Бошланғич таълимда ўҚувчилар ижодий фаолиятини шакллантириш йўллари
Download 0.5 Mb.
|
To`xtasinova GulmiraMD ohirgi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rang bildiruvchi so`zlar Maza bildiruvchi so`zlar Shakl bildiruvchi so`zlar
- To`rtinchisi ortiqcha.
- Bo`lishi mumkin — bo`lmaydi.
- Nimadan nima hosil bo`ladi
- Eng zarurini tanlash (morfologik tahlil uslubi)
- O`z o`rningni top”
Sifatlarni aniqlash.
O`quvchilar narsa va shaxsning belgisini bildiradigan so`zlar-sifatni 1-sinfdan boshlab, boshlang`ich ta'limning yuqori sinflarida ham o`rganadilar. O`quvchi mashq matnidan belgi bildiruvchi so`zlarni aniqlab olish ko`nikmasini egallagach, ularga o`qish darslarida «Badiiy asar matnidan belgi bildiruvchi so`zlarni toping» degan topshiriq berilishi mumkin.Bu topshiriq ona tili darslarida ham mashqni bajarib bo`lgan o`quvchilarga berilishi mumkin. Bunday o`yin-mashqlarga butun sinf o`quvchilari jalb etilsa, ularning o`zlashtirish darajasi unumliroq bo`ladi. Masalan, o`quvchilarga «O`qigan asaringizdagi belgi bildiruvchi so`zlarni quyidagi jadvalga yozib boring», degan topshiriq berish mumkin:
Shunday qilib, o`quvchilar «O`qish kitobi», “Odobnoma” va boshqa badiiy asarlarni o`qiganda o`qigan matnlarida qo`llangan va ulardan aniqlay olgan sifatlarini yozib boraveradilar. To`rtinchisi ortiqcha. Bu mantiqiy o`yin. Bolaga 4 ta narsaning rasmini bering. 3 tasi bitta umumiy tushunchaga daxldor bo`lsin. U «ortiqcha»sini topsa, rag`batlantiriladi. Rasmlar to`plami turlicha bo`lishi mumkin: stol, stul, krovat va choynak, ot, mushuk, it va qisqichbaqa, archa, qayin, chinor va qulupnay, bodring, sholg`om, sabzi va quyon. Agar bola hamma topshiriqdarni to`g`ri bajara olmasa, ajablanmang. Uning fikrlari va asoslarini tinglashga harakat qiling. Chunki bolaga quyon bilan sabzining bir-biriga bog`liqligi bodring va sholg`om kabi sabzavotlar qatoridan sab-ini ajratib olishiga asos bo`lishi mumkin. Unga sabzavot va jonivorlar degan tushunchaga asoslanib to`g`ri javobni topishda va quyon «ortiqcha» ekanini bilishda yordam bering. Bunda bolaga umumlashtiruvchi jumlalar aytish orqali o`zi javob topishiga imkon yaratib bering. Olamda nima bo`lmaydi? Bolaga olamda yo`q, narsalar rasmini chizishni topshiring. Rasmdagi narsa nega olamda yo`qligini so`zlab berishni so`rang. Agar o`yinda o`zingiz ham ishtirok etsangiz, u yanada qiziqarli bo`ladi. Hamma bir narsa haqida oilada bo`ladigan suhbatlarni biron-bir narsa haqidagi umumiy sifatlar va tushunchalar atrofida tashkil etib, bolalar ham unga jalb etiladi: daraxt nimaga o`xshaydi, nimadan farq qiladi? Daraxt bo`la turib nega odamlar plastmassa, temir kabilarni kashf etdi? U nimasi bilan noqulaylik kasb etadi? Yog`ochdan jihozlar, idishlar, o`yinchoqlar yasagan odam qanday sifatlar-dan foydalanadi? Yog`och maydalari va qirindilari nima maqsadda ishlatiladi? Yog`och cho`kadimi? Yonadimi? Bo`yaladimi? Nam tortadimi? Qiziydimi? Suv o`tkazadimi? Bo`lishi mumkin — bo`lmaydi. Bu o`yin boy tasavvur va sog`lom fikrni talab etadi. Siz aytayotgan narsalar bo`lishi mumkin yoki aksincha ekanligini bola mushoxada qilib kurishi kerak. Agar u to`g`ri javob topsa, navbatdagi topshiriqni bola sizga beradi. Agar noto`g`ri javob bersa, navbat yana sizda bo`ladi. Bunda siz bo`ladigan, bo`lmaydigan misollarni aniq, keltiring, masalan: «Bo`ri daraxtda o`tiribdi», «Idishda piyola pishayapti», «Mushuk tomda yuribdi», «Kuchuk tomda yuribdi», «Qayiq osmonda suzib ketyapti», «Qizcha rasm chizayapti», va x.k. Agar sizning va bolaning farazlari turlicha va kutilmagan tarzda berilsa, o`yin quvnoqroq, va qiziqarliroq bo`ladi. Agar ba'zan yanglishib ketsangiz, bu o`yinning faqat qiziqarli bo`lishini ta'minlaydi. Nimadan nima hosil bo`ladi? Bola kattalarning savollariga javob beradi: «tuxum, jo`ja, bola, urug`, un, temir, g`isht, mato, tikuvchi, kasal va h.z.lardan nima hosil bo`ladi?». Bola bergan javoblarni muhokama qilishda yana boshqa javob variantlari mavjudligini ham ta'kidlash kerak. Masalan: tuxumdan nafakqat qushcha balki timsoh, toshbaqa, ilon bo`lishi va xatto ovqat qilish ham mumkin. Bir o`yinda 6-7 so`zni muxokama etsa, bo`ladi. Bu o`yinning yana bir varianti: Avval nima bo`lgan edi? Bu o`yinning mazmuni avval nima bo`lgan edi? degan savolga javob berishdan iborat: jo`ja (tuxum), ot (toychoq), sigir (buzoq), balik, (ikra), olma (urug`), kapalak (qurt), non(un), shkaf (yog`och), velosiped (temir), ko`ylak (mato), tufli (teri), uy (g`isht), kuchli (kuchsiz) va x.z. Bundan tashqari bittadan ko`p ma'noga ega bo`lgan so`zlardan ham foydalanish mumkin. Har bir so`zga mos javob va-riantlaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Eng zarurini tanlash (morfologik tahlil uslubi) Aytaylik, biz rasm chizmoqchimiz va bir qancha so`zlarni keltiramiz: qalam, bo`r, guash, asfalt, tosh, kog`oz, bo`yoq cho`tkasi, barmoqlar, tayoqcha. Ulardan 3 ta so`zni tanlab olish kerak va shu narsalar ishtirokida rasm chizish mumkin bo`lsin. Qancha ko`p variant topish mumkin bo`lsa, shuncha yaxshi. O`qitish samaradorligini oshiradigan o`yin musobaqa darslaridan ham keng foydalanish mumkin. Harakatli ta’limiy o`yinlar bolaning darsga bo`lgan qiziqishini oshiradi. O`yin orqali bolalar bilim oladilar, topqirlik va hushyorlikka urganadilar. Ayniqsa, o`yinlarni hayotga bog`lab musobaqa asosida tashkil qilish bolalar faolligini va qiziquvchanligini yanada oshiradi. “O`z o`rningni top” Agar sinfda u yoki bu mavzu bo`yicha tortishuvlar vujudga kelsa bu metod yordamida muammoning yechimini topish mumkin. Undan ko`pincha tarbiyaviy tadbirning kirish qismida foydalanishadi va o`tilayotgan mavzuni o`rganishga turli xil yondashuvlar mavjudligi namoyish etiladi. Bu bir tomondan. Ikkinchidan, o`quvchilarga o`z fikrini bayon qilishga, muloqot ko`nikmalarini qaytadan tuzatishga imkoniyatlar mavjud bo`ladi. Uchinchidan, dars so`ngida o`qituvchi tomonidan mavzuni o`zlashtirish darajasini baholash aniq amalga oshiriladi. 1.Sinfning qarama-qarshi burchaklariga ikkita plakat osildi. Ularning biriga “roziman”, boshqasiga “rozi emasman” degan so`zlar yozilishi kerak. Plakatlarda ba`zi bir mavzuga oid savollar bo`yicha bildirilgan qarama-qarshi fikrlar ham yozilish mumkin. Masalan: “anjir gullaydi va meva tugadi”, yoki “anjir gullamasdan meva tugadi”.
2. Darsni tashkil etish qoidalari muhokama qilinadi. 3. qaralayotgan muammo yuzasidan o`z fikrlariga mos keladigan plakat yoniga borish zarurligi o`quvchilarga taklif etildi. 4. Bo`lingan o`quvchilardan o`z qarshilarini asoslash so`raladi. Bu paytda bir guruhdan ikkinchi guruhga o`tish ruxsat etiladi va shu tariqa sinf o`quvchilarining hammasi jalb etildi. 5. Muammo bo`yicha fikrlar bildirilgach, o`quvchilar ichida munozara davomida o`z nuqtai nazarini o`zgartirganlar va boshqa guruhga o`tuvchilar bo`lishi mumkin. Bunday hollarda ular o`z o`rnini o`zgartirish sabablarini asoslashi kerak bo`ladi. 6. Ishtirokchilardan opponentlari ichida muammo yuzasidan eng ishonchli fikr aytgan o`quvchilarni aniqlash so`raladi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling