3.Ayirmali taqqoslashga doir masalalar.
Bu xil masalalar bilan tanishtirish ishini avval sanoq materiallaridan foydalanib amalga oshirish maqsadga muvofiq. O'quvchilar ishni mustaqil bajarsalar ishning natijasini tekshirish qulay bo'ladi. Mustaqil ishlarni samarali tashkil q'ilishga amaliy ishlar o'tkazishga yordam beradi. Masalan, o'qituvchi o'quvchilar 6 ta katakli bir satr (yoki ustun) chizishni va uning yoniga boshqa 4 katakli satr (yoki ustun) chizishni taklif qiladi.
Masalani yechishda (shuningdek, didaktik materiallar va rasmlar bilan ishlashda) o'quvchilar ayirmani (qoldiqni) to'g'ridan-to'g'ri predmetlarni sanash yo'li bilan topadilar, chunki rasm predmetlar sonini akslantirish bilan amalda yechimni chiqarib qo'yadi. Quyidagi masala berilgan bo'lsin. "Bir qutida 10 ta, ikkinchi qutida 6 ta qalam bor. Birinchi qutida ikkinchi qutiga qaraganda qancha ortiq qalam bor?".
I-10ta q. II-6taq.
Birinchi qutida ikkinchi qutidagidan qancha ortiq qalam bor?
Yechish: 10-6 = 4
Amal tanlashda yo'l qo'yiladigan xatolarning oldini olish uchun, shuningdek, har xil masalalarni bir-biridan farq qildirish maqsadida ayirmali taqqoslashga doir masalalar sonni bir necha birlik orttirish (kamaytirish)ga doir masalalar bilan taqqoslangan bo'lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |