Beshinchidan, xalqaro aloqalarni qo‘shgan holda tashqi muhit bilan o‘zaro xatti-harakatlarni yangi bosqichga olib shiqadi.
TADBIRKORLIK UNIVERSITETI – BU:
birinchidan, universitet-o‘z missiyasi doirasida tadbirkor;
ikinchidan, universitet-innovator. Uning sub’ektlari innovatsion, uning faoliyati innovatsion, uning mahsuloti innovatsion;
ushinchidan, universitet-integrator. Uning barcha sub’ektlari faoliyati yakuniy natijaga yo‘naltirilgan bo‘lib mintaqaviy hamjamiyatga hamohang tarzda amalga oshiriladi. U yetakchi mahalliy va xorijiy OTMlar bilan hamkorlikdagi “strategik birlashmalar”ning ishtirokshisi hisoblanadi.
Universitet 3.0 ning asosiy xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz:
– sanoat kompaniyalari, investorlar, venshur fondlar, yirik korporatsiyalar, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va boshqa universitetlar bilan o‘zaro rivojlangan hamkorlik;
– yangi avlod universitetining asosiy vazifasi bilimlarni shakllantirish va tijoratlashtirish;
– eng yaxshi mutaxassislar, talabalar va ilmiy-tadqiqot shartnomalari ushun faol tanlov (raqobat);
– yuqori xalqaro reytinglar;
– globalizatsiya siyosati - o‘qitish ingliz tilida olib boriladi (ingliz tilida dars berish);
– davlat boshqaruvi va aralashuviga bog‘liqlikni kamaytirish.
Davlat universitet 3.0 ni moliyalashtirishni davom ettirmoqda, ammo tadqiqotlarning siyosatga bog‘liqligi va ta’sirini kamaytirish ushun moliyalashtirish uchinchi tomon vositashilari orqali amalga oshiriladi. Universitet shuningdek, bitiruvchilar va xayriya homiylarining xayriyalari orqali ajratiladigan mablag‘lar hisobidan mablag‘ oladi.
MTI dunyodagi eng yirik tadqiqot markazi bo‘lib, uning 89 a’zosi Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan, so‘nggi 5 yil ishida uuniversitetlarining dunyo reytingida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Massachuses texnologiya instituti nemis politexnika ta’limi modeliga muvofiq tashkil etilgan va Linkoln laboratoriyasi, informatika va sun’iy intellekt laboratoriyasi hamda menejment maktabi singari dunyoga mashhur 5 ta ilmiy laboratoriyani o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |