v) Ikki ko'paytmaning yig'indisini (ayirmasini); ikki bo'linmaning ayirmasini topishga doir masalalar.
"Quruvchilar har birida 6 tadan xonadon bo'lgan 8 ta uy va har birida 5 tadan xonadon bo'lgan 7 ta uy qurishdi. Bu uylarda hammasi bo'lib qancha kvartira bo'lgan?" Masalaning shartini qisqacha bunday yozish mumkin: 8 ta uy 6 tadan xona. 7 ta uy 5 tadan xona? Bunday masalalarni ifoda tuzib yechish maqsadga muvofiqdir: 6x8+5x7=83 (kv.). Javob: 83 ta xonadon.
Minglik va ko'p xonali sonlar mavzusida masalalar ustida ishlash metodikasi
"Minglik" mavzusida o'quvchilar yangi masalalarga duch kelmaydilar. Bunda ham "Yuzlik" mavzusidagi masalalar qaraladi. Faqat bundagi farq shundan, ushbu holda bir xonali, ikki xonali sonlar bilangina emas, balki uch xonali sonlar bilan ham ish ko'riladi. Shunday masalalardan bittasini ko'rib chiqish bilan chega-ralanamiz: "Bir bola uchta kitob o'qidi. Ularning hammasi 653 betdan iborat. Birinchi kitob 256 betli, ikkinchisi undan 58 bet kam. Uchinchi kitob necha betli?"
Masala shartini bunday yozamiz:
I k. - 256 bet
Jami:653bet II k.-? I k.dan 58 bet kam
III k.-?
Yechilishi:
1) 256 2) 256 3) 653
58 + 198 +454
198 (bet) 454 (bet) 199 (bet)
Javob: uchinchi kitob 199 betli.
Do'stlaringiz bilan baham: |