2. Sonni bir necha birlikka orttirish va kamaytirishga oid masalalar.
Sonni bir necha birlik orttirish (kamaytirish)ga doir masalalar yig'indi va qoldiqni topishga doir masalalardan keyinroq kiritiladi. Bu xildagi sodda masalalarni qarashga tayyorgarlik ularni kiritishdan ancha oldin boshlanadi. Bu ish ushbu munosabatlarni o'rnatishdan iborat: agar predmetlarning berilgan gruppasiga bir yoki bir nechta predmet qo'shilsa, bu dastlabki predmetlar sonini orttiradi, agar ayrilsa, dastlabki predmetlar sonini kamaytiradi. O'qitishning dastlabki kunidan boshlaboq sonni bir necha birlik orttirish (kamaytirish)ga doir qiyinroq masalalarni kiritishga tayyorgarlik ishlari ko'rila boshlaydi, bunday masalalarda predmet-larning ikkita to'plami taqqoslanadi. Amaliy mashqlarni bajarish davomida bolalar predmetlarning ikkita to'plami elementlari orasida bir qiymatli moslik o'rnatishni o'rganib olishgan edi. Shuningdek, taqqoslanayotgan to'plamlarning qaysinisida kam ekanligini aniqlashni ham o'rganib olishgan bo'lishlari kerak. Masalalarni yechishda amal tanlashga yordam beradigan raqamlardan, undan keyin masalaning qisqa yozuvidan foydalanish kerak.
“Bir tokchada 4 ta, ikkinchisida birinchisidagidan 3 ta ortiq kitob bor. Ikkinchi tokchada qancha kitob bor?”. Masalaning qisqa yozuvi quyidagi ko'rinishda bo'ladi:
I tok. - 4 ta k. II tok. - ?, 3 ta k. ortiq Yechilishi:4+3=7
Javob: 7 ta kitob.
Do'stlaringiz bilan baham: |