Boshlang‘ich sinflar
Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan yig’ilish qarori
Download 25.39 Kb.
|
Qalandarova 2 son Bayonnoma Boshlang\'ich sinflar @uqituvchiga hujjat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kun tartibidagi 2-masala yuzasidan yig‘ilish qarori
Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan yig’ilish qarori:
Ma’ruzachi metodbirlashma rahbari O’.Qulsoatova ning ma’ruzasi ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin. Kelgusi choraklarda boshlang’ich sinflar o’rtasida o’tkaziladigan tanlov va tadbirlarga puxta tayyorgarlik ko’rish fan o‘qituvchilari zimmasiga yuklatilsin. Monitoring natijalaridan hulosa qilib aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish choralarini ko‘rish fan o‘qituvchilari zimmasiga yuklatilsin. Kun tartibidagi 2-masala yuzasidan metodbirlashma rahbari O’.Qulsoatova so‘zga chiqib, Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 25-avgustdagi 279-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan nizom asosida ilg‘or ish tajribalarni ommalashtrish to‘g‘risida ilg‘or ish tajribalarni ommalashtrish va “ommalashtrish.uz” platformasiga joylash ahvolihaqida gapirdi. Metodbirlashmamizga a’zo bo‘lgan 6 fani o‘qituvchilarining ish tajribalari o‘rganildi. Lekin, hozirda ushbu platform yopiq bo‘lib qachonki ochilganda yoki, vazirlik tomonidan boshqa ko‘rsatma kelganda harakt qilish kerakligi eslatildi. Shunga qaramay, hozirda metodbirlashma a’zolamiz o‘zlari ustida ishlashlari, ilg‘or ish tajribalarini ommalashtrishga harakat qilishlari kerakdir. Kun tartibidagi 2-masala yuzasidan yig‘ilish qarori: Ma’ruzachi metodbirlashma rahbari O’.Qulsoatova ning ma’ruzasi ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin. Ilg‘or ish tajribalarni ommalashtrish bo’yicha tayyorlangan metodikalarni “ommalashtrish.uz” platformasiga joylash (platform ishga tushgan taqdirda) fan o‘qituvchilari zimmasiga yuklatilsin. Kun tartibidagi 3-masala yuzasidan boshlang’ich sinf o‘qituvchisi O’.Qulsoatova so‘zga chiqib, maktabda faoliyat olib borayotgan 1-4 sinf o‘qituvchilarining ish faoliyatiga to‘xtaldi. Jumladan tasviriy san’at fanidan yangi ish boshlagan B. Tilovov ning faoliyati o‘rganildi, uning darslari 2 marta kuzatildi, tahlil qilindi. Ushbu pedagogning faoliyatidagi yutuqlari, yosh bo’lishigaqaramasdan, darslarda ko‘rgazmali jihozlardan, multimediya vositalaridan, tarqatma materiyallardan foydalangan holda dars o‘tishi, o‘quvchilarning darslarga qiziqtira olishi, uning yutuqlaridandir. Lekin, shunga qaramay darslarida birqator kamchiliklar ham aniqlandi. Jumladan, darslarda o‘quvchilarning diqqat jarayonini hisobga olmasligi, darslarda vaqtni to‘g‘ri taqsimlay olmasligi, past o‘zlashtruvchi o‘quvchilarga etibor qaratmasligi aniqlandi. Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish uchun tavsiyalar berildi. Download 25.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling