Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Respublikamizda uzluksiz ta’limni axborotlashtirishning metodologiyasi va masofali o‘qitish texnologiyalarini ishlab chiqish, ularni o‘quv jarayoniga kiritishning nazariy hamda uslubiy asoslari A.A.Abduqodirov, M.M.Aripov, A.R.Aripdjanova, U.SH.Begimqulov, F.M.Zakirova, A.Ibraymov, X.SH.Kadirov, T. T.Kalekeyeva, M.M.Mamarajabov, N..S.Xaytullayeva, U.Y.Yuldashevlar23; ta’lim jarayoni uchun elektron platformalarni yaratish, ta’limga raqamli texnologiyalarni integratsiyasi masalalari A.D.Asqarov, S.X.Dottoyev, M.H.Lutfillayev, B.Mo‘minov, Q.T.Olimov, N.I.Taylaqov, S.Q.Tursunov, M.F.Xakimova, T.T.Shoymardonov, N.Qayumova, S.S.G‘ulomov, R.H.Ayupov24 va boshqalarning ilmiy tadqiqotlarida amalga oshirilgan.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlarida ta’limni axborotlashtirish, masofaviy ta’limni tashkil etishning didaktik asoslari А.А.Андреев, Е.С.Полат, Л.Х.Зайнутдинова, И.А.Башмаков, Касьянов В.Н, Касьянова Е.В., В.В. Гура25; raqamlashtirish sharoitida ta’lim muhitini tashkil etish, raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim tizimini samarali boshqarish, raqamli ta’lim resurslarini yaratish masalalari В.А.Куклев, И.Н.Теркулова, А.Г.Шабанов, Т.В.Беленко, А.П.Грецова, Л.И.Прокопова. Ю.В.Вайнштейн, Н.Е.Суркова, М.Е.Вайндорф – Сысоева, Т.В.Никулина, Е.Б.Стариченко, В.Н. Погодинлар26 tadqiqot olib borishgan.
Xorijlik olimlar J.Bersin, E.C.Wenger, W.Snyder, J.Pfeffer, R.Sutton, J.S.Brown, L.James, F.Raymond, M.Jeffy, D.Kegan, S.Sergis, D.G.Sampson, M.Giannakos, Liddell, H.George, K.Facer, N.Selwyn, P.Costa, J.Castaño-Muñoz, K.A.Bingimlas, A.W.Bates, S.Chauhan, D.Ifenthaler, S.Hofhues, M.Egloffstein, C.Helbig, K.Fielding, K.Murcia27 kabilarning tadqiqotlarida ta’lim platformlari, ta’limda kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning nazariy va metodik masalalari, raiamli ta’lim muhitini shakllantirish va raiamli ta’lim resurslarini yaratish masalasining nazariy va amaliy jihatlari ochib berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |