Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini so‘z turkumlari bilan tanishtirish va ot so‘z turkumi haqidagi tasavvur va
Download 187.26 Kb. Pdf ko'rish
|
3202-Текст статьи-7897-1-10-20211029
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI SO‘Z TURKUMLARI BILAN TANISHTIRISH VA OT SO‘Z TURKUMI HAQIDAGI TASAVVUR VA BILIMLARINI KENGAYTIRISH Ne’matova Shahnoza Axmadjanovna JDPI Boshlang`ich ta’lim magistranti El.pochta:nematovasahnoza1@gmail.com Tel. raqam:99893-300-96-66 Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini so‘z turkumlari bilan tanishtirish va ot so‘z turkumi haqidagi tasavvur va bilimlarini kengaytirish haqida yoritilgan. Kalit so`zlar:Zamonaviy boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, pedagogning innovatsion faoliyati, so‘z turkumlari, otlarning muhim belgilari. Аннотация. В эта статья посвящена ознакомлению учеников начальной школы с группами слов и расширению их понимания и знаний о группах слов лошади. Ключевые слова: Современный учитель начальной школы, новаторская деятельност учителья, группы слов, важные особенности лошадей. Annotatsion.This article is about introducing elementary students to word groups and expanding their knowledge and understanding of horse word groups. Key words: A modern elementary school teacher, innovative activity of the teacher, word groups, important features of horses. Zamonaviy boshlang‘ich sinf o‘qituvchi bu- o‘z ustida muntazam ishlaydigan, yangiliklardan doimo habardor bo‘ladigan, izlanuvchan, yaratuvchan, chet tillarini biladigan, har bir o‘quvchini qalbiga va ongiga yo‘l topuvchi insondir. Bugun yangi O‘zbekiston yangi g‘oyalar, yangicha dunyoqarash, yangicha yondoshuvlar mamlakatimizda kun sayin yuz berayotgan o‘zgarishlar biz o‘qituvchilarni eski qolipdan chiqib, yangicha usullardan, uslublardan foydalanishimiz, muntazam o‘z ustimizda ishlashimizga majbur qiladi. Demak, so‘z turkumlarini o‘rgatishda yangicha usullardan, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib, bolalarni darsga qiziqtirib, dars jarayonini olib borish maqsadga muvofiq. Innovatsion-(ingliz.)- yangilikni kiritish(tarqatish). Pedagogning innovatsion faoliyati-o‘z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konsepsiyasini shakllantirishni oladi. O‘qituvchi -yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konsepsiyalar muallifi, tadqiqotchi, foydalanuvchi va targ‘ibotchi sifatida namoyon bo‘ladi. O‘quv- tarbiya jarayonini optimallashtirish uchun o‘qituvchilar asosiy pedagogik bilimlarga ega bo‘lishi lozim. [1] Ilk maktab yoshidanoq so‘z turkumlarini o‘rgatishning asosiy vazifasi o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirishdan iborat. Ularning lug‘atini yangi ot, sifat, son, fe’llar bilan boyitish orqali o‘quvchilar shu vaqtgacha foydalanib kelayotgan so‘zlarning ma’nosini aniq tushunishiga erishish, bog‘lanishli nutqda u yoki bu so‘zdan o‘rinli foydalanish malakasini o‘stirish hisoblanadi. Bola maktabga kelgunga qadar barcha nutq tovushlarini talaffuz etishni o‘rganib olgan, uning nutqi asosiy so‘z turkumlariga oid so‘zlar bilan boyitilgan, so‘zdan nutq tuzish amaliyotini egallagan bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf ona tili ta’limi bola maktabga kelguncha hosil qilgan nutq tayyorgarligi ustiga quriladi. So‘z turkumlari inson tomonidan to‘qilgan ma’nosiz atamalar bo‘lmay, ular obyektiv borliqning ongda subyektiv tarzda aks ettirilishi va ularni tilda “muhrlanishi” natijasidir. Masalan, ot obyektiv borliqdagi predmetlarni, fe’l predmetlar harakatini, ulardagi jarayon va holatni, sifat predmetning belgilarini o‘z ma’nolarida umumlashtirilgan mavhum holda ifodalaydi. [2] So‘z turkumlariga ayrimlar (Berezin F.M, Golovin B.N, Dokulil M, Blokh va boshqalar) so‘zlarning grammatik klassifikatsiyasi deb qaraydilar va ularda grammatik kategoriyalarni ko‘radilar. Boshqalar (Smirnitskiy A.I, Stepanov Yu.S, Stepanova M.D, Xelbig G) esa ularni so‘zlarning leksik grammatik klassifikatsiyasi deb ataydilar. Bizningcha, ikkinchi fikr haqiqatga yaqin, chunki grammatik ma’no so‘z negizidan tashqarida ifodalanadi, so‘z negizi esa leksik ma’no anglatadi. So‘zlarni turkumlarga bo‘lish qadim zamonlarda boshlangan. Masalan, V.A Zvegintsevning aytishiga ko‘ra, Platon so‘zlarni otlarga va fe’llarga bo‘lgan. Platon so‘z turkumlarini gap bo‘laklariga bog‘liq holda o‘rgangan. Aristotel o‘zining Poetika asarida morfologik kategoriyalarni, fonetik birliklarni, sintaktik kategoriyalarni so‘z turkumlarini qorishtirib yuboradi va quyidagi so‘z turkumlarini belgilaydi: element, bo‘g‘in, ot, fe’l va bog‘lovchilarga bo‘ladi. Stoiklar fe’l, bog‘lovchi, a’zo, atoqli va turdosh otlarni, ya’ni beshta so‘z turkumini belgilaganlar. Bu ma’lumot esa, Abdurazzoqovning “Очерки по сопствительному изучению разносистемных языков” nomli kitobida yozilgan.[3] Ilgarilari so‘z turkumlarini aniqlashda ko‘pchilik olimlar faqatgina bitta belgidan (kriteriydan)-semantikadan kelib chiqishgan. Ingliz olimi Ch. Friz so‘zlarning pozitsiyasidan ya’ni distributsiyasiyasidan kelib chiqqan. Hozirgi zamon tilshunosligida esa so‘z turkumlarini aniqlash bir qancha belgi asosida: semantika, morfologik kategoriyalar, so‘z yasash morfemalari, sintaktik vazifa (o‘sha so‘z turkumiga kiruvchi so‘zlarning nutqda qanday gap bo‘lagi vazifasida kelishi).So‘z turkumlarini ko‘pbelgilik asosida aniqlashning ancha ustunligi va ishonarliligi lingvistik adabiyotlarda (KocherginaV.A, Stepanova M.A, Xelbig G) yetarli yoritilgan. So‘z turkumlari ustida ishlash metodikasining lingvistik, grammatik, morfologik va sintaktik belgilariga ko‘ra guruhlash so‘z turkumlari haqidagi ilm hisoblanadi. So‘zlarni leksik-grammatik belgilariga ko‘ra turkumlarga ajratish 3 belgiga asoslanadi: 1)ifodalashi, ya’ni predmet, harakat yoki holat, belgini; 2)morfologik (so‘zning turli shakl tizimi); 3)sintaktik belgilariga. Demak, so‘z turkumlari guruhlardagi so‘zlarning umumlashtirilgan ma’nosini tushunib olishlariga qaratilishi lozim.[4] Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini so‘z turkumlari bilan tanishtirishda leksik- grammatik guruh alohida o‘rganiladi. Bu so‘z turkumlarini o‘rganish bosqichidayoq o‘quvchilar taqqoslashga qulay sharoitdagi tushunchalarning asosiy tomonlarini aniqroq ajratib, ot, sifat, son, fe’lning quyidagi xususiyatlarini bilib oladilar: -so‘z nima bildirishi (predmet, pretmetning belgisi, harakati yoki holati); -qanday so‘roqqa javob bo‘lishi; -gapda asosan qanday bo‘lak vazifasida kelishi. Bu bilimlari asosida so‘z turkumlarini taqqoslaydilar. O‘quvchilar o‘rganganlari sari har bir so‘z turkumi haqidagi bilimlari asta kengaya boradi. Otlarning muhim belgilaridan biri uning ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish va ko`makchilar bilan birika olishidir. Boshlang‘ich sinflarda so‘z turkumlarini o‘rganish jarayonida sinonim, antonimlar (terminlar berilmaydi) ustida muntazam ish olib boriladi, o‘quvchilarga ko‘p ma’noli so‘zlar, ularning o‘z va ko‘chma ma’noda ishlatilishi tanishtiriladi. Bunda ta’limni o‘quvchilarning shaxsiy tajribalari, bevosita ko‘rganlari, radiodan eshitganlari, kitobdan bilib olganlari bilan bog‘lash samarali hisoblanadi. Darslarda va darsdan tashqari jarayonlarda o‘quvchilarda kuzatish, muhim narsalarni sezish ko‘nikmalarini shakllantirish, atrof-muhit haqidagi bilimlarini boyitish bilan bir vaqtda ularning nutqini o‘stirish vazifasi ham amalga oshiriladi. Harakatlar strategiyamizning samaradorligi inson omiliga uning ma’naviyatiga bog‘liq. Shu sababli milliy g‘oyaviy, tarbiya va ma’naviyat-ma’rifat masalalari davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi. Barcha sohalar jumladan, tarbiya sohasi ham innovatsiyalarga muhtoj. O‘qituvchi o‘quv jarayonlarini loyihalashtirishda ta’lim mazmunini, ta’lim maqsadi, kutilayotgan natijani to‘g‘ri belgilashi, ta’lim metodlari, shakllari va vositalarini to‘g‘ri tanlashi, bolalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholashni aniq mezonlarini oldindan ishlab chiqishi, dars mashg‘ulotiga ajratilgan vaqt ichida ularni to‘g‘ri amalga oshirishi lozim. Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini so‘z turkumlari bilan tanishtirish va ot so‘z turkumi haqidagi tasavvur va bilimlarini kengaytirishni hozirdanoq mukammal amalga oshirish kerak, bu esa ularni yuqori sinflarda ham darslarni yaxshi va sifatli o‘zlashtirishlariga asos bo‘ladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Tal’at G‘afforova., Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar., “Tafakkur” nashriyoti. Toshkent-2011. 2. B.To‘xliyev, M. Shamsiyeva, T.Ziyodova O‘zbek tili o‘qitish metodikasi., Toshkent-2010. 3. A.Abdurazzoqov. Очерки по сопствительному изучению разносистемных языков. T.: 1999 4. Mahmudov. N va Nurmonov.A O`zbek tilining nazariy grammatikasi. - Toshkent, 1995- y. Download 187.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling