Boshlang`
Download 48.2 Kb.
|
1 2
Bog'liq1.BOSHLANG`ICH TUSHUNCHALAR
2016.08.25 BOSHLANG`ICH TUSHUNCHALAR I. NAZARIY QISM Raqamlar Matematika so`zi yunoncha so`zdan olingan bo`lib, “fan”, “bilim” degan ma`nolarni anglatadi. (Matematika fani real borliqning miqdoriy o`lchovlardagi obrazlarini va ular orasidagi munosabatlarni o`rganadi). Matematika fanining alifbosi raqamlardir. Sonlarni yozish uchun ishlatiladigan belgilarga raqamlar deyiladi. Ular: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9. Masalan, 105 sonini yozish uchun 1, 0, 5 raqamlaridan, 7 sonini yozish uchun esa 7 raqamidan foydalanamiz. Bu raqamlarni arab raqamlari, ayrim manbalarda hind raqamlari ham deyiladi. Natural sonlar Tabiiy ehtiyoj tufayli, ya`ni narsa-buyumlarni sanash uchun kashf qilingan sonlarga natural sonlar deyiladi. Ular: 1,2,3,4,5,6,7,… Barcha natural sonlar to`plami N={1,2,…,n,…} ko`rinishda tasvirlanadi. 3 𝜖 N yozuvi 3 soni natural sonlar to`plamiga tegishli ekanligini, 0 ∉ N yozuvi esa 0 soni natural sonlar to`plamiga tegishli emasligini anglatadi. 1,2,…,n,… ketma-ketlikka natural sonlar qatori deyiladi. Natural sonlar qatorida katta son kichigidan o`ngda joylashadi. Eng kichik natural son 1, eng kattasi esa mavjud emas. Toq va juft sonlar 2n–1, (n 𝜖 N) yoki 2n+1, (n=0, n 𝜖 N) ko`rinishda ifodalash mumkin bo`lgan natural sonlarga toq sonlar deyiladi. Masalan, 23=2∙11+1, demak, 23–toq son. 2n, (n 𝜖 N) ko`rinishda ifodalash mumkin bo`lgan natural sonlarga juft sonlar deyiladi. Masalan, 18=2∙9, demak, 18–juft son. Eslatib o`tamiz, o soni ham juft sondir. Tub sonlar Natural bo`luvchilari faqat bir va o`zidan iborat bo`lgan birdan katta natural sonlarga tub sonlar deyiladi. Ular: 2,3,5,7,11,13,17,… Demak, tub sonlar 2 tagina natural bo`luvchilarga ega: 1 va shu sonning o`zi. Masalan, 19 ning natural bo`luvchilari: 1 va 19. Murakkab sonlar Tub bo`lmagan 1 dan katta natural sonlarga murakkab sonlar deyiladi. Ular: 4,6,8,9,10,12,14,15,… Demak, murakkab sonlar 2 tadan ortiq natural bo`luvchilarga ega. Masalan, 9 ning natural bo`luvchilari: 1, 3, 9. 3 ta natural bo`luvchi. Eslatib o`tamiz, 1 soni tub ham, murakkab ham emas. Mukammal sonlar O`zidan boshqa barcha natural bo`luvchilari yig`indisiga teng bo`lgan natural sonlarga mukammal sonlar deyiladi. Masalan, 6=1+2+3. Mukammal son formulasi: 2p–1∙(2p–1), bu yerda p–tub son. Formuladan foydalanish: 1-mukammal sonni topaylik, buning uchun p ning o`rniga 1-tub sonni, ya`ni 2 ni qo`yamiz p=2 =>22–1∙(22–1)=23=6. 2-mukammal mukammal son: p=3 => 23–1∙(23–1)=4∙7=28. Qo`shish va ko`paytirish qonunlari Qo`shishning o`rin almashtirish qonuni: a+b=b+a. Masalan, 3+5=5+3=8; 2) Ko`payrishning o`rin almashtirish qonuni: a∙b=b∙a. Masalan, 3∙5=5∙3=15; 3) Qo`shishning guruhlash qonuni: (a+b)+c=a+(b+c). Masalan, (2+3)+4=2+(3+4) => => 5+4=2+7 => 9=9. 4) Ko`paytirishning guruhlash qonuni: (a∙b)∙c=a∙(b∙c). Masalan, (2∙3)∙4=2∙(3∙4) => => 6∙4=2∙12 => 24=24. 5) Qo`shishning ko`paytirishga nisbatan taqsimot qonuni: a∙(b+c)=a∙b+a∙c. Masalan, 2∙(3+4)=2∙3+2∙4 => 2∙7=6+8 =>14=14. BOSHLANG`ICH TUSHUNCHALAR mavzusidagi testlar 1-misol. Ifodaning qiymatini toping: 12–6:3+2∙4 . 16 B) 10 C) 18 D) 48 E) Yechish: 12–6:3+2∙4=12–2+8=10+8=18. Javob: 18. (C) Topshiriq: 15–9:3+4∙3. A) 24 B) 18 C) 48 D) 6 E) Javob: 24. (A) 2-misol. Ifodaning qiymatini toping: 26∙25–25∙24+24∙23–23∙22–12∙8. A) 106 B) 1 C) 54 D) 8 E) 0 Yechish: 26∙25–25∙24+24∙23–23∙22–12∙8=25∙(26–24)+23∙(24–22)– 96= =25∙2+23∙2–96=2∙(25+23)–96=2∙48–96=96–96=0. Javob: 0. (E) Topshiriq: Ifodaning qiymatini toping: 8∙36–16∙36+24∙27–25∙24–21∙5. A) 45 B) 1 C) 0 D) 15 E) 115 Javob: 15. (D) 3-misol. Hisoblang: 27048∙27044–27047∙27043. A) 60491 B) 58051 C) 57091 D) 54091 E) 56091 Yechish: Sonlardan eng kichigini a=27043 deb belgilash kiritamiz => => 27048∙27044–27047∙27043=(a+5)(a+1)–(a+4)a=a2+a+5a+5– a2–4a= =2a+5=2∙27043+5=54086+5=54091. Javob: 54091. (D) Topshiriq: Hisoblang: 45815∙45818–45814∙45816. A) 137446 B) 137447 C) 241584 D) 241586 E) 241585. Javob: 137446. (A) 4-misol. Ushbu 1234567891011…4950 sonning raqamlari yig`indisini toping. A) 335 B) 330 C) 320 D) 315 E) 310 Download 48.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling