aylanish sistemasi. Baqaning yuragi hamma amfibiyalardagi singari uch kamerali bo`ladi, ikkita yurak qorinchasi bilan bitta umumiy teshik orqаli tutashadi. O`ng yurak bo’lmasi bilan venoz sinusi tutashadi, yurak qorinchasidan keyin arterial konus joylashadi.
Baqalarning arterial konusidan uch juft arterial yoylari chiqadi. Birinchi jufti baliqlarning jabraga olib keluvshi arteriyalarining birinchi juftiga gomolog bo`lib, uyqu arteriyasi deyiladi va arterial qonni bosh qismiga olib boradi.
Uyqu arteriyasi aoterial konusining qorinli tomonidan chiqadi. Ikkinchi juft chap va o`ng aorta yoylari deyiladi. Bular ham arterial konusning qorinli tomonidan chiqadi va baliqlarning jabra arteriyalari ikkinchi juftiga gomologdir. Aorta yoylaridan oldingi oyoqlarga arterial qon olib boruvchi umrov osti arteriyalari chiqadi. Chap va o`ng aorta yoylari yurakdan pastroqda o`zaro qo`shilib, toq orqа aortasini xosil qiladi. Orqа aorta hamma ichki organlarni va keyingi oyoqlarni arterial qon bilan ta’minlaydi. Arterial konusning orqа tomonidan baliqlarning jabra arteriyalari to’rtinchi juftiga gomolog bo`lgan o’pka-teri arteriyasi chiqadi. Bu o’pka va teri arteriyalariga ajralib shu organlarga tozalash uchun venoz qon olib boradi.
Venoz qon gavdaning keyingi qismidan orqа va oyoqlaridan buyrakning bir juft kopka venasi bilan bitta qorinli venasiga yig’iladi. Buyrakdan chiqqan qontoq keyingi kovak venani xosil qiladi. Keyingi kovak vena, qorinli venasi va bir juft jigar venasi bilan birlashib vena sinusiga ochiladi. Boshdan venoz qonjuft buyunturuk venaga oldingi oyoqlaridan juft umrov osti venalariga yig’iladi. Bular qo`shilib, juft oldingi kovak venani xosil qiladi va vena sinusiga quyiladi. Oldingi kovak venalarga teridan kelgan arterial qon quyiladi. Yurak bo’limlarining qisqarishidan qon umumiy teshik orqаli yurak qorinchasiga o`tadi.
Ayiruv organlari voyaga yetgan baqalarda tana buyrak-mezonefrosdan iborat. Buyraklardan bir juft siydik yo’li chiqadi. Siydik pufagi qisqarganda siydik yana kloakaga chiqariladi.
Erkaklarida juft urug’don bo’lsa-da, urug’ chiqarish yo’llari yo`q. Urug’ kanali buyrakning oldingi qismii orqаli o`tib Vol’f kanaliga quyiladi. Shunday qilib, Vol’f kanali ham siydik yo’li ham urug’ yo’li vazifasini bajaradi. Vol’f kanali kloakaga olishdan oldin kengayib urug’ pufagini xosil qiladi.
Tuxumdonlari ham juft bo`lib, tana bo`shlig`ida joylashadi. Pishgan tuxum hujayralari tuxum yo’lining og’ziga tushadi. Tuxum yo’llari kloakaga ochiladi.
Baqalarning urug’lanishi tashqi, ikralaridan lichinkalar-itbaliq chiqadi. Lichinkalari faqat suvda yashaydi, jabra bilan nafas oladi. Qonaylanish sistemasi baliqlarni qonaylanish sistemasiga o’xshash. Yon chiziq organi bor, dum suzgich qanoti yordamida suzadi.


XULOSA
Suvda va quruqliqda yashovchilar (Amphibia) — suvdan quruqlikda yashashga oʻtgan dastlabki umurtqali hayvonlar sinfi. Quruqlikda yashashga oʻtish bilan Suvda va quruqlikda yashovchilarning tuzilishi balikdarga nisbatan takomillashgan, xususan, skeletning tayanch vazifasini bajarishga oʻshii bilan uzun naysimon suyaklar paydoboʻlishi oyoqlarning vujudga kelishiga sabab boʻlgan. Quruqpikda yashash atmosfera havosi bilan nafas olishga imkon beruvchi organ — oʻpkaning rivojlanishiga, qon aylanishi, nerv sistemasi va sezgi organlarining takomillashuviga olib kelgan. Shuning bilan birga Suvda va quruqlikda yashovchilar skeletida togʻayning koʻp boʻlishi, nafas olish, qon aylanishi, ayirish, nerv sistemasi va boshqa organlarning sodda tuzilganligi, lichinkasining yon chiziqlari, dumi, yuragining 2 kameradan, qon aylanish sistemasining bir doiradan iboratligi ularni quruqlikda yashovchi eng sodda tuzilgan umurtqali hayvonlar ekanligini koʻrsatadi. Koʻpchilik Suvda va quruqlikda yashovchilarning hayoti voyaga yetgan davrida ham suv bilan bevosita bogʻliq.


Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling