Бошлангич синф математика дарсларида ахборот технологияларини куллаш
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
3-SINF MATEMATIKA DARSLARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH METOSIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muhammadova Fotimaning MATEMATIKA O`QITISH METODIKASI fanidan “3-SINF MATEMATIKA DARSLARIDA AXBOROT
- II BOB. MATEMATIKA DARSLARIDA AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
- XULOSA FOYDALANGAN ADABIYOTLAR 3 KIRISH
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIK TA`LIM FAKULTETI BOSHLANG`ICH TA`LIM metodikasi kafedrasi 5111700 -BOSHLANG`ICH TA`LIM VA SPORT TARBIYAVIY ISHI YO`NALISHI 9-1 BTUS-19 guruh talabasi Muhammadova Fotimaning MATEMATIKA O`QITISH METODIKASI fanidan “3-SINF MATEMATIKA DARSLARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH METOSIKASI” mavzusida KURS ISHI Ilmiy rahbar: ___________________ Buxoro-2022 2 REJA: KIRISH I BOB 3-SINFDA MATEMATIKA O`RGATISHDA AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING METODIK IMKONIYATLARI 1.1. Ta`limning zamonaviy axborot texnologiyalari 1.2. Axborotlar va axborot texnologiyalari haqida umumiy ma`lumotlar 1.3. Videokompyuterli o`qitish texnologiyasi 1.4. Matematika fanlarini o`qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasi II BOB. MATEMATIKA DARSLARIDA AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH 2.1. Axborot texnologiyalarini integrativ yondoshuv asosida o`qitish metodikasi 2.2.3-sinflarda axborot texnologiyalaridan fo`ydalanishning samaradorligi XULOSA FOYDALANGAN ADABIYOTLAR 3 KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Hozirgi zamon maktabi oldida turgan ustivor vazifalar o`quvchilarda yaxlit ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, ochiq axborot- ta`lim fazosiga kirish uchun asoslar yaratish, ularni har tomnlama rivojlantirish, shaxsning o`z o`rnini to`lishi uchun yangiliklar yaratishdan iborat. Bunda umumiy boshlang`ich ta`lim zimmasiga o`quvchilarni aqliy rivojlantirishda, bilimlarni mustaqil egallash va ularni bilish vazifalarini xal etishda, o`qish motivlari va xohishlarni shakllantirishda, o`quv faoliyati usullarini, yaxlit ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishda muhim o`rin beriladi. Shu bilan bir vaqtda, shuni ham qayd etishimiz kerakki, hozirgi vaqtda pedagogik kadrlarni tayyorlash tizimida pedagogik ta`limning bilimli paradigmasiga moyillik saqlanib kelmoqda. Shu bilan bir vaqtda boshlang`ich maktabda majmuaviy o`qitish tizimi maktab o`quvchilarini shaxsiyati rivojlantirish qadriyatli ustanovkasiga ega bo`lgan, yuqori shaxsiy intelleklual salohiyatli, kengayib borayotgan axborot fazosida erkin yo`nalish ola biladigan. Individual jarayonlarni joriy etishga tayyor, uzluksiz va umumiy va kasbiy ta`limni amalga oshira biladigan boshlang`ich sinflar o`quvchilarini talab qilmoqda . Ta`limning axborotlashuv jarayoni o`qituvchi va o`quvchining intellektual faoliyati jarayoni sifatida axborot va komunnikatsiya texnologiyalari imkoniyatlarini amalga oshirish jarayonida rivojlanadi. O`quv fanlari sohalari va atrof-muhit qonuniyatlarini bilish jarayoni integratsiya yo`nalishlarini qo`llab- quvvatlaydi. Shu munosabat bilan boshlang`ich maktablardaning bo`lajak o`qituvchilarini kasbiy tayyorlash ham integrativ asosda amalga oshirilishi va kichik yoshdagi maktab o`quvchilarini fanlararo bog`lanishlardan keng foydalanib o`qitishni tashkil etish uchun axborot texnologiyalarini qo`llanish o`quv va malakalarini shakllantirishga yordam berishi lozim. Bunday o`qitishni tashkil etish uchun ob`yektiv asoslar boshlang`ich sinflarda fakultetda talabalarni fanlar bo`yicha har tomonlama tayyorlash harakteri bilan ta`minlanadi. 4 Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling