Bosh og'rig'i Said Axmad Qatnashchilar Iskandarov Sekretar qiz


Download 14.65 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi14.65 Kb.
#1249378
Bog'liq
Said axmad1


Bosh og'rig'i
Said Axmad

Qatnashchilar
Iskandarov
Sekretar qiz

Parda ochiladi.iskandarov o'z honasida hujjatlarni ko'zdan kechirib o'tirgan bo'ladi.Telefon jiringlaydi.



Iskandarov - Alo.Eshitaman.Assalomu aleykum ....... Ha ha ...Nima? Qanaqasiga?Bo'lishi mumkin emas! 230 emas 230 ming bo'lishi kerak shaxsan o'zim hisob kitob qilganman.Yo'q yo'q qanaqa hayfsan .....

Iskandarov asabiylashadi.

Iskandarov - Tezda xonamga kiring.( He o'rgildim sendaqa sekretardan.Odam degani ham shunaqa bo'ladimi.Bitta ishni eplab qilolmasang bitta qog'ozni eplab ko'chirolmasang nima qilasan ishlab.Yo'q o'zi hammasiga men aybdorman bularni ja bo'sh qo'yib yubordim.Eee bunaqa sekretarni boridan yo'g'i hozir arizasini yozdirib yo'qotaman.Bo'shataman ha bo'shataman...)

Eshik taqillaydi

Iskandarov -Kiring

Sekretar qiz kiradi.Iskandarov asabiy gap boshlamoqchi bo'ladi.Jilmayib.

Iskandarov (hayolida) - Tavba. Shu paytgacha razm solmaganimni qarang-a, kiprik ham shunaqa uzun bo‘ladimi? Har kiprik qoqqanda ikki yuzini berkitib qo‘yadi-ya.



Iskandarov o'zini qo'lga oladi.Bu safar yerga qarab gap boshlaydi.

Iskandarov (hayolida)- Ho.qomatni qaraya hayt joningdan akang.


Endi u deraza tarafga ogirilib oladi.

Iskandarov (hayolida) - Voy bo' beli, yelkalari deraza oynasidan shundoq ko‘rinsa, to‘g‘ri qaraganda qandoq bo‘ldi ekan.


Iskandarov yana o'zini qo'lga oladi va bu safar xona burchagiga borib sekretar qizga tes turib oladi.

Sekretar qiz yo'taladi

Iskandarov (hayolida) - Bay bay ovozini qaraya.Naqt qo'ng'iroqni o'ziku!

Sekretar qiz – Iskandarov aka, nimaga chaqirgan edingiz?

Iskandarov – Kecha boshim og‘riyapti degan edingiz, qalay, endi durustmisiz?

Sekretar qiz – Haliyam jindek og‘rib turibdi, Iskandarov aka.

Iskandarov – Siz g‘alati odam ekansiz-ku, sog‘liqni ehtiyot qilish kerak. Bunaqada dardga chalinib qolasiz

Sekretar qiz - Yo'q raxmat hammasi o'tib ketadi

Iskandatov - Boring, uyga borib dam oling. Bosh og‘rig‘ingiz bosilmasa, bir-ikki kun ishga chiqmasangiz ham mayli.
Sog‘liq kerak, sog‘liq.Qani darrov uyingizga boring.

Sekretar qiz - Katta raxmat sizga Iskandarov aka



Iskandarov - Boring boring

Sekretar qiz chiqib ketadi.
Yana telefon jiringlaydi

- Alo Labbay. Ha ha qanaqa hato ? Boshqarmani moshqarma deb yozibman.Yoq yoq qanaqa tushuntirish hati yana qanaqa hayfsan alo alo ....
Download 14.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling