Boshlang’ich nazorat test


Download 19.19 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi19.19 Kb.
#1489334
Bog'liq
boshlang`ich nazorat test


Boshlang’ich nazorat test
1. Qaysi javobda jarangsiz til undoshlari va unlilardan tuzilgan so’z qatnashgan? A) qishki B) vafo C) urush D) farq
2. F undoshiga to’g’ri tavsif berilgan javobni aniqlang. A) Lab-lab, portlovchi, jarangiz undosh B) Lab-tish, portlovchi, jarangli undosh C) Lab-lab, portlovchi, jarangli undosh D) Lab-tish, sirg’aluvchi, jarangsiz undosh
3. Qaysi qatorda faqat yopiq bo’g’in qatnashgan so’z berilgan? A) gulli, soat, peshvoz B) yubor, hamdam, olma C) osmon, maktab, tokzor D) quloq, soya, jang
4. Chuqur til orqa undoshlarni aniqlang. A) b, d, g B) p, t, k C) q, g’, x D) x, h, f
5. O’zbek adabiy tilida necha undosh tovush mavjud va ular yozuvda necha harf bilan ifodalanadi?
A) 27 ta tovush 27 harf B) 23 ta tovush 23 harf C) 23 ta tovush 26 harf D) 24 tovush 23 ta harf
6. Qaysi qatorda til oldi undoshlari berilgan? A) v, f B) b, p C) d, t D) g, k
7. Qaysi qatordagi so’zlar tarkibidagi undoshlarning barchasi ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra o’zaro birlashadi? A) Gilos, rayhon, gulkaram B) Sochpopuk, shafqat, ko’kat C) Ziynat, ko’hlik, libos D) Ko’makdosh, inson, ko’rgazma
8. Qaysi qatordagi so’zlarda faqat jarangli undoshlar mavjud? A) xasta, ko’ksulton, ko’lmak B) bardosh, ko’klam, badnafs C) zag’izg’on, maydon, jadval D) paxsa, sukut, sochiq
9. Burun tovushi berilgan javobni aniqlang. A) v, f, b, p B) m, n, ng C) ng, x, g’ D) q, g’, h
10. Unli va jarangli undosh tovushlardan hosil bo’lgan so’zlarni belgilang. A) bolalar, gul, ozod B) maktab, sabab, maqol C) mashq, kitob, so’z D) hovli, zavqli, shahar
11. Qaysi qatordagi so’zlarning portlovchi tovushi talaffuzda sirg’aluvchi kabi eshitiladi?
A) maqola, siqiq, uqmoq B) maqsad, naqd, vaqt C) chaqa, yoqa, baqa D) takt, fakt, kut

12.Hosil bo’lish usuliga ko’ra farqlanmaydigan undoshlar berilgan javobni aniqlang. A) sh, j, k B) s, z, sh C) s, ch, j D) m, n, h


13. Qaysi qatordagi jarangli undoshlarning jarangsiz jufti mavjud?
A) b, g, d, j, y, l B) v, g, d, l, m, n C) b, v, d, z, j, g D) v, g, d, j, y, m
14. Qaysi qatorda faqat jarangsiz jufti yo’q jaranglilar berilgan?
A) g, g’, y, l, m, n B) V, z, j, m, n C) x, ch, sh, t D) l, m, n, ng, r, y
15. Faqat ochiq bo’g’inli so’zlarni toping. A) g’o’za, baraka, ibora B) arava, ashula, ilgari C) ilova, olim, andisha D) ijod, izza, rubob
16. Qaysi qatordagi so’zlarda urg’u so’zning oxirgi bo’g’iniga tushmagan? A) nafosat, odamzod, madaniyat B) qulupnay, qo’g’irchoq, hujayra C) hamma, texnika, hamisha D) iltimos, kelajak, darvoza
17. Transportni Ushbu so’zning faqat yopiq bo’g’ini tarkibida qatnashgan unlilarning birlashtiruvchi jihatini toping? A) labning ishtirokiga ko’ra B) gorizontal holatiga ko’ra C) og’izning ochilish darajasiga ko’ra D) hosil bo’lish usuliga ko’ra
18. Quyidagi so’zlarning qaysi biri tarkibida ochiq bo’g’in mavjud? A) san’atkorlik B) to’rt C) otlantirmoq D) biriktirmoq
19. Urg’u ma’no farqlash vazifasini bajargan so’zlarni belgilang. 1. tortma; 2. akademik; 3. hozir; 4. tok; 5. etik; 6. ko’zlar; 7. atlas; 8. tort A) barcha so’zlarda urg’u ma’no farqlash vazifasini bajargan. B) 1, 2, 3, 4, 6, 7 C) 1, 2, 3, 5, 6, 7 D) 1, 2, 3, 4, 6, 7, 8
20. Qaysi qatordagi so’zlarda sirg’aluvchi j tovushi berilgan?
A) Janob, Jamshid, Jomiy B) jar, ajin, ajdar C) g’ijduvon, gijda, mujda D) jajji, jazo, javob
21. Hozirgi o’zbek adabiy tilida jarangsiz juftiga ega jarangli til undoshlar soni nechta? A) 5 B) 8 C) 6 D) 4
22. Yopiq bo’g’inlaridan biri faqat jarangli undoshlardan tashkil topgan so’zni belgilang. A) g’alla B) kitob C) po’lat D) paxta
23. Unli va jarangli undoshlardan hosil bo’lgan so’zlar qatorini toping.
A) mashq, kitob, so’z B) paxta, xalq, choynak C) maydon, dor, gul D) maktab, sabab, maqol
24. Kecha kelgumdir debon, ul sarvi gulro’ kelmadi, Ko’zlarimg’a kecha tong otquncha uyqu kelmadi. Ushbu she’riy parchadagi ochiq bo’g’inlar miqdorini toping. A) 16 ta B) 14 ta C) 15 ta D) 17 ta
25. Yuqori tor unli qatnashgan javobni aniqlang. A) i, o’ B) u, i C) a, o D) i, e, a
26. Qaysi qatordagi so’zlarda b undoshi p tarzida talaffuz qilinadi?
A) abjir, abgor, abzas B) do’mboq, bog’bon, barbod C) dabdaba, gumbaz, beor D) girdob, azob, javob
27. Faqat sonor tovushdan iborat bo’lgan so’zni toping?
A) makon B) mo’g’ul C) malol D) lobar
28. Qaysi javobda jarangsiz juftiga ega, shovqinli, sirg’aluvchi, lab undoshi berilgan? A) b B) v C) p D) m
29. Yopiq bo’g’inlaridan biri faqat jarangli undoshlardan tashkil topgan so’zni belgilang.
A) mehnat B) temir C) botir D) maktab
30. 1. tilla; 2. yo’lla; 3. gramm; 4. yellar; 5. to’qqiz; Qo’sh undoshlarning biri tushirilganda ma’nosi farqlanmaydigan so’zlar berilgan javobni toping A) 1, 4, B) 1, 2, 4, C) 1, 2, 4, 5, D) 3, 5
31. Qaysi qatorda faqat sayoz til orqa undoshlaridan iborat so’zlar berilgan?
A) kukun, katak, grek B) egik, go’ng, kakao C) kakku, kek, keyin D) ko’k, gala, geolog
Download 19.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling