Boshlang’ich sinf matematika darsligining dts talablari bo’yicha tahlili Reja


Download 33.15 Kb.
bet1/2
Sana05.01.2022
Hajmi33.15 Kb.
#232294
  1   2
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi u


Boshlang’ich sinf matematika darsligining DTS talablari bo’yicha tahlili

Reja

Boshlang’ich sinflar uchun matematika darsligi va uning tuzilishi.

Davlat ta’lim standartida 4-sinf matematika dasturiga qo’yilgan talablar

Boshlang’ich sinf matematika darsligining DTS talablari bo’yicha tahlili



Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

Boshlang’ich sinflar uchun matematika darsligi va uning tuzilishi.

1.1. Davlat ta’lim standartida 4-sinf matematika dasturiga qo’yilgan talablar

4-sinf Matematika darsligi

Mualliflar: N. U. Bikbayeva, E. Yangaboyeva, K.M. Girfanova;

Nashri: “O‘qituvchi” nashriyot- matbaa ijodiy uyi, Toshkent – 2017.

Davlat ta’lim standartida 4-sinf o‘quvchilari uchun quyidagi talablar qo’yilgan:

4-SINF


(170 soat, A1+: 238 soat)

O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:

Kommunikativ kompetensiya:

A1

o‘rganilgan atamalarning ma’nosini tushunib, to‘g‘ri o‘qiy olish;



so‘z va gaplarni bog‘lagan holda o‘z fikrini aniq va ravshan ifodalay olish;

fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish;

matematikaga oid audio matnni tinglab, videotasvirlarni ko‘rib tushunish, tegishli munosabat bildira olish;

matematik matn ma’nosini qayta so‘zlab bera olish, matematik qoidalarni yoddan ifodali ayta olish.

A1+

Mavzuga oid ma’lumotlarni muhokama qilishda o‘zaro muloqotga kirisha olish, muloqotda muomala madaniyatiga amal qila olish, matematik masalani hamkorlikda yechishda jamoada samarali ishlay olish.



Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

A1

tavsiya etilgan media manbalardan axborotni izlab topa olish, zarur bo‘lsa uni boshqa ko‘rinishlarga (matn, jadval, sxema va h.k.) o‘tkaza olish;



ustunli, chiziqli va doiraviy diagrammalar, jadvallar, chizmalar ko‘rinishida berilgan statistik ma’lumotlarga asoslanib, turli obyekt va hodisalarni taqqoslay olish;

axborotlarni statistik ma’lumotlarning ko‘rinishlarning bir turidan (ustunli, chiziqli va doiraviy diagrammalar, jadvallar, chizmalar) boshqa ko‘rinishga o‘tkaza olish;

uchta sonning o‘rta arifmetigini topish.

A1+


mustaqil ravishda turli media manbalardan axborotni izlab topa olish, dastlabki tahlil qila olish.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

A1

o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv masalasini (maqsadini) topa olish va ifodalay olish;



o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv masalasini qismlarga ajrata olish;

o‘qituvchi bilan birgalikda masala yechimiga yaqinlashish darajasini baholay olish va zarur hollarda o‘z faoliyatini to‘g‘irlay qila olish;

o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv faoliyat natijasini tahlil qila olish;

o‘qituvchi bilan birgalikda yo‘l qo‘yilgan xato va noaniqliklarni topa olish, ularni tuzata olish;

xususiy misollar va kuzatishlar tahlili asosida obyektlar umumiy hossalarini aniqlay olish;

mavjud bilim va ko‘nikmalarni kundalik vaziyatga qo‘llay olish;

ijtimoiy hayotdagi vaziyatlarga nisbatan o‘zining ijobiy estetik-emotsional munosabatini shakllantira olish;

o‘qishga va yangi bilimlarni egallashga qiziqtira olish.

A1+


o‘zini o‘zi ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantira olish, kamolotga intila olish, matematikani mustaqil o‘qib-o‘rgana olish, o‘z xatti-harakatini baholay olish.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

A1

boshqalar fikrini tinglab, tushuna olish, agar bu fikrni noto‘g‘ri deb hisoblasa, o‘z fikrini himoya qila olish;



atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qila olish va guruhda ishlay olish;

muammo va tushunmovchiliklar ro‘y bergan paytlarda o‘zining tutishi to‘g‘risida to‘g‘ri qaror qabul qila olish;

guruhda ishlash paytida turli maxsus rollarni ijro eta olish.

A1+


umumiy masalani yechish uchun guruh faoliyati boshqara olish va guruh a’zolarning fikrlarini jamlab, umumiy fikrni bayon qila olish.

Milliy va umummadaniy kompetensiya:

A1

kundalik hayotda matematik usullar samarali ekanligini tushuna olish;



zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimiz haqida ma’lumot bera olish.

A1+


milliy, ma’naviy va madaniy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan oqilona foydalanish va asrab-avaylashda matematikaning o‘rni beqiyos ekanligini tushuna olish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

A1

aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuza oladi;



kundalik faoliyatida turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy oladi;

murakkab bo‘lmagan hisoblashlarda, o‘rganilgan tenglamani yechishda, o‘rganilgan turdagi yassi va fazoviy geometrik figuralarni tasvirlashda hisoblash vositalardan va tayyor kompyuter dasturlardan foydalana oladi.

A1+

sodda savdo-sotiq munosabatlarda, kundalik hayotda matematik bilim va ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli qo‘llay oladi;



matematikaga oid yangi bilimlarni izlashda axborot-kommunikatsiya vositalari, internet saytlaridan foydalana oladi.

4-sinf matematika dasturida mavzular ketma-ketligi va ular uchun ajratilagan saotlar quyidagicha:

3-sinfda o‘tilgan materiallarni takrorlash va umumlashtirish

(5 soat, A1+: 7 soat)


1-2-mavzular. 1000 ichida raqamlashga oid misol va masalalar (2 soat).

3-5-mavzular. Bir xonali songa ko‘paytirish yoki bo‘lishni o‘z ichiga olgan tarkibli masalalar. Tengsizliklarni tanlash usuli bilan yechish. Ikki usulda yechiladigan masalalar (3 soat).

Bo‘yashlar, qoplashlar, qirqishlar, simmetriyaga oid sodda geometrik masalalar yechish (A1+: 1 soat).

Nostandart va qiziqarli masalalar yechish (A1+: 1soat).

1-bo‘lim. 1 DAN 1 000 000 GACHA BO‘LGAN SONLAR.

RAQAMLASH. KATTALIKLAR

(20 soat, A1+: 28 soat)
6-8-mavzular. Birlar, minglar sinfi. Birlar va minglar sinfida I, II, III xonalar (3 soat).

9-11-mavzular. Million ichida arifmetik amallar. Ko‘p xonali sonlarni taqqoslash (3 soat).

12-13-mavzular. Sonlarni yozishda raqamning o‘rin qiymati. Pozitsion va nopozitsion sanoq sistemalari. Rim raqamlari (2 soat).

14-16-mavzular. Sonni uning xona qo‘sh iluvchilarining yig‘indisi ko‘rinishida ifodalash (3 soat).

17-20- mavzular. Sodda fazoviy shakllar (4 soat).

21- mavzu. Ma’lumotlarni grafik ko‘rinishida tasvirlash (1 soat).

22-23-mavzular. Qirqma shakllar: buklanadigan ko‘pburchaklar. Bir xil qismlardan tuzilgan har xil shakllar (2 soat).

Arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va matnli masalalar yechish (A1+: 2 soat).

Elektron axborot manbalaridan turli ko‘rinishdagi sodda matematik ma’lumotlarni izlab topish mashqlari (A1+: 2 soat).

Bo‘yashlar, qoplashlar, qirqishlar, simmetriyaga oid sodda geometrik masalalar yechish (A1+: 2 soat).

Nostandart va qiziqarli masalalar yechish (A1+: 2 soat).

Nazorat ishi (1 soat).

Xatolar ustida ishlash (1 soat).
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:

Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya:

A1

o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi, tegishli misollar keltira oladi;



0 dan 1000 000 gacha bo‘lgan nomanfiy butun sonlarni o‘qiy oladi, yoza oladi, taqqoslay oladi, tartibga soladi, modellarda tasvirlay oladi;

sonlarni qo‘sh ish va ko‘paytirish jadvallaridan, arifmetik amallarning algoritmlaridan foydalangan holda 1 000 000 ichida nomanfiy butun sonlar ustida qo‘sh ish va ayirish amallarini og‘zaki va yozma bajara oladi;

fazoviy (parallelepiped, kub, shar) figuralarni tasavvur qila oladi, taniydi va nomlay oladi;

real obyektlarni geometrik figuralar modellari bilan bog‘lay oladi;

fazoviy figuralarni ularning tekislikdagi ko‘rinishlari bilan bog‘lay oladi.

A1+


bo‘yashlar, qoplash, qirqishlarga doir sodda geometrik masalalarni yecha oladi;

arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va matnli masalarni yecha oladi;

sodda amaliy holatlarda kombinator masalalarni yecha oladi.

Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlash kompetensiyasi):

A1

o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;



o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni kundalik vaziyatlarda qo‘llay oladi;

o‘qituvchi bilan hamkorlikda masalaning yechimini topish rejasini tuza oladi, tuzilgan reja asosida ishlay oladi va o‘z faoliyatini to‘g‘rilab oladi.

A1+

o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni murakkabroq vaziyatlarda qo‘llay oladi.


2-bo‘lim. TENGLAMALAR. KATTALIKLAR.

GEOMETRIK SHAKLLAR

(20 soat, A1+: 28 soat)
24-mavzu. Qo‘sh ishning o‘rin almashtirish va guruhlash xossasi (1 soat).

25-mavzu. Natijani tekshirish usullari (1 soat).

26-27-mavzular. Tenglamalarni yechish (2 soat).

28-29- mavzular. Tengsizliklar (2 soat).

30-mavzu. Miqdorlarni qo‘sh ish va ayirish (1 soat).

31-32-mavzular. O‘rta arifmetikni topishga doir masalalar yechish (2 soat).

33-mavzu. Massa birliklari: gramm, kilogramm, tonna (1 soat).

34-36-mavzular. Ikkilik sanoq sistemasi. Axborot o‘lchov birligi (bit, bayt, kilobayt) (3 soat).

37-mavzu. Geometrik mazmundagi amaliy masalalar (1 soat).

38-39-mavzular. Mantiq elementlari (2 soat).

40-41-mavzular. Blok-sxema ko‘rinishda berilgan masalalar (2 soat).

Arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va matnli masalalar yechish (A1+: 2 soat).

Elektron axborot manbalaridan turli ko‘rinishdagi sodda matematik ma’lumotlarni izlab topish mashqlari (A1+: 2soat).

Bo‘yashlar, qoplashlar, qirqishlar, simmetriyaga oid sodda geometrik masalalar yechish (A1+: 2 soat).

Sodda kombinatorik va mantiqiy masalalar yechish (A1+: 2 soat).

Reja tuzish mashqlari (A1+: 2 soat).

Nazorat ishi (1 soat).

Xatolar ustida ishlash (1 soat).

O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:

Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya:

A1

o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi, tegishli misollar keltira oladi;



sonlarni qo‘sh ish va ko‘paytirish jadvallaridan, arifmetik amallarning algoritmlaridan foydalangan holda 1 000 000 ichida nomanfiy butun sonlar ustida qo‘sh ish va ayirish amallarini og‘zaki va yozma bajara oladi;

6•x=426+120, x:18=270–50, 360:x=630:7 ko‘rinishidagi tenglamalarni yecha oladi;

arifmetik amalda qatnashgan noma’lum tarkibiy qismini aniqlay oladi; o‘rganilgan turlardagi tengsizliklarni yecha oladi;

murakkab bo‘lmagan ko‘rinishlarda berilgan ma’lumotlarni o‘qiy oladi; atrof-borliqdagi sodda obyektlarni geometrik figuralar modellari bilan bog‘lay oladi, ayrim elementlarini o‘lchay oladi va chamalay oladi;

ikki-uch sonning o‘rta arifmetigini topa oladi.

A1+


bo‘yashlar, qoplash, qirqishlarga doir sodda geometrik masalalarni yecha oladi;

arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va matnli masalarni yecha oladi;

sodda amaliy holatlarda kombinator masalalarni yecha oladi.

Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlash kompetensiyasi):

A1

o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;



o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni kundalik vaziyatlarda qo‘llay oladi;

o‘qituvchi bilan hamkorlikda o‘quv va amaliy holatlarda maqsadni ifodalay oladi.

A1+

o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni murakkabroq vaziyatlarda qo‘llay oladi.




Download 33.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling