Borliq va tabiat falsafasi. (Ontologiya)
Download 1.88 Mb.
|
BORLIQ VA TABIAT FALSAFASI
BORLIQ VA TABIAT FALSAFASI. (ONTOLOGIYA).Abdduvodova FeruzaBorliq nima degan masala hamisha falsafiy tafakkurning asosi bo‘lib kelgan. Kishilarning olam to‘g‘risidagi ilmiy- falsafiy dunyoqarashini tarkib toptirishda ularning borliq haqidagi qarashlari alohida o‘rin tutgan. Hozirgi zamon falsafiy adabiyotlarida “borliq” tushunchasini tor va keng ma’noda qo‘llash hollariga duch kelamiz. Tor ma’noda “borliq” ongga bog‘liq bo‘lmagan ob’ektiv olam, keng ma’noda - bu barcha mavjud narsalardir. Narsalar, tabiiy jarayonlar borlig‘i. Tabiiy borliqning birinchi ko‘rinishi insonga qadar, inson va uning ongidan tashqarida, unga bog‘liq bo‘lmagan moddiy borliq hisoblanadi. Inson borlig‘i. Alohida odam borlig‘i hamda insoniyat borlig‘i o‘ziga xos hodisadir. Shuningdek, ularning har ikkalasiga xos bo‘lgan umumiylik ham bor. Inson tanasi tabiatniki, shu ma’noda u jismlar ichidagi jismdir. Ma’naviy borliq. Ma’naviy hayot - inson borlig‘ining tarkibiy bo‘lagi. Ma’naviyat inson bilimlari, axloqiy, huquqiy qarashlari tizimi, badiiy ijodiyotning meyor va mezonlari majmuidan iborat Ijtimoiy borliq. Ijtimoiy borliq individual, yakka shaxs va jamiyat borlig‘ining birligini bildiradi. “Ijtimoiy borliq deyilganda, individual yakka shaxs va jamiyat hayotining hamma tomonlari emas, balki faqat ularning moddiy hayoti tushuniladiGap shundaki, kishilarning moddiy hayoti ularning xohish-irodalariga bog‘liq bo‘lmagan holda ishlab chiqarish munosabatlaridan (uni o‘zida jamlovchi iqtisodiy hayot)dan iboratdir. Shu ma’noda ijtimoiy borliq jamiyatning yaxlit moddiy hayotini, moddiy ne’matlar yaratish va ishlab chiqarish jarayonida kishilar amalga oshiradigan munosabatlarni nazarda tutadi. Fazo va vaqt harakatlanuvchi borliq bilan o‘zaro bog‘langan. Fazo va vaqtning umumiy tomonlari mavjud: - birinchidan, fazo ham, vaqt ham – ob’ektiv - ikkinchidan, fazo va vaqt borliq, mavjudligining umumiy shakli; - uchinchidan, ular o‘zaro uzviy bog‘langan - to‘rtinchidan, ular borliq va harakat bilan chambarchas bog‘langan - beshinchidan, fazo va vaqt miqdor va sifat tomonidan cheksiz va chegarasiz - oltinchidan, fazo va vaqt o‘z tuzilishiga ko‘ra uzluklilik va uzluksizlikning birligidan iborat. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling