G’afur G’ulomning bolalar nasriga qo'shgan hissasi G'afur G'ulom "Shum bola" qissasini salkam yigirma besh yil ishladi", - deb yozadi Said Ahmad. Shum bola” qissasi tom ma’noda avtobiografik asar bo`lib, unda urush yillaridagi og`ir ahvol, bolalarning qarovsiz qolib ketishi chiroyli tarzda tasvirlab beriladi. Bu asarning bosh qahramoni Qoravoy muallifning aksi sifatida tasvirlanadi. - G'afur G'ulom "Shum bola" qissasini salkam yigirma besh yil ishladi", - deb yozadi Said Ahmad. Shum bola” qissasi tom ma’noda avtobiografik asar bo`lib, unda urush yillaridagi og`ir ahvol, bolalarning qarovsiz qolib ketishi chiroyli tarzda tasvirlab beriladi. Bu asarning bosh qahramoni Qoravoy muallifning aksi sifatida tasvirlanadi.
“Shum bola” - Adibning “Shum bola” qissasida o’zbek xalqining o’tmishdagi og’ir hayoti, xususan, o’smirlarning qarovsizligi, ularning bir parcha non deb darbadar kezishlari achinarli tasvirlansa, ba’zi obrazlarning harakatlari kulgi ostiga olinadi
- Qissa dastlab 1936 yilda “Shum bolaning sarguzashti” nomi bilan “Mushtum” jurnalida chop etildi. Keyin “Dobdirash” deb o’zgartirdi. Har ikkala bo’lim yaxlit ko’rinishda 1938 yili “Shum bola” nomi bilan kitob holida bosilib chiqdi. Yozuvchi asarning boshidan oxirigacha latifalardan, xalq ertaklari va hikoyalaridan, askiyalarida unumli foydalandi. Shum bola dovyurak va chaqqon, u mehnatkash xalq vakili sifatida gavdalanadi. Sariboy, Azimxo’ja, Bo’riboyvachcha, Qoraxo’ja kabi salbiy obrazlarga qarama-qarshi qo’yiladi. Bu qissaning tarbiyaviy-estetik ahamiyati katta.
G‘afur G‘ulom - Xulosa qilib aytganda, akademik shoir G'.G'ulom o'zbek bolalar adabiyotini yuksaltirishga barakali hissa qo'shdi.
- G'.G'ulom qilgan xizmatlari uchun O'zbekiston fanlar Akademiyasining haqiyqiy a'zosi bo'ldi, Davlat mukofati Laureati bo'lib bir qancha ordenlar bilan taqdirlandi.
- 1963 yil may oyida shoirning 60 yoshga to'lishi munosabati bilan unga "O'zbekiston xalq shoiri" degan faxriy unvon berildi.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |