2. Asar matni bilan tanishtirish. Asar oldindan tayyorlangan o`quvchilarga rollarga bo`lib o`qitish orqali tanishtiriladi.
3. Asar yuzasidan dastlabki suhbat. – Asar nima haqida ekan? – O`zbekistonda nechta viloyat bor ekan? (Klasterni chala o`rnini to`ldiring). – Asarda kimlar ishtirok etar ekan?
4. Asarni o`quvchilarga qismlarga bo`lib o`qitish.
5. Mustaqil o`qish mashqi. Topshiriq. Har bir viloyatga tegishli misralarni ichingizda o`qib, klasterga yangi tarmoqlar qo`shing va uni daftarlaringizga ko`chirib oling.
Toshkent
Farg`ona
Samarqand
Andijon
Buxoro
O`zbekiston
Namangan
Navoiy
Surxandaryo
Jizzax
Qoraqalpog`iston AR
Sirdaryo
Qashqadaryo
6. Darslikdagi savol-topshiriqlar ustida ishlash. Qo`shimcha savollar:
Dehqonbobo va o`n uch bolakay Moskvaga nima sababdan borgan edi, deb o`ylaysiz? O`n uch bolakay o`z viloyatlari haqida nimalarni bilishar ekan? Siz o`zingiz yashayotgan viloyat, (shahar, qishloq) haqida nimalar bilasiz? Tarmoqlashga bilgan ma’lumotlaringizni qo`shing.
7. Darsda o`rganilganlarni umumlashtirish va tarbiyaviy xulosa chiqarish.
– Bugungi o`qish darsida nima haqidagi bilimlaringiz boyidi?
– Vatan deganda endi qayerlarni tushunasiz?
– O`zbekistonda yashovchi turli millat vakillari qanday yashayapti?
– Vatanga muhabbat deganda nimani tushunasiz?
– Sizning Vatan oldidagi burchingiz nimalardan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: |