Bosh miya bo'laklari tuzilishi nerv sistemasi haqida umumiy tushuncha Reja


Download 39.46 Kb.
bet11/12
Sana18.06.2023
Hajmi39.46 Kb.
#1567488
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
bosh miya bo\'laklari tuzilishi nerv sistemasi haqida umumiy tushuncha

Shartli va shartsiz reflekslar.
Nerv tizimining faoliyati reflektor printsipida amalga oshadi. Refleks tashqi va ichki muhit ta'siriga organizmning nerv sistemasi orqali yuzaga keladigan javob reaktsiyasidir. Refleks terminini fiziologiya faniga chex olimi Proxaski kiritgan. Reflekslar ikki xil bo`ladi: shartli va shartsiz.
Shartsiz reflekslar tugmadir, uning hosil bo`lishida markaziy nerv tizimining pastki qismlari, ya'ni orqa, uzunchoq, o`rta, oraliq miyadagi nerv markazlari ishtirok etadi. Bu reflekslar odam organizmidagi muhim hayotiy jarayonlarni ta'minlashga qaratilgan. Masalan, ovqatni chaynash, emish, yutish, hazm qilish, siydik ajratish, nafas olish, qon aylanishi va boshqalar. Shartsiz reflekslar doim, odam hayoti davomida o`zgarmaydi. Bu reflekslar nasldan — naslga o`tadi.
Shartli reflekslar. Shartli reflekslar odam hayoti davomida hosil bo`lib, uning markazi bosh miya katta yarim sharlari po`slog`ida joylashgan. Shartli reflekslarning nerv yo`llari tarbiya, bilim olish, hunar o`rganish va boshqa hayotiy tajribalar asosida hosil bo`ladi. Muayyan refleks uzoq vaqt takrorlanmasa bu shartli refleks so`nadi. Shartli refleks shartsiz refleks asosida hosil bo`ladi. Shartli refleks hosil bo`lishi uchun oldin shartli ta'sirlovchi ketidan shartsiz ta'sirlovchi ta'sir etishi kerak. Shartli reflekslar hosil bo`lishi uchun quyidagilar zarur: 1) befarq shartli ta'sir; 2) shartli ta'sir shartsiz ta'sirdan oldin kelishi va shartsiz ta'sir qila boshlagandan keyin ham birmuncha vaqt ta'sir ko`rsatib turishi kerak; 3) shartli va shartsiz ta'sirlar shu tariqa birga qo`llanilishi kerak. Shartli ta'sir shartsiz ta'sir bilan quvvatlanib turilmasa, shartli refleks hosil bo`lmasligi mumkin. Hayot mobaynida ba'zi shartli reflekslar so`nib, yangilari paydo bo`lib turadi. Masalan bola tug`ilganda 7-8 marta emsa, katta odam 3-4 maxal ovqatlanadi. Refleks bosib o`tgan yo`lga reflektor yoyi deyiladi u quyidagilardan tashkil topgan: retseptor (nerv uchi), markazga intiluvchi nerv ya'ni afferent nerv; nerv markazi (orqa yoki bosh miya), markazdan qochuvchi, ya'ni efferent nerv va ish bajaruvchi organ yoki effektordan iborat. Retseptorlar joylashishiga qarab tashqi-eksteroretseptorlar va ichki — interoretseptorlarga bo`linadi. Ekstroretseptorlarga teri, ko`z, quloq, hid bilish, ta'm bilish organlarida joylashgan retseptorlar kiradi. Ular tashqi ta'sirni qabul qiladi. Interoretseptorlar esa ichki organlarda joylashgan, ular organizmning o`zida hosil bo`lgan ta'sirni qabul qiladi. Prodrioretseptorlar muskullar, paylar va bo`g`imlarda joylashgan retseptorlardir. Shartli reflekslar hosil qilishda chamalash refleksining ahamiyati juda katta, bu refleksii I.P.Pavlov "Nima degan?" deb atagan. Chamalash refleksi turlicha namoyon bo`ladi. tashqi muhitning bir oz o`zgarishi bosh, ko`z, quloq butun gavdani ta'sir berilgan ( tomonga qarab aylantiruvchi muskulllar harakatini paydo qiladi. Chamalash refleksi murakkab reaktsiya hisoblanadi, u komponentlarni yagona bir tizimga birlashtiruvchi omildir.
Shartli ta'sirlovchini shartsiz ta'sirlovchi bilan mustahkamlab, hosil qilingan shartli refleks birinchi tartibli shartli refleks deyiladi. Ana shu shartli refleks asosida yangi shartli refleks hosil qilish mumkin. Bu hosil qilingan shartli refleks ikkinchi tartib" shartli refleks deyiladi. Masalan, itda lampochka yoqib, so`lak ajralishiga shartli refleks hosil qilinsa, unga qo`shimcha ravishda qo`ng`iroq chalib, yangi shartli refleks hosil qilish mumkin. Vaqtga, aloqador shartli reflekslar. Muayyan oraliqda ham shartli ta'sir paydo bo`lib qolishi mumkin. Bolani har 3-4 soatda ovqatlantirib turilsa, bir necha marta ovqatlanganidan so`ng unda shu vaqtda ovqatlanish shartli refleksi paydo bo`ladi, Kun tartibi xususida ham shuni aytish mumkin. Dars tugashiga 1-2 minut qolganda bolalarning diqqati bir oz susayadi. Bunga vaqtga aloqador shartli refleks sababchidir. Maktab yoshidagi bolalarda ularning ma'lum vaqtda uxlashi, uyg`onishi, dars tayyorlashi, ovqatlanishi kabi vaqtga aloqador shartli reflekslarni qorish mumkin.
Iz qoldiruvchi shartli reflekslar. Iz qoldiruvchi shartli reflekslar shartli ta'sirlovchilardan so`ng miya yarim sharlari po`slog`i hujayralarida qolgan iz hisobiga vujudga keladi. O`quvchiga ma'lum vazifa topshirilganda u bu vazifani o`z vaqtida olib kelib topshirishi mazkur refleksga misol bo`la oladi.
Shartli reflekslarning tormozlanishi.
Tormozlanish ikki xil: tashqi, ya'ni shartsiz tormozlanish va ichki, ya'ni shartli tormozlanish bo`ladi.
Tashqi tormozlanish. Shartli refleks hosil bo`layotgan davrda tashqi muhit sharoitining birdan o`zgarishi miya po`slog`ida yangi qo`zg`alish o`chogini hosil qiladi va shartli refleks markazini tormozlaydi. Bunday tashqi ta'sirlovchilarga turli tovushlar, xonadagi yorug`lik, shamol va boshqalar kiradi. Tashqi tormozlanishni hosil qiladigan ta'sirlovchilar shartsiz ta'sirlovchi deb nomlanadi. Masalan dars vaqtida ko`chadan avtomobil' ovozi eshitilganda o`quvchilarning diqqati chalg`iydi. Miya po`slog`ida ikkilamchi qo`zg`alish markazi vujudga kelmasa ham tormozlanish paydo bo`lishi mumkin.
Shartli tormozlanish. Shartli ya'ni ichki tormozlanish markaziy nerv sistemasining yuqori bo`limlariga xos bo`lib, shartli ta'sirlovchi shartsiz ta'sirlovchi bilan mustahkamlanmaganda, ikkita qo`zg`alish o`chog`i vaqtining bir-biriga zid kelishi natijasida hosil bo`ladi. Shartli tormozlanish hayot davomida asta-sekin paydo bo`ladi. Shartli tormozlanish so`nuvchi, qiyosiy va kechikuvchi turlarga bo`linadi.
So`nuvchi tormozlanish. Agar odam egallagan bilim, hunar, kasbini uzoq, vaqt davomida takrorlab turmasa, uning esidan chiqadi, hosil bo`lgan shartli refleks so`nadi, ya'ni bu refleksning miyadagi markazida ichki so`nuvchi tormozlanish holati yuzaga keladi. Natijada odamning o`rgangan bilimi, hunari esidan chiqadi. Ammo bu bog`lanish yo`qolsa ham ma'lum vaqtgacha uning izi qoladi. Shuning uchun odam unutgan narsalarini takrorlasa u tez esiga keladi. Odamning— kundalik hayotida so`nuvchi tormozlanish muhim ahamiyatga ega. So`nuvchi shartli refleks qaytadan tiklanishi mumkin, bu nerv sistemasining tipiga, sinish darajasiga, bolaning yoshiga bog`lik bo`ladi.
Qiyosiy tormozlanish. Miya yarim sharlar po`slog`ida shartli refleks faqat shartli ta'sirga nisbatan hosil bo`lmasdan, balki shu ta'sirga yaqin ta'sirlovchilarga ham bog`liq bo`ladi. Shartli ta'sirlovchining rangi, shakli, tovush balandligi bir oz o`zgartirilgundek bo`lsa, hosil qilingan shartli refleks tormozlanadi.
Kechikuvchi shartli refleks. Agar shartsiz ta'sirlovchi kechiktirilib ta'sir qilinsa, shartli refleks ta'sir berilishi bilanoq emas, balki bir oz kechroq hosil bo`ladi. Kechikuvchi shartli reflekslar bogcha, maktab yoshidagi bolalarda juda qiyinlik bilan hosil bo`ladi. Bu bolalar oliy nerv faoliyatining tipiga bog`liq.
Nerv tizimi funksiyasi haqida tushuncha. Nerv tizimining funksiyasi ikki qismga bo‘lib o‘rganiladi.
Nerv tizimining birinchi funksiyasi - odam organizmining barcha hujayra, to‘qima va a’zolari funksiyasini boshqarish, ularning bir-biri bilan bog‘lanishini ta’minlashdan iborat. Bu funksiyani markaziy nerv tizimining quyi qismlari (bosh miyaning quyi sohasida joylashgan uzunchoq, o‘rta, oraliq miya, miyacha) dagi nerv markazlari, shuningdek, orqa miya bajaradi.
Nerv tizimining ikkinchi funksiyasi - odamning tashqi muhit va atrofdagi boshqa odamlar bilan munosabati, fe’l-atvori, fikrlashi, ongi, aqliy xususiyatlarini ta’minlaydi.Nerv tizimining bu funksiyasi akademik I.P.Pavlov tomonidan oliy nerv faoliyati deb nomlangan. Oliy nerv faoliyati bosh miya yarim sharlarining po‘stloq qismida joylashgan nerv markazlari tomonidan boshqariladi.
Nerv tizimining tuzilishi. Nerv tizimi ikki qismdan iborat. Markaziy va periferik nerv tizimi. Markaziy nerv tizimi orqa miya va bosh miyadan iborat.
Orqa miya. Orqa miya umurtqa pog‘onasi kanalida joylashgan bo‘lib, uzunligi katta odamda 40-45 sm,massasi 30-40 gr bo‘ladi. Orqa miyada 13 milliondan ko‘proq nerv hujayralari bor. Nerv hujayralarining kattaligi 0,1 mm dan oshmaydi.Ulardan chiqadigan ayrim nerv tolalarining uzunligi 1,5 m ga yetadi. Orqa miya uch qavat parda bilan o‘ralgan: tashqi qavati qattiq, o‘rta qavati o‘rgimchak to‘risimon,ichki qavati yumshoq parda. O‘rta va ichki qavat pardalari orasida orqa miya suyuqligi bo‘ladi.
Orqa miyaning yuqori qismi birinchi bo‘yin umurtqasiga to‘g‘ri keladi va bosh miyaning pastki qismi bo‘lgan uzunchoq miyaga tutashadi.Orqa miyaning pastki qismi 1-2 bel umurtqalari sohasida konus shaklida tugaydi. Pastga esa orqa miya ip shaklida davom etadi. Ipning yuqori qismida nerv hujayralari bo‘lib, ipning uchi umurtqa pog‘onasining dum qismida tugaydi.
Orqa miya 31-33 segmentdan iborat. Ularning 8 tasi bo‘yin qismida, 12 tasi ko‘krak, 5 tasi bel, 5 tasi dumg‘aza va 1- 3 tasi dum qismida bo‘ladi.
Orqa miya ko‘ndalangiga kesilsa, u ikki xil moddadan tuzilganligi ko‘rinadi: 1. Tashqi qismi oq modda. 2. Ichki qismi kulrang modda. Kulrang modda kapalak yoki “H” harfiga o‘xshash bo‘lib, u nerv hujayralaridan tashkil topgan.
Orqa miya kulrang moddasining bir juft oldingi, bir juft orqa va bir juft yon shoxlari bo‘ladi. Oldingi shoxlarida harakatlantiruvchi nerv hujayralari, orqa shoxlarida sezuvchi, yon shoxlarida vegetativ nerv hujayralari joylashgan. Nerv hujayralarining kalta o‘simtalari hujayralarni bir-biri bilan tutashtiradi. Ular umurtqa pog‘onasining kanalidan tashqariga chiqmaydi. Nerv hujayralarining uzun o‘simtalari sezuvchi, harakatlantiruvchi va vegetativ nerv tolalarini tashkil etib, ular umurtqa pog‘onasidan tashqariga chiqib tananing to‘qima va a’zolariga boradi.
Orqa miyaning oq moddasi nerv tolalaridan tashkil topgan bo‘lib, ular orqa miyaning turli segmentlaridagi nerv hujayralarini bir biriga va ularni bosh miyaning nerv hujayralari bilan tutashtiradi. Bu nerv tolalari orqa va bosh miya nerv markazlarida yuzaga kelgan qo‘zg‘olish impulslarini bir-biriga o‘tkazish funksiyasini bajaradi.
Bosh miya. Bosh miya tabiat yaratgan ajoyib mo‘jizadir. Odamning bosh miyasi uning aql idroki, fikrlash qobiliyati, ongi kabi muhim psixik xususiyatlarining fiziologik asosi hisoblanadi.
U tashqi va ichki muhit ta’sirini analiz -sintez qilib, ularga javob qaytaradi, tananing barcha to‘qima-a’zolari faoliyatini bir-biriga bog‘lab, boshqaradi.Organizm bilan tashqi muhitning aloqasini ta’minlaydi, uni muhit sharoitiga moslashtiradi.Bosh miya kalla suyagi ichida joylashgan bo‘lib, uning vazni katta odamda 1020-1970 gramm.Odamning aqliy faoliyati bosh miya yarim sharlarining po‘stloq qismida joylashgan nerv hujayralarining murakkab fiziologik, biokimyoviy va biofizik xussusiyatlari bilan bog‘liq. Shuningdek, odam aqliy faoliyatining rivojlanishi uning yoshligidan tarbiyasi, ilm olishi, mashq qilishiga bog‘liq.
Bosh miya ikki qismdan iborat: bosh miyaning stvol, ya’ni ustun qismi va bosh miya yarimsharlari. Bosh miyaning ustun qismiga uzunchoq miya, Varoliy ko‘prigi, o‘rta miya, oraliq miya hamda miyacha kiradi.
Uzunchoq miya - bosh miyaning eng pastki qismi bo‘lib, uning quyi qismi orqa miyaga, yuqori qismi esa miya ko‘prigiga tutashgan.Uning uzunligi 3-3,5 sm, massasi 7 gramm. Uzunchoq miya reflektor va o‘tkazuvchanlik funksiyalarini bajaradi. Reflektor funksiyasi shundan iboratki, unda nafas olish, yurak ishini boshqarish markazlari joylashgan. Uzunchoq miyaning o‘tkazuvchanlik funksiyasi esa orqa miyadan kelgan impulslarni qabul qilib, bosh miyaning yuqori qismlarida joylashgan nerv markazlariga va ulardagi qo‘zg‘alish impulsini orqa miyaga o‘tkazishdan iborat. Uzunchoq miyaning shikastlanishi o‘tkazuvchanlik funksiyasining buzilishiga, ya’ni orqa va bosh miya o‘rtasidagi aloqani hamda nafas olish, yurak ishining buzilishiga olib keladi.
Miya ko‘prigi - uzunchoq miyaning yuqori tomonida joylashgan bo`lib, yon tomonidan miyacha bilan tutashib turadi.Miya ko‘prigida uchlik nervining, ko‘z soqqasini harakatlantiruvchi nervining markazlari joylashgan. Bu nervlar orqali miya ko‘prigi reflektor funksiyani bajaradi.
O‘rta miya - miya ko‘prigining yuqorisida joylashgan. Unda to`rt tepalik deb nomlangan nerv hujayralari to`plami bo‘lib, tepalikning oldingi 2 tasida - po‘stloq osti ko‘rish markazi, tepalikning orqadagi 2 tasida - po‘stloq osti eshitish markazi joylashgan.
O‘rta miyadagi qoramtir moddadan tashkil topgan nerv markazi ovqatni chaynash, yutish va qo‘l barmoqlarining nozik harakatlarini boshqaradi. Undagi qizil tana deb nomlangan nerv markazi tana muskullarining tarangligini ta’minlaydi.
Oraliq miya - o‘rta miyaning yuqori qismida joylashgan bo‘lib, bosh miya yarimsharlari bilan qoplanib turadi. Oraliq miyaning tarkibiy qismlariga ko‘rish do‘mboqlari (talamus) va do‘mboq osti soha (gipotalamus) kiradi. Talamus - po‘stloq osti sezish markazidir. Gipotalamus - vegetativ nerv tizimining markazidir.
Miyacha - bosh miya yarimsharlari ensa bo‘lagining ostida joylashgan. Massasi 150 gramm. Uning ikkita yarim sharlari va ular o‘rtasida chuvalchangsimon qismi bor. Miyachaning tashqi qavati kulrang rangdagi nerv hujayralari modda bilan qoplangan bo‘lib, u kichik egat va pushtalarga bo‘lingan. Miyacha odam tanasidagi barcha muskullarning tarangligini va harakatlarining tartibli bajarilishini va muvozanatda bo‘lishini ta’minlaydi. Agar miyacha shikastlansa yoki kasallansa tana muskullari bo‘shashadi va odam tik turish, yurish, sakrash, yugurish kabi harakatlarni bajarishi qiyinlashib, mast odamga o‘xshab gandiraklab harakat qiladi.
Bosh miya - o‘ng va chap katta yarimsharlardan iborat bo‘lib, ular qadoqsimon tana yordamida bir-biri bilan tutashib turadi. Bosh miya yarimsharlari ikki qavatdan iborat:
- bosh miya yarimsharlari po‘stloq qavatining qalinligi 25-30 mm bo‘lib, pushta va egatchalardan iborat. Uning sathi 1468-1670 smІ ni tashkil etib, unda 14-16 mlrd atrofida nerv hujayralari joylashgan.
Bosh miya yarimsharlari po‘stloq qismi odam oliy nerv faoliyatining fiziologik asosi hisoblanadi. Odamning fikrlashi, ongi, o‘zlashtirish, xotirasi, boshqalar bilan muomalasi, madaniyati, bilim olishi, hunar o‘rganishi, murakkab harakatlarni bajarish qobiliyati kabilar bosh miya po‘stlog‘ining faoliyatidir (aniqrog`i po`stloq qavatda joylashgan nerv hujayralarining faoliyatidir).
Miya po‘stlog‘ining turli qismlarida har xil funksiyalarni boshqaruvchi nerv hujayralari to`plami oliy nerv markazlari deyiladi. Jumladan, bosh miya po‘stlog`ining ensa qismida-ko‘rish, chakka qismida-eshitish, peshona qismining ostki, ichkari sohasida-hid bilish, tepa qismidagi oldingi markaziy pushtasida - harakat, orqa markaziy pushtasida-teridagi sezish markazlari joylashgan.
Periferik nerv tizimi orqa miyaning orqa va oldingi shoxlaridan chiqadigan 31 juft sezuvchi va harakatlantiruvchi somatik nerv tolalari hamda bosh miyadan chiqadigan 12 juft bosh miya nerv tolalaridan iborat. Bulardan tashqari vegetativ nerv tizimining simpatik va parasimpatik nerv tolalari ham, periferik nerv tizimi hisoblanadi. Bu nervlar bosh miyaning pastki qismi bo‘lgan o‘rta, uzunchoq miyadan hamda orqa miyaning turli sohalarini yon shoxlaridan chiqadi.
Somatik va vegetativ nerv tizimi funksiyalari. Bajaradigan funksiyasiga ko‘ra nerv tizimi ikki qismga bo‘linadi: somatik va vegetativ nerv tizimi.
Somatik nerv tizimi - odam tanasining sezgi a’zolari va skelet muskullari faoliyatini boshqaradi. Bu funksiya yuqorida aytilganidek orqa miyadan chiqadigan 31 juft sezuvchi va harakatlantiruvchi nervlar va bosh miyadan chiqadigan 12 juft bosh miya nervlari orqali bajariladi.
Vegetativ nerv tizimi - simpatik va parasimpatik nerv tolalari bosh miyaning pastki qismi bo‘lgan o‘rta va uzunchoq miyadan hamda orqa miyaning ko‘krak, bel, dumg‘aza segmentlaridan chiqadi.
Vegetativ nerv tizimi - ichki a’zolar (nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish, ayirish, jinsiy va hokazo),shuningdek,ichki sekretsiya bezlari faoliyati hamda moddalar almashinuvi jarayonini boshqaradi.
Simpatik nerv - yurak ishini tezlashtiradi, kuchaytiradi, arteriya qon tomirlarini toraytiradi, arterial qon bosimini oshiradi, me`da-ichak harakatini susaytiradi, siydik pufagi muskullarini bo‘shashtirib, siydik yig‘ilishiga sharoit yaratadi, bronxlarni kengaytirib nafas olishni yengillashtiradi, ko‘z qorachig‘ini kengaytiradi, ter ajralishini ko‘paytiradi.
Parasimpatik nervi - yurak ishini sekinlashtiradi, arterial qon bosimini pasaytiradi, me`da-ichak harakatini kuchaytiradi, siydik pufagi muskullarini qisqartirib, siydikning tashqariga chiqarilishini ta’minlaydi, bronxlarni va ko‘z qorachig‘ini toraytiradi, ter ajralishini kamaytiradi.
Refleks nerv faoliyatining asosi. Refleks tashqi va ichki muhit ta’siriga odam organizmning javob reaksiyasidir. Refleks markaziy nerv tizimining asosiy va maxsus funksiyasi hisoblanadi. Odam organizmining barcha faoliyati reflekslar orqali amalga oshadi (og‘riq sezish, qo‘l- oyoq harakati, nafas olish, ko‘zni yumish va ochish). Refleks ikki xil bo‘ladi: shartli va sharsiz. Shartsiz refleks orqa va bosh miyaning quyi qismlaridagi nerv markazlari ishtirokida bajariladi.
Shartsiz reflekslar - tug‘ma bo‘lib, ular odamning ixtiyorisiz bajariladi. Masalan, nafas olish, yurak urishi, ko‘zni ochib yumish, so‘lak ajralish va hokazolar.
Shartli reflekslar - bosh miyaning po‘stloq qavatidagi nerv markazlari ishtirokida yuzaga kelib, odam tug‘ilgan vaqtda bo‘lmaydi, keyinchalik hayotiy tajribalari, tarbiya va bilim olish, hunar o‘rganish natijasida hosil bo‘ladi.
Refleks yoyining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: retseptor, sezuvchi nerv tolasi, nerv markazi, harakatlantiruvchi nerv tolasi, ishchi a’zo, har bir faoliyatni bajaruvchi. Refleks hosil bo‘lishi uchun refleks yoyining barcha qismlari butun bo‘lishi kerak. Ularning birontasi shikastlansa refleks hosil bo‘lmaydi.
Orqa miyaning o‘tkazuvchanlik funksiyasida, tananing turli qismlarida joylashgan retseptorlardan sezuvchi nerv tolalari orqali miyaning nerv markazlariga kelgan impulslar, uning oq moddasida joylashgan o‘tkazuvchi nerv yo‘llari orqali bosh miyaning nerv markazlariga o‘tkaziladi. Bosh miyaning nerv markazlarida hosil bo‘lgan qo‘zg‘alish, pastga tushuvchi o‘tkazuvchi nerv yo‘llari orqali, orqa miyaning shunga taalluqli nerv markazlariga keladi va undan harakatlantiruvchi nerv tolalari orqali ishchi to‘qima va a’zolarga o‘tkaziladi.
Oliy nerv faoliyati.Odam xulq – atvori, aql idroki, fikrlashi, ongi, ixtiyoriy harakatlari va barcha ruhiy xususiyatlari oliy nerv faoliyati bo‘lib, u bosh miya yarim sharlari va ular po‘stlog‘ida joylashgan nerv markazlarining funksiyasiga bog‘liq. Odamning oliy nerv faoliyati shartli reflekslar orqali namoyon bo‘ladi.
Odam oliy nerv faoliyatining tipari. I.P.Pavlov bosh miya yarim sharlari po‘stloq qismi nerv hujayralarining qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari kuchiga, tarqalish tezligiga va ularning bir-biriga munosabatiga ko‘ra, odam oliy nerv faoliyatini 4 tipga ajratgan.
1.Kuchli, qo‘zg‘alish tormozlanishdan ustun bo‘lgan, muvozanatsiz tip (xolerik).
2.Kuchli, muvozanatlashgan, harakatchan tip (sangvinik).
3.Kuchli, muvozanatlashgan, kam harakat tip (flegmatik).
4. Kuchsiz, muvozanatlashmagan, tormozlanish qo‘zg‘alishdan ustun tip (melanxolik).
Xolerik tipga - kiruvchi bolalar, tinib-tinchimas, serharakat, janjalkash, arzimas narsaga yig‘lab, o‘zidan-o‘zi kuladigan, zehni yaxshi-yu, xulq-atvori murakkab bo‘ladi. Ularni tarbiyalash va o‘qitish ota-ona, murabbiy va o‘qituvchilar uchun qiyinchilik tug‘diradi.Bunday bolalarga yakka tartibda ehtiyotkorlik bilan yondashish talab qilinadi.
Sangvinik tipga - kiruvchi bolalar, qobiliyatli, zehnli, ishchan, har bir ishni tezroq (shoshilibroq) bajarishga intiladi, boshqalar bilan munosabati yaxshi bo‘ladi.
Flegmatik tipga - kiruvchi bolalar qobiliyatli, zehnli, ishchan, har bir ishni nihoyasiga yetkazib, shoshmasdan sekinlik bilan bajaradilar.
Melanxolik tipdagi - bolalar kamharakat, ishyoqmas, qo‘rqoq, mustaqil fikrga ega bo‘lmaydi, fikrlash qobiliyati past bo‘ladi. Bu bolalarni tarbiyalash, o‘qitish, hunar o`rgatish yakka tartibda olib borilishi lozim.
Oliy nerv faoliyatining yuqorida bayon qilingan tiplarining bolalarga xos xususiyatlari nasldan berilgan bo`lib, genotip deyiladi. Bolani tarbiyalash jarayonida genotipga xos bo`lgan ayrim noma`qul xususiyatlar foydali xususiyalar bilan almashtirilishi natijasida fenotip shakllanadi.
Sezgi a’zolari (analizatorlar). Odam organizmi tevarak-atrof muhitning xilma-xil ko‘rinishi, undagi tovushlar, hid, harorat kabilar bog‘liqdir. Bu bog‘lanish sezgi a’zolari orqali ta’minlanadi. Bosh miya po‘stlog‘ining turli qismlarida maxsus nerv hujayralari to‘plami joylashgan bo‘lib ularni I.P.Pavlov analizatorlar (sezgi a’zolarining markazlari), deb atagan. Har bir analizator uch qismdan tashkil topgan:
1.Analizatorning periferik qismi - retseptor;
2.Analizatorning o‘tkazuvchi qismi - sezuvchi nerv tolasi;
3.Analizatorning markaziy qismi - bosh miya po‘stlog‘ining turli sohalarida joylashgan sezuchi nerv hujayralarining to`plami.
Odam tashqi muhit ta’sirotlarini va o‘zgarishlarini ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish va teri analizatorlari orqali qabul qiladi.
Ko‘rish analizatori. Odam tevarak atrofdagi buyumlarning rangi, tuzilishi, hajmi, bir-biridan farqini ko‘z yordamida ajratadi. Ko‘z bosh suyagining ko‘z chuqurchasida joylashgan bo‘lib, ko‘z soqqasidan, ko‘rish nervi va yordamchi qismlardan iborat. Ko‘z soqqasining tashqi va ichki qismlari bo‘ladi. Tashqi qismi oqsilli, tomirli va to‘r qavatlardan tashkil topgan. Oqsilli qavatning oldingi qismi shox parda deb, tomirli qavatning oldingi qismi esa rangdor parda deb nomlanadi. Bu pardaning o‘rtasidagi teshik-ko‘z qorachig‘idir.
Ichki to‘rsimon qavatida tayoqcha va kolbacha shaklidagi retseptorlar bo‘lib, ular yorug‘likni, ranglarni qabul qiladi. Ko‘z soqqasining ichki qismi ko‘z gavhari, ko‘z ichi suyuqligi va shishasimon suyuqlikdan iborat bo‘lib, ko‘zga tushadigan yorug‘lik nurini sindirish xususiyatiga ega. Yorug‘lik nurini sindirib o‘tkazishda ayniqsa, ko‘z gavhari muhim ahamiyatga ega. Yaqindagi buyumlarga qaraganimizda gavhar qalinlashadi, uzoqdagi buyumlarga qaraganimizda esa yassilanadi. Gavhar shaklining bunday o‘zgarishiga akkomodatsiya deyilib, ko‘zning uzoqni va yaqindan ko‘rish qobiliyatini ta’minlaydi.
Ko‘zning ichki to‘rsimon pardasida joylashgan tayoqchasimon va kolbachasimon retseptorlarning qo‘zg‘olishi ko‘rish nervi tolasi orqali o‘rta va oraliq miyadagi po‘stloq osti ko‘rish markazlariga, so‘ngra bosh miya po‘stlog‘ining ensa qismida joylashgan oliy ko‘rish markaziga boradi.
Ko‘rish qobiliyatining buzilishi. Ko‘rish a’zosining funksional buzilishlari orasida yaqindan ko‘rish va uzoqdan ko‘rish hollari ko‘p uchraydi.
Ko‘rish a’zosi funksiyasi buzilishining oldini olish uchun bolalarni yoshlikdan o‘qish va yozish gigiyenasi qoidalariga amal qilishni o‘rgatish muhim ahamiyatga ega.
Eshitish analizatori. Eshitish a’zosi-quloq uch qismdan iborat: tashqi quloq, o‘tra quloq, ichki quloq.
Tashqi quloq, quloq surpasi va tashqi eshitish yo‘lidan iborat. Tashqi eshitish yo‘lining oxirida nog‘ora pardasi bo‘lib, u tashqi eshitish yo‘lini o‘rta quloq bo‘shlig‘idan ajratib turadi.
O‘rta quloqda bolg‘acha, sandon, uzangi shaklidagi eshitish suyakchalari, o‘rta quloqni burun halqum bilan tutashtiruvchi Yevstaxiy nayi bo‘ladi.
Ichki quloq bo‘shliq va ilonizi kanalchalar tizimidan, ya’ni suyak labirintdan iborat. Suyak labirintda chig‘anoq bo‘lib, uning ichida eshitish retseptorlari joylashgan.
Retseptorlarning qo‘zg‘olishi eshitish nervining tolasi orqali miya ko‘prigi va o‘rta miyada joylashgan po‘stloq osti eshitish markaziga, undan esa bosh miya po‘stlog‘ining chakka qismida joylashgan oliy eshitish markaziga boradi. Unda tovushning mazmuni aniqlanadi.
Odam sekundiga 16-20 ming marta tezlikda tebranuvchi tovush to‘lqinlarini qabul qilish imkoniga ega.
Eshitish qobiliyati yaxshi bo‘lishi uchun quyidagi gigiyena qoidalariga rioya qilish zarur:
- uzoq ta’sir etuvchi shovqinlardan holi bo‘lish;
- shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish;
- gripp va shamollash kasalliklaridan saqlanish.
Teri analizatori. Teri uch qavatdan iborat: epidermis, derma, gipoderma.
Terida og‘riqni, haroratni (issiq va sovuqni), taktil, (siypalash va bosimni) sezuvchi retseptorlar joylashgan.
Bu retseptorlarning turli ta’sirotlardan qo‘zg‘olishi sezuvchi nerv tolalari orqali orqa miyadagi nerv markazlariga, ulardan oraliq miyadagi po‘stloq osti nerv markaziga va undan bosh miya po‘stlog‘ining orqa markaziy pushtasida joylashgan sezish markazlariga boradi. Ularda sezishning tabiati aniqlanadi.
Teri himoya, ayirish, tana haroratining doimiyligini saqlash kabi funksiyalarni ham bajaradi.
Hid bilish analizatori. Hid bilish retseptorlari burun bo‘shlig‘ining shilliq pardasida joylashgan. Ularning soni o‘rtacha 30-40 mln. atrofida. Hid bilish retseptorlari havodagi va ovqatdagi kimyoviy moddalar ta’sirida qo‘zg‘oladi. Ularning qo‘zg‘olishi hid bilish nerv tolasi orqali bosh miya po‘stlog‘ining ichki yuzasidagi hid bilish markaziga boradi va unda hidning tabiati aniqlanadi.
Ta’m bilish analizatori. Ta’m bilish retseptorlari tilning so‘rg‘uchlarida, tanglayda, halqum shilliq pardasida, bodomsimon bezlarning ustki qavatida joylashgan. Ayniqsa, tilda ta’m bilish retseptorlari ko‘p bo‘ladi.
Tilning uchidagi retseptorlar shirinni, yon tomondagilari sho‘r va nordonni, orqa qismidagi retseptorlar achchiqni ko‘proq sezadi.
Vestibulyar analizator. Vestibulyar analizator muvozanat a’zosi deb ham nomlanadi. U odam tanasining ma’lum muvozanatda bo‘lishini ta’minlaydi. Tik turganda, yugurganda, chopganda, sakraganda, raqsga tushganda, narvondan chiqib tushganda, suvda suzganda, daraxtga chiqqanda, turnikda gimnastika mashqlarini bajarganda, transportda yurganda odam tanasi muvozanati vestibulyar analizator orqali ta’minlanadi.
Bu analizator yaxshi chiniqqan odam yuqorida aytilgan harakatlarda tanasi muvozanatini yaxshi saqlaydi.
Mazkur analizator chiniqmagan odamda yuqorida aytilgan harakatlarning bajarilishi qiyinlashadi. Ayniqsa, samolyotda, paroxodda, hatto avtomashinada tez yurganida boshi aylanadi, ko‘ngli ayniydi, yuragi tez uradi, rangi oqaradi, hatto hushini yo`qotishi mumkin.
Vestibulyar analizatorning retseptorlari ichki quloqning dahliz va yarim aylana kanalchalari ichida joylashgan. Ularning qo‘zg‘olishi vestibulyar nerv orqali miya ko‘prigidagi po‘stloq osti muvozanat markaziga, undan miyachaga - oliy muvozanat markaziga boradi.
Vestublyar analizatorni chiniqtirish tadbirlarini yoshlikdan boshlash lozim. Bolani beshikda va belanchakda tebratish, so‘ngra velosipedda yurishni mashq qildirish, karuselda aylanish, suvda suzish, sakrash, yugurish, gimnastika va sport o‘yinlari bilan shug‘ullanish, raqsga tushish kabilar muvozanat a’zosini chiniqtiradi.

Asosiy adabiyotlar:




  1. Download 39.46 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling