Boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish darslarida interfaol metodlardan foydalanishning ahamiyati akramova Sayyora


O‘qish darslarida foydalaniladigan metodlardan biri


Download 29.03 Kb.
bet2/2
Sana02.04.2023
Hajmi29.03 Kb.
#1321698
1   2
Bog'liq
6304-Текст статьи-15631-1-10-20220616

O‘qish darslarida foydalaniladigan metodlardan biri:
Begona” o‘yini:
Bunda beshta so‘z bir tanish hikoyadan yoki ertakdan olinib, bitta so‘z begona asardan olinadi.
Masalan: O‘gay”, “Erka”, “Mehnatsevar”, “Sexrli sandiq”, “Ajdar” bitta “Kulol” begona so‘z. Shu begona so‘zdan ertakni davom ettirishadi. Boladasturda belgilangan bilimlarni kamida Davlat ta’lim standarti talablari darajasida o‘zlashtirishi kerak. O‘qituvchi bu jarayonni bolaga zavq bag‘ishlovchi mana shunday o‘yinlar asosida qura bilsa ,bilim olish jarayoni shodlik va zavq manbaiga aylanadi va shu bilan birga o‘quvchiga erkinlikni his etish imkonini beradi.
Ona tili darslarida foydalaniladigan metodlardan biri
So‘z va hodisalarni eslash” ta’limiy o‘yini
Sinf o‘quvchilar kichik guruhchalarga birlashtiriladi va har bir guruh bittadan so‘z tanlaydi.

  1. Daraxt, paxta so‘zi bilan o‘yin boshlanadi. Dovuchcha, danak, do‘mbira, doira, do‘lana, paxta, piyola, parta, pomidor kabi “d”, “p” harflari bilan boshlanadigan so‘zlar topiladi.

  2. Daraxt, paxta so‘zlarining birinchi bo‘g‘iniga da-, pax- bo‘g‘in qo‘shib so‘z hosil qilish: dala, dada, paxtakor-paxtazor…

  3. Berilgan so‘zlarga ohangdosh so‘zlar topish: paxta, taxta, shaxta, daraxt, karaxt kabi.

  4. Berilgan so‘zlar bilan bog‘liq bo‘lgan barcha so‘zlarni eslash: paxta, momiq, chigit ,shona, g‘o‘za, ko‘sak.

  5. Berilgan so‘zlar ichidan birini tanlash: paxta, xat, daraxt, xatar.

Berilgan so‘zlar bilan bog‘liq birorta hodisani eslash, hikoya, ertak, sarguzasht to‘qishga harakat qilish.
Qarama-qarshi so‘zlar” o‘yini
Bu o‘yin mantiqiy tafakkurning hamda nutqning rivojlanishiga yordam beradi. O‘yinning individual tarzda ham, guruh bilan ham o‘tkazish mumkin. O‘yin sharti quyidagicha: O‘qituvchi shu so‘zning ma’nosiga qarama-qarshi bo‘lgan so‘zni topib aytishi kerak. Masalan: katta-kichik, issiq-sovuq, achchiq-shirin, qorong‘u-yorug‘,keng-tor, uzoq-yaqin va hokazo. Odatda bolalar o‘yin boshida biroz qiynalishadilar. Aytilgan so‘zga javoban antonim so‘z bilan emas, sinonim so‘z bilan javob beradi, masalan, katta-baland, uzun-uzoq kabi. Ammo o‘yinning mohiyatini tushunib olganlaridan keyin o‘quvchilar yaxshi o‘ynaydilar. O‘yin bir necha marta o‘tkazilganidan so‘ng o‘quvchilar yaxshi o‘ynaydilar. O‘quvchilar abstrakt (mavhum) tushunchalarni ham osonlik bilan tushunadilar va javob beradi, shunda o‘quvchilarning nutqi ham rivojlana boradi. Masalan: chaqqon-yalqov, ishchan-dangasa kabi so‘zlarga ham tez javob topa oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Farberman. B. L. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar.Toshkent. 2001

  2. Dadamirzayev G‘. Pedagogik texnologiyalar bo‘yicha izohli tayanch so‘z va iboralar. Metodik qo‘llanma. Namangan. 2008.

  3. Golish L. V, Fayzullayeva D. M. Pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish va rejalashtirish. Toshkent. 2012.

  1. Qosimova K, Matchonov S, Gʻulomova X, Yoʻldosheva Sh, Sariyev Sh. Ona tili oʻqitish metodikasi. Toshkent. 2009. B 351.

Download 29.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling