Bo’sh vaqt-xush vaqt


Download 102 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi102 Kb.
#228481
Bog'liq
REFERAT


Bo’sh vaqt-xush vaqt.

Yoshlikni inson hayotining poydevoriga qiyoslashadi. Poydevorning mustahkamligi, to‘g‘ri qo‘yilganligi esa hayot yo‘li va umr mazmunini belgilaydi, tom ma’noda butun boshli mamlakat kelajagini ifodalaydi.

Farmon — kelajagimiz egalari bo‘lmish yosh avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga oid kompleks chora-tadbirlarni qamrab olgani bilan g‘oyatda muhimdir.Ochig‘ini aytish kerak, hududlardagi ayrim mansabdorlar yillar davomida yoshlar taqdiriga panja orasidan, bepisand qarab keldi. Mazkur Farmon haqiqiy ma’noda quruq gaplardan amaliy ishga o‘tish jarayonining muhim odimi, dasturilamali, deyish mumkin.


  • Mamlakatimiz aholisi sonining 60 foizini yoshlar tashkil etishini inobatga oladigan bo‘lsak, ushbu Farmonning ahamiyatini tasavvur qilish qiyin emas, — deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi bo‘lim mudiri Feruz Ablayarov. — Bugungi kunda 105 mingdan ortiq yosh tadbirkorlar faoliyat yuritmoqda. Albatta, bu ko‘rsatkich juda ham kam. Mazkur hujjat yosh tadbirkorlar sonini yanada ko‘paytirish bilan birga, ularni qiynayotgan muammolariga yechim topishida ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Hujjat o‘z mazmuniga ko‘ra, keng qamrovga ega. Avvalo, unda Davlat dasturi amalda joriy etilishi bilan bir vaqtning o‘zida, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzurida “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi hamda uning tuman va shahar filiallarini tashkil etishni nazarda tutadi. Jamg‘arma mablag‘larining qayerga va qanday maqsadlarga yo‘naltirilishi ham ipidan ignasigacha, har bir viloyatning har bir tumaniga qay miqdorda ajratilishi ham aniq ko‘rsatib o‘tilgan.

Jumladan, yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalari va loyihalari uchun — tijorat banklari orqali 7 foizlik imtiyozli kreditlar va mol-mulklarni lizing asosida taqdim etish, Davlat dasturi ijrosi bo‘yicha olinadigan kreditlar uchun garov va kafillik tariqasida qatnashish, tadbirkorlik loyihalarida umumiy qiymati 50 foizgacha miqdorda Jamg‘arma ulushi hisobidan ishtirok etish orqali yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, sohada malaka hosil qilgan, lekin mablag‘i va ishi bo‘lmagan yoshlarga 20 donagacha parranda hamda quyon, 5 ta mayda va 2 ta yirik qoramol sotib olishga — keyinchalik pulning faqat o‘zini qaytarish sharti bilan mablag‘ ajratish kabi maqsadlarga sarflanadi.

Bu esa yoshlarning o‘z biznesini boshlashlarida bank krediti uchun kafillik yoki garov bilan ta’minlanmaganlik muammolarini hal etishda muhim o‘rin tutadi.

E’tiborlisi, Dastur ijrosi bo‘yicha yurtimizning har bir tumanida jahonning hech bir yerida o‘xshashi bo‘lmagan “Yoshlar mehnat guzari” tashkil qilinadi.

Zamonaviy shart-sharoit va qulayliklarga ega “Yosh tadbirkorlar” kovorking-markazlari quriladi. Uni sodda qilib, bilmasa o‘rgatadigan, bilsa ko‘mak beradigan, umum foydalanuvdagi ofisga qiyoslash ham mumkin.rorlikning muhim shartidir

Jahonda ro‘y berayotgan moliya­viy-iqtisodiy inqiroz ko‘plab mamlakatlarda ishsizlik darajasi keskin oshib ketishiga va jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy muammolar kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. Inqiroz oqibatini yumshatish maqsadida Xalq­aro Mehnat Tashkilotining sessiyalari (2009-2011 yillar)da berilgan tavsiyalar asosida ho­zirda ko‘pgina davlatlarda aho­li bandligini ta’minlash bo‘­yicha milliy dasturlar qa­bul qilish masalasi muhokama etilmoqda. Xalqaro Mehnat Tashkilotining joriy yil iyunda bo‘­lib o‘tgan 102-sessiyasida yoshlar bandligi masalasi kun tartibiga alohida kiritilib, barcha mamlakatlarda bu sohada maqsadli choralarni ko‘rish tavsiya etildi. Bugungi kunda dunyo­da yoshlar band­ligini milliy ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy das­turlarga qo‘shish harakatlari boshlangan.Ulardan farqli ravishda bizning mamlakatimizda mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab aholi bandligini ta’minlashga jid­diy e’tibor qaratilmoq­da. Uzoqni ko‘zlab amalga oshiri­layotgan islohotlar, in­qirozga qarshi choralar natijasida iq­tisodiyotning yuqori o‘sish sur’atlari ta’minlanayapti. Investitsiya, mahalliylashtirish ham­da boshqa qator maqsadli dasturlarning amalga oshirilishi, moliya va bank tizimining barqarorligi ish o‘rinlari ko‘payishiga, yosh­lar bandligini ta’minlashga mustahkam zamin yaratib bermoqda.

Mustaqillik yillarida qabul qilingan Mehnat kodeksi, «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida» va «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyo­satining asoslari to‘g‘risida»gi qonunlar yoshlarni, ayniqsa, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash hamda ijtimoiy hi­moya qilishning hu­quqiy asoslarini mustahkamladi.Keyingi yillarda Yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi parlament darajasida qabul qilinib, muvaffaqiyatli ijro etib kelinmoq­da. Ushbu dastur doirasida yaratilayotgan ish o‘rinlarining yarmidan ziyodi aynan ta’­lim muassasa­lari­ni bitirayotgan yoshlar uchundir. Masalan, 2013 yilning 6 oyida respublika bo‘yicha jami 554,4 ming yoki rejaga nisbatan 14 foiz ko‘p ish o‘rni tashkil etildi. Uning 309,5 mingtasi yoki 55,8 foizini yoshlar, bi­rinchi nav­batda, kasb-hunar kollejlarini bitirganlar band etdi.

Mamlakatimizdagi bunday ijobiy tajriba, ya’ni bandlik Dasturini parlament tasdiqlashi amaliyoti hech bir davlatda uchramaydi. Yurtimizda olib borilayotgan chuqur islohotlarning ajralmas qismi bo‘lgan mazkur Dastur nafaqat aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish, balki mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy barqarorligini mustahkamlashning muhim omili bo‘lib xizmat qilmoqda.Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish chora-tadbirlari ular o‘qishini tugatganidan keyin emas, balki undan an­cha oldin ko‘rilayotgani, ayniqsa, muhimdir. Kollej-korxona hamkorligini yo‘lga qo‘yish, bitiruvchilarni ishga joylashtirishga ko‘maklashish, bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarini tizimli o‘tkazish, ish beruvchilarga berilgan imtiyozlar, yoshlar o‘z ishini tashkil etishiga ko‘­maklashish, imtiyozli mikrokreditlar ajratish kabi tadbirlar amalda o‘z samarasini berayapti.


Kollej bitiruvchilarini ishga joylashtirishda zaxira qilingan (kvota) ish o‘rinlaridan ham keng foydalanilayapti. Joriy yil bitiruvchilar uchun 55,3 mingta ish o‘rni tegishli korxona va tash­kilotlarda hokimlarning qa­rorlari bilan zaxira qilingan. Shu orqali bitiruvchilar, asosan, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha yaxshi xaq to‘lanadigan va muqim ish o‘rniga joylashmoqda.Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylash­tirishda yana bir muhim yo‘­nalish bu — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 28 iyuldagi Far­mo­nida belgilangan imtiyozlardan keng foydalanishdir. Maz­kur hujjatga asosan kichik korxonalar va mikrofir­malar o‘z faoliyatini ken­gayti­rib, ochiladigan yangi ish o‘rin­lariga muayyan miqdorda kasb-hunar kollejlari bi­­tiruvchilarini qabul qilsa, ular uchun qonunchilikda ko‘zda tutilgan imtiyozlar saqlab qolinadi. Joriy yilda mazkur imtiyozlardan foydalanib, 8 mingdan ziyod kichik kor­xona va mikrofirma ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga qabul qilish yuzasidan choralar belgilagan.

Aholini, ayniqsa, yoshlarni ish bilan ta’minlash va mehnat munosabatlarini takomillashtirish maqsadida «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi qonun va Mehnat kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi. Tegishli qonunlar loyihalari Oliy Majlis Qonunchilik palatasida muhokama eti­layotgan vaqtda O‘zXDP fraksiyasi tomonidan partiya elek­torati manfaatlaridan kelib chiqib, qator takliflar bildirildi va ushbu takliflar qabul qilindi. Ularga binoan Mehnat kodeksiga yoshlarning bandligini ta’minlash, kollej bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlar kiritildi.«Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi qonunda kollej bitiruvchilari uchun maqbul keladigan ishlarning mezonlari aniqlashtirilib, ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish to‘g‘risida alohida modda kiritildi va bu borada ish beruvchilarning mas’uliyati belgilandi. Ushbu o‘zgartishlar yoshlarni ish bilan ta’minlashning huquqiy asoslarini yanada mustahkamladi.O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi joylarda so‘zsiz ijro qilinishi ustidan tizimli ravishda deputatlik va parlament nazoratini kuchaytirishga alohida e’tibor qa­ratmoqda.Misol uchun, 2011-2012 yil­lar davomida mahalliy Kengashlardagi deputatlik gu­ruhlarimiz tashabbusi bilan partiya Markaziy Kengashi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zolari ko‘magida Dastur ijrosiga oid masala deputatlik guruhlarida 51 marta, mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalarida 28 marta ham­da shahar, tuman va viloyat Kengashlari sessiyalarida 28 marta muhokama qilindi.2013 yilning birinchi yarmida esa bu masala O‘zXDP deputatlari tashabbusi bilan mahalliy Kengashlarning 20 ta sessiyasida ko‘rib chiqilgan. Qator yillar davomida O‘zXDP fraksiyasining tashabbusi bilan Qonunchilik palatasining yalpi majlisida Yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi ijrosi bo‘yicha parlament eshituvlari o‘tkazib kelinmoqda.Bandlik dasturi ijrosida O‘zXDP deputatlik korpusining o‘rni faqat nazorat o‘rnatishdangina iborat emas. Yangi ish o‘rinlari yaratish jarayonlarida barcha deputatlarimiz faol ishtirok etayapti. Misol uchun, partiya­miz Markaziy Kengashi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi hamkorligida o‘tkazilgan ij­timoiy-iqtisodiy anjumanlar orqali yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda.


Yangi ish o‘rinlari yaratish bilan bog‘liq dasturlar — bu qotib qolgan, o‘zgarmas hujjat emas, balki vaziyat va talabdan kelib chiqib, o‘zgarti­rish mumkin bo‘lgan ochiq das­turlardir. Shuning uchun joylardagi imkoniyatlardan kelib chiqib, O‘zXDP Markaziy Kengashining har tomonlama ko‘magi bilan deputatlik guruhlarimiz tuman va shaharlar investitsiya dasturlariga qo‘shimcha muqobil loyihalarni kiritish borasida ham samarali ish olib bormoqda. Buning natijasida qo‘­shimcha ish o‘rinlari yaratilishiga erishilmoqda.E’tirof etish kerakki, Yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi yildan-yilga takomillashib borayapti. Deputatlarimiz bildirgan takliflar mazkur dastur parlament tomonidan ko‘rib chiqilayotganda inobatga olinmoqda. Bu, o‘z navbatida, partiyamiz elektorati hisoblangan qatlam va yosh­larni ish bilan ta’minlashda yanada keng imkoniyatlar yaratmoqdaDarvoqe, yana bir yangilik. Endilikda respublikamizning har bir tumanida Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish komissiyalari faoliyat ko‘rsatadi. Komissiyalarning rahbarlari tuman prokurori hisoblanib, tumanlar hokimlarining hamda ichki ishlar idoralarining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda yoshlar ittifoqi bo‘linmalari rahbarlari unga a’zo sanaladi.Muxtasar aytganda, qabul qilingan hujjatning asosiy maqsadi yoshlarga, tayyor baliq berishni emas, balki baliq tutadigan, lozim bo‘lganda, qarmoqniyam qo‘shqo‘llab tutqazadigan ish tutumini joriy etishdan iboratdir. “Bilmaydimi o‘rgatamiz, xohishi bormi sharoit yaratamiz, xohishi ham, uquvi ham bor, lekin sarmoyasi yetmayaptimi, uniyam beramiz” qabilidagi yangi tartib joriy qilinmoqda.O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini boshlagandan so‘ng yoshlar bilan bog‘liq eng muhim masalalarni belgilab olgan holda muammolarga yechim topish yo‘lidan bordi. Yoshlar bandligini ta’minlash ana shunday dolzarb masalalardan biri edi. Turli loyihalar, uzoqni ko‘zlab qilingan chora-tadbirlar natijasi bugun anchagina sezildi. Buni yoshlar bandligini ta’minlash borasida olib borilgan ishlarni tahlil qilgan holda anglab yetish qiyin emas. Ittifoq tashkil topgan 2017 yilning o‘zida 28 760 nafar yoshlar ish bilan ta’minlangan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2018 yilda 46 062 nafarga yetgan.2018 yil davomida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bandlik masalasini tizimli hal qilish maqsadida respublika bo‘yicha 30 yoshgacha bo‘lgan 687 564 nafar ishsiz yoshlarning ro‘yxatini shakllantirdi. Shunga ko‘ra, 2019 yilga mo‘ljallangan manzilli reja tasdiqlandi.

2019 yilning o‘tgan 6 oyi davomida esa 109 578 nafar yoshlarni ish bilan ta’minlashga erishildi. Ushbu ko‘rsatkichdan ko‘rinib turibdiki, o‘tgan ikki yilga nisbatan joriy yilning 6 oyi mobaynida 34 756 nafardan ortiq yoshlarning bandligi ta’minlangan.Yoshlar ittifoqi yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha bir qator yangi loyihalar ham ishlab chiqdi. Ustoz-shogird an’anasiga ko‘ra, hunarmandchilik, kasanachilikka jalb etish, mehnat yarmarkalari tashkil qilish bilan ish topa olmayotgan yoshlarga yordam berish, “Har bir yoshga bir gektar” loyihasi orqali yoshlarni fermerlarga biriktirish hamda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yerlarida bandligini ta’minlash, “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi va “Har bir oila tadbirkor” Davlat dasturlari doirasida ajratilgan imtiyozli kreditlar orqali yaratilgan yangi ish o‘rinlariga joylashtirish bu boradagi salmoqli ishlardan sanaladi.

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ijtimoiy siyosatning muhim yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan. Chunki sport aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash orqali jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptiradi. Turli kasalliklar, yoshlar o‘rtasida zararli odatlarning oldini oladi. Sport yuksak madaniyat, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishda ham muhim o‘rin tutadi. Bu sohada erishilgan yutuqlar mamlakatni dunyoga tanitadi, barcha yurtdoshlarga g‘urur-iftixor bag‘ishlaydi.Mustaqillik yillarida bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Aholining, ayniqsa, yosh avlod­ning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zarur sharoitlar yaratildi. Shahar va qishloqlarda zamonaviy sport komplekslari bunyod etildi. “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va Universiada musobaqalari yoshlarni ommaviy sportga, sog‘lom turmush tarziga oshno qilish vositasiga aylandi.Iste’dodli bolalarni tanlash va professional sportchilarni tayyorlash bo‘yicha uzluksiz tizim yaratildi. Umumta’lim maktablari va bolalar sport majmualaridagi mashg‘ulotlarda qobiliyati ko‘zga tashlangan o‘g‘il-qizlar bolalar va o‘smirlar sport maktablari, sport kollejlariga olinib, professional yondashuvlar asosida tarbiyalanmoqda. Oliy o‘quv yurtlari va o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarida mahoratini oshirmoqda.Buning natijasida mamlakatimiz sportchilari jahonning nufuzli musobaqalarida yuksak g‘alabalarni qo‘lga kiritib, xalqimiz salohiyatini butun dunyoga namoyon qilmoqda. Xususan, sportchilarimiz 2016-yili Braziliyada o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida 13 ta, Paralimpiya o‘yinlarida 31 ta medalga sazovor bo‘lib, yurtimiz sporti tarixidagi eng yuqori natijalarga erishdi.Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 15-fevraldagi «Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni mamlakatimiz sporti rivojida yangi davrni boshlab berdi. Farmonga binoan O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tashkil qilindi. Aholi keng qatlamini sport bilan shug‘ullanishga jalb etish, jismonan sog‘lom avlodni tarbiyalash, sport industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirish, shahar va tumanlarda ommaviy sport tadbirlari va musobaqalar o‘tkazish, Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar va assotsiatsiyalar bilan birgalikda iste’dodli sportchilarni tanlash, tayyorlash va mahoratini oshirish, kadrlar tayyorlash, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va xalqaro aloqalarni kengaytirish uning asosiy vazifalari etib belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tuzilmasidagi O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi ijro apparati, 300 ga yaqin sport ta’lim muassasasi Davlat qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkazildi.Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish ishlarining samaradorligini oshirish borasida jamoatchilik fikrini o‘rganish, tahlil qilish, sohadagi ishlarni takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish maqsadida Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish kengashi tashkil etildi.Hududiy boshqaruv organlari tarkibida 201 ta tuman (shahar)da jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha vakillar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu joylarda sohaga oid davlat siyosati, farmon va qarorlar ijrosini to‘la ta’minlash, sportni quyi pog‘onalardan rivojlantirishda muhim o‘rin tutmoqda.


Bundan tashqari, joriy yilda sohaga oid yana 20 dan ortiq hujjat – Prezidentimizning farmoyish va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari qabul qilindi. Bu ham davlatimizning jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishga e’tiboridan dalolat beradi.Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilgan islohotlar natijasida sohada sifat o‘zgarishlari sezildi. Joriy yilning o‘tgan davrida mahalliy va xalqaro sport musobaqalarida sportchilarimiz tomonidan 483 ta oltin, 394 ta kumush, 536 ta bronza, jami 1 ming 413 ta medal qo‘lga kiritildi.

Mamlakatimizda xalqaro miqyosdagi musobaqalar muvaffaqiyatli o‘tkazildi. May oyida Toshkentda o‘tgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida sportchilarimiz o‘n vazn toifasidan to‘qqiztasida oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Yig‘ilishda sport sohasi uchun malakali kadrlar va murabbiylar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Davlatimiz rahbari tomonidan jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar yuzasidan muayyan ishlar bajarildi.

Bu borada asosiy bilim maskani bo‘lgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti Chirchiq shahriga ko‘chirildi. Natijada institut malakali sportchi va murabbiylarni o‘qitish hamda tayyorlash uchun zarur infratuzilmaga ega bo‘ldi, zamonaviy sport shaharchasi barpo etish imkoniyati yaratildi. Shuningdek, institutda 2017/2018-o‘quv yilidan boshlab sirtqi ta’lim olish yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti huzurida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tashkil etildi. Markazda hozirgi kunga qadar 800 dan ortiq xodim malaka oshirdi.

Inson hayotidagi vaqt nima, uning mohiyati nimada?” degan savollarga donolar shunday javob beradi: "Vaqt - go‘yo hayot kiyimi to‘qiladigan iplar bo‘lib, uning pishiq va nafisligiga qarab hayot aziz hamda bebaho bo‘ladi".

Agar iplar sifatsiz va to‘zigan bo‘lsa hayot ham tuban, mazmunsiz kechadi. Vaqtning yana bir xususiyati - agar u o‘tib ketsa, qaytib kelmaydi. U inson sarf qiladigan asosiy dastmoyadir. Qanchalik ko‘p bo‘lsa ham ozdir. Barakali bo‘lsa, ko‘p. Shu bois ham inson o‘z hayotining har bir daqiqa va lahzasidan unumli hamda barakali foydalanib, uni yaxshi amallar qilishga sarflashi vojibdir.

Islom ta'limoti yalqovlik, loqaydlik, kabi illatlardan uzoqda bo‘lishimizga amr qiladi va har kuni erta turishga, xayrli amallarni qilishga hamda yoshlik, sihat-salomatlik, bo‘sh vaqtni g‘animat bilishga chorlaydi.

Ulug‘ ajdodlarimiz kunlarini, vaqtu soatlarini foydali ish qilishga, go‘zal ahloqiy va ilmiy darajalarga yetishish yo‘lida sarflashga urinar edilar. Shuning uchun ham ularning bugunlari kechagisidan, ertangi kunlari bugungisidan a'lo bo‘lardi. Ular: “Vaqt qilichdir, agar sen uni kesmasang u seni kesadi”, - degan hikmatli so‘zga amal qilishgan.O‘tayotgan kunimiz, vaqtimizdan ibrat olmog‘imiz lozim. Zero, kecha va kunduz yangilarni eskirtiradi, uzoqlarni yaqin qiladi, umrlarni qisqartiradi, yoshlarni qaritadi, keksalarni boqiylik sari yetaklaydi. Dono xalqimizda bir maqol bor, unda shunday deyiladi: “Vaqting ketdi, baxting ketdi”.

Ha, vaqt go‘yo ulug‘ omaddir. Farzandlarimizniing ta'lim-tarbiyasiga e'tiborimizni kuchaytirib, ta'lim dargohlarida olayotgan bilimini tekshirib turish lozim.


Farzandlar maktab, kollej va oliy o‘quv yurtlariga borib kelay deganda ota-onasi kelajagi mevasi bo‘lmish jigarbandini oldidan duo qilib kuzatadi. Ayrim farzandlar inson hayotidagi vaqtini g‘animat bilmasdan bilim olish o‘rniga turli xil internet klublarga borib vaqtini isrof qilib bormoqda.Muhtaram yurtboshimiz ham bugungi kun yoshlarini kitobxonligi pasayib ketganligini ta'kidlab o‘tdilar. Jamiyatimizdagi barcha insonlar, ular kim va qanday mavqega ega bo‘lmasinlar, kelajagimiz bo‘lgan yoshlarimizni oltindan qimmat bo‘lgan ne'matdan unumli foydalanishlari lozimligini tushuntirmoqligimiz kerak. Yoshi ulug‘larimiz, muhtaram ota-onalar farzandlari ta'lim-tarbiyasiga beparvo bo‘lmasliklari, vaqtlarini to‘g‘ri sarflashga o‘rgatishlari kerak. Chunki, bugungi kunimiz va porloq kelajagimiz, ana shunday salohiyatli farzandlar qo‘lidadir.

O‘tayotgan kunimiz, vaqtimizdan ibrat olmog‘imiz lozim. Inson beparvo bo‘lib qo‘lidan boy beradigan eng qimmatli narsa bu vaqtdir. Dono xalqimizda bir maqol bor, unda shunday deyiladi: “Vaqting ketdi, baxting ketdi”. Ayniqsa, yoshlarning vaqtini to‘g‘ri sarflashlari va mazmunli o‘tkazishlari ularning kamol topishi va qay darajada yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlarida muhim ro'l o‘ynaydi.

Shu sababli, 20 dekabr kuni 3-TTJda “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi dotsenti Mamataliyev A.B. va o‘qituvchisi Mardiyev Sh.H. tomonidan tashkil qilingan davra suhbati mavzusi “Vaqt qadri yoxud hamma narsaga ulgurish san’ati” deb nomlandi. Tadbirda talabalar turar joyi tarbiyachi-pedagogi A.Xayitova va “Gidromelioratsiya” fakultetining 1-4 kurs talabalari ishtirok etishdi. Suhbat mavzusi bo‘yicha taqdimot ass. Sh. Mardiyev tomonidan talabalar e’tiboriga havola qilindi. Taqdimotda vaqtning qadrini tushunish uchun vaqtdan foydalanish, uning taqsimlanishi bo‘yicha qiziqarli statistik ma’lumotlar keltirildi, vaqtdan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Dotsent A.Mamataliyev vaqt haqida fikrlarini bildirib, hozirgi kunda yoshlar o‘rtasida mobil telefondan, internet tarmog‘idan foydalanishni to‘g‘ri rejalashtirmagani holda, asosiy vaqtlarini telefon va ijtimoiy tarmoqlar orqali befoyda muloqotlarga va turli ko‘ngilochar tasvir va video roliklarga sarflash holatlari ko‘p uchrashini aytib o‘tdi. Talabalarga vaqtni to‘g‘ri rejalashtirish va kerakli narsalarga sarflash bo‘yicha maslahatlar berdi. Tartibsizlik birinchi galda vaqtni isrof qilishiga sabab bo’lishi tushuntirildi. Berilgan qiziqarli ma’lumotlari va fikrlar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Insonlar vaqt haqida turli hil oyga egalar. Kimgadir vaqt etmaydi, kimdir esa vaqtni “oldirishni” istaydi. Insonlar bekorchilikdan qiynalishlari mumkin, kun tezroq otishi uchun vaqtni har xil bemani narsalarga sarflashadi. Boshqalarga vaqt etmaydi. Ular doim shoshilishadi, juda band bolishadi va doim ulgurushmaydi. Nima uchun? Nimaga kimdadir vaqt kop, boshqalarda esa etmaydi? Balki vaqtni togri ishlatishni bilishmaydi?

Oltin maqolda shunday deyilgan: “Inson nimani eksa, oshani oradi”. Agar biz yaxshilik qilsak, shuning evaziga kelajakda mukofot olishimiz mumkin. Shunday ekan vaqtni yaxshilik uchun ishlataylik. Oz vaqtingizni nafaqat hech kimga zarar etkazmasdan yashash kerak, balki yanada koproq yaxshilik qilish kerakdir.


Vaqtni oilaga, ish/oqishga, dostlarga va hordiqga taqsimlay olish eng muhim vazifalardan biridir. Shu narsalarga vaqt ajratish juda muhim! Yaqinlaringiz va dostlaringiz bilan har bir vaqtni qadrlash kerak. Ularning yonida bolish, ularni sevish va ularga koproq etibor ajratish lozim, chunki keyin shunday imkoniyat bolmasligi ham mumkin.

Xa albatta, biz ishlashimiz ham kerak, chunki yashashimiz uchun pul kerak. Ammo ish ham chegaralangan bolishi kerak. Rejalashtirilmagan ish vaqti bolsa, ularga oz vaqtida rejalashtirish qiyin bo`ladi.

Vaqt — 1) materiyaning asosiy yashash shakllaridan biri (qarang Fazo va vaqt); 2) tabiatdagi biror davriy hodisaga, mas., Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanish davriga nisbatan hisoblanadigan oʻlchov birligi.

Vaqtni oʻlchash. Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanish davri bilan oʻlchanadigan V. birligi sutka (bir kecha-kunduz) deb ataladi. V.ning kattaroq birliklari oy (Oyning Yer atrofida aylanish davri), yil (Yerning Quyosh atrofida aylanish davri)dir. Yerning uz oʻqi atrofida aylanish davri yulduzlarga yoki bahorgi teng kunlik nuqta-siga nisbatan olinsa, yulduz sutka si, Quyoshga nisbatan hisoblansa, haqiqiy Quyosh sutkasi, Oʻrtacha Quyoshga nisbatan esa oʻrtacha Quyosh sutkasi deyiladi. Oyning yer atrofida yulduzlarga nisbatan aylanish davri — siderik oy (yulduz oyi), Oyning ikkita bir xil fazalari orasida oʻtadigan davr —sinodik oy deyiladi. Nihoyat, Quyoshning Yer atrofida koʻrinma (vizual) harakati yulduzlarga nisbatan olinsa, siderik yil (yulduz yili), bahorgi teng kunlik nuqtasiga nisbatan hisoblansa,tropik yil hosil boʻladi. Vaqtning eng kichik birligi qilib sutkaning 1/86400 qismiga teng vaqt — sekund qabul qilingan. Fan va texnikada sekundning mingdan, milliondan bir ulushlari bilan ham ish koʻriladi. Olimlar Yerning oʻz oʻqi atrofida notekis aylanishini aniqlashdi. Shuning uchun vaqt birligining oʻzgarmasligini taʼminlash maqsadida nazariy efemerid sekund birligi qabul qilingan. Efemerid sekund tropik shlning 1/31556925,9747 ulushiga teng (maxrajidagi raqam asrimiz boshi — 1900 tropik yildagi sekundlar soni). Vaqtning boshqa birliklari vaqt oʻtishiga bogʻliq boʻlmagan oʻzgarmas birlik — efemerid sekund yordamida istalgan davr uchun hisoblanishi mumkin. Demak, vaqtning asosiy birligi qilib, efemerid sutkaning 1/86400 ulushiga teng efemerid sekund qabul qilingan. Bunda Yerning oʻz oʻqi atrofidagi notekis harakati hisobga olingan. Bevosita kuzatishlarga asoslanib yulduz vaqti aniqlanadi. Uning asosiy oʻlchov birligi yulduz sutkasi hisoblanadi. Yulduz sutkasining boshlanishi bahorgi teng kunlik nuqtasining yuqori kulminatsiya paytiga toʻgʻri keladi. Shu paytda yulduz vakti bilan yuradigan soatlar 0 soat 0 min. 0 sek.ni koʻrsatishi kerak. Bahorgi teng kunlik nuqtasi Yerning nutatsion (qarang Nutatsiya) harakati taʼsiridan xoli deb qabul qilingan vaqt oʻrtacha yulduz vaqti deb ataladi.

Yerning yulduzlarga nisbatan oʻz oʻqi atrofida aylanish davri 24 soat 0 min. 0,0084 sek. oʻrtacha yulduz vaqtiga teng boʻladi.Kundalik hayotimizda asosan oʻrtacha Quyosh vaqtidan foydalanamiz. Oʻrtacha Quyosh — ekvator boʻylab tropik yil ichida bir marta tekis aylanib chiqadigan xayoliy nuktadir. Oʻrtacha Quyosh markazining yuqori kulminatsiya paytioʻrtacha tush payti deb ataladi. Oʻrtacha Quyosh vaqti shu paytdan boshlanadi. Oʻrtacha Quyosh markazining pastki kulminatsiya payti yarim tun deb ataladi. Fuqaro vaqti shu paytdan (soat 24oy dan) hisoblanadi va taqvim (kalendar) kun oʻzgaradi. Astronomiyada 1925 y.gacha kun hisobi tush paytida oʻzgarar, yaʼni yangi kun kunduzi soat 12 dan boshlanar edi. 1925 y.dan boshlab astronomiyada ham fuqaro vaqtidan foydalanilmokda.

Tropik yil 366,2422 yulduz sutkasidan iborat; bunda Yer Quyosh atrofini bir marta toʻliq aylanib chiqadi, shu sababli, Quyoshga nisbatan Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanish soni kam, yaʼni 365,2422 sutka boʻladi. Shuning uchun 366,2422 yulduz sutkasi 365,2422 oʻrtacha Quyosh sutkasiga teng . Bundan quyi-dagi xulosalarga kelish mumkin. Yulduz vaqtining 24 soati — oʻrtacha Quyosh vaqtining 23 soat 56 min. 4,090 sekundiga, oʻrtacha Quyosh vaqtining 24 soati — yulduz vaqtining 24 soati 3 min. 56,555 sekundiga teng . Yudduz vaqtidan oʻrtacha Quyosh vaktiga va aksincha oʻtish uchun astronomik yilnomalarda boshlangʻich meridianning har yarim kechasiga oid yulduz vaqti beriladi. Yer sharining har bir joyida shu joyning oʻz mahalliy vaqgi bor. Bu vaqg oʻsha joy meridiani — geografik uzunlamasiga bogʻliq. Bir meridiandagi soatlar bir vaqtni koʻrsatadi. Yer gʻarbdan sharqqa qarab aylangani uchun berilgan meridiandan sharqdagi joylarda soat kechrok vaktni, gʻarbdagi joylarda ertaroqni koʻrsatadi. Ikki joyning mahalliy vaqtlari orasidagi farq shu joylar geografik uzunlamalarining soat, minut va sekundlar bilan hisoblanadigan farqiga teng .Xalqaro kelishuvga binoan, Grinvich meridiani boshlangʻich (nolinchi) meridian deb qabul qilingan. Grinvich fuqaro vaqti dunyo vaqti deb qabul etilgan. Har bir joyning oʻz fuqaro vaqti boʻlishi oʻzaro aloqa va sayohatlarda koʻp noqulayliklar tugʻdiradi. Shu sababli, bir vaqtlar turli mamlakatlarda oʻz poytaxt vaqtlarini qabul qilishgan. 1884 y.dan boshlab, Yer shari 24 soat mintaqaga boʻlindi. Har bir mintaqadagi joylar bir xil vaqtga, yaʼni oʻrtacha meridian vaqtiga ega boʻladi. Mintaqalar Grinvich meridianidan boshlab 0 dan 23 gacha raqamlanadi. Shuning uchun maʼlum mintaqa raqamiga teng songa farq qiluvchi butun soatga teng boʻladi. Mas., Moskva va Sankt-Peterburg 2- mintaqada yotganligi uchun ularning mahalliy vaqti Grinvich vaqtidan 2 soat, Toshkent 5-mintakada joylashganligi uchun 5 soat farq qiladi. Sobiq Ittifoqda mintaqa vaqti XKS dekreta bilan 1919 y. 1 iyuldan boshlab kiritilgan. Tabiiy yorugʻlikdan samarali foydalanish hamda xalq xoʻjaligi va turmushda elektr energiyasini mutanosib taqsimlash maqsadida koʻp mamlakatlarda yoz paytlarida soat millari 1 yoki bir necha soat oldinga suriladi.

Fizikada V.ni oʻlchash oʻrganiladigan jarayonlarga tezligi yoki takrorlanish davri maʼlum boshqa jarayonlarni taqqoslashga asoslangan. Katta V. oraliqlari, mas., mln. va mlrd. yillar bilan oʻlchanadigan osmon jismlarining yoshi ularning tarkibiga (vodorod va geliy miqdoriga) qarab aniqlanadi. Kichikroq vaqt oraligʻi — sutka, soat, minut va sekund turli soatlar yordamida oʻlchanadi.

Ilgari quyosh soati, suv soati va qum soatlar qoʻllanilgan. Xozir V.ni juda aniq oʻlchashga imkon beradigan mayatnikli, kvars va elektron soatlar ishlatiladi. V.ning juda kichik ulushlari (mas., 0,2—0,01 sek.) boshqa usullar bilan oʻlchanadi. Mas., portlash reaksiyalari sekundning yuzlarcha va minglarcha ulushi davomida oʻtadi. Bunday jarayonlar ossillograf bilan qayd qilinadi. Baʼzan atom va yadro jarayonlari sekundning mln. va mlrd. ulushlari ichida oʻtadi. Aniq V. astronomiya rasadxonalarining vaqt xizmatlarida maxsus asboblar yordamida yulduzlarni kuzatib aniqlanadi, juda aniq yuradigan soatlar yordamida "saqlanadi" va radiosignallar yordamida tarqatiladi. V.ning katta boʻlaklarini oʻlchash uchun yil birligiga asoslangan taqvim qoʻllaniladi.Elektronikaning rivojlanishi munosabati bilan 20-asr 60-y.larida astronomik kuzatuvlarga bogʻliq boʻlmagan butunlay yangi vaqtni oʻlchash tizimi paydo boʻldi. Bu tizim kvant generatorlar (atom soatlari) bilan nazorat qilib turiladigan aniq kvars soatlardan foydalanish ga asoslanadi. V.ni oʻlchashning bu tizimi atom vakti nomini oddi va TA /deb belgilandi. Etalon birlik sifatida atom sekunddan foydalaniladi. Uning qiymati seziy 133 atomidagi energiya oʻtishlaridan birining rezonans chastotasi yordamida aniqlanadi. Vaqt xizmati atom soatlari yordamida aniq V. radiosignallarini berib turadi. TA vakt sekundlari davomiyligi har yili astronomik kuzatuvlar yordamida nazorat qilinadi. V.ni oʻlchashning barcha tizimlari muntazam ravishda bir-biriga taqqoslab turiladi. Bunday taqqoslashlar natijalari idorasi Parijda joylashgan Xalqaro vaqt byurosi "Axborotlari"da eʼlon qilib boriladi. Vaqt — 1) materiyaning asosiy yashash shakllaridan biri (qarang Fazo va vaqt); 2) tabiatdagi biror davriy hodisaga, mas., Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanish davriga nisbatan hisoblanadigan oʻlchov birligi.Vaqtni oʻlchash. Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanish davri bilan oʻlchanadigan V. birligi sutka (bir kecha-kunduz) deb ataladi. V.ning kattaroq birliklari oy (Oyning Yer atrofida aylanish davri), yil (Yerning Quyosh atrofida aylanish davri)dir. Yerning uz oʻqi atrofida aylanish davri yulduzlarga yoki bahorgi teng kunlik nuqta-siga nisbatan olinsa, yulduz sutka si, Quyoshga nisbatan hisoblansa, haqiqiy Quyosh sutkasi, Oʻrtacha Quyoshga nisbatan esa oʻrtacha Quyosh sutkasi deyiladi. Oyning yer atrofida yulduzlarga nisbatan aylanish davri — siderik oy (yulduz oyi), Oyning ikkita bir xil fazalari orasida oʻtadigan davr —sinodik oy deyiladi.

Nihoyat, Quyoshning Yer atrofida koʻrinma (vizual) harakati yulduzlarga nisbatan olinsa, siderik yil (yulduz yili), bahorgi teng kunlik nuqtasiga nisbatan hisoblansa,tropik yil hosil boʻladi. Vaqtning eng kichik birligi qilib sutkaning 1/86400 qismiga teng vaqt — sekund qabul qilingan. Fan va texnikada sekundning mingdan, milliondan bir ulushlari bilan ham ish koʻriladi. Olimlar Yerning oʻz oʻqi atrofida notekis aylanishini aniqlashdi. Shuning uchun vaqt birligining oʻzgarmasligini taʼminlash maqsadida nazariy efemerid sekund birligi qabul qilingan. Efemerid sekund tropik shlning 1/31556925,9747 ulushiga teng (maxrajidagi raqam asrimiz boshi — 1900 tropik yildagi sekundlar soni). Vaqtning boshqa birliklari vaqt oʻtishiga bogʻliq boʻlmagan oʻzgarmas birlik — efemerid sekund yordamida istalgan davr uchun hisoblanishi mumkin. Demak, vaqtning asosiy birligi qilib, efemerid sutkaning 1/86400 ulushiga teng efemerid sekund qabul qilingan. Bunda Yerning oʻz oʻqi atrofidagi notekis harakati hisobga olingan. Bevosita kuzatishlarga asoslanib yulduz vaqti aniqlanadi. Uning asosiy oʻlchov birligi yulduz sutkasi hisoblanadi. Yulduz sutkasining boshlanishi bahorgi teng kunlik nuqtasining yuqori kulminatsiya paytiga toʻgʻri keladi. Shu paytda yulduz vakti bilan yuradigan soatlar 0 soat 0 min. 0 sek.ni koʻrsatishi kerak. Bahorgi teng kunlik nuqtasi Yerning nutatsion (qarang Nutatsiya) harakati taʼsiridan xoli deb qabul qilingan vaqt oʻrtacha yulduz vaqti deb ataladi. Yerning yulduzlarga nisbatan oʻz oʻqi atrofida aylanish davri 24 soat 0 min. 0,0084 sek. oʻrtacha yulduz vaqtiga teng boʻladi.Kundalik hayotimizda asosan oʻrtacha.

Quyosh vaqtidan foydalanamiz. Oʻrtacha Quyosh — ekvator boʻylab tropik yil ichida bir marta tekis aylanib chiqadigan xayoliy nuktadir. Oʻrtacha Quyosh markazining yuqori kulminatsiya paytioʻrtacha tush payti deb ataladi. Oʻrtacha Quyosh vaqti shu paytdan boshlanadi. Oʻrtacha Quyosh markazining pastki kulminatsiya payti yarim tun deb ataladi. Fuqaro vaqti shu paytdan (soat 24oy dan) hisoblanadi va taqvim (kalendar) kun oʻzgaradi. Astronomiyada 1925 y.gacha kun hisobi tush paytida oʻzgarar, yaʼni yangi kun kunduzi soat 12 dan boshlanar edi. 1925 y.dan boshlab astronomiyada ham fuqaro vaqtidan foydalanilmokda.Tropik yil 366,2422 yulduz sutkasidan iborat; bunda Yer Quyosh atrofini bir marta toʻliq aylanib chiqadi, shu sababli, Quyoshga nisbatan Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanish soni kam, yaʼni 365,2422 sutka boʻladi. Shuning uchun 366,2422 yulduz sutkasi 365,2422 oʻrtacha Quyosh sutkasiga teng . Bundan quyi-dagi xulosalarga kelish mumkin. Yulduz vaqtining 24 soati — oʻrtacha Quyosh vaqtining 23 soat 56 min. 4,090 sekundiga, oʻrtacha Quyosh vaqtining 24 soati — yulduz vaqtining 24 soati 3 min. 56,555 sekundiga teng . Yudduz vaqtidan oʻrtacha Quyosh vaktiga va aksincha oʻtish uchun astronomik yilnomalarda boshlangʻich meridianning har yarim kechasiga oid yulduz vaqti beriladi. Yer sharining har bir joyida shu joyning oʻz mahalliy vaqgi bor. Bu vaqg oʻsha joy meridiani — geografik uzunlamasiga bogʻliq. Bir meridiandagi soatlar bir vaqtni koʻrsatadi. Yer gʻarbdan sharqqa qarab aylangani uchun berilgan meridiandan sharqdagi joylarda soat kechrok vaktni, gʻarbdagi joylarda ertaroqni koʻrsatadi. Ikki joyning mahalliy vaqtlari orasidagi farq shu joylar geografik uzunlamalarining soat, minut va sekundlar bilan hisoblanadigan farqiga teng .


Xalqaro kelishuvga binoan, Grinvich meridiani boshlangʻich (nolinchi) meridian deb qabul qilingan. Grinvich fuqaro vaqti dunyo vaqti deb qabul etilgan. Har bir joyning oʻz fuqaro vaqti boʻlishi oʻzaro aloqa va sayohatlarda koʻp noqulayliklar tugʻdiradi. Shu sababli, bir vaqtlar turli mamlakatlarda oʻz poytaxt vaqtlarini qabul qilishgan. 1884 y.dan boshlab, Yer shari 24 soat mintaqaga boʻlindi. Har bir mintaqadagi joylar bir xil vaqtga, yaʼni oʻrtacha meridian vaqtiga ega boʻladi. Mintaqalar Grinvich meridianidan boshlab 0 dan 23 gacha raqamlanadi. Shuning uchun maʼlum mintaqa raqamiga teng songa farq qiluvchi butun soatga teng boʻladi. Mas., Moskva va Sankt-Peterburg 2- mintaqada yotganligi uchun ularning mahalliy vaqti Grinvich vaqtidan 2 soat, Toshkent 5-mintakada joylashganligi uchun 5 soat farq qiladi. Sobiq Ittifoqda mintaqa vaqti XKS dekreta bilan 1919 y. 1 iyuldan boshlab kiritilgan. Tabiiy yorugʻlikdan samarali foydalanish hamda xalq xoʻjaligi va turmushda elektr energiyasini mutanosib taqsimlash maqsadida koʻp mamlakatlarda yoz paytlarida soat millari 1 yoki bir necha soat oldinga suriladi (qarang Dekret vaqti). Toshkent vakti deb yuritiladigan 5- mintaqaning dekret vaqti dunyo vaktidan 6 soat oldindadir.Fizikada V.ni oʻlchash oʻrganiladigan jarayonlarga tezligi yoki takrorlanish davri maʼlum boshqa jarayonlarni taqqoslashga asoslangan. Katta V. oraliqlari, mas., mln. va mlrd. yillar bilan oʻlchanadigan osmon jismlarining yoshi ularning tarkibiga (vodorod va geliy miqdoriga) qarab aniqlanadi. Kichikroq vaqt oraligʻi — sutka, soat, minut va sekund turli soatlar yordamida oʻlchanadi.

Ilgari quyosh soati, suv soati va qum soatlar qoʻllanilgan. Xozir V.ni juda aniq oʻlchashga imkon beradigan mayatnikli, kvars va elektron soatlar ishlatiladi. V.ning juda kichik ulushlari (mas., 0,2—0,01 sek.) boshqa usullar bilan oʻlchanadi. Mas., portlash reaksiyalari sekundning yuzlarcha va minglarcha ulushi davomida oʻtadi. Bunday jarayonlar ossillograf bilan qayd qilinadi. Baʼzan atom va yadro jarayonlari sekundning mln. va mlrd. ulushlari ichida oʻtadi. Aniq V. astronomiya rasadxonalarining vaqt xizmatlarida maxsus asboblar yordamida yulduzlarni kuzatib aniqlanadi, juda aniq yuradigan soatlar yordamida "saqlanadi" va radiosignallar yordamida tarqatiladi. V.ning katta boʻlaklarini oʻlchash uchun yil birligiga asoslangan taqvim qoʻllaniladi.



Elektronikaning rivojlanishi munosabati bilan 20-asr 60-y.larida astronomik kuzatuvlarga bogʻliq boʻlmagan butunlay yangi vaqtni oʻlchash tizimi paydo boʻldi. Bu tizim kvant generatorlar (atom soatlari) bilan nazorat qilib turiladigan aniq kvars soatlardan foydalanish ga asoslanadi. V.ni oʻlchashning bu tizimi atom vakti nomini oddi va TA /deb belgilandi. Etalon birlik sifatida atom sekunddan foydalaniladi. Uning qiymati seziy 133 atomidagi energiya oʻtishlaridan birining rezonans chastotasi yordamida aniqlanadi. Vaqt xizmati atom soatlari yordamida aniq V. radiosignallarini berib turadi. TA vakt sekundlari davomiyligi har yili astronomik kuzatuvlar yordamida nazorat qilinadi. V.ni oʻlchashning barcha tizimlari muntazam ravishda bir-biriga taqqoslab turiladi. Bunday taqqoslashlar natijalari idorasi Parijda joylashgan Xalqaro vaqt byurosi "Axborotlari"da eʼlon qilib boriladi. Oʻzbekistan FA. Astronomiya in-tida ham vaqt xizmati bilan shugʻullaniladi (qarang Astronomiya instituti, Vakt xizmati).adi.
Download 102 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling