Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini o‘stirishda xalq iboralaring o‘rni


I.2. ‘‘Ona tili va o‘qish savodxonligi” darslarida bolalar nutqini o‘stirish


Download 107.95 Kb.
bet9/15
Sana19.06.2023
Hajmi107.95 Kb.
#1604339
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING NUTQINI O‘STIRISHDA XALQ IBORALARING O‘RNI.

I.2. ‘‘Ona tili va o‘qish savodxonligi” darslarida bolalar nutqini o‘stirish
Nutq insonga berilgan eng oliy ne’matlardan biridir. Inson besh yoshga to‘lgunga qadar umri davomida ishlatiladigan so‘zlarning 90 foizini o‘rganib, so‘zlay boshlaydi. Demak, shu yoshdan boshlab so‘zlarni to‘g‘ri, chiroyli va aniq talaffuz qilishi lozim.
Ta’lim jarayoni, uning rivojlanishi va samarali kechishi ko‘p jihatdan o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro ishonchi asosiga qurilgan ochiq muloqotiga bog‘liq. Boshlang‘ich ta’lim jarayoni davlatimizning ta’lim-tarbiya tizimida umumiy o‘rta ta’limning dastlabki bosqichidir. Uning asosiy maqsadi bolalarda elementar tarzdagi o‘qish, yozish, hisoblash ko‘nikmalarini hosil qilishdan, obyektiv olam haqidagi tasavvurlarini rivojlantirish hamda boshlang‘ich ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish uchun uni takomillashtirish va yangi yondashuvlar bilan boyitishdan ibotar.
Boshlang‘ich Ta’limning ilk savodga o‘rgatish davridayoq, o‘quvchilar nutqini yangi so‘zlar hisobiga boyitishga alohida e’tibor qaratiladi. O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqlarini me’yorlashda, adabiy tilning o‘ziga xos xususiyatini belgilash, ifoda va talaffuz qonuniyatlarini aks ettirishda ohangdorlik, ya’ni ravon o‘qishning amaliy ahamiyatini o‘stirish, adabiy til me’yorlari va mezonlariga rioya qilish, o‘qish metodlarini takomillashtirish yo‘llarini izlash va eng qulaylarini amaliyotga tatbiq qilish zarur.
Ona tili darslarida o‘quvchilar til yordamida tabiat va kishilar hayoti haqida bilim oladilar. Ular kuzatishni, o‘ylashni va ko‘rganlari, eshitganlari, o‘qiganlari, his etganlari bo‘yishcha to‘g‘ri bayon qilishni o‘rganadilar. Ona tili darslari bolalar lug‘atini boyitishga samarali yordam beradi, nutqni ifodali tuzishni o‘rgatadi. O‘qish darsi va u bilan bog‘liq holda olib boriladigan ekskursiya o‘quvchilarga tabiat hodisalari, kishilar hayoti va mehnati haqida, axloq qoidalari, boshqa kishilar bilan muomala normalari haqida bilim beradi.
Bu darsda o‘quvchi nutqiga, uni shakllantirish va o‘stirishga keng imkoniyat mavjud. Grammatika va to‘g‘ri yozuv daslarida tilni maxsus o‘rganish bilan bolalar alohida tovush, bo‘g‘in, so‘z va gaplarni eshitishga va aytishga o‘rganadilar. Ular predmet, harakat, belgi bildirgan ko‘pgina so‘zlarni, shuningdek, tovush, harf, bo‘g‘in o‘zak, so‘z, so‘z yasovchi, forma yasovchi, qo‘shimcha, so‘z turkumlari: ot, sifat, son, fe’l, olmosh, bog‘lovchi, gap, gap bo‘lagi, bosh bo‘lak, ikkinchi darajali bo‘lak, darak gap, so‘roq gap, undov gap, turlanish, bosh kelishik singari juda ko‘p yangi terminlarni bilib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Natijada o‘quvchilarda quyidagi:

  • Turli xil shakl va mazmundagi samarali og‘zaki, yozma va multimediaga asoslangan muloqotni anglash, boshqarish va ijod qilish;

  • Turli xil shakllarda va vositalar orqali axborotlarni tahlil etish, baholash, boshqarish hayrixoh bo‘lish, turli xil istiqbollarga e’tibor bilan qarash;

  • Jamoada ishlay olish va yetakchilik qobiliyatlarini namoyon etish;turli xil ma’suliyatlarni qabul qila olish; boshqalar bilan birgalikda samarali mehnat qila olish; boshqalarga hayrixoh bo‘lish; turli xil istiqbollarga e’tibor bilan qarash kabi hayotiy ko‘nikmalarning shakllanishi kafolatlanadi.

O‘yinlar, xususan didaktik o‘yinlar, bolalarning tabiiy ehtiyoji - harakatchanligiga juda ham mos keladi. Shuning uchun ham bolalar o‘yinni juda sevadilar.
Maktab yoshidagi bolalarning nutqini o‘stirishda o‘yin muhim o‘rin tutadi. Didaktik o‘yinlarning qarib hammasida, masalan,”bo‘g‘inlarga ajratish”, “Qaysi harfdan” kabi o‘yinlarda harakat elementlari bolalarning jismoniy va aqliy o‘sishlariga kata ta’sir etadi.
Bolalarda sezgirlikni va eshitish, ko‘rish, harakat qilish qobiliyatini rivojlantirishda, ayniqsa didaktik o‘yinlarning ahamiyati katta. Masalan, “Jimlik”, “Nimani taqirlatyapti”, “Tuk-tuk”, “Kim nimani eshityapti?” va boshqa shu kabi o‘yinlarda bolarning xotira va eshitish qobiliyatini, shuningdek, diqqati rivojlanadi. Ilmiy metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilgan didaktik o‘yinlarlarni bolarning zo‘r quvonch bilan o‘ynashi tajribada hamisha ko‘zga yaqqol ko‘rinib turadi. Har bir o‘yin mobaynida bolalrning diqqati, zehni taraqqiy etib boradi. O‘qish paytida bolalar bir-birining harakatlarini kuzatadilar, hech narsani ko‘zdan qochirmaslikka, o‘yin qoidalarini va berilgan vazifalarini esda saqlab qolishga tirishadilar. Bundan tashqari o‘yin paytida o‘quvchilar oldin o‘rganilgan materialllarga asoslanib ish tutadilar, natijada bu material bolalar xotirasiga yana ham mustahkamlanib qoladi.
Bolalar o‘yin boshlanishini sabrsizlik bilan kutadilar, ularning ongida ertangi o‘quv kunning quvonchli manzarasi gavdalandi. O‘yin paytida bolalar psixikasining individual xususiyatlari, ularda shartli reflekslarning paydo bo‘lish tezligi va ularning mustahkamligi yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Bu esa o‘qituvchiga o‘quvchilar faoliyatiga individual munosabatda bo‘lish imkonini beradi.
Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida qo‘llanadigan topishmoq, tez aytish kabi o‘yinlar ham ta’limiy- tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lishi bilan birga, bolalarga ruhiy oziq beradi.
Savod o‘rgatishning so‘nggi davrida o‘qituvchi bolalarning kundalik hayoti, o‘yinlari aks ettirilgan rasmlar solingan kanvertlarni bolalarga ulashadi va konvert ichidagi rasmlarning mazmuni bo‘yicha kichik hikoya aytib beradi. Masalan, “Yoz kunlarining birida bolalar cho‘milgani ko‘lga boradilar. Lola bilan Salim qayiqda suzadilar. Boshqa bolalar mazza qilib cho‘miladilar” hikoyachasini aytgach, bolalarga shu hikoyachaga taalluqli rasmni toppish vazifasini topshiradi.
O‘quvchilar uni topib, parta ustiga qo‘yadilar.
O‘qituvchi: “Endi, bolar, rasmni tomosha qiling-da, men rasmdagilar haqida nimalarni aytmadim, toping-chi?” - deydi.
O‘quvchilar rasmni kuzatib, uzoqda bolalar savatlarga meva to‘ldirib, uylariga qaytayotganliklari haqida bilganlaricha gapirib beradilar. Kanvertdagi boshqa rasmlar yuzasidan ham ish shunday o‘tkaziladi. Rasm tanlashda bolaning yoshi, qiziqishlari, rasmning mazmun-mohiyatiga e’tibor beriladi.
O‘yin mashg‘ulotlari bolalar nutqini o‘stirishi bilan birga, ularning aqliy qobilyatlarini, ma’naviy - axloqiy sifatlarini, kollektiv bilan muomala qila bilish odatlarini tarkib toptiradi, kuch - quvvatlarini orttiradi. Bulardan tashqari, o‘yin vaqtida bolalarda oddiy mehnat malakalarini ham hosil bo‘la boradi.
Alifbe davrida bolalar juda ko‘p o‘yinlar bilan tanishadilar, ular yotdamida o‘qish va yozishni o‘rganadilar. Alifbe davridan so‘ng esa ular “Ona tili va o‘qish savodxonligi” kitobi orqali bilimlarini kengaytiradilar.
Har bir o‘qituvchining dunyoqarashi uning muomala madaniyatida namoyon bo‘ladi. Muomalaning asosiy vositasi esa bu - tildir. Xalqimizda ajoyib bir naql bor:“Bola - shirin so‘zning gadosi “Shunday ekan o‘qituvchi muomala jarayonida ehtiyotkor bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Shuning uchun ham o‘qituvchi har doim nutq madaniyatiga qattiq e’tibor berishi, o‘zining psixologik, estetik, jismoniy, axloqiy jihatlarini namuna sifatida namoyon etishi muhimdir. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining faoliyatini faqat darslarini o‘tishi bilan cheklanib qolmaydi, uning vazifasiga “ifodali o‘qish”, “Yosh adabiyotchilar” to‘garaklarini tashkil etish hamda tanlovlarni tayyorlash va o‘tkazish, o‘quvchilarning nutq madaniyatini nazorat qilish, badiiy adabiyotlarni o‘qish va ularni uyushtirish, bolalar va qo‘g‘irchoq teatri ishini yo‘lga qo‘yish kabi tadbirlar ham kiradi. Nutq madaniyatini shakllantirish ishlari o‘quvchilarga, maktab jamoalariga, ota – onalarga, jamoatchilikka o‘zining nutq, muloqot madaniyati bilan ta’sir ko‘rsatishdan iboratdir. Bu ishlar faqat dars faoliyatida (she’r aytishda, ifodali o‘qishda) prdagogik mahoratni egallashnigina emas, balki o‘quvchilarning nutq faoliyatini boshqara olishini ham taqozo etadi.
O‘quvchida oddiy so‘zlar orqali kichik gaplar tuzish qobiliyatini rivojlantirish voqea va hodisalarni tushunishga, o‘z oldiga qo‘yilgan maqdsa, vazifa va vositalarni to‘liq anglashiga bog‘liq. Bunda materialni tanlashda puxta ovlash va o‘quvchiga tavsiya etiladigan gaplarning emotsional xarakteriga asoslanish kerak.
Darsda o‘qituvchi, avvalo, o‘quvchiga so‘z mazmunini tushunish, eslab olish, o‘zlashtirgan bilimlarini og‘zaki va yozma ravishda ifodalashning ahamiyatini tushuntiradi. Ular tahlil qilinadi va yoziladi.
Ifodali o‘qishda pauzalar tushuntiriladi. Keyin o‘quvchi yoddan aytgan yana bir nechta she’rlar yoziladi. Tushuntirishni o‘quvchi uchun mos va qiziqarli tarzda olib boorish kerak. Bunday holda o‘quvchi nutq madaniyatiga mavhum narsa dep emas, balki ilgari o‘zi o‘qigan badiiy asarlarning qayd qilinishi deb tushunadi. Shu bilan birga, unda o‘ziga tanish bo‘lgan she’rlardan parchalar o‘qish, uni tahlil qilish va aytib ko‘rish, tasavvur etish qobiliyati tarbiyalana boshlaydi.
She’rni matnini idrok etish asosiy omildir. Uni tahlil qilish tushunib o‘qishdan boshlanadi. Bu ishning metodikasi quydagicha, o‘quvchiga topshiriq beriladi, u topshirilgan she’rni o‘zicha juda sekin o‘qishi, uni qayta – qayta takrorlab, tinish belgilarini tushunib olishi, o‘qishni yana takrorlab, ifodali o‘qish uchun kerakli harakatlarini ko‘z oldiga keltirishi kerak. She’r matni bilan mana shu tariqa ishlashda vujudga keladigan tasavvurlar she’r matnida yashiringan badiiy obrazlarni gavdalantirish uchun zarur harakatlarni yuzaga keltiradi.
O‘quvchining eshitish tsavvurlari, faol eshitish yo‘llari va ijro vositalari harakatlar o‘rtasidagi to‘la mutanosiblikka texnikaviy rivojlanish va takomillashish uchun tayanch hamda turtki bo‘ladi. Ta’liming boshlang‘ich bosqichida o‘quvchilarda nutq madaniyatini shakllantirish uchun tavsiya etilayotgan ustoz metodikasining dastlabki bosqichida quydagilarga erishish mumkin:

  • Nutq madaniyatini kuchsiz yoki bunday iste’dodli mutlaqo ko‘rinmaydigan bolalar nutq jihatdan kamol topishga layoqatli bo‘lib boradilar;

  • She’rlarni ifodali o‘qish malakalarini shakllantirishga doir ishlar samaraliroq olib boriladi;

  • O‘quvchining obrazli tafakkuri, ijodiy tasavvuri kuchayadi;

  • Ularda nutq faoliyati uchun kerakli sifatlar shakllanadi;

  • O‘quvchilarda mustaqillik va tashabbuskorlik rivojlanadi;

  • Uning diqqat-irodasi faollashadi, o‘zini nazorat qilish ma’suliyati ortadi;

  • O‘quvchining nutq madaniyatiga xos sifatlari rivojlana boshlaydi.

Shuni aytish lozimki, yuksak sezgirlikka ega bo‘lgan o‘qituvchi bolalarning kayfiyati, noxushligini darrov fahmlay boshlaydi.
Bola ahvolini tushunish, unga hamdard bo‘lish, kerak bo‘lsa, madad berish o‘qituvchining ma’suliyatlaridan biridir. O‘qituvchi o‘zining pedagogik faoliyatida, avvalo, to‘g‘ri so‘z bo‘lishi, ishlarini adolat bilan olib borishi lozim. Bu xislat o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi yaqinlikni oshiradi. Chunki nutq madaniyati insonlar munosabatlarini baholovchi muhim mezon hisoblanadi.
Bugungi kund oilamizda turgan maqsadimizga ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirilayotgan islohotlarimizning samarasi - avvalambor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog‘liqdir.
O‘quvchilarda mavzu yuzasidan egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar darajasini baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yondashuvni talab etadi.
O‘quvchining shaxs sifatida shakllanishi uchun o‘z fikri, o‘z so‘zi, o‘zining mustaqil nuqtai nazari bo‘lishi talab etildi. Bunga maktabda o‘qituchi tomonidan nazorat qo‘yilib, bolalarni erkin, mustaqil fikrlashga, bir - birini hurmat qilishga yo‘llaydigan. Umuman, insonni inson sifatida qadrlashni ta’minlash juda muhumdir. O‘qitishda ta’limda shakllari, metod, usullarining samaradorligini ohirishda o‘quvchilarning faolligini oshirishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Shuning uchun o‘qituvchidan o‘quvchini turli vaziyatlarda to‘g‘ri fikr yurita olish, fikrlarini taqqoslay bilish, o‘z fikrini ma’lum bir tizimda ifodalash ko‘nikmalarini hosil qilishda faqat bir xil o‘qitish metodidan foydalanmay, balki o‘qitish metodlarini o‘zaro aloqada qo‘llashni talab etadi.



Download 107.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling