Бошланғич таълимда ўҚувчилар ижодий фаолиятини шакллантириш йўллари
Download 0.5 Mb.
|
To`xtasinova GulmiraMD ohirgi
- Bu sahifa navigatsiya:
- UMUMIY XULOSA
III bob bo`yicha xulosa
Intellektual-ijodiy o`yinlar ham ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. O`yinda shaxsining kommunikativ sifatlashni rivojlantirish intellektual savodxonligi, ziyrakligi, qarorlar qabul qilishda ta’lim zukkolikni rivojlantirish, xalq ijodkorligiga oid bilimlarga ega bo`lishi, sinfdagi salohiyatli o`quvchilarni aniqlash va ularni rag`batlantirishga oid maqsad va vazifalar qo`yiladi. Ma’lumki, bolalar o`yining sifati va samaradorligi unda ishtirok etuvchilarning hayotiy kuzatishlari va shaxsiy tajribasiga bevosita bog`liq bo`ladi. Bunda onglilik, tashabbuskorlik va irodalilik kabi sifatlar ahamiyat kasb etadi. Shu sababli turli ijtimoiy- psixologik tavsifga ega o`yinlargan o`quv jarayonida foydalanish, shak-shubhasiz o`z samarasini ko`rsatadi. Ta’lim hamkorlikka asoslanib, jamoaviy xarakter kasb etadi, kasbga xos faoliyat qoidalari va jamoaning ijtimoiy qoidalariga mos xolda amalga oshadi. Ana shu ma’noda ta’limning didaktik va tarbiyaviy ahamiyati o`zaro birlashib, o`yin faoliyati shaklida o`quvchilarning faolligi ortadi. Ishbop o`yinlarda tavsiya etilgan muammoli topshiriq maqsadga muvofiq dialogik muloqot asosida ishtirokchilarni rag`batlantiradi, qiziqishlarini orttiradi, emotsional ruh paydo qiladi. Xullas, o`yinlar boshlang`ich ta’limda o`quvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirishda muhim vositalardan biri sifatida tan olingan. Ular orqali bolaning xulqi erkin shakllanadi, ijtimoiy ahamiyat kasb etadi va bilishga oid qobiliyati o`zaro aloqada rivojlanuvchi faoliyatni vujudga keltiradi. UMUMIY XULOSA Boshlang`ich ta’lim o`quvchilar bilim olishining poydevori hisoblanar ekan, mazkur sinfdan boshlab, o`quvchilarda ijodiy faoliyatni rivojlantirishni taqozo etadi. Shunday ekan o`quvchilarda ijodkorlik, ijodiy faoliyatni rivojlantirish lozimligi kun tartibidagi muammo bo`lib qoldi. Zero, 1-4 sinf o`quvchilarida ijodiy faoliyatni rivojlantirishda o`quvchilarning yosh xususiyatlarini e’tiborga olish, ta’limni samarali tashkil etishda darslarni noan’anaviy tarzda o`tkazish, darslarda innovatsion metodlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. O`quvchilarida ijodiy faoliyatni rivojlantirish ularni har tomonlama yetuk bo`lishiga xizmat qiladi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, boshlang`ich ta’lim jarayonida o`quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish uchun turli shart-sharoitlarlarni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun ta’lim talablarini aniqlash va shu talablar asosida uning ustuvor qo`nalishlarini izlanuvchi ta’lim, muammoli vaziyatlar yaratish va ta’limga texnologik yondashuv asosida tashkil etilishi o`quvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirishning samaradorligiga zamin tayyorlaydi. Bozor munosabatlariga asoslangan jamiyatda yashash har bir insondan ayniqsa, o`quvchi-yoshlardan keng bilimlarga ega bo`lishni talab qiladi. SHunday ekan, voyaga yetayotgan yosh avlodni oilada va ta’lim-tarbiya muassasalarida ijodiy mushohada qilishga o`rgatib borish zarur. Ilmiy izlanish jarayonida uzluksiz, yaxlit, o`zaro bog`liqlikni ta’minlovchi ta’lim to`laqonli amalga oshmayotganligi sababli o`quvchi-yoshlarning ijodiy faoliyat darajasi sust darajada rivojlanayotganligi aniqlandi. Ayrim paytlarda mustaqil mushohada yuritmaslik oqibatida ta’lim jarayonida muammolar yuzaga kelmoqda. Shunday qilib, boshlang`ich ta’limda o`quvchilar ijodiy faoliyati shaxsning shakllanishi bilan o`zaro aloqada real pedagogik jarayonni vujudga keltiradi va bu jarayon turli ta’lim konsepsiyalari, nazariyalari yordamida loyihalashtirilishi va ta’lim muassasalarida tadbiq etilishi maqsadga muvofiq. Intellektuallik, mustaqil va erkin fikrga egalik, yuksak onglilik va intellektual madaniyatlilik kabi hislatlarni shakllantirish hamda o`quvchilarni ob’ektiv va hissiy bilishlarini rivojlantirish uchun maxsus metodika, maxsus pedagogik ta’sir o`tkazish mexanizmlarini ishlab chiqish orqali erishish mumkin. TAVSIYA Yuqorida keltirilgan xulosalar boshlang`ich sinf o`quvchilarining kreativlik qobilyatlarini rivojlantirishda mavjud holatni aniqlash va bu jarayon samaradorligini oshirishga qaratilgan quyidagi uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishimizga asos bo`ldi: pedagogikada kreativlik muammosiga zamonaviy usullarda yondashish; o`quvchilarning kreativlik qobilyatlarini rivojlantirishda amaliy ishlarni samarali tashkil etishga alohida e’tibor qaratish; kreativ dars texnologiyalaridan maqsadli foydalanish; boshlang`ich ta’limda o`quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirish va rivojlantirishda samarali usullardan foydalanish va natijasini kuzatib borish; boshlang`ich sinf o`quvchilarining ijodiy ijodiy tasavvurini shakllantirish imkoniyatlarini kengaytirishda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish; ijodiy faoliyatni rivojlantirishda interfaol metodlardan va o`yinlardan foydalanish; boshlang`ich sinf o`quvchilarining kreativlik qobilyatlarini rivojlantirish jarayonini bevosita o`quvchi qiziqishlari bilan mos ravishda amalga oshirish. Avvalo pedagog o`z o`quvchilarining kreativlik qobilyatlarini rivojlantirishda o`zi tanlagan dars uslubi hamda dars jarayonida foydalanadigan interfaol metodlar va o`yinlar va boshqa usullarni mohirona bilishi va foydalanish malakalariga ega bo`lishlari lozim. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling