Boqiyev qudrat


Download 133.94 Kb.
Pdf ko'rish
Sana26.04.2020
Hajmi133.94 Kb.
#101535
Bog'liq
ДЖҚНА МАВЗУ ижт.ҳимоя. савол топшириқ(1-u)


 

                                            



BOQIYEV QUDRAT 

 

6-seminar 

 

1.  «Ijtimoiy  himoya»,  «ijtimoiy  adolat»  tushunchalarining  shakllanib  borishi  insoniyatning 



demokratik tafakkuri bilan bog‘liqdir. Hususan, Abu Nasr Forobiyning  «Fozil odamlar shahri» 

asarida ifodalangan “Fozil jamiyat g‘oyasi” bugungi kundagi demokratik jamiyat konsepsiyasiga 

hamohangdir.  Forobiyning  fozil  jamiyat  konsepsiyasiga  ko‘ra,  baht-saodatga  intiluvchi 

jamiyatda qonun ustuvor bo‘lib, butun ijtimoiy hayot  ana shu ustuvor tamoyil asosida tuziladi. 

Shu  ma'noda  fozil  jamiyatda  avvalo  erkinlik  mavjud  bo‘ladi.  Unda  adolat,  erkinlik  va  tenglik 

tushunchalari kun tartibida bo‘lib, bu me'yorlar fozil jamiyatning asosi bo‘ladi.Shu bilan birga, 

Forobiy  fikricha,  jamiyat  davlat  bilan  kuchlidir.  U  yetuklashgan  sayin  o‘z  a'zolarini  himoyaga 

ola boradi. Shuni ham alohida aytish kerakki, agar o‘tmish mutafakkirlari ijtimoiy kafolatlanish 

uchun  inson  faolligi  masalasini  ilgari  surgan  bo‘lsalar,  Forobiy  qarashlarida  insonni  ijtimoiy 

kafolatlashda  jamiyatning  roli  alohida  uqtirila  boshlandi.  Demak,  jamiyat  ham  himoya  vositasi 

bo‘lishga mas'uë, degan g‘oya ilgari surilgan.  

 Adolat  tushunchasining  kelib  chiqishi  (sotsiogenezi)  to‘g‘risidagi  ta'limotni  buyuk  ajdodimiz 

Abu  Nasr  Forobiy  ham  yaratishga  uringan.  Buyuk  mutafakkir  adolat  g‘oyasini  jamiyatning 

asosiy davrlariga tadbiqan qarab chiqqan. Bunda u insoniyat jamiyatining kelib chiqishida tabiiy 

ehtiyojlar  yotishini,  bu  ehtiyojlarni  uyg‘unlashtirish  esa  adolat  tuyg‘usini  shakllantirishini 

ta'kidlagan  edi.  Sharq  mutafakkiri  Konfutsiyning  g‘oyalarini  davom  etirgan  holda  Forobiy 

«adolat»  tushunchasi  insoniyatning  ma'rifiy  davriga  to‘g‘ri  kelganligini  ta'kidlaydi.  Bu  davrda 

hususiy  mulk  o‘rnatiladi  va  u  kishilarning  o‘zaro  tengsizligini  keltirib  chiqaradi.  Shunisi 

muhimki, teng taqsimlashni ifodalagan adolat tushunchasi endi mulk ta'sirida tengsizlikni ifoda 

eta boshlaydi. Bu tushunchaning o‘zi hususiy mulkni o‘rnatishda ishtirok etadi.  

AbuNasr  Forobiyning    fikricha  “Adolatsizlikning  sodir  bo‘lishi  shunda  ifodalanadiki, 

ne'matlarning tegishli hissasi berilmay qoladi...” 

AbuNasr  Forobiy  adolat  tushunchasini  ahloqiy  kategoriya  sifatida,  ya'ni  kishilarning  o‘zaro 

munosabatlarida  bir-biriga  bergan  baholari  (yaxshi  yoki  yomon),    kishilar  hatti-xarakatining 

mezoni, tasniflashi sifatida ham talqin qilinadi.  

Sharq mutafakkiri Konfutsiyning g‘oyalarini davom etirgan holda Forobiy «adolat» tushunchasi 

insoniyatning  ma'rifiy  davriga  to‘g‘ri  kelganligini  ta'kidlaydi.  Bu  davrda  hususiy  mulk 

o‘rnatiladi  va  u  kishilarning  o‘zaro  tengsizligini  keltirib  chiqaradi.  Shunisi  muhimki,  teng 

taqsimlashni  ifodalagan  adolat  tushunchasi  endi  mulk  ta'sirida  tengsizlikni  ifoda  eta  boshlaydi. 

Bu tushunchaning o‘zi hususiy mulkni o‘rnatishda ishtirok etadi. 

2.  Ma'lumki,  mustaqil  taraqqiyotimizning  ilk  davridanoq  inson  -  jamiyat  -  davlat  o‘rtasidagi 

o‘zaro  munosabatning  oqilona  yechimini  topish  alohida  ahamiyat  kasb  etdi.  Ikkinchi  jahon 

urushidan  keyin  Yevropa  mamlakatlari,  Osiyoning  Yaponiya,  Janubiy  Koreya  kabi  davlatlari 

aynan  shu  g‘oya  asosida  taraqqiyot  yo‘lini  belgilab,  tarixan  qisqa  davr  ichida  yuksak 

taraqqiyotga erishgan edilar. Ikki asrlik demokratik rivojlanish tarixiga ega bo‘lgan AQSH ham 

inson  manfaatini  taraqqiyotning  asosi  sifatida  qabul  qilgan  edi.  Ma'lum  bo‘ladiki,  O‘zbekiston 

demokratik  taraqqiyotning  jahon  tajribasini  sinchiklab  o‘rgandi.  O‘zbekistonda  demokratik 

fuqarolik  jamiyatini  barpo  etish  va  uning  tayanchi  sifatida  insonparvar  tuzumni  shakllantirish 

yo‘lida islohotlarni amalga oshirish “inson - jamiyat - davlat” tizimidek kuchli uyg‘unlikni talab 

etmoqda. 



Dunyoda  yuz  beradigan  har  qanday  o‘zgarishlar,  hoh  u  iqtisodiyotda,  hoh  ma'naviy-siyosiy 

sohalarda bo‘lsin, o‘z ta'sirini dastavval oila muhitida namoyon etadi. 

So‘nggi  yillarda  iqtisodiyotda  globallashuv  jarayonlarining  faollashuvi,  ma'naviyat  va  ahloqiy 

tarbiyada  G‘arb  ma'naviyatiga  hos  bo‘lgan  individualizmning  kuchayishi  hayotimizning  barcha 

jabhalariga  va  ayniqsa,  oila  muhitiga  sezilarli  ta'sir  ko‘rsatmoqda.  Darhaqiqat,  oila  barcha 

islohotlar, o‘zgarishlar, tanazzul va taraqqiyotlarning ibtidosi va intihosi hisoblanadi. 

Mamlakatimizning  porloq  istiqbolini  ta'minlashda  boshqa  ijtimoiy  institutlar  bilan  bir  qatorda 

oila  omiliga  ham  katta  e'tibor  qaratilayotganligi  bejiz  emas.  Shunday  ekan,  oila  muhitida 

mamlakatimizning  umumiy  rivojlanishiga  munosib  hissa  qo‘sha  olishga  qobil  va  tayyor 

shaxslarni  shakllantirish  uchun  birinchi  galda  nimalar  qilishimiz  lozim.  Dastavval,  o‘sib 

kelayotgan  yosh  avlod  ongi,  shuuri, ma'naviyatida Vatan tuyg‘usini  mustahkam  qaror toptirish 

ishi  halqimiz  uchun  taqdirilomon  vazifa  sanaladi.  Negaki,  qadim-qadimdan  oila  -  muqaddas 

Vatan  sanalgan.  Zero,  oilaga  sadoqat,  ota-onaga  oqibat,  aka-ukalarga  mehrlilik  Vatan 

tuyg‘usining debochalaridir. Oilaga samimiy sadoqat bo‘lmagan joyda, farzandlar oldida ota-ona 

hurmati  yo‘q. Bunday holatda na qarindoshlarga, na mahallaga va na vatanga muhabbat  tarkib 

topadi.  

Oila  omilining  mustahkamlanishi  bir  tomondan,  oilaga  davlat  va  jamiyat  e'tiborining 

kuchayishiga  bog‘liq  bo‘lsa,  ikkinchi  jixatdan,  oilaning  sub'yektiv,  ya'ni,  ichki  imkoniyatlarini 

to‘laroq  yuzaga  chiqarish  bilan  bog‘liqdir.  Oilaning  ichki  imkoniyatlari  deganda,  oila  tarkibi, 

oila a'zolarining ijtimoiy mo‘ljallari, o‘z oldilariga qo‘yayotgan maqsadlari, farzandlar tarbiyasi, 

ta'lim,  shaxsning  individual  taraqqiyoti,  ahloqiy  tarbiya,  mehr,  sadoqat,  sabr,  muhabbat 

omillarining oila muhitida amal qilishi tushuniladi. Yurtimizda oilalarning sifatli va uzoq muddat 

foydalanadigan  iste'mol  tovarlari  bilan  ta'minlanish  darajasi  sezilarli  ravishda  oshdi.  Jumladan, 

bugungi  kunda  har  100  ta  oilaga  o‘rtacha  132  ta  televizor,  99  ta  xolodilnik,  18  tadan  ziyod 

konditsioner, 12 ta shaxsiy kompyuter, 27 tadan ortiq yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda.  

Aholi bandligini ta'minlash va yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish muammosini hal etish 2014 yil 

va yaqin istiqbolda mamlakatimizni muvaffaqiyatli va barqaror rivojlantirishning alohida ustuvor 

yo‘nalishi va hech mubolag‘asiz eng muhim shartidir.  2014 yilga mo‘ljallab qabul qilingan va 

mamlakatimiz  Parlamenti  tomonidan  ma'qullangan  Respublika  dasturida  950  mingdan  ortiq 

yangi  ish  o‘rnini  asosan  qishloq  joylarda  yaratish  ko‘zda  tutilgan  Hullas,  mustaqillik  yillarida 

O‘zbekistonda  ijtimoiy  himoya  tizimining  o‘ziga  hos  tajribasi  va  an'analari  to‘plangan.  Bunda 

«inson  -  jamiyat  -  davlat”  munosabatlari,  inson  omili  yuksak  mavqyeda  turadi.  Shu  ma'noda 

O‘zbekistonda  ijtimoiy  himoya  tizimini  zamon  talablariga  mos  tarzda  takomillashtirish  uchun 

barcha  imkoniyatlar  mavjud  va  ular  mamlakatda  demokratik  jamiyatni  qurishda  muhim 

ahamiyatga ega bo‘lmoqda. 

 

3.  O‘zbekistonda  islohotlar  boshlangan  dastlabki  yillardayoq,  kuchli  ijtimoiy  himoya  tizimini 



yaratishdan  maqsad,  insonga  munosib  turmush  va  faoliyat  sharoitlarini  vujudga  keltirishdan 

iborat, deb belgilangan edi.  

 “Bugungi  kunda  ijtimoiy  hayot  sohasidagi  salbiy  holatlarni  bartaraf  etib,  odamlar  turmush 

darajasining  keskin  pasayib  ketishiga  yo‘l  qo‘ymasdan,  aholining  himoyaga  muhtoj  qatlam  va 

guruhlarini ijtimoiy muhofazasini ta'minlagan holda O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni 

va fuqarolar totuvligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldik.” 

Mamlakat Prezidenti  I.A.Karimov  «O‘zbekistonning o‘z  yangilanish va taraqqiyot  yo‘liga asos 

bo‘lgan  eng  muhim  qoidalardan  biri  bozor  iqtisodiyotiga  o‘tishning  barcha  bosqichlarida 

oldindan kuchli ijtimoiy siyosatni o‘tkazishdir»1 

 


4. Demokratik jamiyat qurishning muhim tamoyillaridan biri erkin fuqaro shaxsini shakllantirish 

bilan bog‘liqdir. 

 Erkinlik  esa oiladagi  ijtimoiy tarbiya  yo‘nalishining mahsulidir. Ana shu  jarayon halqimizning 

turmush  tarzi,  demografik  holatiga  ham  bog‘liqdir.  Bu  boradagi  muhim  muammo  -  O‘zbek 

oilalarining ko‘p farzandliligidir. Chunki aholining ko‘payib borishida, uning ijtimoiy-iqtisodiy 

taraqqiyotida oiladagi serfarzandlik muhim ahamiyat kasb etadi. 

O‘zbekistonda  nikohdan  o‘tish,  oila  qurish  hollarining  yuqoriligi  ham  oila  sonining 

ko‘payishiga,  bu  esa,  o‘z  navbatida,  tug‘ilishning  o‘sishiga  bog‘liq.  1960  yilda  respublika 

bo‘yicha  oila  a'zolarining  o‘rtacha  soni  4,7  kishini  tashkil  qilgan  bo‘lsa,  1992  yilda-5,5,  1994 

yilda 5,4 kishini tashkil etdi. 2014 yil ma'lumotlariga ko‘ra esa, oila a'zolarining o‘rtacha soni 4,8 

kishidan iboratdir.  

Mamlakatimizda  1998  yilning  “Oila  yili”  deb  e'lon  qilinishi  va  shu  munosabat  bilan  oila 

manfaatlarini  ta'minlash  borasida  amalga  oshirilayotgan  tadbirlarni  amaliyotga  tatbiq  etilishi, 

respublikamizda  oila,  onalik  va  bolalikni  ijtimoiy  muhofaza  qilish,  demokratik  qadriyatlarning 

shakllanishida  muhim  o‘ringa  ega  bo‘lmoqda.  Mustaqillik  yillarida  oila  masalalarini  ilmiy-

amaliy o‘rganishda milliy va diniy qadriyatlarimizning ahamiyatiga katta e'tibor berilishi esa bu 

boradagi  katta  imkoniyatlarni  vujudga  keltirmoqda.  Bu  imkoniyat  oila  a'zolari  ma'naviyatini 

yuksaltirishga,  ularning  huquqiy  va  tibbiy  ongini  shakllantirishga,  sog‘lom  turmush  tarzini 

yaratishga hizmat qilmoqda. Ayniqsa, yoshlarimizda oilaviy hayotga bo‘lgan hurmat oshmoqda. 

Oila barqarorligi va vatan salohiyatini oshirishda ona omilining roli beqiyosdir. Darhaqiqat, ona 

muqaddas va cheksiz e'zoz-ehtiromga munosib zotdir.  

Ammo, bugungi shiddatkor zamon uchun farzandlarning  faqat miqdoran ko‘p bo‘lishi, ularning 

sog‘-omon  yurishini  ta'minlashning  o‘zigina  yetarli  bo‘lmay  qoldi.  Zamonaga  hos  va  mos 

yuksak ma'rifatli, bunyodkor, tinib-tinchimas avlodni tayyorlash zarur. Bu esa davlat va jamiyat 

zimmasiga,  eng  avvalo  oilaga,  ona  omiliga  ko‘p  narsalarni  bog‘liq  qilib  qo‘ymoqda.  Onaning 

maqsadlari, turmush tarzi, hayot mantig‘i mazmunida davr ruhiga mos bo‘lgan tamoyillar ya'ni, 

farzandlarga ta'lim, tarbiya berishni tubdan yahshilash, ularga yondashuv uslublarini o‘zgartirish 

zarurligini kun tartibiga qo‘ymoqda. Bu borada bugungi holat manzarasi O‘zbek oilalarida turli 

daraja va ko‘rinishlarda bo‘lib, ularni quyidagicha tavsiflash maqsadga muvofiqdir.  

5. Demokratik jamiyat barpo etishda fuqarolarning ijtimoiy jarayonlarda faol ishtirok etishi eng 

muhim omillardan biridir. Bu haqida mamlakat Prezidenti I.A. Karimov quyidagi fikrni bildiradi. 

«Hokimiyat  tuzilmalarining  demokratik  mazmuni  ko‘p  jihatdan  davlatni  boshqarishda 

fuqarolarning  ishtirok  etish  masalasi  qanchalik  hal  qilinganligi  bilan  belgilanishi  ma'lum. 

Fuqarolarning  ijtimoiy-siyosiy  faolligini  oshirishda  fuqarolik  jamiyati  institutlarining  o‘rni 

beqiyosdir. 

Mustaqillik  davrida  yoshlarning  ijtimoiy  faolligini  oshirishga  ham  muxim  e'tibor  berildi. 

Mamlakatda  O‘zbekiston  yoshlarining  «Kamolot»  ijtimoiy  harakati  jamiyatning  barcha 

yo‘nalishlarida  keng  faoliyat  olib  bormoqda.  Harakat  faoliyatining  asosiy  maqsadi-yoshlarni 

birlashtirish, sog‘lom turmush talablari asosida tarbiyalash, ularning manfaatlarini himoya qilish, 

yosh yigit qizlarning o‘z aql-zakovoti, kuch - g‘ayratini to‘la namoyon etishi, jamiyatda munosib 

o‘rin egallashlari uchun shart-sharoit yaratib berishdan iborat, deb belgilangan. 

Ijtimoiy  -  siyosiy  faollikni  oshirishda  saylovlar  muhim  o‘rin  tutadi.  Unda  avvalo, 

saylovchilarning  ixtiyoriy  ravishda  bergan  ovozlariga  binoan  siyosiy  institutlarning  legitimligi 

oshadi.  Qolaversa,  saylovlarda  jamiyatdagi  turli  xil  guruxlarning  tinch  raqobatdoshligi 

kutilganligi  sababli  ham  saylash  jarayonlari  siyosiy  ziddiyatlarni  hal  etishga  olib  keladi. 

Shuningdek, saylovlar aholi siyosiy manfaatlarini ifoda etuvchi siyosiy partiyalar boshqa siyosiy 

tashkilotlarning  faol  harakatlari  tufayli  turli  ekstremistik  harakatlarni  cheklab  turadi.  Shu  bilan 

birga,  saylavlar  fuqarolarning  ijtimoiy-siyosiy  ijtimoiylashuviga  ko‘maklashadi  saylovlar 



vaqtidagi  turli  kampaniyalar,  ayni  jarayonlarni  ommoviy  axbarot  vositalarida  yoritish  kabi 

tadbirlar  saylovchilarning  siyosiy  va  huquqiy  madaniyatini  yuksaltiradi,  fuqarolarning  siyosiy 

jarayonlarda faol ishtirok etishiga qulay imkoniyatlar yaratadi. 

 

6.  Jamiyatda  ayollarning  ijtimoiy  faolligini  ta'minlash,  ayollar  haq-  huquqlarining  poymol 



bo‘lmasligini nazorat qilish yuzasidan turli jamoat tashkilotlari tomonidan qator tadbirlar amalga 

oshirilmoqda.  Bugungi  kunga  kelib,  muayyan  nodavlat  notijorat  tashkilotlar  va  ijtimoiy 

harakatlar  aynan  ayollar  va  xotin-qizlar  manfaatini  himoya  qilish,  ularning  aqliy  va  jismoniy 

qobiliyatlarini to‘liq ochib berish borasida faoliyat olib bormoqda. Bu borada bajarilgan ishlar, 

qo‘lga  kiritilgan  yutuqlar  haqida  quyida  keltirilgan  ma'lumotlarga  murojaat  etish  mumkin. 

Jumladan,  bugungi  kunda  xotin-qizlar  masalalari  bilan  shug‘ullanadigan  nodavlat  notijorat 

tashkilotlar 158 tani tashkil etadi. Ular quyidagi masalalar bo‘yicha faoliyat olib bormokda:  

· 

 ijtimoiy siyosiy faollikni oshirish (37%);  



· 

 tadbirkorlik va hunarmandchilikka keng jalb etish (18%);  

· 

 ijtimoiy himoyalash (14,5%);  



· 

 sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish (11,5%). 

Shu o‘rinda oila mustaqilligini ta'minlash, uni tom ma'noda jamiyatning hal qiluvchi bo‘g‘iniga 

aylantirish  va  asrab-avaylashda  ayollarning  o‘rni  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Prezidentimiz 

ta'kidlaganidek,  “Ayollarni  ulug‘lab,  ardoqlab,  boshiga  ko‘tarib  yashaydigan  xalq  o‘zining 

yuksak madaniyati va olijanob qadriyatlarini amalda namoyon qiladigan va tasdiqlaydigan xalq 

sifatida obro‘-e'tibor qozonadi”. 

7. «Ijtimoiy sohani rivojlantirish» deb nomlangan to‘rtinchi  yo‘nalish aholi bandligini oshirish, 

fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini saqlash, yo‘l-transport, muhandislik-

kommunikatsiya  hamda  ijtimoiy  infratuzilmani  rivojlantirish  va  modernizatsiyalash,  aholini 

elektr energiya, gaz bilan ta'minlashni yaxshilash, aholining muhtoj qatlamlariga ko‘rsatiladigan 

ijtimoiy yordam sifatini oshirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi maqomini oshirish, 

sog‘liqni  saqlash  sohasini  isloh  qilish,  maktabgacha  ta'lim  muassasalarining  qulayligini 

ta'minlash,  umumiy  o‘rta  ta'lim,  o‘rta  maxsus  va  oliy  ta'lim  sifatini  yaxshilash  hamda  ularni 

rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutadi.  

Xususan,  hududlarni  har  tomonlama  rivojlantirish  bo‘yicha  qariyb  25  mingta  investitsiya 

loyihasini ro‘yobga chiqarish hisobiga 256,4 ming ish o‘rni tashkil etish orqali aholini ish bilan 

ta'minlash  dasturlarini  to‘liq  ijro  etish  nazarda  tutilgan.  Ishsizlik  darajasi  eng  yuqori  bo‘lgan 

mintaqalarda  46,8  ming  yangi  ish  o‘rni  tashkil  etish,  tadbirkorlik  faoliyatini  boshlash  uchun 

ta'lim muassasalarining 10 ming nafar bitiruvchisiga kreditlar ajratish rejalashtirilmoqda.  

Katta  yoshli  avlodni  qo‘llab-quvvatlash,  ijtimoiy  nafaqalar  berish  tartibini  takomillashtirish, 

sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish chora-tadbirlari kiritilgan. Jumladan, 78 ta tuman tibbiyot 

birlashmasini, 7 ta shahar va 2 ta viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini qayta qurish, tez tibbiy 

yordam xizmatini 1200 ta maxsus avtotransport bilan ta'minlash rejalashtirilmoqda.  

Qishloq  joylarda  15  mingta  arzon  uy-joy,  415  kilometrlik  suv  ta'minoti  quvurlari,  316 

kilometrlik  gaz  ta'minoti  quvurlari  va  291  kilometrlik  ichki  yo‘llar  qurish  rejalashtirilgan. 

Aholiga  transport  xizmatlari  ko‘rsatish  sifatini  yaxshilash  maqsadida  86  ta  yangi  avtobus 

yo‘nalishini joriy etish va 537 ta zamonaviy avtobus xarid qilish nazarda tutilmoqda.  

 

 Test  


1-A 

2-A 


3-A 

4 A 


5 A 

6-A 


 

 

 



 

Download 133.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling