1. Suhbat uchun savol – topshiriqlar:
– «Toshkentnoma” dostonini kim yozgan?
– Shoirning «Toshkentda uch fasl yoz» deb har bir fasliga bergan ta’rifini ayting.
– Toshkentni qanday shahar deb ataydi?
– Parchada o`zbek xalqining qanday sifatlari madh etiladi?
– Nima uchun “Toshkent- non shahri”, “Toshkent – Tinchlik shahri” deyiladi?
– Azim shahar Toshkent haqida yana nimalarni bilasiz?
2. Sher’ni qismlarga bo`lib ifodali o`qitish.
3. Tanlab o`qitish.
– She’rdan o`zbek xalqining mehmondo`stligi tasvirlangan o`rinni topib o`qing.
– Yoz manzarasi tasvirlangan o`rinni topib o`qing.
II. Yangi mavzu ustida ishlash.
1. Asarni o`qishga o`quvchilarni tayyorlash.
Asar muallifi Abdulla Oripov haqida suhbat. 4-sinf o`qish darslarida shoir Abdulla Orirovning qaysi she’rlarini o`qib o`rgandik? Bu she’rlar nima haqida edi? Shoirning yana qaysi she’rlarini bilasiz? A.Oripov qayerda tug`ilgan? O`zbekistonda nechta viloyat bor? Bu savolga o`quvchilar javobi tarmoqlash usulida yoritib va to`ldirilib boriladi. O`quvchilar viloyatlarni to`liq ayta olmasalar, ularni asarni o`qish davomida topishlari va yozishlari aytiladilar
Toshkent
Farg`ona
Samarqand
Andijon
Buxoro
Namangan
Navoiy
Surxandaryo
Jizzax
Sirdaryo
Qashqadaryo
Qoraqalpog`iston AR
Doskaga asar nomi «Dehqonbobo va o`n uch bolakay qissasi» yoziladi
Aqliy hujum.
– Asar nima uchun «Dehqonbobo va o`n uch bolakay qissasi» deb nomlangan? Asar nima haqida bo`lishi mumkin?
O`qituvchi: Bu savollarga qaysi javobning to`g`riligini asarni o`qib bilib olamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |