Borland C++ Builder Additional komponentlar palitrasi


Download 4.7 Kb.
Sana04.11.2023
Hajmi4.7 Kb.
#1747808
Bog'liq
Документ (восстановлено)

3.Borland С++ Builder Additional komponentlar palitrasi. (BitBtn, MaskEdit, StringGrid, MaskEdit, CheckListBox, Draw-Grid, Image, Shape va boshqa komponentlaridan foydalanish.


Borland C++ Builder Additional komponentlar palitrasi.
Additional komponentalari
Komponentalar palitrasining Additional qo’shimcha ilovalar komponentalari sizning dasturingizga Borland korporatsiyasi maxsus C++ Builder muhiti uchun ishlab chiqqan 9 ta boshqarish elementini kiritadi. Bit obrazining tasviri tushirilgan tugmachani yaratadi. Bunday tugmachalar ko’proq maxsus dialogli darchalarda qo’llanadi. Grafik tugmachalar bit obrazlari, ularning ko’rinishi va tugmachada joylashishini spetsifikatsiyalash uchun xususiyatlarga ega bo’ladi. Siz C++ Builder qurilmasiga kirgan alohida tasvirlar katalogidagi grafik tugmalarning tayyor stillaridan foydalanishingiz ham, yoki bo’lmasa, tasvirlarni tahrir qilish tizimlarining biri tomonidan yaratilgan suratlardan foydalanishingiz ham mumkin. Tugmaning turli holatlariga (masalan «bosilgan», «qo’yib yuborilgan», «ta’qiqlangan» va h.k.) turli bit obrazlari mos kelishi mumkin. Tasvirlar Fayllari Muharririning bmp kengaytmali darchasi (39-rasm) Glyph xususiyatining qiymatlari tugmasi bilan ochiladi. 39-rasm. BMP kengaytmali bit obrazlari fayllari tasvirlarining muharriri King xususiyati sizga yozuvlar va tegishli grafika (OK, Cancel, Hello va boshqalar) bilan ta’minlangan standartlashtirilgan tugmalarni yaratish imkonini beradi. TSpeedButton Odatda ma’lum menyu komandalarini tez chaqirish yoki rejimlarni o’rnatish Paneli (TPanel) da joylashtiriladigan grafik tugmani yaratadi. Tezkor tugmaning turli holatlariga (masalan «bosilgan», «qo’yib yuborilgan», «ta’qiqlangan» va h.k.) turli bit obrazlari mos kelishi mumkin. Bir-birining o’rnini bosadigan tasvirlar va yozuv matnini tanlash uchun xususiyatlar mavjud. Kengayishli tasvirlar fayllari muharririning darchasi Gliph xususiyati qiymtlarining grafasidagi tugma bilan ochiladi. Tez tugmalarning boshqa xususiyatlari ularning biron-bir guruhdagi ishini tashkil etadi.
4. SQL operatorlarni yozish qoidalari (Har bir operator kalit so’zlar, barcha operatorlar registrga bog’lanmagan)
SQL operatorlari orqali quyidagi vazifalarni bajarish mumkin:

Ma'lumotlarni so'rov orqali olish.


Jadvalning qatorlariga ma'lumot qo'shish, qatorlarini o'chirish va yangilash.
Ob'ektlarni yaratish, o'zgartirish va o'chirish.
Ma'lumotlar bazasi va ob'ektlarga ruxsatlarni o'rnatish.
Ma'lumotlar bazasi foydalanuvchilarini hosil qilish va baza xafsizligini ta'minlash.
2 hil turdagi SQL mavjud: interaktiv va o'rnatilgan(встроенный). SQL ning bu 2 turi ishlashi bir hil, lekin har xil joyda ishlatiladi.

Interaktiv SQL deganda — ma'lumotlar bazasiga so'rov orqali murojaat qilib, shu zahoti natijani olish tushuniladi. Ya'ni bunda ketma-ketlik asosida jarayon sodir bo'ladi. So'rov-natija rejimda ishlaydi.

O'rnatilgan SQL deganda – so'rovlar yig'indisi biror dasturlash tilida ishlatilishi tushuniladi. Pascal, Delphi, Java tillarida bazaga murojaat qilib, natijani biror o'zgaruvchiga yuklab qo'yamiz va kerakli joyda bu natijani ishlatamiz. Ya'ni bunda so'rov berib, darhol natijani ololmaymiz. Natija faqat dasturning davom etishi uchun olinadi va talab etilgan joyda ishlatiladi.

SQl operatorlari bir necha guruhlarga bo'lingan. Bu bo'linish operatorlarning bajarilish vazifasi asosida bo'lingan. Ular quyidagilar:

DDL(Data Definition Language) , ANSI bu guruh SDL(Schema Definition Language) deb ataladi. Bu guruhga ma'lumotlar bazasida ob'ektlar(jadvallar, indekslar)ni hosil qiluvchi operatorlar kiradi.

DML(Data Manipulation Language) – ma'lumotlarni manipulyatsiya qiluvchi operatorlar yig'indisi guruhi. Istalgan vaqtda jadval ichida qanday ma'lumotlar saqlanayotganini aniqlovchi operatorlar.



DCL(Data Control Language) – ma'lumotlarni boshqaruvchi operatorlar.

ANSI ning ruxsati bilan, DCL DDL ning bir qismi sifatida qaraladi. Bu guruhlarni aralashtirmaslik zarur. Bular alohida tillar emas, balki SQL operatorlarining guruhlaridir.
Download 4.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling