Boshlang‘ich sinf matematika darslarida
o‘quvchilarning kichik tadqiqotchilik ko‘nikmalarini
shakllantiruvchi loyiha ishlarini tashkil etish
Ma'ruzachi: M.A.G’ofurova
Farg’ona davlat pedagogika universiteti ,
o’qituvchi pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)
• Mamlakatimizda xalq ta’limi tizimini rivojlantirish ustuvor yo‘nalish
sifatida
qaralmoqda. 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot
strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga
oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida Prezidentimiz farmoni
qabul qilingan. Shu asosda sifatli ta’limni amalga oshirish uchun
umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining 1-4-sinflarida oʻquvchilarni
ilgʻor хorijiy tajriba asosida ishlab chiqilgan darsliklar boʻyicha
oʻqitish ko‘zda tutilgan. Ko‘rinib turibdiki, ta’limning sifatini
oshirish omillaridan biri o‘qitishning uslubiy ta`minotini
yaxshilashdan iborat. Darslik va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar
rivojlangan davlatlarning ilg’or tajribalarini tahlil qilgan holda
yaratilmoqda.
Shunga mos holda zamonaviy ta’limni ham sifatli yo‘lga
qo‘yish lozim. Ya`ni o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini oldindan
loyihalangan, aniq maqsad sari yo‘naltirilgan metodika
asosida amalga oshirish lozim. Xususan, ta’lim metodlarini
takomillashtirish sohasidagi asosiy yoʻnalishlardan biri
zamonaviy ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishga e’tibor
qaratilmoqda. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf matematika
darslarini o‘qitish jarayonida innovatsion usullardan
Do'stlaringiz bilan baham: |