Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun insho mavzularini tanlash


Download 78 Kb.
bet1/3
Sana20.02.2023
Hajmi78 Kb.
#1215393
  1   2   3
Bog'liq
boshlang\'ich sinf o\'quvchilari uchun insho mavzularini tanlash


BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARI UCHUN INSHO MAVZULARINI TANLASH
Reja:
1.1. Metodik manbalarning tahlili
2. 3-sinfda insho yozishga o'rganilishning hozirgi holati
3. O'quvchilarni tarbiyalashda inshoning o'rni
Insho o’quvchining ma’lum bir mavzuni mustaqil ravishda ochib bera olish va o’z fikrlarini yozma shaklda to’g’ri ravon savodli bayon qila olish ko’nikma va malakalarini namoyish etuvchi ijdoiy matn- kichik bir asardir.
Insho arabcha so’z bo’lib, ”yaratish” “bino qilish”, ”qurish” ma’nosini beradi. Hozirgi tilimizda bu so’zning ma’nosi ancha toratib, asosan o’quvchi va talabalar tomonidan yoziladigan ”ijodiy yozma ish” ma’nosida qo’llaniladi.
Ma’lumki inshoning barcha turi ijodiy xarakterga ega, albatta ammo ijodiy tajriba xarakterdagi insholarda hayotiy voqeralar haqidagi shaxsiy mulohazalar o’z ifodasini topishi bilan birga, o’quvchilarning original ish-asar yaratishga intilishlari ham asta-sekin o’sib boradi. Shuning uchun bu xil yozma ishlarga nisbatan ”ijodiy insho” turining qo’llanilishi bejiz emas.
Insho muallifning ma’lum bir mavzu asosida o’z fikrlarini yozma shaklda bayon qiluvchi kichik bir asardir. Inshoda muallifning so’z qo’llash mahorati, fikriy tafakkuriy ko’nikmasi, bilim va dunyoqarashi savodi namoyon bo’ladi.
Insho mazmun mohiyatiga ko’ra uch turga bo’linadi:

  1. Adabiy mavzudagi insholar

  2. Adabiy – ijodiy mavzudagi insholar

  3. Erkin mavzudagi insholar.

Adabiy mavzudagi insholarga adabiyot darsligida qayd qilingam, o’qituvchi tomonidan tushuntirilgan mavzular asosida yoziladigan insholar kiradi. Muayyan badiiy asar yoki undagi qahramonlar haqidagi insho adabiy mavzudagi inshodir.


Adabiy – ijodiy mavzulardagi insholarga adabiyot darslarida o’tilgan ma’lumotlarga o’quvchining ijodiy munosabati (shaxsiy fikrlari) oq’shib ifodalanadigan isholar kiradi.
Erkin mavzulardagi insholar adabiyot fani dasturida qayd etilmagan mavzularda yoziladi. Boshqacha aytganda o’quvchining ma’lum bir mavzuga oid bilimlari, axloqiy tarbiyaviy, ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashi,m fikr va mulohazalarini aks ettiruvchi isholar erkin insholar mavzusidagi insholardir.
Bir metodist olimlarning ilmiy – uslubiy asarlarini, o’quv metrodik qo’llanmalarni, boshlang’ich hamda umumiy o’rta ta’lim sinflarining darsliklarini tahlil qilganda, boshlang’ich sinfda o’quvchilarni insho yozishga o’rgatish borasidagi masalalarga alohida e’tibor berishimiz lozim.
Sinov insholari o’rganilgan mavzularga doir bilimlarni, insho yozish ko’nikma va malakalarini sinash uchun yirik mavzular tugagandan so’ng, choraklar yoki o’quv yili oxirida, olimpiadalarda o’tkaziladi1
Bundan tashqari ushbu darslikda inshoga epigraf tanlash xususida ham bir qator fikrlar bildirilgan. ”Inshoning mazmuniga mos keluvchi mashhur hikmatli so’z, maqol, ibora yoki badiiy parcha epigraf deyiladi”.
Epigraf, odatda rejadan keyin, insho matnidan oldin, saxifaning o’ng chekkasiga yoziladi. Epigraf bo’lgan matndan so’ng (so’roq yoki undov gap bo’lmasa) nuqta qo’yiladi. Muallifi qavs ichida yoziladi. Inshoda epigraf bo’lishini qat’iy talab tushunmaslik kerak, u tamoman ixtiyoriydir. Lekin, mavzuga ichki mazmuniga xamoxang keluvchi epigraf bo’lsa inshoning badiiyligiga xizmat qiladi. Insho muallifining mahoratini ko’rsatadi.
Xuddi shu mavzuni, ya’ni inshoga epigraf tanlashni boshlang’ich sinflardanoq boshlab o’rgatish kerak. 8-sinf ona tili darsidagi 51 mashqni tahlil qilib ko’raylik.

Download 78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling