Boshlang'ich sinf o'quvchilarida ijtimoiy komopetensiyalarni shakllantirish


Download 30.91 Kb.
bet2/3
Sana03.01.2023
Hajmi30.91 Kb.
#1076020
1   2   3
Bog'liq
Boshlang\'ich sinf o\'quvchilarida ijtimoiy komopetensiyalarni shakllantirish

Tushuntirish va hikoya qilish metodlari. Mazkur metod yordamida hayotiy misollar, sodir bo’lgan voqea-hodisalar yoki alohida shaxslarning xatti-harakatlari misolida ijtimoiy va huquqiy mehyorlarning insonlar hayotidagi ahamiyati, ularning salomatliklari hamda hayotlarini muhofaza qilishdagi rolini yoritish, ochib berish orqali boshlang’ich sinf o’quvchilarida ular to’g’risidagi mahlumotlarni hosil qilinadi. Boshlangich ta’lim tizimida, odatda, o’quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda mazkur metod yordamida ijtimoiy va huquqiy mehyorlar, ularning mazmuni qisqa, aniq va ravshan bayon etilishi zarur. Mazmunan tushuntirish metodiga o’xshash bo’lsa-da, biroq, unga nisbatan kengroq va batafsilroq mahlumotlarni berish imkoniga ega. SHu bois boshlangich sinf o’quvchilariga ijtimoiy va huquqiy mehyorlarning mohiyati to’g’risida mahlumot berishda ushbu metoddan ham samarali foydalaniladi. Hikoya, ko’p hollarda o’qituvchi, mutaxassis yoki ota-onalar tomonidan mavjud adabiyotlarda berilgan, shuningdek, hayotda sodir bo’lgan ibratli voqea-hodisalarni ogzaki bayon etish tarzida amalga oshiriladi. Tushuntirishda, asosan, tushunchalarning mahnosini ochib berishga ehtibor qaratilib, ilmiy, ilmiy-ommabop atamalardan foydalanilsa, hikoya qilishda obrazli iboralar, ko’chirma so’zlardan foydalanish mumkin.

  • Suhbat metodi. Ushbu metod boshlangich ta’limda o’quvchilar bilan o’qituvchi, ota-onalar yoki mutaxassis o’rtasida bevosita jonli muloqotni tashkil etish orqali ularda ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga doir tushunchalarni hosil qilish maqsadida qo’llaniladi. Metodning afzalligi suhbat jarayonida o’quvchilar tomonidan ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga doir mahlumotlarning qay darajada o’zlashtirilayotganligini baholab borish mumkin. Agarda, o’quvchilar berilayotgan material yoki mahlumotlarni etarli darajada o’zlashtira olmasalar, u holda qayta tushuntirish imkoniyati yuzaga keladi.

  • Darslik va kitob (manbalar) bilan ishlash metodi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari yosh va psixologik xususiyatlariga kura mahlumot, bilimlarni eshitish retseptorlari yordamida emas, balki ko’rish retseptorlari orqali samarali o’zlashtiradilar. SHu sababli mazkur metoddan foydalanishda ularning ana shu xususiyatlari inobatga olindi va sinov ishlari davrida ko’proq ijtimoiy va huquqiy meherlar, ularning mohiyatiga doir tasviriy ko’rgazmali materiallarni o’zida aks ettiruvchi manbalarga murojaat qilindi. Ushbu metodni qo’llash chog’ida tushuntirish va hikoya qilish metodlari ham qo’llanildi.

  • Namoyish etish metodi. Mazkur metod boshlang’ich sinf o’quvchilari tomonidan bevosita o’quv materiallarini aniq obrazlar orqali idrok etishlarini tahminlashga xizmat qiladi. Namoyish etishda ijtimoiy va huquqiy meherlar mavzusiga doir darslik, maxsus adabiyotlar yoki manbalarda berilgan tasviriy ko’rgazmali vositalar, shuningdek, diafilg’m, kinofilg’m hamda slaydlardan foydalanish kutilgan natijalarni qo’lga kiritishga xizmat qiladi. Axborotlashgan jamiyatda boshlangich sinf o’quvchilarida ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga nisbatan hurmat hissini shakllantirishda kompg’yuter texnologiyasi hamda Internet xalkaro axborot tarmogi imkoniyatlaridan foydalanish, ayniqsa, samarali sanaladi. Zero, kompg’yuter texnologiyasi hamda Internet xalqaro axborot tarmogining axborotni yigish, samaralash, qayta ishlash va uzatish borasidagi keng imkoniyatlari boshlangich sinf o’quvchilarining yosh va psixologik imkoniyatlariga tayangan holda ular uchun moe materiallarni tanlash, muvaffaqiyatli tarzda yetkazib berish imkoniyatini yaratadi.

  • Tasviriy namoyish etish metodi. Ushbu metod ham ijtimoiy-huquqiy meherlar, ularning mohiyatiga doir nazariy mahlumotlarni obrazli tarzda tasviriy ko’rgazmali vositalar yordamida yoritishga xizmat qiladi. Tasviriy namoyish etish metodi turli xilda qo’llanilishi mumkin. Jumladan: 1) ijtimoiy va huquqiy mehyorlar mohiyatini yoritishda subhektlar faoliyati (ota-onalar, o’qituvchilar, tengdoshlar, atrofdagi shaxslarning xatti-harakatlari, ibrati)ga tayanish; 2) ijtimoiy va huquqiy mehyorlar mazmunini yorituvchi ko’rgazmali materiallarni o’quvchilar guruhiga tarqatish; 3) kompg’yuter texnologiyasi yordamida ijtimoiy va huquqiy mehyorlar to’g’risida hikoya qiluvchi tasvir (rasm, sxema)larni umumiy tarzda namoyish qilish.


  • Download 30.91 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling