Pedagogik tajriba boshlang’ich sinf o’quvchilarida tezkorlik sifatlarini tarbiyalash samaradorligini oshirishsh shuningdek, ularning o’zaro aloqasi hamda o’zaro ta’sirini aniqlash maqsadida o’tkazildi.
Pedagogik tajriba Buxoro viloyat Romitan tumanidagi 23-sonli iqtidorli o’quvchilar maktabida o’tkazildi.
2.5. Matematik statistika usullari.
Tadqiqot natijalariga ishlov berish IBM PC PENTIUM 120 shaxsiy kompyuterida foydalanilgan holda amalga oshirildi. O’rtacha arifmetik kattalik (M), standart og’ish (+), o’rtacha arifmetik kattalik xatosi (+t), korrelyastiya koeffistentlari ®, shuningdek ko’rsatkichlar sur’atining (%) hisob-kitoblari bajarildi.
O’rganilayotgan ko’rsatkichlar tafovutlarining aniqligi Styudent usuli bilan tekshirildi.
2.6. Tadqiqotni tashkil etish
Tadqiqotlar 2 bosqichda tashkil etildi. Birinchi bosqichda tadqiqotning ilmiy yo’nalishini aniqlash bo’yicha ish olib borildi. Adabiyotlar tahlil qilindi. Qidiruv pedagogik tajribasini o’tkazish va tadqiqotni tashkil etish dasturi ishlab chiqildi (2016 yilning oktyabridan 2016 yilning noyabrgacha).
Ikkinchi bosqich Buxoro viloyat Romitan tumanidagi 23-sonli iqtidorli o’quvchilar maktabida 2016 yilning noyabridan 2017 yil aprelgacha davom etdi. Bu bosqichda boshlang’ich sinf o’quvchilarini tezkorlik sifatlarini tarbiyalash bo’yicha tadqiqotlar o’tkazildi.
Mazkur tadqiqotlar asosida boshlang’ich sinf o’quvchilarning asosiy tezkorlik sifatlari dastlabki ma’lumotlari aniqlandi. Olingan axborotlarning umumlashtirilishi va tahlili pedagogik tajriba metodologiyasini yanada ob’ektiv ravishda shakllantirish imkonini berdi. Huddi shu davrda tadqiqotning vazifalari aniqlandi, usuliyati tanlab olindi va sinovdan o’tkazildi.
Butun malakaviy bitiruv ishi davri davomida ilmiy-usuliy adabiyotlar ustida uzluksiz ishlandi, umumiy o’rta ta’lim maktabi xodimlarining ilg’or tajribalari o’rganildi, shuningdek, boshlang’ich sinf o’quvchilarning jismoniy tarbiya jarayoni ustidan pedagogik kuzatuvlar olib borildi. Tadqiqotda 23 – sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilaridan 4- sinf o’quvchilaridan: 20 o’g’il bola va 10 qiz bolalar ishtirok etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |