Bosh va ikkinchi darajali bo`laklar


Download 19.35 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi19.35 Kb.
#1522342
Bog'liq
Bosh va ikkinchi darajali bo


Bosh va ikkinchi darajali bo`laklar
Hozirgi o`zbek adabiy tilida gap bo`laklari beshta bo`lib, bular

  1. Ega .

  2. Kesim .

  3. To`ldiruvchi.

  4. Aniqlovchi.

  5. Hol .

Eslatma! Ega va kesim bosh bo`laklar hisoblanadi. Aniqlovchi, to`ldiruvchi, hol esa ikkinchi darajali bo`laklar hisoblanadi.
Ega
Ega gap kesimining qo`shimchalaridan anglashilib turgan shaxs-son ma’nosini aniqlashtiruvchi bo`lak egadir. Ega asosan, kim? nima? qayer? so`roqlariga javob bo`ladi. Ega doim bosh kelishik shaklida bo`ladi, egalik va ko`plik shakillarini qabul qilish mumkin .
Ega quydagi so`z turkumlari bilan ifodalanadi:1

1.Ot bilan

Aziz o`sha kitobni o`qidi.

2. Olmosh bilan

Sen o`zingni maqtama, seni birov maqtasin.

3.Harakat nomi bilan

O`qish jafoli, keti vafoli.

Otlashganda

4.Son bilan

Ikkalasi ham chiqib ketishdi.

5.Sifatdosh bilan

O`qigan o`qdan o`zar, o`qimagan turtkidan shoshar.

6.Sifat bilan

Yaxshilar ko`paysin, yomon qolmasin.

7.Ravish bilan

Ko`p so`zning ozi yaxshi, oz so`zning o`zi yaxshi.

8.Taqlid bilan

Qars ikki qo`ldan chiqadi.

9.Modal bilan

Bor so`zlaydi, yo`q o`ylaydi.

10.Ibora bilan

Uyning yuziga ayoq qo`yish axloqimizga zid.

11.Kengaygan birikma

Otlarning otxonaga olib o`tilmagani Ziyodillani taajjublantirdi.

Eslatma! Gaplar eganing ishtirok etishi yoki etmasligiga ko`ra ikkiga bo`linadi.
I.Egali gaplar – gapda ega bo`lagi ishtirok etadi.
Masalan: Men shaftolizor bog`larini kezdim.
II.Egasiz gaplar—gapda ega bo`lagi ishtirok etmaydi.
Masalan: Bugun Samarqandga junaymiz. Eslatma! Egasiz gaplar quydagi guruhlarga bo`linadi.
1.Shaxsi ma’lum gaplar (egasi ma’lum gaplar).
Masalan: Masalani odillik bilan hal etaylik. 2.Shaxsi umumlashgan gap( egasi umumlashgan gap).
Masalan: Onalarimizni avaylaylik. 3.Shaxsi nomalum gap( egasi nomalum gaplar).
Masalan: Endi qattiq o`qishga to`g`ri keladi.

1.Ma’rufjon Dustmurodov. O`zbek tili ma’ruzalar to`plami.Toshkent:Spectrum Media Group,2021-269.


Kesim
Kesim gap markazi bo`lib, nima qildi? nima bo`ldi? kimdir? nimadir? qayerdir? qanday? qancha? qaysi? nechta? nechanchi? bu so`roqlarga javob bo`luvchi so`zlar gapda kesim bo`lib kelishi uchun gap oxirida kelib, undan so`ng nuqta qo`yilishi kerak. U tasdiq-inkor, zamon, mayl, shaxs-son ma’nolarini ifodalab keladi, hukumni ifodalaydi va gapning boshqa bo`laklarini o`z atrofida birlashtiradi. Demak, kesimlik ko`rsatkichlari quydagilar:
-tasdiq-inkor;
-zamon;
-mayl(moddalik);
-shaxs-son.
Gapda yuzaga keltirish, fikrni ifodalash jihatdan kesimning gapdagi ahamiyati juda katta. U hukumni ifodalovchi, gapning asosiy belgilarini ko`rsatuvchi eng muhim bo`lakdir. Gapda ega ham, ikkinchi darajali bo`laklar ( to`ldiruvchi, aniqlovchi, hol) ham bevosita yoki bilvosita kesimga bog`lanadi.
Eslatma! Kesim qaysi turkum so`zlari bilan ifodalanishiga ko`ra ikki xil: fe’l kesim va ot kesim bo`ladi.

  1. Fe’l kesim – sos fe’l ba’zan ravishdosh bilan ifodalanadi.

Eslatma! guncha qo`shimchasini olgan ravishdoshgina kesim vazifasida keladi.
Masalan: Ishning boshi boshlanguncha.
Fe’l kesim nima qildi? so`rog`ini oladi. Tarkibida zamon, shaxs-son, mayl qo`shimchalari bo`ladi.
1.Ot kesim – fe’lning harakat nomi, sifatdosh shakillari bilan shuningdek ot, sifat, son, olmosh, ravish, undov, modal, taqlid so`zlar bilan ifodalanadi.
Ot kesim va fe’l kesimni topib ajrating

  1. Ayozli kunlar o`tyabdi.

  2. Takrorlash bilimning onasidir.

  3. Ko`chada odam g`ij-g`ij.

  4. Uning bu gaplaridan habari yo`q.

  5. Eman daraxtining egilgani-singani.

  6. Bizni maqsadimiz o`qimoq.

  7. Usi yaltiroq, ichi qaltiroq.

Download 19.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling