Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ijtimoiy-huquqiy mehyorlarga hurmat hissini shakllantirish metodlari
Download 313.76 Kb. Pdf ko'rish
|
2787-Article Text-5681-1-10-20220324
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ijtimoiy-huquqiy mehyorlarga hurmat hissini shakllantirish metodlari Nargiza Supxonovna Hakimova BuxDU Annotatsiya: Maqolada ijtimoiy - huquqiy m’yorlar, ularning jamiyat rivojidagi o‘rni va ahamiyati, boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarga ijtimoiy - huquqiy m’yorlar haqida tushuncha berish, ular ongida ushbu m’yorlarga amal qilish kompetensiyasini rivojlantirish masalalari haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: ijtimoiy - huquqiy m’yorlar, кompetensiya, hayotiy ko‘nikmalar, ta’lim sifati, o‘qituvchi mahorati, allomalar merosi, qadriyatlar, ma’naviy meros, shaxs kamoloti. Methods of formation of respect for social and legal principles in primary school students Nargiza Supxonovna Hakimova Bukhara State University Abstract: The article deals with social and legal norms, their role and significance in the development of society, to give primary school students an idea of social and legal norms, to form in their minds the competence to comply with these norms. Keywords: social and legal norms, competencies, life skills, quality of education, pedagogical skills, heritage of scientists, values, spiritual heritage, personal development Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda milliy huquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda malakali yuridik kadrlarni tayyorlash borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Yoshlarning ta’lim-tarbiyasi doimo dolzarb muammo sifatida e’tirof etiladi. Uning ikkinchi muhim jihati esa yoshlarning ijtimoiy-huquqiy ongini shakillantirishda huquqiy tarbiyaning rolidir. Ijtimoiy - huquqiy tarbiya yoshlikdan boshlanmog‘i lozim. Birgina misol sifatida shuni aytib o‘tish kerakki, bosh qomusimiz hisoblangan konstitutsiyaning "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 March 2022 / Volume 3 Issue 3 www.openscience.uz 466 mazmun-mohiyati yoshligimizdan singdiriladi. Qolaversa, milliy ramzlarimiz bo‘lmish madhiya, bayroq, gerbning kimlar tomonidan yaratilganligi, ularning qanday ma’noni anglatishi, unga xurmat nigohi bilan qaralishi, asrab-avaylashini bog‘cha yoshidagi bola ham biladi. Bu bizning ongu-shuurimizga shu darajada singanki chiqarib tashlashning iloji yo‘q. Ana shu tarzda insonning huquq va majburiyatlarini yoshlikdan singdirib borish bu kellajak uchun yaxshi qadam bo‘ladi. Ijtimoiy - huquqiy tarbiya hamisha davlatning siyosat, iqtisodiyot va ahloqqa nisbatan o‘z nuqtayi nazarini aholiga aniq yetkazib berishdagi eng ishonchli va samarali vositasi hisoblangan. Ijtimoiy - huquqiy tarbiya muammolari Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya, AQSH kabi mamlakatlarda ham doimo diqqat markazida bo‘lib, u bilan bog‘liq ko‘plab masalalar atroflicha o‘rganib chiqilgan. Shu sababli ham ijtimoiy - huquqiy tarbiyaning ijtimoiy ahamiyati o‘sib kelayotgan yosh avlod ongiga muntazam singdirib borilgan va bu jarayonga alohida e’tibor qaratilgan. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda o‘tkazilgan huquqiy islohotlar, huquqiy- demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar mohiyatini aholi, ayniqsa yoshlarga yetkazish bugungi kun talabidir. Bu esa, o‘z navbatida ta’lim-tarbiya, ayniqsa huquqiy tarbiyani zamonaviy uslublar asosida yo‘lga qo‘yishni taqozo etadi. Prezidentimizning “Biz qanchalik mukammal qonunlar yaratmaylik, qanday islohotlar o‘tkazmaylik, agar fuqarolarimizning huquqiy bilimi, ongi va madaniyati yyetarli bo‘lmasa, kutilgan natijalarga erishish mushkul“, ”Konstitutsiya va qonunlarga hurmat, huquqiy ong va madaniyat har bir fuqaroning, har bir mansabdor shaxsning hayot va faoliyat tarziga aylanmog‘i kerak”, deb aytgan fikr-mulohazalari, mamlakatimizda oxirgi yillarda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlarning shaxs, jamiyat va davlat rivoji uchun naqadar muhim va ahamiyatli yekanligini hayotning o‘zi tasdiqlab turibdi. O‘quvchi yoshlarga ijtimoiy - huquqiy bilim berishning asosiy maqsadi, ularda ijtimoiy - huquqiy tushunchalarni shakllantirish va shu asosda huquqiy tarbiyaga erishishdan iboratdir. Huquqiy bilim olish jarayonida o‘quvchilar Konstitutsiyamizda belgilab qo‘yilgan o‘z huquq va yerkinliklarini bilish, ulardan foydalanish va hayotga tatbiq etishga erishishi lozim. Yoshlarning ijtimoiy - huquqiy madaniyatini oshirish nafaqat ta’lim muassasalari, balki oiladan boshlanadi. Huquqiy bilimlar hayotda, har xil aniq vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘nalish olish, ruxsat yetilgan va taqiqlangan narsalar o‘rtasidagi chegarani topa bilish, o‘z huquq va manfaatlarini himoya etishning qonuniy yo‘llari va vositalarini tanlashga o‘rgatadi. Ijtimoiy - huquqiy bilimlar siyosiy saviyani kengaytiradi, e’tiqodlar shakllanishiga, hayotdagi huquqiy xodisalarni to‘g‘ri tushunish, huquqiy talablarga "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 March 2022 / Volume 3 Issue 3 www.openscience.uz 467 ongli ravishda rioya yetish, barcha fuqarolarning ijtimoiy-huquq normalari (qoidalari)ga amal qilish uchun faol kurashishga ko‘maklashadi. Har bir shaxs o‘z huquq va erkinliklaridan foydalana bilsa, tushunsa, ko‘plab muammolarning oldi olinadi. Qolaversa, o‘zgalarning ham huquqlariga xurmat nigohi bilan qaraydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida “Biz jamiyatimizda shunday huquqiy madaniyatni shakllantirishimiz kerakki, unga muvofiq Konstitutsiya va qonunlarga amal qilish, boshqalarning huquq va erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish majburiyat emas, balki kundalik qoida va odatga aylanishi shart” deya ta’kidlagan edi. Umumiy madaniyatning ajralmas tarkibiy qismi bo‘lgan huquqiy madaniyatning negizini huquqiy ong, huquqiy tafakkur tashkil etadi. Huquqiy ong shaxsning jamiyatdagi o‘rnini belgilaydi, jamiyat a’zolarining huquqiy ongi qanchalik yuqori bo‘lsa, huquqiy normalarda belgilangan talablarning bajarilishi ham shunchalik to‘liq va aniq bo‘ladi. Huquqiy madaniyatni yuksaltirish uchun, eng avvalo, huquqiy ta’lim va tarbiya, boshqacha aytganda huquqiy ma’rifatni takomillashtirish zarur. Huquqiy ma’rifatning asosiy maqsadi shaxsda huquqiy ongni shakllantirish, ya’ni huquqiy normalarning mazmun-mohiyatini bilish, ularga hurmatni va ixtiyoriy, ongli ravishda rioya qilishni tarbiyalash bo‘lib, u bosqichma-bosqich berilishi lozim. Zamon shiddati jadal, dunyo ham, undagi jamiyatlar ham tez o‘zgarmoqda. Biz esa ko‘p yillar davomida bu o‘zgarishlar shiddatini quvib yetolmadik. Albatta, odamlarimizning ongi, dunyoqarashi o‘zgardi. Ammo huquqiy madaniyat darajasi kutilganidek yuksalmadi. Bu bir qancha omillarga bog‘liq. Mana shu omillardan biri o‘quvchilarga kichik maktab yoshidan boshlab ijtimoiy-huquqiy tarbiya berish metodikasiga alohida e’tibor qaratish bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biridir. Demak, bugungi o‘qituvchi oldida turgan asosiy masala o‘quvchiga sifatli bilim berish bilan birga zamon talablari asosida maktab o’quvchilarida huquqiy ongni shakllan tirishga poydevor yaratishimiz, boshlang’ich sinflardan o‘quvchilar ongida ijtimoiy–huquqiy tarbiyaning ilk tushunchalarini tarkib toptirishga harakat qilishimiz lozim. Inson yoshligidan qancha keng qamrovli ijtimoiy - huquqiy bilimga ega bo’lsa, shu darajada madaniyatli bo’la boradi. Bu borada O’zbekiston Respublikasi milliy dasturida: «Ta’limning barcha darajalarida ta’lim oluvchilarning huquqiy ta’lim hamda tarbiyasini takomillashtirish», - zarurligi alohida ta’kidlangan. Shuning uchun huquqiy ta’limtarbiyaning maqsadi har bir o’quvchiga amaliy faoliyatida zarur bo’ladigan huquqiy bilimlarni belgilangan davlat standartlaridan kam bo’lmagan "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 March 2022 / Volume 3 Issue 3 www.openscience.uz 468 hajmda olish imkoniyatlarini berishdan iboratdir. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida huquqiy tushunchalarni shakllanтиришda ularga o’qitiladigan o’qish, odobnoma, onatili, tarbiya fanlarining ahamiyati katta. Yuqoridagilardan kelib chiqib, boshlang‘ich sinf Tarbiya darslari asosida o‘quvchilar ongida ijtimoiy-huquqiy tarbiya tushunchalarini shakllantirish va hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirishda qo‘llaniladigan metodlar tahlilini keltirib o‘tamiz. 1. Tushuntirish va hikoya qilish metodlari. Mazkur metod yordamida hayotiy misollar, sodir bo’lgan voqea-hodisalar yoki alohida shaxslarning xatti-harakatlari misolida ijtimoiy va huquqiy mehyorlarning insonlar hayotidagi ahamiyati, ularning salomatliklari hamda hayotlarini muhofaza qilishdagi rolini yoritish, ochib berish orqali boshlang’ich sinf o’quvchilarida ular to’g’risidagi mahlumotlarni hosil qilinadi. Boshlangich ta’lim tizimida, odatda, o’quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda mazkur metod yordamida ijtimoiy va huquqiy mehyorlar, ularning mazmuni qisqa, aniq va ravshan bayon etilishi zarur. Mazmunan tushuntirish metodiga o’xshash bo’lsa-da, biroq, unga nisbatan kengroq va batafsilroq mahlumotlarni berish imkoniga ega. SHu bois boshlangich sinf o’quvchilariga ijtimoiy va huquqiy mehyorlarning mohiyati to’g’risida mahlumot berishda ushbu metoddan ham samarali foydalaniladi. Hikoya, ko’p hollarda o’qituvchi, mutaxassis yoki ota-onalar tomonidan mavjud adabiyotlarda berilgan, shuningdek, hayotda sodir bo’lgan ibratli voqea-hodisalarni ogzaki bayon etish tarzida amalga oshiriladi. Tushuntirishda, asosan, tushunchalarning mahnosini ochib berishga ehtibor qaratilib, ilmiy, ilmiy-ommabop atamalardan foydalanilsa, hikoya qilishda obrazli iboralar, ko’chirma so’zlardan foydalanish mumkin. 2. Suhbat metodi. Ushbu metod boshlangich ta’limda o’quvchilar bilan o’qituvchi, ota-onalar yoki mutaxassis o’rtasida bevosita jonli muloqotni tashkil etish orqali ularda ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga doir tushunchalarni hosil qilish maqsadida qo’llaniladi. Metodning afzalligi suhbat jarayonida o’quvchilar tomonidan ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga doir mahlumotlarning qay darajada o’zlashtirilayotganligini baholab borish mumkin. Agarda, o’quvchilar berilayotgan material yoki mahlumotlarni etarli darajada o’zlashtira olmasalar, u holda qayta tushuntirish imkoniyati yuzaga keladi. 3. Darslik va kitob (manbalar) bilan ishlash metodi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari yosh va psixologik xususiyatlariga kura mahlumot, bilimlarni eshitish retseptorlari yordamida emas, balki ko’rish retseptorlari orqali samarali o’zlashtiradilar. SHu sababli mazkur metoddan foydalanishda ularning ana shu xususiyatlari inobatga olindi va sinov ishlari davrida ko’proq ijtimoiy va huquqiy meherlar, ularning mohiyatiga doir tasviriy ko’rgazmali materiallarni o’zida aks ettiruvchi manbalarga murojaat qilindi. Ushbu metodni qo’llash chog’ida tushuntirish va hikoya qilish metodlari ham qo’llanildi. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 March 2022 / Volume 3 Issue 3 www.openscience.uz 469 4. Namoyish etish metodi. Mazkur metod boshlang’ich sinf o’quvchilari tomonidan bevosita o’quv materiallarini aniq obrazlar orqali idrok etishlarini tahminlashga xizmat qiladi. Namoyish etishda ijtimoiy va huquqiy meherlar mavzusiga doir darslik, maxsus adabiyotlar yoki manbalarda berilgan tasviriy ko’rgazmali vositalar, shuningdek, diafilg’m, kinofilg’m hamda slaydlardan foydalanish kutilgan natijalarni qo’lga kiritishga xizmat qiladi. Axborotlashgan jamiyatda boshlangich sinf o’quvchilarida ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga nisbatan hurmat hissini shakllantirishda kompg’yuter texnologiyasi hamda Internet xalkaro axborot tarmogi imkoniyatlaridan foydalanish, ayniqsa, samarali sanaladi. Zero, kompg’yuter texnologiyasi hamda Internet xalqaro axborot tarmogining axborotni yigish, samaralash, qayta ishlash va uzatish borasidagi keng imkoniyatlari boshlangich sinf o’quvchilarining yosh va psixologik imkoniyatlariga tayangan holda ular uchun moe materiallarni tanlash, muvaffaqiyatli tarzda yetkazib berish imkoniyatini yaratadi. 5. Tasviriy namoyish etish metodi. Ushbu metod ham ijtimoiy-huquqiy meherlar, ularning mohiyatiga doir nazariy mahlumotlarni obrazli tarzda tasviriy ko’rgazmali vositalar yordamida yoritishga xizmat qiladi. Tasviriy namoyish etish metodi turli xilda qo’llanilishi mumkin. Jumladan: 1) ijtimoiy va huquqiy mehyorlar mohiyatini yoritishda subhektlar faoliyati (ota-onalar, o’qituvchilar, tengdoshlar, atrofdagi shaxslarning xatti-harakatlari, ibrati)ga tayanish; 2) ijtimoiy va huquqiy mehyorlar mazmunini yorituvchi ko’rgazmali materiallarni o’quvchilar guruhiga tarqatish; 3) kompg’yuter texnologiyasi yordamida ijtimoiy va huquqiy mehyorlar to’g’risida hikoya qiluvchi tasvir (rasm, sxema)larni umumiy tarzda namoyish qilish. 6. Ekskursiya metodi. Bu metod boshlang’ich sinf o’quvchilari tomonidan o’zlashtirilgan nazariy mahlumotlarni mustahkamlash, boyitish masadida qo’llaniladi. Tadqiqotni olib borishda tajriba maydonlari bo’lgan maktablarning boshlang’ich sinf o’quvchilarining jamoa bo’lib kinoteatrlar, jamoat joylari (umumiy ovqatlanish muassasalari, jamoat transportlari), kucha va yo’llarda harakatlanishlarini tahminlash maqsadida ekskursiyalar uyushtirildi. Ekskursiyalarning uyushtirilishiga sinf rahbarlari, sinov ishlariga jalb etilgan metodist-o’qituvchilar, fan o’qituvchilari hamda dissertant mashul shaxs sifatida rahbarlik qildilar. SHuningdek, kinoteatrlar, umumiy ovqatlanish muassasalari, avtokorxonalar, davlat yo’l nazorat (DAN) xizmati xodimlaridan ham mashul shaxslar belgilandi. Ularning yordamlari bilan o’quvchilar ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga oid nazariy bilimlarini boyitish, mustahkamlashga muvaffaq bo’ldilar. 7. Namuna ko’rsatish (ibrat) metodi. Ushbu metod boshlang’ich sinf o’quvchilarda tarbiyaviy tahsirning eng samarali metodi - namuna-ibrat yordamida ijtimoiy hamda huquqiy mehyorlarga nisbatan hurmatni tarbiyalashda qo’llanildi. Tadqiqot davrida jamoat joylarida o’zini tutish, yo’l harakati qoidalariga rioya qilish, "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 March 2022 / Volume 3 Issue 3 www.openscience.uz 470 texnika va hayot xavfsizligi talablarini inobatga olish, sinof navbatchiligini tashkil etishda boshlang’ich sinf o’quvchilariga quyidagi ijtimoiy subhektlar - fan o’qituvchilari, sinf rahbari, ota-onalar, mashul shaxslar hamda ularning tengdoshlari ham ibrat (namuna) ko’rsatishlari mumkinligi inobatga olindi. Qolaversa, xalq ogzaki ijodi namunalari (jumladan, ertaklar, rivoyatlar) hamda hayotiy misollardan ham boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun ibrat (namuna) bo’luvchi vosita sifatida foydalanildi. Sinov ishlarini olib borishda boshlangich sinf o’quvchilarining sevimli badiiy qahramonlar (ertaklar, mulg’tfilg’mlar qahramonlari) ishtirokida hikoya va ertak to’qish asosida ularning ibrat vositasida ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga rioya etishlariga ehtibor qaratildi. 8. Mashq qildirish metodi. Bu metod barcha yoshdagi shaxslarda bo’lgani kabi boshlangich sinf o’kuvchilarida ham ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga doyr o’zlashtirilgan nazariy bilimlarni amalga tatbiq etish, kundalik hayotda ularga og’ishmay rioya qilish ko’nikmalarini o’zlashtirishga yordam beradi. Sinov ishlari davrida o’quvchilar bilan jamoaviy, guruhli va individual tarzda ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga rioya qilishga doyr mashqlar bajarildi. Bunday mashqlar sirasida "Buratino kinoteatrlarda o’zini qanday tutishi kerak?", "Kachalpolvon - odobli yo’lovchi", "Bilmasvoy - jamoat transportida o’zini tuta oladimi?", "Maugli texnika vositalari bilan tanishmi?" kabi mashqlarni keltirish mumkin. 9. Amaliy mashg’ulotlar metodi. Mazkur metod ham boshlangich sinf o’quvchilarining ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga oid bilimlarini mustahkamlash, boyitish orqali ularga kundalik haetda og’ishmay rioya qilish ko’nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. Sinov ishlarini olib borishda boshlangich sinf o’quvchilarida ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga rioya qilish ko’nikmalarini tarbiyalashga doyr amaliy mashgulotlarning o’yin, musobaqa shakllarida tashkil etilishiga alohida ehtibor qaratildi. Bunday o’yinlar qatorida rossiyalik pedagoglar tomonidan yaratilgan "yo’l belgilarini jonlantiramiz" va "Yangi yo’l belgisilarini yaratish" kabi harakatli, shuningdek, "SHahar ko’chalarida to’gri harakatlarish" nomli stolo’yinlarini keltirish mumkin. "Eng tartibli yosh yo’lovchi", "Eng namunali tomoshabin", "Eng ibratli xo’randa" kabi musobaqalar esa boshlang’ich sinf o’quvchilari tomonidan ijtimoiy-huquqiy mehyorlarning puxta o’zlashtirilishini tahminlabgina qolmay, shu bilan birga ularda jamoa joylarida bo’lish, jamoat transportida yurish jarayonlariga nisbatan qiziqishni ham yuzaga keltirdi. 10. O‘yin metodi. Yosh va psixologik xususiyatlariga ko’ra boshlangich sinf o’quvchilari insoniyat tomonidan orttirilgan ijtimoiy tajribani o’z faoliyatlari yordamida samarali o’zlashtiradilar. Yahni, ular mavjud ijtimoiy hamda huquqiy mehyorlarga ogishmay rioya qilish ko’nikmalarini o’yin elementlari bilan boyitilgan amaliy xatti-harakatlari asosida o’zlashtiradilar. Sinov ishlarini tashkil etishda o’z mazmuniga ijtimoiy va huquqiy mehyorlar mohiyatini singdirgan turli mualliflar "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 March 2022 / Volume 3 Issue 3 www.openscience.uz 471 tomonidan taklif etilgan, shuningdek, dissertantning shaxsiy ijodiy yondashuvi bo’yicha asoslangan o’yinlardan samarali, maqsadga muvofiq foydalanildi. "Turli mavzulardagi suhbat", "Keling, tanishamiz!" kabi muloqot-intellektual o’yinlari hamda "Birgalikda ovqatlanamiz" nomli sahna ko’rinishidagi o’yinlardan qrinli foydalanildi. 11. Rag’batlantirish metodi. Ushbu metod boshlangich sinf o’quvchilarida ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga qathiy rioya qilish, mavjud tartib-qoidalarga bo’ysunish ko’nikmalarini samarali shakllantirish maqsadida qo’llanildi. Ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga rioya qilish, ularga nisbatan hurmat ko’rsatish o’quvchilarning xatti-harakatlari, kundalik faoliyatlarini bevosita hamda bilvosita kuzatish, baholash orqali ragbatlantirilib yeki jazolab borildi. Sinov ishlari davrida o’quvchilarning xatti- harakatlari rag’batlantirishning ko’ngilni ko’tarish va dalda berish, ishonch bildirish, minnatdorchilik bildirish, mukofotlash kabi shakllaridan foydalanildi. 12. Jazolash metodlari. Ta’lim amaliyotidan mahlumki, o’quvchilar doim ham mavjud ijtimoiy talab, qoidalarga so’zsiz rioya qilavermaydilar. SHu bilan birga ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga rioya qilmaslik qanday oqibatlarga olib kelishini ham hamisha oqilona baholay olmaydilar, yoki ehtiborsiz bo’ladilar. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining kundalik faoliyatda ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga rioya qilmaslik, ularga nisbatan hurmat ko’rsatmaslik kabi xatti-harakatlari ularga tanbeh berish, koyish, uyaltirish kabi shakllaridan foydalanildi. Ukuvchilarga nisbatan jazolash metodlarining individual tarzda qo’llashga ehtibor qaratildi. Binobarin, bunday yo’l tutilganda mavjud tartib-qoidalarga rioya qilmagan o’quvchilarning o’z tengdoshlari, sinfdoshlari oldida obro’lari to’kilmaydi, shuning bilan birga ularning salbiy xatti-harakatlari ham jazolanmay qolmaydi. 13. Savol-javob metodi. Mazkur metod ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga doyr bilimlarni o’zlashtirish jarayonida taqdim etilayotgan materialning o’quvchilar tomonidan samarali o’zlashtirishini tahlil qilish, darajasini baholash maqsadida qo’llanildi. Metod ni qo’llashda o’quvchilarning ehtiborlariga havola etilayotgan savollarning qisqa aniq, ravshan bo’lishiga alohida ehtibor qaratildi. Tadqiqotni olib borishda ikki darajali savollardan foydalanildi. Ya’ni: 1) tanib olishga oid savollar; 2) ajratib olishga oid savollar. Ushbu an’anaviy metodlar kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda ijtimoiy- huquqiy tarbiyani shakllantirishda, ularda: ➢ Ma’suliyat va Moslashuvchalik - Shaxsning o’zida,ish o’rnida va hamjamiyat miqyosida masulyatli bo’lish va moslashuvchanlikni mashq qilish;o’ziga va boshqalarga nisbatan yuqori marra va standartlarni belgilash va ularga erishish; ➢ Muloqot Ko’nikmalari -Turli xil shakl va mazmundagi samarali og’zaki,va yozma va multimediyaga asoslangan muloqotni anglash, boshqarish va ijod qilish "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 March 2022 / Volume 3 Issue 3 www.openscience.uz 472 ➢ Tanqidiy fikirlash va tizimli fikirlash - masalani aniqlashda va murakkab qarorlar qabul qilishda puxta dalilar keltirishdan foydalanish;tizimlar o’rtasidagi uzviy bog’liqlikni aniqlash ➢ Axborot va ommaviy axborot vositalaridan foydalanish ko’nikmalari - Turli xil shakillarda va vositalar orqali axborotlarni taxlil etish, baxolash, boshqarish hayrixoh bo’lish; turli xil istiqbollarga e’tibor bilan qarash ➢ Shaxslararo va hamkorlik ko’nikmalari - Jamoada ishlay olish va yetakchilik qobilyatlarini namoyon etish; turli xil rollar va ma’sulyatlarni qabul qila olish;boshqalar bilan birgalikda samarali mehnat qila olish; boshqalarga hayrixoh bo’lish; turli xil istiqbollarga e’tibor bilan qarash ➢ O’z-o’zini yo’naltirish - Shaxsiy tushunish va o’rganish ehtiyojlarni kuzatib borish; mos keluvchi manbalarni aniqlash;bilim olishni bir jabxadan boshqasiga ko’chirib o’ta olish ➢ Ijtimoiy mas’uliyat - jamiyat foydasini nazarda tutgan holda mas’uliyat bilan harakat qilish; ish o’rnida va jamiyat orasida odob va axloq bilan ish tutish kabi hayotiy ko‘nikmalar yoshlikdan shakllantirilib, rivojlantirilib boriladi. Download 313.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling