Bosh ilmiy metodik markaz
1.2 модул
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-MAVZU. Oliy ta’lim sohasiga oid qonunosti hujjatlari va ularning turlari.(2 soat). O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy ta’lim tizimiga oid farmonlari va qarorlari
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oliy ta’lim tizimiga oid qarorlari
- 3-MAVZU. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyruqlari. (2 soat)
Jami:
|
14 |
6 |
8 |
NAZARIY MASHG‘ULOTLAR MAZMUNI
1-MAVZU. Oliy ta’lim sohasiga oid qonun hujjatlarining
umumiy tavsifi.(2 soat)
Oliy ta’lim tizimini tartibga soluvchi normativ - huquqiy xujjatlar tushunchasi. Normativ-huquqiy xujjatlarning turlari. Normativ huquqiy xujjatlarga qo‘yiladigan talablar. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni. Ta’lim jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish. Ta’lim to‘g‘risidagi qonun xujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik.
2-MAVZU. Oliy ta’lim sohasiga oid qonunosti hujjatlari va ularning turlari.(2 soat).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy ta’lim tizimiga oid farmonlari va qarorlari: O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi. 2022 - 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi. Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar. Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oliy ta’lim tizimiga oid qarorlari: Magistratura to‘g‘risidagi nizom. Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi. Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish. Oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni olish. Oliy ta’lim tashkilotlarida masofaviy ta’lim shaklini joriy etish.
3-MAVZU. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyruqlari.
(2 soat)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining ta’lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etishga oid buyruqlari. Davlat ta’lim standartlari, ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining Malaka talablari, o‘quv rejalar, fan dasturlari va ularga qo‘yiladigan talablar. O‘quv yuklamalarini rejalashtirish va ularning bajarilishini nazorat qilish usullari. OTMlarning lokal xujjatlari (Ustav, Ichki tartib qoidalar).
Download 36.98 Kb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling