Boshlang‘ich sinflarda innovatsion va integratsion darslarni tashkil qilish
Download 17.34 Kb.
|
Shanti
Boshlang‘ich sinflarda innovatsion va integratsion darslarni tashkil qilish Olimova Shaxnoza Farxod qizi ChDPU 3-bosqich talabasi Annotatsiya: Tayanch so‘zlar: Integratsiya tushunchasi . “Integratsiya” tushunchasi lotincha bo ‘lib , to ‘liq , yaxlit va bir butunlik ma’nolarini anglatadi . Atama sifatida integratsiya so ‘zi quyidagilarni ifodalaydi : O ‘quv fanlarining o ‘zaro bog’liqligini ; O ‘qitish jarayonining boshqa turdosh faoliyatlar bilan aloqadorligini . XX asr oxirlarida butun dunyoda davlatlararo iqtisodiy integratsiya jarayonlari boshlandi . Natijada ta’lim va ilm-fanda ham integratsion jarayonlari yuzaga kelib , unda g ‘oyaviy bog ‘liqlik , mavzuli aloqadorlik va ilmiy-metodik samaradorlik masalalarga alohida e’tibor berila boshlandi. 2018-yildan boshlab Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida integratsiyaning innovatsion pedagogic ta’lim klasteri joriy etila boshlandi . Unga ko ‘ra , klister usuli innovatsion pedagogik integratsiyaning asoslaridan biri sifatida qabul qilindi va mazkur innovatsion integratsiyaning xususiyatlari quyidagilardan iborat: -o ‘quv fanlarining o ‘zaro bog ‘liqligini ta’minlash ; - o ‘quv jarayoni va amaliyotining uyg ‘unligini birlamchi bilish ; - kafedralarning mahalliy va xalqaro hamkorligini qat’iy kuchaytirish ; -institutining Toshkent viloyati ta’lim muassasalari bilan nazariyva amaliy hamkorligini amalga oshirish; - viloyatning ta’limga oid muammolarini barcha manfaatdorlar bilan birgalikda hal etish; -pedagog kadrlarni tayyorlashda ish beruvchilar bilan hamkorlik qilish; - “Maktab-laboratoriya”lar tashkil etish. Buning natijasida Institut va Toshkent viloyati ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘ziga xos integratsion jarayonlar yuzaga keladi . Boshlang‘ich ta’lim tizimi samaradorligini oshirish innovatsion va integratsion yangiliklar yaratish o‘z ustida qattiq ishlay oladigan pedagoglar uchun kerakli deb o‘ylayman . Texnologiyalar atrofimizni, hayotimizni qurshab olgan bir paytda bolalar ong-u shuurini gadjetlar , turli xil qurilmalar , kompyuterlar egallab olmoqda . Zamonaviy pedagog kadrlar ana shu kabi innovatsion qurilmalarni bilishi , ulardan foydalana olishi shart va zarurdir . Integratsion darslarni innovatsion-texnologik holda tashkil etish. Ushbu maqolam davomida men qaysidir ma ‘noda kelajak uchun kerak bo ‘ladigan g‘oyalarimni va ulardan dars o ‘tish mobaynida foydalanish zarurligini aytib o‘tmoqchiman . Birinchi navbatda har bir pedagog psixolog bo ‘lishi zarur , bola psixologiyasini yaxshi tushungan pedagoglarning innovatsion va integratsion g‘oyalari doimo o ‘z natijasini bermay qolmaydi . Bolalarning juziy kamchiliklari , ularning uyalchanliklari , qat`iyatsizliklarini, qo ‘rqoqliklarini, tortinchoqliklarini yengib o ‘ta olishlari uchun mening nazdimda zamonaviy o ‘qituvchi ham psixolog , ham logoped , ham texnik jihozlardan foydalana oladigan hamda eng asosiysi bolalardek fikr yurita oladigan samimiy , xushchaqchaq , qat’iyatli bo ‘lmog ‘I zarurdir . So ‘zlashida nuqsoni bo ‘lgan boshlang ‘ich sinf o ‘quvchilari bilan bilamizki , logoped ish olib boradi , biroq hozirgi kunda ham innovatsion , ham integratsion bir loyiha ustida bosh qotirmoqdaman . Ushbu loyihaga ko ‘ra o ‘qituvchi rus tili va hozirgi kunda ommalashgan ingiliz tilini logopedning hamkorligi yordamida o ‘zlashtirishi samarali va qulaydir . Download 17.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling