Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining masofaviy malaka oshirishdagi muammo va yechimlar


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana02.04.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1319920
1   2   3
Bog'liq
Au28jERDiWnjU02kOXOi26Ost9HHk4KDu9H8IHiM

DIKTANT 
03
SAVOL-JAVOB
 
04
OG‘ZAKI HISOB 
05
TEST 
07
O‘YIN SHAKLI. 


Og‘zaki nazorat ishi 
O‘quvchilarga o‘tilgan mavzu bo'yicha savollarni o‘z ichiga olgan 5-6 xil 
kartochkalar beriladi. 6-8 daqiqa davomida o‘quvchilar savollarga og‘zaki 
javoblar ustida mulohaza yuritadilar. Keyin o‘quvchilardan birini javob berish 
uchun chaqiriladi va bu o‘quvchiga shu mavzudagi kartalari bo‘lgan boshqa 
o‘quvchilar javoblarni to‘ldirishda yordam berishadi. Bu usul kichik mavzuni tez 
takrorlashga va uni ko‘plab o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishini baholashga 
imkon beradi. 


Matematik diktant (noan’anaviy shakli). 
Har bir o‘quvchi daftar varag‘ini to‘rtga buklaydi. Varaqning 
yuqori va pastki qismlarida familiya va variant raqami 
yoziladi. Javoblar ikki qismga yoziladi. Diktant tugagandan 
so‘ng, o‘quvchilar varaqning bir qismini o‘qituvchiga 
topshiradilar. Darhol tekshirish boshlanadi. O‘qituvchi 
o‘quvchilarning birini javobni o‘qishini so‘raydi va uni 
doskaga yozadi (javobni to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligidan qat’iy 
nazar). Qolgan o‘quvchilar yashil yoki qizil signal bilan 
javobning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi ko‘rsatadilar. O‘quvchilar 
tomonidan qo‘yilgan baholar kundalikka yoziladi (ba’zida siz 
qayta tekshirishingiz mumkin, chunki o‘qituvchida ham javob 
varaqasining bir nusxa bor). 


Differentsial nazorat ishi. 
Bu ishni o‘tilgan mavzuni mustahkamlash va umumlashtirish vaqtida bajarish 
maqsadga muvofiqdir. Doskaga uch xil murakkablik darajasidagi 
topshiriqlarning uchta varianti rangli bo‘r bilan yoziladi. "3" bahosi yashil rangda 
yozilgan topshiriqqa, "4" bahosi ko‘k rangda yozilgan topshiriqqa va "5" baho 
qizil rangda yozilgan topshiriqqa mos keladi. Uning yonidagi devorda 
o‘quvchilarning ismlari yozilgan ustun, o‘ngda esa uchta variantda katakchalar 
joylashgan. Har bir ustunda katakar soni vazifalar soniga mos kelishi kerak.


"Ha-Yo‘q" – usuli. 
Bu usul o‘qituvchiga o‘quvchilar o‘rganilayotgan materialni qanchalik yaxshi 
o‘zlashtirganligini tekshirishga imkon beribgina qolmay, balki o‘quvchilarning 
fanga qiziqishini oshirishga yordam beradi. O‘qituvchi o‘quvchilarga shunday deydi: 

Endi biz tajriba o‘tkazamiz. Men har biringizdan bir varaq qog‘ozni olib, ikkiga 
bo‘lib olishingizni so‘rayman. Har bir varaqqa familiyangizni va uning chap chetiga 
esa 1 dan 9 gacha raqamlarni yozib chiqing.” 


!!! 
Matematik labirint – usuli. 
1-bosqich. 
O‘qituvchi topshiriqlarning bir nechta variantini 
tayyorlaydi, bunda birining javobi ikkinchisining birinchi 
raqami bo‘ladi. 
2-bosqich. 
Kartani olgan o‘quvchi unda berilgan topshiriqni
bajaradi va topilgan sondan foydalangan holda keyingi kartani
qidiradi. Jarayon, bitta son va "Yo‘lning oxiri" yozuvi bor
kartochkaga yetguncha davom etadi. 


E’tiboringiz uchun 
rahmat! 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling