Boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish darslarida interfaol metodlardan foydalanishning ahamiyati akramova Sayyora


Download 29.03 Kb.
bet1/2
Sana02.04.2023
Hajmi29.03 Kb.
#1321698
  1   2
Bog'liq
6304-Текст статьи-15631-1-10-20220616


BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI VA O‘QISH DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI


Akramova Sayyora
A.Qodiriy nomidagi JDPI Boshlang‘ich ta’lim fakulteti talabasi


Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang‘ich sinflarda ona tili va o‘qish darslarini olib borishda texnologiyalardan foydalanish, yangi interfaol metodlardan foydalanishning ijobiy ahamiyati yoritib berilgan. Shuningdek, interfaol metodlardan namunalar tavsiya qilinib yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar: boshlang‘ich sinf, interfaol, metod, ta’lim, didaktik o‘yinlar, axborot texnologiyalar.
Annotatsion. This article highlights the positive importance of the use of technology in the teaching of mother tongue and reading in primary school, the use of new interactive methods. Also, examples of interactiive methods are recommended and covered.
Key words: Elementary school, interactive, method, education, didactic games, information texnology.
Аннотатция. В этой статье освещается положительное использование технологий в обучении родному языку и чтению в начальной школе, использование новых интерактивных методов, а также рекомендуемы и иллюстрированные примеры интерактивных методов.
Ключевые слова: Начальная школа, интерактивные, методические, обучающие, дидактические игры, информационные технологии.

Boshlang‘ich sinflarda o‘tiladigan ona tili, o‘qish darslari o‘z mohiyatiga, maqsad va vazifalariga ko‘ra ta’lim tizimida alohida o‘rin tutadi. Sababi, ularning zaminida savodxonlik va axloqiy – ta’limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshlang‘ich ta’lim darslarida o‘quvchilar qiziqishini oshirishga alohida e’tibor berish lozim. Chunki bolalar boshlang‘ich sinflardanoq “dars”degan muqaddas so‘zdan bezib qolmasliklari lozim. Bugungi kunda o‘quvchilarni darsga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish uchun tajribali o‘qituvchilar turli didaktik o‘yinlardan foydalanishmoqda.


Har bir darsni o‘ziga xos usul asosida o‘tish, o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, uning qalbida ilmga muhabbat uyg‘otish o‘qituvchining mahoratiga bog‘liq. Muallimning mahoratini oshirishga xizmat qiluvchi vositalardan biri zamonaviy pedagogik texnologiyalardir.
Didaktik o‘yinlar dars orqali davomida turli metodlarni qo‘llash orqali dars samaradorligini oshirish mumkin. Metod tushunchasiga ta’rif berib o‘tsak:
Metod - (yunoncha metodos-usul) keng ma’noda yo‘l, ijodiy faoliyatning har qanday shakli kabi ma’nolarini anglatadi. Metodologiya tushunchasi ikki asosiy mazmunga ega - faoliyatda qo‘llaniladigan ma’lum usullar tizimi.
Interfaol metod - ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi faollikni oshirish orqali ularning o‘zaro harakati ta’sir ostida bilimlarni o‘zlashtirishni kafolatlash, shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu metod va usullarni qo‘llash dars sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Interfaol metodlarning bosh maqsadi - o‘quv jarayoni uchun eng qulay muhit va vaziyat yaratish orqali o‘quvchining faol, erkin, ijodiy fikr yuritish, ularning ehtiyoj, qiziqishlari, ichki imkoniyatlarini ishga solishga muhit yaratish. Bunday darslar shunday o‘tkiziladiki, bu jarayonda o‘quvchi chetda qolmay, eshitgan, o‘qigan, ko‘rgan bilgan fikr mulohazalarini ochiq oydin bildirish imkoniyatlariga ega bo‘ladilar. O‘zaro fikr almashish jarayoni hosil bo‘ladi. Bolalarda darsga qiziqishi ortadi, o‘zaro do‘stona munosabatlar shakllanadi. Didaktik o‘yinlar orqali fikrlash, izlanish, ijodkorlik, topqirlik rivojlanadi.
Interfaol o‘yinlarning asosiy turlari: intellektual aqlli va harakatli hamda aralash o‘yinlardan iborat. Bular o‘quvchilarda aqliy, ma’naviy, ma’rifiy, psixologik, estetik, badiiy, tadbirkorlik, bunyodkorlik, mehnat, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.
Ma’lumki, hozirgi kunda interfaol metodlarning yuzdan ortiq turi mavjud bo‘lib, ularning aksariyati tajriba-sinovdan o‘tib, yaxshi natija bergan. Keng qo‘llaniladigan usullar - “Klaster”, “Aqliy hujum”, “Davom ettir”, ”Muammoli vaziyat”, “Taqdimot”, “Blits-so‘rov” kabilardan foydalanib, darsda samarali natijalarga erishish mumkin.
Darsning o‘tilgan mavzuni so‘rash qismida “Sinkveyn”, “Teskari test”, “Aql charxi” metodlarini, yangi mavzuni tushuntirish qismida “Insert”, “Pinboard”, “Zinama-zina”, “Bumerang” texnologiyalarini, mavzuni mustahkamlash qismida “Venn diagrammasi”, “Baliq skeleti”, “Nima uchun?”, “Qanday?”, “Konseptual jadval”, “Nilufar guli” kabi grafik tashkil etuvchilar hamda “Tushunchalar tahlili”, “T-jadval”, ”Rezyume”, “Kungaboqar”, “Charxpalak” metodlarini, uyga vazifa berishda “FSMU”, “Klaster”, “BBXB” metodlarini qo‘llash dars samaradorligini ta’minlab, o‘quvchilarning bilimini oshirishga yordam beradi.
Ona tili va adabiyot darslarida ham yuqorida sanab o‘tilgan interfaol metodlardan tashqari “Ha…yo‘q”, “Ta’rif egasini top”, “Men kimman?”, “Domino” kabi didaktik o‘yinlardan foydalanish mumkin. O‘yin vaqtida o‘quvchilar o‘zini erkin tutadi.
“Charxpalak” - shbu texnologiya o‘quvchilarni o‘tilgan mavzularni esga olish, mantiqan fikrlab, berilgan savollarga mustaqil ravishda to‘g‘ri javob berish va o‘zini baholashga o‘rgatishga qisqa vaqt ichida o‘qituvchi tomonidan barcha o‘quvchilarning bilimlarini baholashga qaratilgan. Bu usulni qo‘llashdan maqsad o‘quvchilarni dars jarayonida mantiqiy fikrlash, o‘z fikrlarini mustaqil ravishda erkin bayon qilishni, o‘zlarini baholash, yakka va guruhlarda ishlash, boshqalar fikriga hurmat bilan qarashga o‘rgatishdir.
Zig-zag” metodi:
Metod tahsil oluvchilar bilan guruh asosida ishlash mazmuni tezkor va puxta o‘zlashtirishga xizmat qiladi. Metodning afzalliklari quyidagi jihatlar bilan belgilanadi:

  • Tahsil oluvchilarda jamoa yoki guruh bo‘lib ishlash ko‘nikmasi shakllanadi;

  • Mavzuni o‘zlashtirishga sarflanadigan vaqt tejaladi.

Zig-zag metodini qo‘llash jarayonida quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:

  • Sinf tahsil oluvchilari bir necha (5-7ta) guruhga bo‘linadi;

  • yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn ham tegishki ravishda 5-7 ta qismga ajratiladi;

  • har bir mavzuning muayyan qismi (1 matn, 2 matn va hokazolar)beriladi va uni o‘rganish vazifasi topshiriladi;

  • belgilangan vaqt mobaynida guruhlar matn ustida ishlaydilar;

  • vaqtni tejash maqsadida guruh a’zolari orasida liderlar tanlanadi va ular o‘rganilgan matnga oid asosiy ma’lumotlarni guruhdoshlariga so‘zlab beradilar;

  • liderlarning fikri guruh a’zolari tomonidan to‘ldirilishi mumkin;

  • barcha guruhlar o‘zlariga berilgan matnni puxta o‘zlashtirilganlaridan so‘ng matnlar guruhlararo almashtiriladi;

  • shu taxlitda mavzu mohiyatini yorituvchi yaxlit matn tahsil oluvchilar tomonidan o‘zlashtiriladi.


Download 29.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling