Bosh menuni och Vikipediya Qidirish


Download 75 Kb.
Sana11.11.2020
Hajmi75 Kb.
#143757
Bog'liq
dostonchilik maktabi


Bosh menuni och

Vikipediya Qidirish

TahrirlashSahifani kuzatishBoshqa tilda oʻqish

Dostonchilik maktabi

Dostonchilik maktabi - baxshilik sanʼati markazi. Oʻzbek folklorshunosligida Bulungʻur, Narpay, Qoʻrgʻon, Xorazm, Shahrisabz, Sherobod kabi yirik dostonchilik maktablaridan tashqari, Qamay, Piskent, Qulbuqon, oʻzbeklaqay va b. shunday markazlar ham maʼlum. Ular repertuarlari, uslubi, maʼlum ijod tamoyili va ijro usullariga koʻra bir-biridan ajralib turadi. Mas, 19-asrda Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumanining Qamay qishlogʻi bilan bogʻliq Qamay D. m. mavjud boʻlgan. Bu maktab Dehqonobod va Gʻuzor tumanlari atrofida yashovchi Abdukarim Juyruq (19-asr), Mulla Xolnazar oʻgʻli (1910 y. v.e.), Bozor Sherqul oʻgʻli (1887—1953), Hazratqul baxshi Xudoyberdiyev (1920 y. t.) kabi 60 ga yaqin baxshilarni birlashtirgan. Ular Shahrisabz dostonchilik maktabi bilan ijodiy hamkorlikda boʻlgan. Qamay D. m. vakillari xalq dostonlarining lirik yoʻnalishiga alohida eʼtibor berishgan. Ular poetik shakllar taraqqiyotida Sherobod dostonchilik maktabi vakillariga nisbatan ilgarilab ketganlar. Qamay dostonchilaridan "Nuralining yoshligi" (1972, 1977), "Xonimoy" (1963) va b. dostonlar yozib olingan. Piskent D. m. Berdi baxshi nomi bilan bogʻliq. Mazkur maktab lirik yoʻnalishga moyil, baʼzi jihatdan Ergash Jumanbulbul oʻgʻlining ota-bobolari asos solgan Qoʻrgʻon dostonchilik maktabi baxshilariga yaqin poetik uslubga ega bulgan. Jan. Tojikistonda yashovchi oʻzbeklaqay baxshilari Dangʻara tumanining Jorubkoʻl qishlogʻi bilan bogʻliq. Haybat Shamol oʻgʻli (19-asr), Tula Haybat oʻgʻli (1884-1966), Mustafoqul Qunduz oʻgʻli (1883—1966), Shomurod Shamol oʻgʻli (1883—1964) va b. bu maktabning isteʼdodli vakillaridan hisoblangan. Bu baxshilar repertuarining asosini "Goʻroʻgʻli" dostonlar turkumi tashkil qilgan. Ularning matni nihoyatda qisqa, ixcham. Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumani hududida Qoʻlbuqon D. m. shakllangan. Haydar Boycha oʻgʻli, Razzoq Qozoq oʻgʻli, Usmon Mamatqul oʻgʻli, Boʻri baxshi, Mallavoy Hoshimovlardan yozib olingan xalq ogʻzaki ijodi namunalari bu maktabga Bulungʻur dostonchilik maktabi taʼsiri kuchli boʻlganligini koʻrsatadi.

Adabiyot

Last edited 2 months ago by EdgarsBot

RELATED PAGES

Bulungʻur dostonchilik maktabi

Nurota dostonchilik maktabi

Sherobod dostonchilik maktabi

Vikipediya

Content is available under CC BY-SA 3.0 unless otherwise noted.

KonfidensiallikDesBosh menuni och

Vikipediya Qidirish

TahrirlashSahifani kuzatishBoshqa tilda oʻqish

Sherobod dostonchilik maktabi

Savollar


Sherobod dostonchilik maktabi — Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarining bir necha tumanlari, Tojikiston va Turkmanistonning jan. sarhadlarida yetishib chiqqan yuzlab baxshilarni birlashtirgan dostonchilik maktabi. Surxondaryo va Qashqadaryoda dostonchilik anʼanalarining izchil rivojlanishi bugungi kunlarda ham davom etmoqda. Shuning uchun ham bu maktab vakillaridan 20-asrning 40-yillarida yozib olingan dostonlarda dostonchilikning nisbatan quyi bosqich unsurlari, badiiy tafakkurning uncha rivojlanmagan shakllari uchraydi. Oʻtgan asrning 60-yillaridan boshlab esa anʼanalarning muayyanlasha borishi, maʼlum maʼnoda kitobiylikka intilish kuchayadi. Bunda isteʼdodli xalq baxshisi Qodir Rahim oʻgʻlining (1936—85) xizmatlari katta boʻldi. Sherobod dostonchilik maktabim.dan Qosimkoʻr, Sherna Beknazar oʻgʻli, Mardonaqul Avliyoqul oʻgʻli, Umir Safar oʻgʻli, Normurod baxshi, Ahmad baxshi, Nurali Boymat oʻgʻli, Mamadrayim baxshi, Yusuf Oʻtagan oʻgʻli, Eshqobil baxshi, Boʻriboy Ahmedov, Qodir Rahim oʻgʻli kabi oʻnlab dostonchilar yetishib chiqdi. Bugungi kunda Xushboq Mardonaqulov, Shoberdi Boltayev, Boborahim Mamatmurodov, Qora va Chori Umirovlar, Qahhor Qodir oʻgʻli, Abdunazar Poyonov kabi bir qancha baxshilar dostonchilik anʼanalarini davom ettirmoqdalar. Bu maktab vakillaridan yozib olingan "Oltin qovoq", "Malla savdogar", "Zayidqul", "Ollonazar Olchinbek", "Oychinor", "Sherali", "Kelinoy" kabi qator dostonlar Oʻzbekistonning boshqa joylarida yashab oʻtgan baxshilar repertuarida uchramaydi.

Ad. Qahhorov A., Yangi dostonlar, T., 1988; Ergashev A., Xalilov D., "Yozi va Zebo" — ishqdostoni, Qarshi, 2000; Murodov M., Alpomishnoma, 1—2-kitoblar, T., 1999, 2000.

Toʻra Mirzayev.

No iwiki template.gif Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq.

Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.

Stub ikona

Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.

Last edited 3 years ago by Ximik1991Bot

Vikipediya

Content is available under CC BY-SA 3.0 unless otherwise noted.

KonfidensiallikDesktopktopBosh menuni och

Vikipediya Qidirish

TahrirlashSahifani kuzatishBoshqa tilda oʻqish

Nurota dostonchilik maktabi

Nurota dostonchilik maktabi — Nurota tumanining shim.dan Qizilqum boʻylab Qiziltepa, Konimex tumanlarigacha boʻlgan hududlarda yetishib chiqqan baxshilarni birlashtirgan dostonchilar guruhi. Qurbon baxshi, Ashur baxshi, Isirgap baxshi, Bekmurod Joʻraboy oʻgʻli, Saidmurod Panoh oʻgʻli, Qurbon Navruzov, Tursun She-rov, Maʼmur Ermatov, Fayzi Najmid-dinov kabi oʻnlab ijodkorlar shu maktabga mansub boʻlib, Nurota, Navoiy, Tomdi, Konimex, Navbahor, Gʻijduvon, Shofirkon tumanlari aholisiga xizmat qilganlar. Bu maktabning soʻnggi talantli vakillari Saidmurod Panoh oʻgʻli va Bekmurod Joʻraboy oʻgʻlidan "Alpomish", "Odilxon", "Kuntugʻmish" ("Xolbeka"), "Goʻroʻgʻlining Qrimga borishi", "Avazxon", "Malikai ayyor" ("Gulshanbogʻ") kabi dostonlar yozib olingan va nashr etilgan. Bu baxshilar repertuarida boshqa hududlarda tarqalmagan "Sormonxon", "Ahmadxon", "Choʻpon qiz", "Macton kampir" kabi dostonlar ham boʻlgan. Ammo ular oʻz vaqtida yozib olinmagan. Bu baxshilar "Goʻroʻgʻli" turkumi dostonlarini 64 doston qilib kuylaganlar. Shuningdek, bu hu-dudlardagi qoraqal-poq va qozoq xalqlari orasida ham 20-asr boshlarigacha izchil dostonchilik anʼanalari davom etgan. Bu anʼanalarning Nurota dostonchilik maktabim. vakillariga taʼsiri sezilarli boʻlgan. Bu taʼsir repertuar tarkibini oʻzgartira olish darajasida boʻlmasada, koʻpgina motivlar talqini, ijro usullarida yaqqol koʻzga tashlanadi.

Manbalar

Last edited 3 years ago by Ximik1991Bot

RELATED PAGES

Saidmurod panoh oʻgʻli

Tosh chorshanba oʻgʻli

Egamberdi ollomurod oʻgʻli

Vikipediya

Content is available under CC BY-SA 3.0 unless otherwise noted.

KonfidensiallikDesktopBosh menuni och

Vikipediya Qidirish

TahrirlashSahifani kuzatishBoshqa tilda oʻqish

Baxshi


Baxshi (moʻgʻulcha va buryatcha b a x sh a, bagʻsha — ustod, maʼrifatchi; sanskritcha bhikshu — qalandar, darvesh) — 1) xalq dostonchisi. Qoʻshiq va dostonlarni yoddan kuylovchi, aytuvchi, avloddan-avlodga yetkazuvchi sanʼatkor. B. soʻzi baʼzan shaman maʼnosida ham qoʻllanadi. Dostonchilarni esa yuzboshi, soqi, sannovchi, jirov deb ataydilar. B.lar, asosan, ikki toifaga — ijrochi va ijodkor B.larga boʻlinadi. Ijro-ch i B.lar, asosan, ustozidan oʻrgangan dostonlarni juzʼiy oʻzgarishlar bilan aynan kuylasalar, ijodkor B.lar ogʻzaki epik anʼana asosida dostonning oʻz variantlari, hatto ular asosida yangi dostonlar ham yaratadilar. Bunday B.lar shoir deb ham yuritiladi. Mas, Ergash shoir, Fozil shoir, Poʻlkan shoir, Abdulla shoir, Xidir shoir va boshqa B. doston va qoʻshiqdarni qoʻbiz, doʻmbi-ra, dutor kabi sozlar joʻrligida kuy-laydi. Xorazm B.lari dostonlarni asosan, dutor, qisman tor bilan ijro etadilar, ularga gʻijjak va boʻlamonda sozchilar joʻr boʻladilar. Doston kuylash, shogʻird yetishtirishda qatiy tartib, qonun-qoidalarga rioya qilingan (yana q. Dostonchilik); 2) moʻgʻullar istilosi davrida budda dinidagi qalandarlarni, uygʻur alifbosi asosida turli hujjatlar tuzuvchi idora xodimlarini, moʻgʻullardajarrohlarni.Chigʻatoy ulusi, Oltin Oʻrda, Qozon va Qrim xonliklarida kotiblarni, Boburiylar davlatidagi harbiy qismlarning hisobkitob ishlarini olib boruvchi va ularga maosh toʻlovchi yirnk amaldorlarni, Buxoro xonligida maʼmuriy binolar qurishda mablagʻ (sarf-harajat) hisobini olib boruvchi kishilarni, turkmanlarda urut oqsoqollarini ham B. deb atashgan.

Adabiyotlar

Last edited 3 years ago by Ximik1991Bot

RELATED PAGES

Burchak

Badiha


Boyondur

Vikipediya

Content is available under CC BY-SA 3.0 unless otherwise noted.

KonfidensiallikDesktopBosh menuni och

Vikipediya Qidirish

TahrirlashSahifani kuzatishBoshqa tilda oʻqish

Dostonchilik

Dostonchilik — xalq ogʻzaki poetik ijodidagi qad. epik anʼana. Dastlab qoʻshiq shaklidagi, musiqa asbobisiz kuylanadigan asarlar yaratilgan. Keyinchalik (10— 11-asrlar) doʻmbira jurligida aytiladiganlari yuzaga kelgan. D.ning bunday namunalari Kaspiy va Orol dengizlari boʻylaridagi qad. koʻchmanchi turkiy qabilalar orasida vujudga kelgan. Epik dostonlarni yaratuvchi va kuylovchi badihagoʻylar koʻpayib borgan sari ustoz-shogirdlik anʼanalari vujudga kela boshladi. Natijada 15—16-asrlarga kelib koʻpgina dostonchilik maktabi paydo boʻldi. 17—18-asrlar D. taraqqiyotida jiddiy koʻtarilish bosqichi, 19—20-asrlar esa uning eng rivojlangan davri hisoblanadi. Bu davrda baxshilar repertuarida 150 dan ortiq xalq dostonlari boʻlib, ularni Tilla kampir, Sulton kampir, Jolmon baxshi, Boʻron shoir, Jumanbulbul, Jossoq, Xonimjon xalfa, Buvi shoira, Suyav baxshi, Amin baxshi, Yoʻldoshbulbul, Sultonmurod, Qurbonbek, Yoʻldosh shoir, Suyar shoir, Sherna yuzboshi kabi mashhur baxshilar kuylab kelganlar. Ergash Jumanbulbul oʻgʻli, Fozil Yoʻldosh oʻgʻli, Poʻlkan, Islom shoir, Saidmurod Panoh oʻgʻli, Berdi baxshi, Abdulla Nurali oʻgʻli, Umir shoir, Bola baxshi, Ahmad baxshi kabi yetakchi sanʼatkorlar uzlariga zamondosh boshqa baxshilar bilan birgalikda bu epik anʼanani davom ettirdilar. D.da qatiy tartibga rioya qilingan: doston eshitish uchun maxsus kechalar uyushtirilgan, toʻy-hashamlar ham baxshilarsiz oʻtmagan. Tinglovchilar baxshini toʻrga oʻtqazib, atrofida qoʻr toʻkib oʻtirganlar. Baxshi doʻmbirasini sozlab, tinglovchilarga "Nima aytay" termasi bilan murojaat qilgan, "Kunlarim", "Doʻmbiram" termalarini aytib, tinglovchilar eʼtiborini oʻziga jalb etgan. Baxshi ijro davomida dostondagi har bir tasvirga mos soʻz topib, oʻsha soʻzlarga monand xatti-harakatlar qilgan. Tinglovchilarni qiziqtirish b-n, oʻzi ham tobora avjga chiqqan. Iqtidorli dostonchilar ikki-uch kecha mobaynida, hatto oylab doston kuylay olganlar. Mas, Shernazar Berdinazar oʻgʻli yetti kecha davomida doston ayta olgan. Baʼzi dostonlarning hajmi ham ikki-uch kecha muttasil ijro etishni taqozo etgan. Dostonchi, odatda, voqea eng qiziq joyga yetganda kuylashni toʻxtatib, tanaffus qilgan, bu esa tinglovchilarning qiziqishini yana ham oshirgan. D. kechalariga ikki-uch baxshi tashrif buyurgan. Bunday hollarda dostonchilar oʻzaro tortishuvga kirishganlar: bir-birlarining iqtidorlarini, soʻzdagi chechanligini, soz chalishdagi mahoratlarini sinaganlar. Tinglovchilar ularga baho berganlar. Xalq olqishini ololmagan dostonchi davradan chiqib ketgan.

D. anʼanasi hozirgi kunda ham davom etmoqda, ammo kuylash tartibi va sharoitlarida birmuncha oʻzgarishlar bor. Endiliqda baxshilar teatrlarda, konsert zallarida, katta sayil va hasharlarda, radio va televideniye orqali uyushtirilgan olimpiada va tanlovlarda oʻz mahoratlarini keng tomoshabinlar oldida namoyish etmoqdalar.

Adabiyot

Last edited 2 months ago by EdgarsBot

Vikipediya

Content is available under CC BY-SA 3.0 unless otherwise noted.

KonfidensiallikDesktop

RSSTelegram

Daryo


+15°C

Toshkent


Mahalliy 18:06, 20.01.2018 11586

Shavkat Mirziyoyev: Dostonchilik va baxshichilik — milliy g‘ururimiz

2018-yilgi Navro‘z bayrami arafasida O‘zbekiston baxshilarining respublika seminari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida ma’lum qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zA axborotiga ko‘ra, Prezident 20-yanvar kuni Termiz shahridagi “Amudaryo” bolalar oromgohi va shu oromgoh huzurida tashkil etilgan 125 o‘rinli baxshilar maktabi faoliyati bilan tanishgan, O‘zbekiston xalq baxshilari Shoberdi Boltayev va Abdunazar Poyonov bilan muloqot qilgan.

Dostonchilik va baxshichilik — milliy g‘ururimiz. Uning zamiridagi ezgu qadriyatlarni xalqimizga yetkazish lozim.

Baxshichilik maktabi xalq og‘zaki ijodining noyob durdonalarini asrashga, uni rivojlantirishga, baxshilarning obro‘sini ko‘tarishga xizmat qilishi kerak.

Joriy yil Navro‘z bayrami arafasida yurtimiz baxshilarining respublika seminarini o‘tkazishni yo‘lga qo‘yamiz, ularni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Xabar berishlaricha, Prezident mutasaddilarga “Mustaqillik baxshilari” kitobini chiqarish, Surxondaryo viloyatidagi kollejlarda ushbu san’at turini o‘qitish yuzasidan topshiriqlar bergan.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoda “Amudaryo” bolalar oromgohi va Baxshilar maktabini borib ko‘rdi

Ulashing:

Boshqa yangiliklar

Mahalliy


21:40, 22.09.2018 434526

Toshkent viloyatida aktrisani vahshiylarcha o‘ldirib, uning jasadini kanalga oqizib yuborgan qotillarga sud hukmi o‘qildi (video)

Mahalliy

12:00, 14.09.2018 267495

Jamshid Kenjayevning rafiqasi: u mehribon ota va g‘amxo‘r turmush o‘rtoq edi (video)

Mahalliy


18:27, 14.09.2018 153367

Farg‘onalik 5 yoshli qizchaning o‘limiga sababchi bo‘lgan yigit 11 yilga qamaldi

So‘nggi yangiliklar

Mahalliy 16:49 Bugun 0

Farg‘onada Prezident farmoni bilan afv etilgan 27 nafar mahkum oilasi bag‘riga qaytdi

Mahalliy 16:37 Bugun 532

Oliy Majlis Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev Navoiyda aholining yashash tarzi va sharoiti bilan tanishdi

Mahalliy 16:21 Bugun 1380

Turkiyada al Hakim at-Termiziyning yo‘qolgan asarlaridan biri topildi

Dunyo 16:09 Bugun 1754

Donald Tramp “Maykl” dovuli yaqinlashgani tufayli Floridada favqulodda holat e’lon qildi

Eng ko‘p o‘qilgan

Mahalliy 12:01, 08.10.2018 240333

O‘zbekistonda birinchi qor yog‘di (foto)

Mahalliy 14:25, 09.10.2018 156799

Toshkentda yosh tadbirkor yigit fojiali tarzda halok bo‘ldi

Mahalliy 19:45, 08.10.2018 121714

Toshkentda Lacetti piyoda qizni bosib ketdi. Qiz komaga tushib qoldi

Mahalliy 08:24, 09.10.2018 94901

9 yil avval poyezddan Qozog‘istonda tushib qolib, izsiz yo‘qolgan o‘zbekistonlik topildi

Ukrainadagi harbiy omborda yuz bergan yong‘in oqibatida portlashlar yuzaga keldi (video)

Bosh prokuratura: Toshkentda bog‘cha tarbiyalanuvchilarining zaharlanishi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga rasmiy tashrifi yakunlandi

Mbappe, Pulishich, Kutrone. Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar e’lon qilindi

O‘zbekistonda 3D multseriali ishlandi

Biz haqimizda

Foydalanish shartlari

Reklama


Mobil muxbir

Ishga marhamat!

Biz bilan bog‘laning

© Simple Networking Solutions +18 “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!

Zamin.uz

chorshanba, 10 oktyabr 2018, 16:56 ЎЗO‘Z

Madaniyat vaziri Mahmud Nomozov va Hosila Rahimovani topshiriqlardan bo‘yin tovlashda aybladi

18 avg, 22:44 1 746 Madaniyat

Madaniyat vaziri Mahmud Nomozov va Hosila Rahimovani topshiriqlardan bo‘yin tovlashda aybladi

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullaev taniqli xonandalar ishtirokida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasida yig‘ilish o‘tkazgani, unda “O‘zbekiston xalq artistlari klubi” tashkil etilgani va klub raisligiga O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov tayinlangani haqida xabar bergan edik.

Baxtiyor Sayfullaev o‘z ma’ruzasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 3 avgust kuni ijodkorlar ziyolilari bilan o‘tkazilgan uchrashuvdagi aytgan gaplariga to‘xtalib, ayrim xonandalarni tanqid qildi.

Baxtiyor Sayfullaev qayta-qayta xonandalarga yalinish darajasiga etib borilganini ta’kidlarkan, uning navbatdagi tanqidlari O‘zbekiston xalq artisti Mahmud Nomozov va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hosila Rahimovaga qaratildi.

“Prezidentimiz baxshilik maktabi yo‘q bo‘lib ketmasin deb Qashqadaryo va Surxondaryo baxshilik san’ati uchun alohida maktab yaratib berdilar. Bu san’at bugun yo‘q bo‘lib ketish darajasiga etgandi. Qoraqalpoq va Surxondaryo-Qashqadaryo baxshilik maktabi bir-biridan farq qiladi. Qoraqalpoq baxshilari allaqachon o‘z maktabini yaratgan”, deydi vazir.

Baxtiyor Sayfullaevning fikricha, 3 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning ijodkorlar ziyolilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvidan keyin ham ayrim san’atkorlar o‘zida mas’uliyatni his etmagan.

U O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azimga baxshilar maktabi tashkil etilishi munosabati bilan qo‘shiq uchun she’r yozib berishini iltimos qilgani, she’r tayyor bo‘lgach, qo‘shiqni kuylash san-salor qilinganini aytadi.

“Mahmud Nomozovga she’rni berdik, ketdi... Hosila Rahimovaga men o‘zim yalindim. Qachongacha xonandalarning ortidan yalinib yurish kerak? Bitta qo‘shig‘ingni ber baraka topgur, bir yilda bir marta bo‘ladigan tadbirda Prezidentni yoniga seni olib chiqay, deb qachongacha gapiramiz. To‘g‘ri, biz u yo‘q, bu yo‘q deb talab qilishga o‘rganib qolganmiz. Prezidentimiz ham uchrashuvda aytdilar, nima kerak sizlarga deb”, deydi Baxtiyor Sayfullaev.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri san’atkorlar orasidagi nomaqbul holatlar haqida kuyunib gapirar ekan, nafaqat katta san’atkorlar, balki yoshlar, “Nihol” mukofoti sovrindorlarini ham mukofotlanganining ertasigayoq topib bo‘lmasligi, ular jamiyat xizmatidan o‘zlarini olib qochishlarini bot-bot takrorladi.

Manba: Qalampir.uz

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Mavzuga oid

Madaniyat vaziri: “San’atkorlarga iltimos tugul iltijo qilyapmiz, ammo natija yo‘q” 18 avg, 17:02 Farrux Zokirov “O‘zbekiston xalq artistlari klubi” raisi etib tayinlandi 17 avg, 21:31 "Yoshlar" teleradiokanali direktorligidan voz kechgan Nazarbekov vazir o‘rinbosari bo‘ldi 09 avg, 23:25 Baxtiyor Sayfullaev Madaniyat vaziri lavozimiga tayinlandi 09 avg, 22:13 “O‘zbekkonsert” qoshida “O‘zbekiston xalq artistlari” klubi tashkil etiladi 03 avg, 20:07 Obid Asomov Farrux Zokirovning puli serobligini aytdi 20 apr, 09:37

So'nggi yangiliklar

“Uzonline” tungi tarifi vaqtini uzaytirdi va tezlikni 2 barobarga oshirdi 10 okt, 16:43 0 Internetda “Bagʻdod goʻzali”ning oʻldirib ketilishi aks etgan video tarqaldi (video) 10 okt, 16:16 0 Piyoda qizni bosib ketgan “Lasetti” haydovchisiga qanday jazo beriladi? (video) 10 okt, 15:45 79 “Toshshahartransxizmat” xodimasini haqorat qilgan “Damas” haydovchisiga jazo tayinlandi (foto, video) 10 okt, 15:18 108 Hurfikrlikni bugʻishning oqibatlari yoxud Amerikani kimlar Amerika qilgan? 10 okt, 14:48 190 Samarqand viloyatida 18 yoshli kollej oʻquvchisi qotillikka qoʻl urdi (video) 10 okt, 14:22 334 Suratdagi yotoqxonalardan birini tanlang va oʻzingizga nomaʼlum jihatlaringizni bilib oling 10 okt, 13:56 465 Hindistonda poyezd relsdan chiqib ketdi, qurbonlar bor (foto) 10 okt, 13:30 221 Gretsiyada semiz sayyohlarga eshakka minish taqiqlandi 10 okt, 13:02 184 “Alimentlarni oldindan toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi 10 okt, 12:36 341

Bo‘limlar

Bosh sahifa

O‘zbekiston

Jamiyat

Dunyo


Madaniyat

Sport


Texnologiya

Avto


Iqtisodiyot

Tibbiyot


Hayot tarzi

Bosh sahifa To‘liq versiya © Zamin, 2014-2018 18+

Yuzingiz yana yosh ko’rinishga ega bo’ladi, faqatgina nima qilishni yodlab oling Yuzingiz yana yosh ko’rinishga ega bo’ladi, faqatgina nima qilishni yodlab oling

Ajinlar o"zi-o"zidan g"oyib bo"ladi! Yuzingiz 20 yilga yosharadi Ajinlar o"zi-o"zidan g"oyib bo"ladi! Yuzingiz 20 yilga yosharadi

Men 7 yilga yoshroq ko’rinaman, chunki men o’zimni bu narsaga… Men 7 yilga yoshroq ko’rinaman, chunki men o’zimni bu narsaga…

Bo"g"inlardagi og"riq 5 kunda yo"qoladi. 53% odamlar bu uslubni qo"llashgan Bo"g"inlardagi og"riq 5 kunda yo"qoladi. 53% odamlar bu uslubni qo"llashgan

Yoshim 43 da lekin ko’rinishim ancha yosh, buni erim ham sezdi. Men faqatgina… Yoshim 43 da lekin ko’rinishim ancha yosh, buni erim ham sezdi. Men faqatgina…

U 46 yoshda, lekin uni yigiti uni 23 yosh deb o"ylaydi! Har kuni mazkur... U 46 yoshda, lekin uni yigiti uni 23 yosh deb o"ylaydi! Har kuni mazkur...

“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!

Zamin.uz


chorshanba, 10 oktyabr 2018, 17:01 ЎЗO‘Z

Baxshi va dostonchilar uchun muhim yangilik

01 may, 00:30 895 Madaniyat

Бахши ва достончилар учун муҳим янгилик

Baxshichilik va dostonchilik san’atini mamlakatimizda va xorijda keng targ‘ib etish, ustoz baxshilar, dostonchilar, soha olimlari, iqtidorli yosh baxshilarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2018 yil 26 aprelda Vazirlar Mahkamasining “Baxshichilik va dostonchilik san’atini yanada rivojlantirish hamda takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “Baxshichilik va dostonchilik san’atini yanada rivojlantirish hamda takomillashtirish bo‘yicha 2018–2022 yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi hamda Samarqand, Surxondaryo, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklariga “Yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish yuzasidan alohida vazifalar yuklatildi. Xususan, “Yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish bo‘yicha bir hafta muddatda ishchi guruhlari tuziladi. Shuningdek, “Yo‘l xaritasi” asosida ikki hafta muddatda tarmoq dasturlarini ishlab chiqish, tasdiqlash belgilangan.

2018/2019 o‘quv yilidan boshlab mazkur viloyatlardagi ayrim musiqa va san’at maktablari qoshida baxshichilik va dostonchilik yo‘nalishi bo‘yicha ochiladigan sinflar uchun yangi o‘quv dasturlari va uslubiy qo‘llanmalar chop etiladi.

Tarmoq dasturlarini amalga oshirish uchun zarur mablag‘lar mahalliy byudjet mablag‘lari hamda homiylarning xayriyalarini jalb qilish yo‘li bilan ta’minlanadi.

O‘zbek baxshilik san’atini yanada rivojlantirish va targ‘ib etishga hissa qo‘shgan ustoz baxshilar va dostonchilar, xalqaro va respublika miqyosidagi nufuzli tanlovlarda yuqori o‘rinlarni egallagan yosh baxshilar va doston ijrochilariga hududlarda qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti asosida xonadonlar ajratiladi.

Yuqorida ta’kidlangan “Yo‘l xaritasi”da bir qator muhim vazifalar ko‘zda tutilgan. Xususan, Mustaqillik bayramining 27 yilligi arafasida respublikada faoliyat yuritayotgan baxshilar ijodini tarannum etadigan “Mustaqillik baxshilari” kitob-albomi chop etiladi hamda joriy yilda o‘zbek baxshichilik san’atining taniqli namoyandalari ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan hujjatli film yaratiladi.

Chekka, olis hududlardagi baxshi-shoir, oqin, jirovlardan doston, terma, aytimlarni zamonaviy raqamli audio va video uskunalar yordamida yozib olish yo‘lga qo‘yiladi.

Baxshichilik san’ati durdonasi hisoblangan xalq dostonlari haqida teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar muntazam ravishda efirga uzatib boriladi.

Sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan hududlarda, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlaridagi tarixiy maskanlarda do‘mbira, chanqovuz, sibizg‘a, bo‘lamon, sopol nay, qo‘biz, qo‘shnay kabi o‘zbek milliy qadim cholg‘u asboblari va baxshichilik san’atiga oid adabiyotlar ko‘rgazmalari, doston va terma san’atini targ‘ib etishga qaratilgan ko‘ngilochar tadbirlar uyushtiriladi.

Mahallalarda, istirohat bog‘larida, ta’lim maskanlarida, san’at saroylarida “Doston” kechalari, taniqli baxshi-shoirlar bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkaziladi.

O‘zbek baxshichilik san’ati rivojiga katta hissa qo‘shgan atoqli baxshi-shoirlarning xotira kechalari tashkil etiladi.

Xalq og‘zaki ijodiyoti yodgorliklarini to‘plash va nashr etish, baxshichilik san’ati, dostonlar, xalq termalari yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borish keng yo‘lga qo‘yiladi.

Xalq baxshilari faoliyati yoritilgan portretlar tayyorlanib, joylardagi 312 ta bolalar musiqa va san’at maktablariga yetkaziladi.

Shuningdek, “Yo‘l xaritasi”da xalqaro ko‘rik-tanlov va festivallar, davlat tadbirlari hamda xorijda o‘tkaziladigan O‘zbekiston madaniyat kunlarida baxshi-shoirlarning ishtirokini ta’minlash kabi bir qator muhim tadbirlar ko‘zda tutilgan.

Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori hamda “Yo‘l xaritasi” bilan Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi orqali to‘liq tanishishingiz mumkin.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Mavzuga oid

2019 yildan boshlab kinoga elektron chiptalar sotiladi 13 apr, 14:30 San’atkorlar har yili Prezident nomidan rag‘batlantirib boriladi 09 apr, 22:39 Yulduz Abdullayeva va Oyxon Eshonxonovaning Andijondagi konserti noqonuniy tashkil qilingan 15 dek, 09:25 San’atkorlar daromad solig‘i to‘lashdan to‘liq ozod qilindimi? 14 iyul, 10:32 Yangi qaror: jonli ijroga mo‘ljallangan zamonaviy konsert zali barpo etiladi 01 iyun, 11:35

So'nggi yangiliklar

“Uzonline” tungi tarifi vaqtini uzaytirdi va tezlikni 2 barobarga oshirdi 10 okt, 16:43 0 Internetda “Bagʻdod goʻzali”ning oʻldirib ketilishi aks etgan video tarqaldi (video) 10 okt, 16:16 0 Piyoda qizni bosib ketgan “Lasetti” haydovchisiga qanday jazo beriladi? (video) 10 okt, 15:45 79 “Toshshahartransxizmat” xodimasini haqorat qilgan “Damas” haydovchisiga jazo tayinlandi (foto, video) 10 okt, 15:18 108 Hurfikrlikni bugʻishning oqibatlari yoxud Amerikani kimlar Amerika qilgan? 10 okt, 14:48 190 Samarqand viloyatida 18 yoshli kollej oʻquvchisi qotillikka qoʻl urdi (video) 10 okt, 14:22 334 Suratdagi yotoqxonalardan birini tanlang va oʻzingizga nomaʼlum jihatlaringizni bilib oling 10 okt, 13:56 465 Hindistonda poyezd relsdan chiqib ketdi, qurbonlar bor (foto) 10 okt, 13:30 221 Gretsiyada semiz sayyohlarga eshakka minish taqiqlandi 10 okt, 13:02 184 “Alimentlarni oldindan toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi 10 okt, 12:36 341

Bo‘limlar

Bosh sahifa

O‘zbekiston

Jamiyat

Dunyo


Madaniyat

Sport


Texnologiya

Avto


Iqtisodiyot

Tibbiyot


Hayot tarzi

Bosh sahifa To‘liq versiya © Zamin, 2014-2018 18+

Siz hech qachon menga 42 yosh bermaysiz! Chunki men… Siz hech qachon menga 42 yosh bermaysiz! Chunki men…

Men 7 yilga yoshroq ko’rinaman, chunki men o’zimni bu narsaga… Men 7 yilga yoshroq ko’rinaman, chunki men o’zimni bu narsaga…

53 yoshli ayol huddi yosh qizchadek ko"rinadi! Mana uni siri: yotishdan avval... 53 yoshli ayol huddi yosh qizchadek ko"rinadi! Mana uni siri: yotishdan avval...

Yuzingiz yana yosh ko’rinishga ega bo’ladi, faqatgina nima qilishni yodlab oling Yuzingiz yana yosh ko’rinishga ega bo’ladi, faqatgina nima qilishni yodlab oling



Ajinlaringiz bir haftada ketadi agarda siz ushbu oddiygina narsani qilsangiz Ajinlaringiz bir haftada ketadi agarda siz ushbu oddiygina narsani qilsangiz

Yoshim 43 da lekin ko’rinishim ancha yosh, buni erim ham sezdi. Men faqatgina… Yoshim 43 da lekin ko’rinishim ancha yosh, buni erim ham sezdi. Men faqatgina…
Download 75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling