Bosh sahifa / Mening kurslarim
Download 118.52 Kb. Pdf ko'rish
|
Tasv.faol o\'rg 3-dars.Ma\'ruza. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy faoliyat jarayonidagi idrokni rivojlanishi. Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.3-dars. 6-mavzu:Maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy faoliyat jarayonidagi idrokni rivojlanishi. Mavzu rejasi
- Tayanch so’z va iboralar
Bosh sahifa / Mening kurslarim / Tasv.faol o'rg / 3-dars.Maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy faoliyat jarayonidagi idrokni rivojlanishi. / 3-dars.Ma'ruza. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy faoliyat jarayonidagi idrokni rivojlanishi. Reja: Tasviriy faoliyatga o'rgatish nazariyasi va texnologiyasi 3-dars.Ma'ruza. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy faoliyat jarayonidagi idrokni rivojlanishi. Reja: II.3-dars. 6-mavzu:Maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy faoliyat jarayonidagi idrokni rivojlanishi. Mavzu rejasi: 1.Bolalar tasviriy faoliyatida idrok qilishning rivojlanishi. 2. Predmetlarni kuzatish metodlari. 3. Bolalarni idrok qilishiga raxbarlik. 4. Maktabgacha yoshdagi bolalarda idrokning xususiyatlari Tayanch so’z va iboralar: Idrok, ko‘zdan kechirish jarayonining 5 bosqichi,analitik idrok, predmetlashtirib idrok etish. Ayni chog‘da sezgi organlariga ta’sir etib turgan narsa va hodisalarni ongimizda yaxlit aks ettirilishidan iborat bo‘lgan psixik jarayon idrok deb ataladi. Sezgilarga qaraganda idrok voqelikni aks ettirishning ancha yuksak formasidir. Bolalarda idrokning rivojlanishi bola uch yoshga to‘lib bog‘chaga qatnay boshlagach, birinchidan, bolaning faoliyat darajasi juda kengayib ketadi, ikkinchidan, nutqi g‘oyat zudlik bilan o‘sa boradi. Buning natijasida bola juda ko‘p narsalar bilan mustaqil hamda bevosita munosabatda bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bola hayotidagi bu o‘zgarish o‘z navbatida uning idrokiga ta’sir etmay qolmaydi. Ular kundalik faoliyatlari davomida juda ko‘p narsalar bilan to‘qnashadilar. Shunday bo‘lishiga qaramay katta yoshdagi bog‘cha bolalari ham o‘zlari idrok etayotgan narsalarning nima ekanligini har doim kattalarning yordamisiz bilavermaydilar. Bog‘cha yoshidagi bolalar idrokida ikkinchi signallar sistemasi (nutq)ning roli nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, tevarak-atrofdagi narsalarni anglab idrok qilishda faqat narsaning o‘zigina emas, balki uning nomi ham birga qatnashadi. Bolalar idrokini takomillashtirish maqsadida uyushtiriladigan ekskursiyalarda (hayvonlar va o‘simliklar dunyosi bilan tanishtirishda) bolalar idrokida ikkinchi signallar sistemasining rolini oshirishga intilish kerak. Chunki, qo‘zg‘atuvchilarning (ya’ni ekskursiya paytida ko‘rsatilayotgan narsalarning) ayni bir paytda har ikkala signallar sistemasiga barobar ta’sir etishi idrok qilinayotgan narsalarning butun va to‘la- to‘kis aks etishini ta’minlaydi. Bog‘cha yoshidagi bolalar idrokining xarakterli tomonlaridan biri shundaki, ular turli narsalarni idrok qilishda bu narsalarning ko‘zga tashlanib turadigan belgilariga asoslanadilar. Biroq tajribalari hali yetarli bo‘lmagani, ya’ni ko‘p narsalarning mohiyatiga mutlaqo tushuna olmasliklari tufayli narsalarning mohiyati bilan bog‘liq bo‘lgan eng muhim va umumiy belgilarni aks ettira olmaydilar. Ular narsalarni idrok qilishda faqat aniq tasavvurlarga asoslanadilar. Shu sababli bog‘cha yoshidagi (xususan kichik bog‘cha yoshidagi) bolalar uchun narsalarning eng asosiy va muhim belgilari ularning rangi va shaklidir. Bog‘cha yoshidagi bolalar shuning uchun ham o‘xshash narsalarning shaklini bir-biridan bemalol ajrata oladilar. Lekin, bog‘cha yoshidagi kichik bolalar (kichkina guruh bolalari) narsalarning shaklini farqlashda biroz qiynaladilar. Chunonchi, kichik yoshdagi bog‘cha bolalariga mavhum geometrik shakllar yoki ularning rasmi ko‘rsatilsa, ular bu shakllarni o‘zlariga ma’lum bo‘lgan aniq narsalar bilan bog‘lab, ya’ni predmetlashtirib idrok qilishga intiladilar. Masalan, ular aylanani «g‘ildirak», to‘rtburchakni «deraza» yoki «eshik» deb ataydilar. Rus psixologlaridan S.L.Rubinshteyn, S.N.Shabalin va M.N.Volokitinalar tajribalarining ko‘rsatishicha, bog‘cha yoshidagi bolalar aniq narsalarning shaklinigina emas, balki bu narsalarning qora rang bilan qilgan siluetlariga (andazalariga) qarab ham ularni bir-biridan farqlay oladilar. Bolalar siluetga qarab (ya’ni qora rangda ishlangan quruq shaklga qarab) bu narsalarning nima ekanligini yanglishmay aytib bera oladilar. Bunda shu narsa ma’lum bo‘ladiki, bog‘cha yoshidagi bolalar narsalarning shakllarini ularning mazmuni bilan bog‘liq ravishda idrok qila boshlaydilar. Demak, bog‘cha yoshidagi bolalar tevarak-atrofdagi turli-tuman narsalarni idrok qilishda shu narsalarning mazmuni, mohiyati bilan organik bog‘liq bo‘lgan shaklga ham asoslanadilar. Kichik guruh bolalari turli geometrik shakllardan qilingan mozaikalar bilan o‘ynaganlarida ularni shakliga qarab, ya’ni to‘rtburchakni to‘rtburchaklar guruhiga, uchburchakni uchburchaklar guruhiga, aylanani aylanalar guruhiga yanglishmay ajratadilar. Bu o‘rinda shu narsa xarakterliki, mozaikadagi geometrik shakllar har xil rangda bo‘lishiga qaramay, ular rangni emas, balki shaklni asos qilib olib guruhlarga ajratadilar. Bog‘chada bolalarning narsalarni shakliga qarab to‘g‘ri farqlay olish xususiyatlarini o‘stirish kerak. Bunga loy yoki plastilindan turli narsalar yasash va rasm chizish mashg‘ulotlari o‘tkazish orqali erishish mumkin. Bog‘cha yoshidagi bolalar idrok qilish paytida narsalarni chuqur analiz qila olmaydilar. Bolalar idrokidagi bu yetishmovchilik turli rasmlarni idrok qilishlarida yaqqol ko‘rinadi. Bolalar (xususan kichik yoshdagi bog‘cha bolalari) rasmda tasvirlangan narsalarning holatiga va fazoviy munosabatlariga tamomila befarq bo‘ladilar. Ular rasmlarni teskari ushlab ham zavq bilan tomosha qilaveradilar. Buning asosiy sababi rasmni idrok qilishga nisbatan bolalarning analitik munosabatda bo‘lolmasliklaridir. Bolalar rasmda tasvirlangan narsalarni bir-biri bilan ma’lum munosabatda emas, balki tasvirlangan narsalarning hammasini butunligicha idrok qilishga intiladilar. Ularda hali analiz qilish xususiyatlari yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Shuning uchun rasmlar bilan o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda tarbiyachi bolalarga yo‘naltiruvchi savollar berib, ularni analiz qilishga o‘rgatib borishi lozim. Ana shunday mashg‘ulotlarda bolalar diqqatini, birinchidan, ko‘rsatilayotgan rasmning mazmunini to‘g‘ri idrok qilishga, ikkinchidan rasmning umumiy ko‘rinishida har bir tasvirlangan narsaning o‘rnini to‘g‘ri idrok qilishga, ya’ni rasmdagi narsalarni bir-biridan keskin farq qila bilishga, uchinchidan esa, rasmda tasvirlangan narsalar o‘rtasidagi munosabatlarni to‘g‘ri idrok qilishga qaratish kerak. Rasmlarni idrok qilish ana shunday tarzda yo‘lga qo‘yilgandagina bolalarning analitik idrok qilish qobiliyatini hamda kuzatuvchanlik xususiyatini rivojlantirish mumkin. Bog‘cha yoshidagi bolalarning asosiy faoliyatlari o‘yin faoliyatidir. Ular o‘zlarining kundalik o‘yin faoliyatlarida juda ko‘p narsalarga to‘qnash keladilar. Bu narsalarni bilganlaricha idrok qilib, bir-birlariga tushuntiradilar. Umuman o‘yin faoliyatida ularning idroki to‘xtovsiz rivojlanib boradi. Bog‘cha yoshidagi bolalarda turmush tajribasining yetarli emasligi ba’zan ular idrokining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Bu murakkab idrok jarayonida, ya’ni fazo hamda vaqtni idrok qilishda yaqqol ko‘rinadi. Masalan, ular narsalar o‘rtasidagi fazoviy munosabatlarni, fazo hamda vaqt o‘lchovlarini to‘g‘ri idrok eta olmaydilar, narsalar o‘rtasidagi fazoviy munosabatlarni hamda vaqtni bolalar asosan bog‘cha yoshidagi davrda o‘zlashtira boshlaydi. Bolalar o‘zidan uzoq va yaqin, baland va past joylashgan narsalar bilan bevosita munosabatda bo‘lish jarayonida fazoviy tushunchalarni to‘g‘ri idrok qila boshlaydilar. Bunda tarbiyachilarning narsalar o‘rtasidagi har xil fazoviy munosabatlarni so‘z bilan ifoda etishlari bolalar idrokining rivojlanishiga katta yordam beradi. Uzoq-yaqin, baland-past, chuqur-yuza, katta-kichik, keng-tor kabi fazoviy tushunchalarni hamda narsalar o‘rtasidagi bunday fazoviy munosabatlarni bolalar o‘z faoliyatlarida, ya’ni o‘yin va mashg‘ulotlarda ma’lum darajada o‘zlashtirib boradilar. Lekin, chap va o‘ng kabi tushunchalarni bolalarga o‘z vaqtida o‘rgatish zarur, chunki bola chap va o‘ng qo‘lning farqiga bormay ko‘p ishlarni chap qo‘lida bajaradigan bo‘lib qolishi mumkin. Bog‘cha yoshidagi bolalarda fazoviy tasavvurlarning yetarli darajada aniq emasligini ularning chizgan rasmlarida yaqqol ko‘rish mumkin. Masalan, kichik va o‘rta guruh bolalari rasm chizganlarida narsalarning hajm munosabatlariga unchalik e’tibor bermaydilar. Ularning chizgan rasmlarida uyning balandligi avtomashinaning balandligi bilan, odamning bo‘yi esa terakning bo‘yi bilan barobar bo‘lishi mumkin. Bu bog‘cha bolalarini mutlaqo hayron qoldirmaydi. Fazoviy munosabatlarni to‘g‘ri idrok qilish va fazoviy munosabatlar haqida to‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lish asta-sekinlik bilan bolalarning turmush tajribalari orta borishi davomida o‘sib boradi. Bog‘cha yoshidagi bolalarning vaqtni idrok qilishlari fazoni idrok qilishlari kabi mukammal xarakterga ega emas. Bolalarda vaqtni to‘g‘ri va anglab idrok qilish fazoni idrok qilishdan ham qiyinroq desak yanglishmaymiz. Bolalar uchun vaqtni idrok qilishda qiyin tomonlaridan biri shuki, ular vaqtning uzluksiz o‘tuvchanligini (ya’ni vaqtning beto‘xtov harakatini) anglay olmaydilar va, binobarin, idrok ham qila olmaydilar. Bu narsani ularga ko‘rgazma asosida ko‘rsatib bo‘lmaydi. Natijada bolalar vaqt o‘lchovlarini ma’lum narsalar va hodisalar orqali aniqlashtirib idrok qilishga intiladilar Odatda so‘zlar bilan ifodalanadigan quyidagi asosiy vaqt o‘lchovlari bordir: «soniya», «daqiqa», «soat», «kun», «hafta», «oy», «yil», «asr», «kecha», «bugun», «ertaga» «indinga», «ertalab», «peshin», «kechqurun», «kechasi», «avval», «keyin» kabilar. Ana shu vaqt o‘lchovlaridan bog‘cha yoshidagi bolalar erkin foydalana bilmaydilar. Chunki bu vaqt o‘lchovlari (vaqt tushunchalari) nisbiy hamda mavhum xarakterga egadir. Bolalar ertaning bugunga, bugunning kechaga, kechaning o‘tgan kunga tabiiy ravishda aylanib qolishini hech bir tasavvur eta olmaydilar. Bog‘cha yoshidagi bolalarning ayrim vaqt o‘lchovlarini idrok qilishlarida rejimning roli juda kattadir. Bolalarning kundalik hayotlarida doimiy ravishda takrorlanib turadigan rejim (kun tartibi) ayrim vaqt o‘lchovlarini birin-ketin ajratib olishga yordam beradi. Bundan tashqari, ular ayrim vaqt o‘lchovlarini vaqtning asosiy belgilariga qarab ham farqlay oladigan bo‘ladilar. Masalan, «Kun (quyosh) chiqqanda – ertalab bo‘ladi», «Kun botganda – kechqurun bo‘ladi», «Qorong‘i bo‘lib hamma uxlaganda – kechasi bo‘ladi» deb aniqlaydilar. Shu narsani aytish kerakki, vaqt tushunchalarini idrok qilish qiyin bo‘lgani uchun bog‘cha yoshidagi bolalar (xususan kichik guruh bolalari) asosan hozirgi zamon (shu bugungi) tushunchasi asosida yashaydilar. Ana shu sababli ular kelasi va o‘tgan zamon tushunchalariga nisbatan hozirgi zamonga oid vaqt o‘lchovlarini to‘g‘ri idrok qila oladigan bo‘ladilar. Shuning uchun bolalar dastavval «ertalab», «peshin», «kechqurun», «kechasi», «bugun» kabi vaqt tushunchalaridan to‘g‘ri foydalanadigan bo‘ladilar. Bog‘cha yoshidagi bolalarning uzoq zamonga oid narsalarni tushuntirishlari o‘ziga xos xarakterga egadir. Ular bunday narsalarni vaqt tushunchalari orqali emas, balki qalblarida chuqur iz qoldirgan taassurotlar orqali tushuntirishga intiladilar. Masalan, qachonlardir bir bo‘lgan hodisani yoki qachonlardir ko‘rgan narsalarini «Hov bir marta bayramda...», «Hov bir marta to‘y bo‘lganda...» kabi. Ular xotiralarida qolgan ayrim hodisalarning qaysi yil va qaysi oyga tegishli ekanini aniq vaqt o‘lchovida (vaqt tushunchasida) aytib bera olmaydilar. Kichik yoshdagi bog‘cha bolalarining vaqtni idrok qilishlarida shu narsa ko‘zga tashlanib turadiki, ular bir-biri bilan tez almashib turadigan vaqt o‘lchovlarini qiyinlik bilan o‘zlashtiradilar. Shuning uchun ular bunday vaqt o‘lchovlarini ko‘pincha bir-biri bilan almashtirib yuboradilar. Masalan, kichik yoshdagi bog‘cha bolalari: «Kecha bugunmi?» «Bugun ertagami?» «Qachon ertaga bo‘ladi?» «Bugun ham kechasi bo‘ladimi?» degan savollarni berishlari mumkin. Vaqtni to‘g‘ri idrok qilish ham xuddi fazoni idrok qilish kabi bolalarning amaliy faoliyatlari, ya’ni turmush tajribalari bilan bog‘liqdir. Bog‘cha bolalari o‘zlarining har kungi xilma-xil faoliyatlari davomida vaqt munosabatlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘radilar va sekin-asta o‘zlashtirib boradilar. Lekin vaqt bolalarga bevosita ko‘rinmaydi. Shuning uchun vaqtni to‘g‘ri idrok qilishni bolalarga yoshlikdan boshlab o‘rgatish kerak. Bolalar eng sodda, ya’ni bo‘linmaydigan vaqt o‘lchovlarini osonroq o‘zlashtiradilar. Bunday sodda o‘lchovlardan «hozir», «oldin», «keyin» kabi tushunchalarni ko‘rsatish mumkin. Shundan so‘ng bir qadar murakkab, ya’ni bir necha qismlarga ajratish mumkin bo‘lgan vaqt o‘lchovlarini (ya’ni «bug‘un», «kecha», «ertaga», «indinga» kabi) o‘zlashtirishlari mumkin. Katta guruh bolalari ana shu yuqori dagi vaqt tushunchalaridan tashqari kunlarning nomlarini (ya’ni yakshanba, dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba) ham yaxshi o‘zlashtirib, «hafta», «oy» va hatto ba’zan «yil» kabi murakkab vaqt tushunchalaridan ham foydalana oladigan bo‘ladilar. Tevarak-atrofdagi narsalar o‘rtasida mavjud bo‘lgan fazoviy munosabatlarni (baland, past, katta, kichik kabi) to‘g‘ri idrok qilishda bolalarning atrofdagi turli-tuman narsalar bilan bevosita munosabatda bo‘lishlari katta rol o‘ynasa, vaqt munosabatlarini to‘g‘ri idrok qilishda vaqt o‘lchovlarini (tushunchalarini) ifodalovchi so‘zlarnig ko‘proq ishlatilishi katta rol o‘ynaydi. Shuning uchun bolalar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda, suhbatlarda, hikoyalar o‘qib berishda bolalar so‘z boyligida hozirgacha yo‘q bo‘lgan vaqt o‘lchovlariga oid tushunchalarni kiritish kerak. Umuman bolalarga bog‘chada vaqt o‘lchovlarini (ya’ni hozir soat 2 bo‘lib, tush payti bo‘lib qolganligini, soat 5 dan oshib kech kirib qolganligini) muntazam ravishda eslatib turish kerak. Bu bolalarda vaqt hissini rivojlantirishga yordam beradi. Vaqt hissi esa vaqt o‘lchovlarini to‘g‘ri idrok qilishni ta’minlaydi. Bolalar vaqt tushunchalarini to‘g‘ri o‘zlashtirayotganlarini aniqlash uchun ularga «qachon», «qaysi kuni», «qancha vaqtdan so‘ng», «qaysi biri oldin», «qaysi haftada», «qaysi oyda» kabi savollarni berib turish lozim. Bog‘chada idrokni rivojlantira borish asosida kuzatuvchanlikni ham tarbiyalash kerak. Kuzatuvchanlik odamning butun hayoti, butun o‘qish va mehnat faoliyati davomida juda zarur bo‘lgan fazilatdir. Bog‘chada turli didaktik mashg‘ulotlar o‘tkazish, ekskursiyalar tashkil qilish orqali bolalarda kuzatuvchanlikni tarbiyalab boriladi. Bu jihatdan yil fasllari (bahor, yoz, kuz, qish) bo‘yicha o‘tkaziladigan ekskursiyalar, rasmga qarab so‘zlatish (kim ko‘proq narsani ko‘radi) yaxshi natija beradi. Albatta, ekskursiya va mashg‘ulotlar paytida bolalarga beriladigan savollar oldindan o‘ylab olingan, ya’ni rejali asosda bo‘lishi kerak. Bog‘cha yoshidagi bolalar idrokining normal o‘sishi hamda ularda kuzatuvchanlikning kamol topishi ko‘p jihatdan tarbiyachilarga, ularning pedagoglik mahoratiga bog‘liqdir Download 118.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling