Bo’sh resurslarni investitsiyalash Resurslar


Download 53.63 Kb.
Sana18.12.2022
Hajmi53.63 Kb.
#1029686
Bog'liq
Bosh resurslarni investitsiyalash (1)


Bo’sh resurslarni investitsiyalash
Resurslar (fransuzcha: ressource — yordamchi vosita) — pul mablagʻlari, boylik, zaxira, imkoniyatlar; davlat byudjetida daromad manbalari, tabiiy, iqtisodiy, mehnat, valyuta va boshqa Resurslar boʻlishi mumkin. Keng maʼnoda — jamiyat hayotida i.ch.ni taʼminlashning vositalari, manbalarini ifodalaydigan iqtisodiy Resurslar muqim oʻrindaturadi. Iqtisodiy Resurslar tabiiy (xom ashyo, suv, oʻrmon P.), mehnat ("inson kapitali"), aylanma mablagʻlar (materiallar), axborot, moliya (pul kapitali) Resurslariga boʻlinadi. Top maʼnoda — iqtisodiy, xoʻjalik faoliyatida foydalaniladigan, shu jumladan, yuqorida sanab oʻtilgan Resurslarni ham qamraydigan omillar majmuini bildiradi. Resurslar tiklanadigan, yana qayta hosil qilish mumkin boʻlgan (ish kuchi, jihozuskunalar) va tiklanmaydigan (Masalan; xom ashyolar — neft, koʻmir, gaz, rudali konlar) Resurslarga hamda i.ch. va mahsulot isteʼmoli chiqindilari boʻlgan ikkilamchi Resurslarga (dastlabki ishlatishdan keyin i.ch.da asosiy xom ayosh yoki mahsulot tarzida foydalaniladigan materiallar va buyumlar)ga boʻlinadi. Bunday Resurslar qoʻshimcha moddiytexnika Resurslar manbai hisoblanadi. Valyuta Resurslari, yaʼni erkin almashtiriladigan chet el valyutasi zaxiralari va uning tushum manbalari ham resurslarga kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 9-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 14-dekabrda maʼqullangan

Investitsiyaning shaldlari va turlari Samara keltiradigan mulkiy va intellektual boyliklar. ya'ni investitsiyalar quyidagi shakllarda bo'lishi mumkin: • pul mablag'lari, banklardagi maqsadli jamg'annalar, paylar, aksiyalar va boshqa qimmatli qog'ozlar; • harakatdagi va harakatda bo'imagan mulklar (bino-inshootlar, asbob-uskunalar hamda boshqa moddiy boyliklar); .• muallif huquqlari, ixtirolardan foydalanish huquqlari(nouxau)dan tashkil topgan mulkdorlik huquqlari va boshqa intellektual boyliklar; • yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqari hamda mulkchilik huquqlari; • boshqa boyliklar. Hozirgi kunda tadbirkorlik va boshqa turli faoliyatlarga sarflanadigan boyliklar (investitsiyaklr)ning tarkibi hamda tuzilishiga aniqlik kiritildi va ulaming ma'nosi ancha kengaytirildi. Investitsiyalar turli shakllarda amaiga oshiriladi va ulami tahlil qilish, rejalashtirish uchun alohida Xususiyatlaridan kelib chiqqan holda guruhlashtiriladi. Birinchidan, qo'yilish obyektiga qarab investitsiyalar real va moliyaviy turlarga ajratiladi. Real investitsiyalar (kapital qo'yilmalar) - pul mablag'larini korxonaning moddiy va nomoddiy aktivlariga sarflanishidan tashkil topadi. Moddiy investitsiyalar asosiy kapitalning elementlarini sotib olish bilan bog'liq bo'lib. ko'pchilik hollarda investitsion loyihalar doirasida amalga oshiriladi. Shuning uchun shaxsiy mablag'lar bilan birga qarzga olingan mablag'lardan ham foydalanilish mumkin. Qarzga mablag' olingan holda investor rolini aniq loyihalarga kredit mablag'lari ajratayotgan bank bajaradi. Nomoddiy (potensial) investitsiyalar nomoddiy boylildar yaratilayotganda amalga oshirilib, kadrlami tayyorlash va qayta tayyorlashga.ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini (NIOKR) am alga oshirish, yangi mahsulotlarning namunalarini yaratishga sarflarni mujassamlashtiradi. 10 Fan-texnika taraqqiyotining tezlashuvi bilan intellektual salohiyat ish lab chiqarishning eng kuchli omiliga aylandi, uning jiddiy unsuri bo'lib qoladi. XX asrning boshlarida fan ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish uchun sarflanadigan qo'yilmalar oshib boradi. Shuning uchun ham jahonda real investitsiyalar tarkibida ilmiy izlanishlar, fan, ta'lim, kadrlar tayyorlash uchun sarflanadigan xarajatlar o'sib bormoqda. Masalan, AQSh, Yaponiya va boshqa rivojlangan mamlakatlarda fan hamda ilmiy izlanishga sarflanadigan qo'yilmalarning o'sish sur'atlari asosiy fondlarga sarflanadigan investitsiyalardan ustundir. lahon bozoriga kirib borish, keng ko'lamda marketingni rivojlantirish, batafsil axborotga ega bo'lish, yuqori darajadagi kompyuter tizimlarini tashkil etishni, yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash va mazkur sohada dunyodagi rivojlangan davlatlar darajasiga erishishni talab etadi. Shuning uchun ham jadal sur'atlar bilan rivojlanish real investitsiyalar tarkibida fan, texnika, ta'lim, kadrlarni qayta tayyorlash uchun sarflanadigan real investitsiyalar asosiy o'rinlardan birini egalJashi zarur. Asosiy fondlarga sarflangan real investitsiyalarning maqsadi sarflanish yo'nalishlari va boshqa ko'rratkichlarga ko'ra hududlararo, tarmoqlararo, texnologik, qayta ishlab chiqarish tarkiblariga ega. Asosiy fondlarga sarflangan investitsiyalarni, ularning aktiv (mashinalar, asbob-uskunalar) va passiv (bino, inshootlar) qismlarini tashkil etish uchun sarflangan umumiy harakat yig'indisidagi ulushi investitsiyalarning texnologik tarkibini tashkil etadi. Qayta ishlab chiqarish tarkibi investitsiyalarning qanday maqsadlarga yo'naltirilganligi; yangi qurilishga, ish lab turgan korxonalami kengaytirishga, rekonstruksiyaga va yangi texnika bilan qayta qurolJantirishga jalb qilingan xarajatlarni umumiy xarajatlardagi har birining nisbiy jihatdan ulushini ko'rsatadi. Investitsiyalarning hududlararo va tarmoqlararo tarkibi esa ulaming nisbiy jihatdan hududlar hamda tarmoqlar bo'yicha taqsimotini bildiradi. Rivojlangan mamlakatlarda real investitsiyalarning asosiy qismini shaxsiy investitsiyalar tashkil etadi. Davlat sektorida real investitsiyalar sarti muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy muvofiqlashtirish siyosati asosida kreditlar, subsidiyalar ajratiladi, davlat kapital qo'yilmalari muvozanatlashtiriladi va real investitsiyalar o'zlashtiriladi. Davlat tomonldan o'zlasbtiriladigan investitsiyalar. Dastlabki bozor infratarkibini va u bilan bog'liq bo'igan tarmoqlarni rivojlantirishga sarflanadi. Investitsiyalar samaradorligini oshirish asosiy II kapitalning aktiv elementlarini vujudga keltirish va o'stirish hisobiga amalga oshiriladi. Real investitsiyalarni tavsifnornalash ularning hajmi va daromad me'yorlari asosida olib boriladi. Investitsiyalar hajmi o'zlashtiriladigan qo'yilmalarning qiyrnatini ifodalaydi, investitsiyalar miqdori esa ularning hajrnini YAMMga yoki YAIMga bo'igan nisbatini ifodalaydi. Inflyatsiya yuqori va chuqurlashgan davrda esa aytilgan ko'rsatkichlarga uning ta'siri to'g'ridan-to'g'ri bo'ladi. Investitsiya me'yori ishlab chiqarilgan YAIM yoki YAMM qanchalik kapital sig'imkorligini, ya'ni qay darajada kapital xarajatlarini talab qilinishini bildiradi. Jamg'arish samarasi kapital sig'imkorligining o'sishi koeffitsentlari asosida aniqlanadi. Moliyaviy investitsiyalar kapital, to'iov va moliyaviy majburiyatlarning barcha turlarini o'zida mujassamlashtiruvchi, moliyaviy aktivlarga joylashtirilishini anglatadi. Ushbu moliyaviy vositalarning eng muhimlari qimmatli qog'ozlardir: ulushli (aksiyalar) va qarz (obligatsiyalar). Real investitsiyalardan farqli o'laroq, moliyaviy investitsiyalarni ko'proq portfel investitsiyalar deb atashadi, chunki bu holda investorning asosiy maqsadi bo'lib moliyaviy aktivlarning mukammal yig'masi (investitsiyalar portfeli)ni shakllantirish va qimmatbaho qog'ozlar bilan amalga oshiriladigan turli operatsiyalarni boshqarish hisoblanadi. Moliyaviy investitsiyalar shaxsiy kompaniyalar va davlat idoralari tomonidan muomalaga chiqarilgan aksiyalarga, obligatsiyalarga va boshqa qimmatli qog'ozlarga va bank depozitlariga, uzoq muddatga jalb qilinadigan qO'yilmalardir. Moliyaviy investitsiyalarning asosiy qismi, kapitalning noishlab chiqarish sohasiga sarflanishini bildiradi. Moliyaviy investitsiyalar aksariyat holatlarda real investitsiyalarning manbayi bo'lib xizmat qilishi mumkin. Moliyaviy investitsiyalar erkin bozor infratarkibi rivojlangan mamlakatlarda, qimmatli qog'ozlar bozori orqali kapitalni sohalar bo'yicha taqsimlanishida muhim ahamiyatga ega bo'igan davlatlarda ko'proq tarqalgan. Rivojlangan mamlakatlarning moliyaviy investitsiyalarining tarkibida ham asosiy o'rinni shaxsiy investitsiyalar tashkil qiladi. Shaxsiy investitsiyalar tadbirkorlar, xususiy firmalar, konsernlar va aksioner tashkilotlar tomonidan taqiqlanmagan faoliyatlarga sarflanadigan mulkdorlik va intellektual boyliklarni anglatadi. Yetuk qimmatli qog'ozlar bozori mavjud bo'lgan mamlakatlarda shaxsiy investitsiyalarning ko'pgina qismi maxsus investitsiya fondlari tomonidan sartlanadi. Xorijiy investitsiyalarning moliyaviy shakli 12 (portfel investitsiyalar) milliy iqtisodiyotda istiqbolli korxonalarni aniqlash va keng miqyosda investitsiyalashni amalga oshirishga asos bo'la oladi. Ikkinchidan, investitsiyalarning qatnashish xarakteriga ko'ra bevosita va portfel investitsiyalar farqlanadi. Bevosita investitsiyalar investorning o'z moliyaviy mablag'larini joylashtirish obyektini tiklash imkoniyatini beradi. Portfel investitsiyalar tijorat banklari, investitsion kompaniyalar, fondlar va boshqalar yordamida amalga oshiriladi. Moliyaviy vositachilar to'plangan mablag'larni samarali, daromad keltiradigan qilib joylashtiradilar. Portfel investitsiyalar boshqa emitentlarning anderratting yordamida qimmatli qog'ozlarga joylashtirish shaklida namoyon bo'ladi. Uchinchidan, investitsiyalash muddatiga qarab investitsiyalar qisqa muddatli (bir yilgacha bo'igan muddatga beriladi), o'rta muddatli (bir yildan besh yilga qadar muddatga beriladi) va uzoq muddatli (besh yildan ortiq muddatga beriladi) bo'ladi. Masalan, oddiy aksiyalar umuman biror-bir muddat bilan cheklanmaydi. Depozit sertifikati olti oy muddatga beriladi - bu qisqa muddatli qo'yilmalar vositasidir, obligatsiyalar 20 yilda qaytarish muddati bilan uzoq muddatli qo'yilmalar vositasi hisoblanadi. Lekin uzoq muddatli qimmatli qog'ozlarni sotib olish va qisqa muddatdan, masalan, olti oy o'tgandan !la'ng, investor uzoq muddatli qurolni qisqa muddatli maqsadlar uchun foydalanish mumkin. Ko'pincha investorlar ana shunday qurollarni tanlaydilar va o'z pullarini qisqa muddatlarga qo'yishni xohlaydilar. Masalan, yaqin olti oy mobaynida investorga kerak bo'lmaydigan summaga, u olti oylik muddatga ega bo'igan depozit sertifikati sotib olishi mumkin: qirq yoshga to'igan investor nafaqaga chiqquncha pul yig'ish uchun biron-bir kompaniyaning obligatsiyasini 20 yilga sotib olish mumkin. Odatda uzoq muddatli investitsiyalar kapital qo'yilmalar shaklida namoyon bo'ladi. To'rtinchidan, mulk shakllaridan kelib chiqib, investitsiyalar xususiy, davlat, qo'shma va xorijiy shakltarga ajratiladi. Xususiy investitsiyalar nodavlat yuridik shaxslar va fuqarolarning mablag'larini tadbirkorlik faoliyati obyektlariga qo'yilishini anglatadi. Davlat investitsiyalari davlat budjeti va davlat korxonalarining mablag'larini joylashtirish orqali namoyon bo'ladi. ., Besbinchidan, hududiy joylashtirilish bo'yicha investitsiyalar ichki va tashqi investitsiyalarga bo'linadi. Oltinchidan, investitsiyalar tavakkalchilik (risk) darajasi bo'yicha yuqori tavakkalli va past tavakkalli investitsiyalarga ajratiladi. Moliya 13 sohasida tavakkallik deganda investitsiyalarga mutloq yoxud nisbiy miqdordagi foyda kutilganidan ancha kam bo'ladi, boshqacha aytganda «tavakkallih atamasi kutilmagan natija olish imkoniyatini anglatadi. Qo'yilma mablag'lariga foydani mutlaq yoxud nisbiy miqdorlarini yoyilishi qanchalik keng bo'lsa, tavakkallik shunchalik katta bo'ladi va aksincha. Yakka investor eng kam tavakkallchilikka ega bo'lgan davlat qimmatli qog'ozlaridan tortib, eng yuqori tavakkalli tovarlargacha bo'lgan qurollarni keng tan lash imkoniyatiga ega. Kapitalning joylashtirishni har bir tipi tavakkalning ta'rifidir, ammo har bir muayyan holatda tavakkallik o'sha vositaning aniq xususiyatlari bilan belgilanadi. Masalan, obligatsiyalarga qaraganda aksiyalarga qo'yilmalar yuqori tavakkallik bilan bog'liq ekanligi ma'lum, shu bilan birga yirik kompaniyalar aksiyalar.
Investitsiya (lotincha: investio — „oʻrash“) — iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida oʻz mamlakatida yoki chet ellarda turli tarmoqlarga, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarga, innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzoq, muddatli kapital kiritish (qoʻyish). Pulning vaqt (zamon)ga bogʻliq qiymati nazariyasiga koʻra, investitsiya kelajakda naf olish maqsadida mablagʻlar qoʻyishdir. Investitsiya kapitalni muayyan muddatga bogʻlashni yoki band qilishni bildiradi. Bundan asosiy maqsad kapital qiymatini saqlab qolish yoki boʻlmasa kapital qiymatini vaqtda oʻstirib borishdir. Iqtisodiy mazmuni jihatdan investitsiya turli faoliyatlarga safarbar etilgan moddiy, nomoddiy boyliklar va ularga boʻlgan huquqlarni aks ettiradi. Investitsiya sifatida pul, qimmatli qogʻozlar (aksiya, obligatsiya, sertifikat, veksel), yer, bino, inshoot kabi boyliklar, intellektual mulk boʻlgan ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va b. ishlatiladi. Investitsiya loyihalariga mablagʻ qoʻyuvchilar — investorlar davlat, kompaniya, korxona, chet ellik fuqarolar, aholi va boshqalar boʻlishi mumkin.
Uning quyidagi turlari mavjud: davlat investitsiyasi — davlat byudjeti va moliya manbalari hisobidan kiritiladi; chet el investitsiyasi — xorijiy davlatlar, banklar, kompaniyalar, tadbirkorlar tomonidan kiritiladi; xususiy investitsiya — xususiy, korporativ xoʻjalik va tashkilotlar, fuqarolar mablagʻlari, shu jumladan, shaxsiy va jalb qilingan mablagʻlar hisobidan qoʻyiladi. Investitsiya qoʻyilish shakliga qarab moliyaviy (portfel) va real (ishlab chiqarish) investitsiyaga boʻlinadi. Moliyaviy (portfel) investitsiya — aksiya, obligatsiya va b. qimmatli qogʻozlarni sotib olishga qoʻyiladigan investitsiya, ; real investitsiya — moddiy ishlab chiqarish (sanoat, qishloq xoʻjaligi, qurilish va b.) sohasiga, moddiy-ashyoviy faoliyat turlariga uzoq, muddatli mablagʻlar qoʻyish shakllarida amalga oshiriladi. Jahon tajribasida investitsiyani moliyalashtirish turli usul va shakllarda, shu jumladan, korxonalarni aksiyadorlashtirish va aksiyalarni joylashtirish, byudjet mablagʻlari, bank kreditlari, lizing, bevosita chet el investitsiyalari, ipoteka, byudjetdan tashqari maxsus fondlar, amortizatsiya va xoʻjalik yuritish subʼyektlarining boshqa mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi davrda xalqaro iqtisodiy munosabatlarda investitsion hamkorlik rivoj topdi. Bunday hamkorlikning real, moliyaviy, intellektual (litsenziyalar, nou-xauni berish, hamkorlikda bajariladigan ilmiy ishlanmalar va b.ga mablagʻ sarflash) koʻrinishlari bor.
Investitsion hamkorlik umumjahon va milliy muammolarni hal qilishga xizmat qiladi. Jahondagi bevosita investitsiya faol oʻsib bormoqda: 1980-yillar oʻrtalarida jahon boʻyicha umumiy yillik investitsiya hajmi 450 milliard dollarni tashkil qilgan boʻlsa, 1990-yillar oʻrtalariga kelib investitsiya hajmi 2 trillion dollardan oshdi.

Shixnazar Xudayberganov, [11.11.2022 13:30]


Oʻzbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida respublika iqtisodiyotida tuzilmaviy oʻzgarishlarni amalga oshirishda investitsiyadan samarali foydalanilmoqda. OʻzRda 1996-yildan boshlab respublika hukumati har yili davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlar mablagʻlari hisobidan kapital qoʻyilmalar limitlari, chet el investitsiyalari va hukumat kafolati bilan olingan kreditlar hisobiga aniq qurilishlar dasturi, shuningdek, bevosita chet el investitsiya va kreditlari hisobiga qurilishlar dasturidan iborat boʻlgan Davlat investitsiya dasturini qabul qiladi. Respublika iqtisodiyotiga investitsiya kiritishda davlat byudjeti mablagʻlari, chet el investitsiyalari, korxonalarning oʻz mablagʻlari va aholi jamgʻarmalari qatnashmoqda. Respublikada aholining qimmatli qogʻozlarga jamoaviy investitsiyani amalga oshiradigan xususiylashtirish investitsiya fondlari (XIF) va kompaniyalari tarmogʻi rivoj topdi. 2000-yilda moliyalashtirishning jami manbalari hisobidan mamlakat iqtisodiyotiga salkam 700 milliard soʻm, shu jumladan, 810 million AQSH dollari investitsiyalandi. Uning 30,3 % ni respublika byudjeti, 39,1 % ni korxonalar va aholi mablagʻlari, 7,5 % ni banklar kreditlari va b. qarz mablagʻlar, 21,7 % ini chet el investitsiyalari va kreditlari, 1,4 % ni byudjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari tashkil qiladi. Respublikada investitsiya faoliyatining huquqiy bazasini yaratishda „Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida“ (1995-yil 5-may), „Investitsiya faoliyati toʻgʻrisida“ (1998-yil 12-dekabr), „Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida“ (1998-yil 30-aprel), „Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida“ (1998-yil 30-aprel), „Lizing toʻgʻrisida“ (1999-yil 14-aprel), „Qimmatli qogʻozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida“ (2001-yil 30-avgust) qonunlarining qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega boʻldi. Investitsiya faoliyatida investorlar har bir mamlakatdagi investitsiya muhiti bilan bogʻliq boʻlgan koʻpdan-koʻp xatarlarga duch keladilar. Shu sababli investitsiyani, ayniqsa, chet el investitsiyalarini su-gʻurta qilish muhim ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda xorijiy investitsiyalarni sugʻurtalash sohasida 1994-yilda tashkil etilgan „Oʻzbekinvest“ eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi faoliyat olib boradi.
Download 53.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling