Bor nazariyasiga ko’ra, elementlar xossalarining davriyligi elektronlarning maʼlum qatlam yoki qobiqlarda joylanishidan keladi


Download 14.49 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi14.49 Kb.
#1539007

o’tgan edik. Xuddi, shuningdek, hamma ishqoriy yer elementlarining spektrlari ham bir-biriga o’xshashdir va hokazo. Mendeleev jadvalidagi har bir davr bo’ylab borilgan sari mu- rakkabroq spektrlarni uchratamiz.
Bor nazariyasiga ko’ra, elementlar xossalarining davriyligi elektronlarning maʼlum qatlam yoki qobiqlarda joylanishidan keladi.
Bir qobiqni tashkil etuvchi hamma elektronlarning bosh kvant soni bir xil boʼladi. Mendeleev jadvalidagi har bir davr elektronlarning biror yangi qobiq tashkil qilib joy- lanishidan boshlanadi. Elementlarning fizik-ximiyaviy xossalari ularning eng tashqi valentlik elektronlarining soni va joylanish tartibi bilan belgilanadi. Shunga koʼra, yangi qobiqlarning davriy ravishda elektronlar bilan to’ldirilib borishi atomlar xossalarining davriyligiga olib keladi.
Shunday qilib, elementlar xossalarining Mendeleev kashf etgan davriyligi atomlarda elektronlarning davriy ravishda joylanishini aks ettiradi. Optik va rentgen spektrlarining tuzilishi bu gipotezaning to’g’riligini tasdiqlaydi.
Mendeleev jadvali bilan elektronlarning atomda qatlam-qatlam bo’lib joylanishi orasidagi oʼzaro bogʼlanishni yanada mukammal aniqlash uchun, atomdagi qobiqlarning har birida ko’pi bilan nechta elektron joylasha olishini aniqlab olish lozim. Bu masalani Pauli prinsipiga asosan hal qilish mumkin. Pauli prinsipi dastlab spektr termlari sxemasini tahlil qilish natijasida vujudga keldi va, keyinchalik, kvant mexanikasining umumiy mulohazalari asosida tasdiqlandi. § 349 da geliy atomining mumkin bo’lgan ikkita eng chuqur 1s1s , va holatlaridan, amalda faqat yakka chiziqli 1s1s , holat uchrashi, uchlangan chiziqli 1s 1s holat esa uchramasligi koʼrsatib o’tilgan edi. Keyinchalik ikki va undan ortiq valentlik elektronga ega boʼlgan boshqa atomlarda ham, formal jihatdan boʼlishi mumkin boʼlgan holatlarning bir qismi uchrashi, qolganlari esa uchramasligi aniqlandi. Pauli, atomda bir xil kvant soni bilan xarakterlanadigan ikki yoki undan ortiq elektronlarning bo’lishi mumkin emas deb faraz qilingandagina, bu holning
sababiga tushunish mumkin ekanligini ko’rsatib berdi.
§ 349 da atomdagi elektronning n, l va j kvant sonlari bilan xarakterlanishi qayd qilib o’tilgan edi. n - elektron orbitasining oʼlchalarini (Bor modelida elliptik orbitaning katta yarim oʼqini) belgilovchi bosh kvant soni ekanini -elektronning orbital momenti ni belgilovchi qoʼshimcha kvant soni ekanini va elek-
Download 14.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling