-
2 mol X2S moddasi 180 пк suvda eritilganda 55% li eritma olindi (gidroliz hisobga olmang). X ning nisbiy atom massasini (m.a.b).aniqlang.
-
Bosh kvant soni n=4 bölgan energetik qavat uchun maksimal orbitallar soni va maksimal elektronlar soni nechta böladi?
-
Stexiometrik nisbatda olingan Cr2O3 va Al aralashmasi ta'sirlashuvidan 20,8 g toza xrom olindi. Agar mahsulot unumi 80% bölsa, dastlabki aralashma massasini (g) aniqlang.
-
CaBr2 va AlBr3 tutgan eritmada (@=100%) Ca(2+) ionlarining konsentratsiyasi 0,2 mol/dm³, Br(-) ionining C=0,7 mol/dm³ bo'lsa, Al uchun bu qiymat nechaga teng?
-
65,6 g Y(NO3)2 tuzini muayyan haroratda suvda to'la eritib 80 ml 5 mol/dm³ eritma tayyorlash mumkin. Y elementni aniqlang.
-
Bromid ionlari molarligi 0,8 mol/dm³ bo'lgan 500 ml CaBr² eritmasida (@=100%) necha g CaBr² bor?
-
Cu2Zn5 tarkibli qotishmaning 135,9 g miqdoriga 25,55% li HCl eritmasidan necha g ta'sir ettirilsa, Cu3Zn4 tarkibli qotishmaga aylanadi?
-
Bir xil sharoitda 3:4 hajmiy nisbatda olingan CH4 va X gazlarning atomlari 5:4 nisbatda bölsa, X gazni aniqlang.
-
Teng massali He va CH4 gazlari aralashmasining bosimlari yig'indisi 360 sm Hg ustuniga teng bölsa, He ning bosimini (sm Hg) aniqlang.
-
Konsentratsiyasi 12,6% (d=1,2 g/ml) HNO3 eritmasining hajmi suv bilan (ml) 4 marta suyultirildi. Olingan eritma molarligini (mol/dm³) aniqlang.
-
168 g MgCO3 moddasi HCl eritmasida eritilganda 66 g gaz modda ajralgan bölsa, reaksiyaning mahsulot unumini (%) aniqlang.
-
500 g 80% li eritma massasidan 5 marta ko’p noma’lum konsentratsiyali eritma qo’shildi. Natijada eritmaning konsentratsiyasi (%) dastlabki eritmaga nisbatan 1,6 marta kamaydi. Hosil bo’lgan eritmadagi tuzning massasini (g) aniqlang.
-
400 g 60% li eritma massasidan 4 marta ko’p noma’lum konsentratsiyali eritma qo’shildi. Natijada eritmaning konsentratsiyasi (%) dastlabki eritmaga nisbatan 0,6 marta ortdi. Hosil bo’lgan eritmadagi tuzning massasini (g) aniqlang.
-
500 g 30% eritmaning bir qismi to’kilib, o’shancha massada 20% eritma qo’shilganda 28% li eritma hosil bo’lsa, qo’shilgan eritma tarkibida necha gramm tuz bo’lgan?
-
II valentli metall gidridi suvda to’liq eritilganda, olingan ishqorning massasi (g) metall gidridi massasidan 16 g ga ko’p. Agar metall gidridi va ishqorning massalar yig’indisi 58 g ga teng bo’lsa, metallni aniqlang.
Avlakulov_Mexroj Tel: +998(91) 530-03-75
Do'stlaringiz bilan baham: |