Interfaol metodlardan foydalanish orqali bolalarning ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishga oid quyidagi mashg`ulot ishlanmasini keltirishimiz mumkin:
MAVZU: O`ZBEKISTON – BEPOYON DIYOR
O`quv materiali. Dehqon bobo va o`n uch bolakay qissasi. A.Oripov.
Darsning maqsadi.
1. O`quvchilarni o`zi tug`ilib o`sgan joyi va bu yerda yashovchi kishilarning asosiy faoliyatlari bilan tanishtirish.
2. O`quvchilarda vatan hissini uyg`otish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
3. O`quvchilarning o`qish ko`nikmalarini, to`g`ri, ongli va ifodali o`qish sifatlarini takomillashtirish, lug`atni boyitish.
Dars turi. Yangi bilim beruvchi, she’r o`qish darsi.
Darsning metodi. Suhbat, izlanish.
Darsning jihozi. O`n uch viloyatning tarixiy va mashhur joylari tasvirlangan rasmlar. Viloyatlar haqida ma’lumotlar yozilgan plakatlar.
Darsning borishi.
I. O`tilgan mavzu, yuzasidan o`quvchilar bilimi aniqlash va boyitish.
Do'stlaringiz bilan baham: |