Bosh miya chayqalishi
Download 77.13 Kb.
|
Bosh miya jarohatlarida uchraydigan ruhiy o
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bosh miya chayqalishi
- Bosh miya chayqalishi belgilari
Bosh miya chayqalishiBosh miya chayqalishi boshga agressiv biror-bir jarohat yetkazilganda kelib chiqadigan patologik holat, masalan yuqori balandlikdan yiqilganda yoki boshga biror bir zarba berilganda. Shifokorlar bosh miya chayqalishida kelib chiqadigan simptomlar mexanizmini hali aniq o‘rganishmagan, chunki bosh miya MRT tekshiruvida ko‘rilganda ham hech qanday patologik o‘zgarishlar aniqlanmaydi. Taxminlarga ko‘ra boshga urilgan agressiv zarba ta’sirida nerv hujayralari zararlanishi hisobiga to‘qimalar trofikasi (oziqlanishi) buziladi va markaziy nerv tizimi bilan bog‘liqlik uziladi. Bosh miya chayqalishiTibbiyot sohasida “bosh miya chayqalishi” termini ostida – bosh miyaning yengil chayqalishi va qisqa muddat ichida hushdan ketish tushuniladi. Bosh miya chayqalishining ikki xil darajadagi ko‘rinishi farqlanadi: Yengil bosh chayqalishi. Markaziy nerv tizimi tomonidan jiddiy o‘zgarishlar bo‘lmaydi, hatto bemorni chuqur tekshiruvlar o‘tkazganda ham. Bunda simptomlar uzog‘i bilan 14 kunda yo‘qoladi (ko‘pincha undan ham oldinroq); Kuchli bosh chayqalishi. Ba’zi bir qon tomirlarning yorilishi bilan namoyon bo‘ladi. A’zolarda gematomalar paydo bo‘ladi, simptomlar biroz muddatdan keyin yo‘qoladi. Bosh miya chayqalishi belgilariBosh miya zarba yegandan keyin – inson hushini yo‘qotishi mumkin va bu qisqa muddatli yoki uzoq davom etuvchi bo‘lishi mumkin. lekin ko‘pincha inson hushida bo‘ladi va quyidagilarga shikoyat qilishi mumkin: Quloqda shovqinlar; Bosh aylanishi; Umumiy holsizlik. Jarohat olgandan so‘ng boshning ensa sohasida lo‘qillovchi og‘riq, ko‘ngil aynishi ham kuzatiladi, tana harorati normal ko‘rsatkichlarda bo‘lib, inson esh hushini yo‘qotmaydi. Bemorni vizual ko‘rganda teri rangi oqarganligi, nafas olishning tezlashishi, yurak urishi tezlashganligi, qayt qilish holatlari kuzatiladi. Yuqoridagi belgilar bosh miya chayqalgandan so‘ng qisqa muddatlarda kelib chiqadigan simptomlardir. Ular bir necha kundan keyin o‘tib ketadi, hatto bemorlar jarohatning ertasiga ahvollari yaxshilashganligini sezishadi. Ammo, bosh miya chayqalishida ko‘ruv nervlari ham zararlanishi mumkin va bemorlar ko‘zlarini harakatlantirganda og‘riq sezishi, qorachiqlar torayib qolishi yoki kengayib qolishi, assimetrik bo‘lishi, bir nuqtaga qarash qiyinligiga shikoyat qilishlari mumkin. Bundan tashqari yana bir qator simptomlar ham yuzaga chiqishi mumkin. masalan, yuzda qon hajmining ko‘payishi, inson qizib ketishi, ter ajralishining ko‘payishi, uyquning buzilishi. Download 77.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling