Boshlang’ich sinf o’qish darslarida tez aytish va topishmoqlar ustida ishlash
O’quvchilarning berilgan savol va topshiriqlarga o’z so’zlari bilan javob berishi
Download 93.82 Kb.
|
Abdukarimova Mardona
- Bu sahifa navigatsiya:
- Anvar Obidjonning “Odobli bo’lish osonmi”
- Qambar O’taevning “Non qaerdan keladi”
- 2022 — 2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha
2. O’quvchilarning berilgan savol va topshiriqlarga o’z so’zlari bilan javob berishi. Mashqning bu turi o’quvchilarda o’qilganlar yuzasidan muhokama yuritish ko’nikmasini o’stirishga, Hikoyada qatnashuvchi qahramonlarni baholashga, muallif tasvirlagan hayotiy lavhalar bilan Hikoya g’oyasi o’rtasidagi bog’lanishni aniqlashga imkon beradi. Ishning bu turida beriladigan savollar ma’lum maqsadga yo’naltirilgan va muayyan izchillikda bo’lishi, o’quvchilarni mustaqil fikrlashga undashi lozim. Boshlang’ich sinf o’qish darslarida savol va topshiriqlar qaysi maqsadga yo’naltirilganiga ko’ra quyidagicha tasnif qilinadi: 1. Hikoya mazmunini o’zlashtirish va qayta hikoyalashga doir savol- topshiriqlar.
2. Hikoya tilini o’rganish va o’zlashtirishga doir savol-topshiriqlar. Sabab-natija tarzidagi savollardan ham foydalaniladi. Agar o’qituvchi Hikoya g’oyasini tushunishda o’quvchilarga yordam berishni ko’zda tutsa, savol sabab-natija tarzida bo’ladi. Anvar Obidjonning “Odobli bo’lish osonmi?” ertagi (4-sinf) g’oyasi o’quvchilarni salomlashish odobi bilan tanishtirish, ularda muomala madaniyatini tarbiyalashdir. Ertakdagi asosiy fikrni aniqlash uchun o’qituvchi “Anvar Obidjon aytmoqchi bo’lgan salom berish mavridlarini o’z so’zingiz bilan aytib bering”, “Nima uchun echki sichqonga nasihat qildi?”, ”Toshbaqaning sichqoncha haqidagi fikrini gapirib bering” kabi savol-topshiriqlardan foydalanishi mumkin. Qambar O’taevning “Non qaerdan keladi?” (4-sinf) she’ri asosida esa “Non nima? Uni ta’riflang”, “Non qaerdan kelar ekan?”, “Nonni nima uchun qadrlash kerak?” kabi savol-topshiriqlardan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. F o y d a l a n i l g a n a d a b i y o t l a r r o‘ y x a t i
Umumiy o‘rta ta'limnmng davlat ta'lim standartlari va o‘quv dasturi. Boshlang‘ich ta'lim. O‘zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi vazirligining Axborotnomasi. ”Ta'lim taraqqiyoti” jurnali. Toshkеnt. ”Sharq” nashriyoti, 1999- yil, 7- maxsus son. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!Download 93.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling