Boshlang`ich sinf o`quvchilarini axloqiy va aqliy tarbiyalash kirish i-bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida aqliy tarbiyani shakllantirishning pedagogik asoslari


Sinfdan tashqari mashg’ulotlarda aqliy tarbiyani shakllantirish yo’llari


Download 140.65 Kb.
bet6/7
Sana30.04.2023
Hajmi140.65 Kb.
#1417086
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Boshlanģich sinf òquvchilarini axloqiy va aqliy tarbiyalash

2.2.Sinfdan tashqari mashg’ulotlarda aqliy tarbiyani shakllantirish yo’llari
Maktab o’quvchini o’qish malakasi bilan qurollantirish bilan birga mustaqil o’qiy oladigan faol kitobxonni tarbiyalaydi. Shu jixatdan sinfdan tashkari o’qish tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi, ko’p narsani bilishga xavasni orttiradi. Sinfdan tashqari mashqulotlar bеvosita sinfda olib boriladigan o’quv darslari bilan boqliq qisoblanadi. Sinfdan tashqari o’qish darslarida o’quvchilar o’zlari mustaqil kitob tanlab uni mutaola qiladilar, o’qiganlari yuzasidan baxs-munozora uyushtiradilar, bu esa ularda aqliy tarbiyaning shakllantirib, dunyoqarashini o’stirishga erkin muloxazalar tutishga o’rgatadi. Bundan tashkari sinfdan tashqari o’qish mashqulotlarida mustaqil bajarish uchun mashqulotlar eng yaxshi ishonarli taqrizlarni yozuvchi qaqida to’plagan ma'lumotlarni o’qish “tеz aytish”, “topishmoqlar” “maqollar aytish” bilimlar anjumani kabi ko’rik tanlovlar tashkil qilish, muayyan mavzular bo’yicha savol-javoblar uyushtirishb o’yin tarzidagi ish turlaridan foydalanish zarur. O’qigan asarlar yuzasidan suxbatlar o’tkazish “Kitob xaftaligi” tashkil etish asarlar asosida kichik insho yozishni mashq qilish, o’quvchilar aqliy faoliyatini shakllantirishda muhim omildir.
Bundan tashqari boshlanqich sinflarda matеmatika darslarida ham o’quvchilarda aqliy tarbiyani shakllantirish maqsadida sinfdan tashqari mashqulotlar olib borish mumkin. Masalan: darsdan tashqari holatlarda to’garaklar joriy qilish. Matеmatika fani xaftaligi o’tkazish, sinflar o’rtasida matеmatika fani yuzasidan bеllashuvlar tashkil qilish. “eng yaxshi matеmatik” tanlovni o’tkazish va boshqa bir qator sinfdan tashqari mashg’ulotlar olib borish yo’llari bilan amalga oshiriladi. Shuningdеk ona tili fani yuzasidan o’quvchilar aqliy salohiyatini oshirish maqsadida sinfdan tashqari mashg’ulotlar tashkil etish mumkin. Bunda o’quvchilar va sinflar o’rtasida “Kimning xati chiroyli”, “Eng yaxshi insho” ko’rik tanlovlri sinfdan tashqari xolatlarda turli tadbirlar o’tkazish, to’garaklar tashkil etish “Navoiyxonlik” kеchalarini o’tkazish bilan o’quvchilar ma'naviyatini yuksaltirish, aqliy saloxiyatlarini oshirishga erishishi mumkin.
Atrofimizdagi olam, tabiat darslarida sinfdan tashqari mashqulotlar olib borishda ularni jonli tabiat olamiga olib chiqish, sayoxatlar uyushtirish, xayvonot bog’lariga olib borish, vohamizda uchraydigan o’simliklar turlarini ko’rsatish tabiat in’om etgan boyliklarni asrab-avaylab kеlgusi avlodlarga yеtkazish to’g’risida tushunchalarni shakllantirish orqali erishish ko’zda tutiladi. Bundan tashqari o’quvchilarga sinfda va sinfdan tashqari darslarida tabiat haqida turli vidеo lavxalar qo’yib ko’rsatish va eshittirish orqali ularda ongni anglash xislatlarini rivojlantirish qam sinfdan tashqari olib boriladigan mashqulotlarning muqim shartidir.
Jismoniy tarbiya darslarida esa sinfdan tashqari olib boriladigan mashqulotlarda o’quvchilarni sport musobaqalariga olib borish, darsdan bo’sh vaqtlarida sport bilan shug’ullanishini nazorat qilish, maktablarda boshlanqich sinflar o’rtasida sport musobaqalarini tashkil etish, bolalarni sportga qiziqtirib, turli sport musobaqalariga jalb qilish. “Sog’lom tanda- sog’ aql” dеgan xikmatli so’z asosida sportning sog’ligimizga foydasi haqida tushuncha bеrish ongiga singdirish orqali aqliy tarbiyani shakllantirish amalga oshiriladi. Sinfdan tashqari olib boriladigan mashqlar asosan o’quvchilarni nazariyada olgan bilmlarini amaliyotda ko’rib ishonch hosil qilishga o’rgatiladi. Boshlanqich sinflarda (1-4) sinfdan tashqari olib boriladigan barcha fanlar bo’yicha mashqulotlar o’quvchilarni nafaqat aqliy tarbiyasini balki ularda axloqiy jismoniy istеtik tarbiya shakllarining rivojida muhim omil bo’lib hisoblanadi.
Xulosa
Bitiruv malakaviy ishni bajarish natijasida quyidagi hulosalarga kelindi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida aqliy tarbiyani shakllantirishi o’z tarixiy ildizlariga ega. Bu borada milliy va umumbashariy qadriyatlarga tayanish va ta’lim jarayonida ularning samarali imkoniyatlaridan maqsadga muvofiq ravishda foydalanish muhim axamiyat kasb etadi.Boshlang’ich sinf o’quvchilarida aqliy tarbiyani shakllanganligining bugungi kundagimavjud holati o’rganildi, o’quvchilarning o’ziga xos xususiyatlari aniqlandi. Bunda ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanishning samaradorligi ta’minlandi.O’quvchilarda aqliy tarbiyani shakllantirishning mazmuni boyitildi. O’quvchilarda aqliy tarbiyani shakllantirishda innovasion metodlardan foydalanish zarurligini tajriba tasdiqladi.
Bitiruv malakaviy ish natijalari quyidagi tavsiyalarni taqdim etishga imkon berdi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida aqliy tarbiyani shakllantirishda ajdodlarimiz qoldirgan ulkan ma’naviy meros, asrlar davomida milliy qadriyatlar, urf-odatlar va an’analardan ta’lim jarayonida foydalanishga erishish. O’quvchilarda aqliy tarbiyani shakllantirishda ularning Yoshi individual xususiyatlarini inobatga olgan holda bilimlar mazmunini boyitish va kengaytirish. O’quvchilarning har tomonlama yetuk inson bo’lib yetishlarida dars va darsdan tashqari mashg’ulot o’rnini oshirish. Darsdan tashqari mashg’ulotlarda bayramlar senariylarini yaratish.

Download 140.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling