Boshlang'ich sinflarda ma'naviy- ahloqiy sifatlarni rivojlantirish


Download 26.92 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi26.92 Kb.
#1019278
Bog'liq
Maqola (2)


Boshlang'ich sinflarda ma'naviy- ahloqiy sifatlarni rivojlantirish.
Kalit so’zlar: Fikir, so’z, amal, ota-ona, aldodlar , Avesto, tarbiya , ahloq, do’stlik , o’qituvchi, farzand.
Annantatsiya : Tarbiya biz uchun yo hayot yo mamot yo halokat yo najot demakdir . Kelajagimiz bo’lmish yoshlarning boshlang’och sinf o’qituvchilarning malakasini va tajribasini yanada oshirish, tarbiya bera olish darajasini takomillashtirish va rivojlantirishimiz kerak.
Аннотация: Тарбия означает для нас жизнь или мамонтов, или разрушение, или спасение. Нам необходимо и дальше совершенствовать навыки и опыт молодых людей в нашем будущем, повышать и развивать уровень образования, который они способны обучать.
Annotation : Means life or mammoths or destruction or salvation for us . We need to further improve the skills and experience of young people in our future, improve and develop the level of education they are able to train.

Ma'naviy- ahloqiy tarbiyani kelajagimiz bo'lmish yoshlarga mustahkam singdirib borishimiz va amalda ko'rsatib, ma'naviy meroslarimiz , milliy ananalarimizning asrdan- asrga ko'chib kelayotgan qadriyatlarimiz,ularning mazmun mohiyat mazmuni bilan tanishtirib borishimiz lozim. Ajdodlarimiz ma'naviy- ahloqiy tarbiyada azaldan farzand tarbiyasi negizi sifatida axloqiy uchlik: o'y, niyat, so'z deb takidlashgan. Ya'ni yaxshilikni o'yla yaxshi niyatlar bilan faqat ijobiy so'zlarni so'zlash, yaqinlariga, do'stlariga yaxshilikni tilashni nazarda tutishgan. “Avesto”da ham ezgu fikr, ezgu so'z, ezgu amalga undashlilik haqida juda ko'p takidlangan.


Ezgu fukr: qanoatli bo'lmoq, kechirimli bo'lmoq, boshqalarga faqat yaxshilik tilamoq, hasad qilmaslik, havasda bo'lish, nafsni chegaralash, oshnochilik,ma'sulyatlilik,kasb ilmni sevmoq,insofli bo'lmoq, hushfellilik, muruvvatlilik va haqiqatparast bo'lmoqdan iboratdir.
Ezgu so'z: to'g'ri so'zlilik, axdida sobitlik, haqgo'ylik, yaxshilik uchungina so'zlash, samimiy so'zlash, shirinkalomlilikdan iborat.
Ezgu amal: yaxshi ishlarni amalda qo'llash, omonatga hiyonat qilmaslik, ojizlarni qo'llash, serg'ayrat bo'lmoq, xalq uchun va vatan uchun hizmatda bo'lmoq, mehmondo'stlik, yomon ishlardan yuz o'girmoq, mehribon bo'lmoq,insonsevarlilik, jamiyat qonunlariga itoat etmoq, o'tganlarni esda tutmoq, haqiqattalab bo'lmoq, bemorlar holidan habar olib turmoq, muhtojlarga yordam berish, o'z ishi va kasbiga mehr qo'yish, adalotli bo'lmoqdan iboratdir.
Biz shu uch hislatni farzandlarimizda rivojlantirish uchun bo'shlang'ich sinflarda nimalarga e'tibor qilishimiz lozim?
Avvalo ta'lim berayotgan o'qituvchilarimizning tajriba va metodlarini oshirishimiz kerak. Hozirda joriy etilgan “Tarbiya” fanimiz ustida yanada ko'proq ishlashimiz va shu fan mutaxasislarini rivojlantirishimiz lazim. Ta'limsiz tarbiyani, tarbiyasiz esa ta'limni tasavvur etib bo'lmaydi. Shuning uchun boshlang'ich sinflardanoq shu ikki jihatni mutanosiblikda olib bormog'imiz shart. Bilamizki tarbiya oilada olib boshlanadi va jamiyatda rivojlanadi. Shunday ekan mahalla, ota-ona, maktab birgalikda har bitta farzandimizning ma'naviy - ahloqiy tarbiyasiga ma'sul hisoblanamiz. Biz berayotgan manashu tarbiya nafaqat ularning balki jamiyatimizning ham kelajagini belgilaydi. Shunday ekan maktab ota- ona o’rtasidagi munosabatni yanada rivojlantirish , ularni hamrohligi birgalikda ishlashlari, so’zlarning bir joydan chiqishi boshlang’ich sinf o’quvchilarining ma’naviy ahloqiy tarbiyasi uchun katta ahamiyatga ega. Hazirgi kunda ota- onalar farzandlarining ilm olishiga e’tibori oshgan, ularni oliy dargohlarga kirishlari kelajaklarini yanada yaxshilashlari ichun ota – onalar qo’llaridan kelgancha shart sharoitlar yarayib berishmoqda. Lekin bu ilarnint ma’naviy ahloqiy tarbiyasi ustida ham alohida shug’ullanishayabdi degani emas. Buning uchun ota- ona boshlang’ich sinf o’qituvchilarini to’g’ri tanlashlari kerak. Ota- bobolarimiz ham ustoz tanlashda uning bilimdonligiga va insoniy sifatlarini hisobga olishgan. Ustoz shaxsi bolani odam sifatida shakillantira oluvchi yagona kuch deb qaralgan. Demak , xalq tarbiyashunosligi va mutaffakirlarning pedagogik qarashlarida o’qtuvchi shaxsi , unga qo’yilgan kasbiy va ma’naviy talablar o’z ifadasini topganki bu ta’lim samaradorligini oshirishda ustoz shaxsining o’rni muammosini o’ziga hosligi hisoblanadi.
Xulosa:Boshlang’ich sinf o’quvchilariga ma’naviy – ahloqiy tarboyasini oshirishda avvalo e’tiborni o’qituvchilarning malakasini oshirishga qaratishimiz lazim. Ikkinchidan ota- ona va maktab o’rtasidagi masofani va aloqani yaxshilash , har oy ota – onalar yig’ilishlari o’tkazilishi hisoblanadi. O’qituvchi xar bir o’quvchining xulqidagi kamchiliklari ustida dars davomida shug’illanib borishi kerak . Ota- onalari bilan bu kamchiliklarni yo’qotish avzalroq. Slaydlardan rasmlardan va ko’rgazmali qurollardan foydalangan holda bolalarni ma’naviy – ahloqiy tarbiyasini rivojlantirish kerak. Boshlang’ich sinf o’qituvchilari zimmasida juda katta ma’sulyat yotadi, chunki tarbiyada ular fundament vazifasini bajarishadi. Agar uyni fundamenti mustahkam qurilmasa u qulaydi , agar boshlang’ich sinf o’qtuvchilari bu jarayonda xato qilishsa , butun jamiyat yani insonni kelajagi qulaydi. Shunday ma’sulyatli kasbni tanlayotgan yoshlarga e’tibor berishimiz kerak , zero ularga berilayotgan e’tibor kelajakka berilayotgan e’tibordir.
Foydalanilgan adabiyotlar

  1. O’z ma’naviyat marifat fan va jamiyatchilik fikri. Toshkent 2001

  2. Yangi O’zbekiston . Sh. Mirziyoyev

  3. Niyati ulug’ xalqning ishi ham ulug’ , hayoti yorug’ va kelajagi farovon bo’ladi. Sh .Mirziyoyev. 3-kitobidan.

  4. WWW.

Download 26.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling