Boshlang’ich ekologiya
Download 13.45 Kb.
|
ekologiya-1
BOSHLANG’ICH EKOLOGIYA Hozirgi kunda yer yuzida vujudga kelgan inson xayotiga xavf soladigan global ekologik muammolar anchagina,bu global ekologik muammolar vujudga kelishiga,butun insoniyat xayotiga xavf soladigan darajada kuchayib borishiga biz,o’zimiz,butun insoniyat va bizda ekologik ong va ekologik madaniyatning yetishmasligidadir.Bu global ekologik muamolar o’zining yuqori cho’qqisiga chiqmasdan turib uning oldini olishimiz kerak.Chunki xar bitta inson atrofida sodir bo’layotgan xodisalarni ko’rishi,anglashi uning sabablarini va oqibatlarini tushunib yetishi kerak.Chunki atrof muhit va undagi sodir bo’layotgan o’zgarishlar xar bir inson hayotiga bevosita va bilvosita tasir ko’rsatadi.Buni barcha tushunib yetishi,anglashi kerak hamda atrof muhitga ehtiytkorona munosabatda bo’lishi kerak.Buni biz xozirdanoq o’sib kelayotgan yosh avlod onggiga singdira borishimiz kerak.Buni birdan bir samarali yo’li EKOLOGIK TALIMNI maktab davridanoq boshlashimiz kerak.Loyihamning asosiy maqsadi MAKTABLARDA EKOLOGIYA fanini joriy etishdir.Agar biz maktablarda ekologiya fanini 5-11 sinflar uchun darslik sifatida kiritsak,ularda hozirdanoq tabiatga muhabbat,uni asrab avaylash,uni boyliklaridan oqilona tejamkorlik bilan foyfalanish kerakligini ularning onggiga singdira borishimiz va buning natijasida kelajakda ekologiyaning yaxshilanishiga,ekologik muammolarga esa yechim topishga va ularga barxam berishga erishishimiz mumkin.Bu loyihani amaliyotga joriy etganimizda o’quvchilar ongida arof muhit va unda sodir bo’layotgan hodisalarga,ularning bizning sog’lig’imizga qolaversa butun insonoyat hayotiga ko’rsatadigan tasirini,sabablarini,oqibatlarini singdirish, ularda qaysi kasb yoki soxaning egasi bo’lmasin ekologik ong va ekologik madaniyatni shakllantirishimiz mumkin.Buning uchun biz maktablarda quyidagi tartibda ekologiya fanini darslik sifatida joylashtirishimiz kerak; 5-sinflar uchun ,BOSHLANG’ICH EKOLOGIYA’ bu darslikda ekologiya fanining eng sodda tushunchalari o’quvchilar onggiga, yoshiga va psihologiyasidan kelib chiqib tuziladi. 6-sinflar uchun ,EKOLOGIYA 6’ bu sinfdan boshlab sekin astalik bilan bolalarning aqliy salohiyatiga qarab murakkablasha boradi. Yuqori sinflarda ham xuddi shu tartibda; ,EKOLOGIYA 7’, ,EKOLOGIYA 8’, ,EKOLOGIYA 9’, ,EKOLOGIYA 10’ va ,EKOLOGIYA 11’ kabi darsliklar ishlab chiqiladi. Loyihaning asosiy xarajatlari darsliklarni chop etishga sarflanadi.Bu xarajatlar esa darsliklarni o’quvchilarga ijaraga berish orqali qoplanadi.Bu loyihaning foydali tomonlaridan bir yoshlarda tabiatga,vatanga muxabbat xissida tarbiya topishlarida,atrof muhitda sodir bo’ladigan hodisalarga befarq qaramaydigan, yetuk ekologlarni yetishtirib chiqarishimiz mumkin.Yana bir muxim tomoni mutaxassis yoshlarni ish bilan taminlash masalasida yanada kengroq imkoniyatlar,yangi ish o’rinlari paydo bo’ladi. Download 13.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling