Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitishni tashkil qilishning zamonaviy usullarni o'rgatish metodikasi mundarija: kirish


Boshlang`ich sinf matematika darslarida kompiyuter texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari


Download 289.66 Kb.
bet5/6
Sana13.04.2023
Hajmi289.66 Kb.
#1352965
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BOSHLANG\'ICH SINFLARDA MATEMATIKA O\'QITISHNI TASHKIL QILISHNING ZAMONAVIY USULLARNI O\'RGATISH METODIKASI

2.2 Boshlang`ich sinf matematika darslarida kompiyuter texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari
Ko’p holatlarda vujudga keladigan matematik muammoni tez va berilgan aniqlikda hal etish uchun professional matematikdan o’z kasbi bilan bir vaqtda ma`lum bir algoritmik til va dasturlashni bilishi talab qilinadi. Shu maqsadda XX asrning 90-yillarida matematiklar uchun ancha qulayliklarga ega bo’lgan matematik sistemalar yaratilgan. Bu maxsus sistemalar yordamida turli sonli va analitik matematik hisoblarni, oddiy arifmetik hisoblashlardan boshlab, to xususiy hosilali differensial tenglamalarni yechishdan tashqari grafiklarni yasashni ham amalga oshirish mumkin.
Matematika fanlarini o’qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasi. Matematika fanlarini o’qitishga yangi texnik vositalar, shu jumladan, kompyuter va boshqa axborot texnologiyalarining jadal kirib kelayotgan hozirgi davrida fanlararo uzviylikni ta`minlash maqsadida informatika fani yutuqlaridan foydalanish dolzarb masalalardan biridir.
Kompyuter texnikalarini ta`lim muassasalariga tatbiq etish, o’qitish jarayonini optimallashtirishga keng yo’l ochib beradi.
Keyingi o’n yillikda matematika fanini o’qitishda kompyuterlardan foydalanish bir necha asosiy yo’nalishlarda olib borildi. Bularga kompyuter yordamida bilimni baholash, turli tipdagi o’rgatuvchi dasturlarni ishlab chiqish va rivojlantirish, bilishga oid matematikaviy o’yinlarni ishlab chiqish va boshqalar kiradi.
Matematika o’qitishda kompyuterlarni qulayligini yana bir yo’nalishi ayrim o’quv holatlarini modellashtirishdir. Modellastirilgan dasturlardan foydalanishning maqsadi, o’qitishning boshqa usullari qo’llanganda tasavvur qilish, ko’z oldiga keltirilishi qiyin bo’lgan materiallarni tushunarli bo’lishini ta`minlashdan iborat. Modellashtirish yordamida o’quvchilarga ma`lumotlarni grafik rejimda kompyuter multimediasi ko’rinishida taqdim qilish mumkin. Shu boisdan ular matematikani chuqur o’rganish va o’quv jarayonida sezilarli darajada mustaqillik namoyon etishga moyil bo’ladilar.
Ko’p holatlarda vujudga keladigan matematik muammoni tez va berilgan aniqlikda hal etish uchun professional matematikdan o’z kasbi bilan bir vaqtda ma`lum bir algoritmik til va dasturlashni bilishi talab qilinadi. Shu maqsadda XX asrning 90-yillarida matematiklar uchun ancha qulayliklarga ega bo’lgan matematik sistemalar yaratilgan. Bu maxsus sistemalar yordamida turli sonli va analitik matematik hisoblarni, oddiy arifmetik hisoblashlardan boshlab, to xususiy hosilali differensial tenglamalarni yechishdan tashqari grafiklarni yasashni ham amalga oshirish mumkin.
Axborotlarni ifodalash va uzatishga bo’lgan ehtiyoj so’z, yozuv, tasviriy san’atda, kitob chop etish, pochta aloqasi, telegraf, telefon, radio, oynai jahon va ishlab chiqarishning boshqa jabhalarini boshqarishning barchasi kompyuter texnologiyalari yordamida osongina hal qilinmoqda.
Buning siri shundaki, axborotning katta qismi, shu paytgacha asosan, qog`ozlarda, magnit tasmalarida, ya’ni EHM dan tashqarida saqlanmasdan, matn, chizmalar, sur’atlar, tovushlarning barchasini axborot shaklida EHM larda saqlash, qayta ishlash va uzatish usullarini ishlab chiqilganligidadir.
Kompyuter texnologiyasida matnlar, tasvirlar, ovozlar, shakllar va shunga o’xshash boshqa ishlarni amalga oshirish imkoniyatlari maxsus dasturlash yordamida juda yengil va tezkorlik bilan hal etilmoqda. Shuning uchun matematika, fizika, ximiya, biologiya va boshqa fanlarni o’qitishda kompyuter texnologiyasidan foydalanish ijobiy natijalarni olib kelmoqda.
Haqiqatdan o’qituvchi Windows operatsion tizimi bilan ishlatiladigan Word matn muharriri, Power Point, Internet, Excel va boshqa maxsus amaliy dasturlar, Multimedia vositalari yordamida yengilgina o’z darsini kompyuter texnologiyasidan foydalanib tashkil etishi mumkin.
Buning natijasida o’quvchilarda fanga bo’lgan qiziqish ortadi, o’tilgan mavzuni tushinish, kerakli tushunchani anglash va o’zlashtirish jarayoni tez kechadi.
Elektron jadvallar asosan iqtisodiy masalalarni yechishga mo’ljallangan bo’lsada. Uning tarkibiga kiruvchi vositalar boshqa sohaga tegishli masalalarni yechishga ham, masalan, formulalar bo’yicha hisoblash ishlarini olib borish, grafik va diagrammalar qurishga katta yordam beradi.
Elektron jadval yordamida berilgan algoritm asosida masalalarni hal etish, jadvaldagi qiymatlar bo’yicha turli shakllar yasash va bosmaga chiqarish ishlarini bajarish mumkin.
Exceldagi avtomatik to’ldirish imkoniyatidan foydalanib sonli qiymatlarni va matn elementlarini kiritishni osonlashtirish mumkin. Bu imkoniyat ayniqsa funksiya qiymatlarini jadvallashtirishda katta yordam beradi.
Funksiya qiymatlarini ma’lum qadam bilan hisoblash matematikaning juda ko’p bo’limlarida uchraydi. Ayni shu imkoniyatlardan foydalanib matematika fakultetidagi talabalar funksiyalarning grafiklarini hosil qilishlari va shu tariqa ayrim murakkabroq funksiyalarning xossalarini ekranda aniq ko’rishlari mumkin.
Excel dagi funksiya ustasi funksiya va uning argumentlarini yarim avtomatik tartibda kiritishga yordam beradi. Funksiyalar ustasini qo’llash funksiyaning yozilishi va uning hamma argumentlarini sintaktik to’g`ri tartibda kiritilishini ta’minlaydi. Bu esa o’z navbatida talabalarning funksiyalarning xossalarini qiynalmay va tezda o’rganishlariga juda katta yordam beradi.
Ma’lumotlarni diagrammalar shaklida namoyish etish, bajarilayotgan ishni tez tushunishga va uni tez hal etishga yordam beradi. Jumladan, diagrammalar juda katta hajmdagi sonlarni ko’rgazmali tasvirlash va ular orasidagi aloqadorlikni aniqlashda juda foydalidir.
Multimediyali ishlanmalar asosida o’tkaziladigan ma’ruza mashg`ulotining ssenariysi. Guruhda yo’qlama qilinib, mashg`ulot mavzusi va maqsadi hamda mashg`ulot davomida qo’llaniladigan texnologiyalar yuzasidan qisqacha ma’lumotlar beriladi. Yangi mavzu tushunchalarini kiritish uchun kerakli o’rganilgan matematik tushuncha va tasdiqlarni takrorlash, tartiblash va qo’yilgan maqsadga qaratish uchun elektron ko’rgazmali qurol ko’rinishida tayyorlangan savollar va tez hal etiladigan topshiriqlar ekranda namoyish etiladi. O’qituvchi talabalarning javoblarini baholab boradi va bu savol-javobda barcha talabalarning faol ishtirok etishiga e’tiborni qaratadi.
Yangi mavzuga o’tishda talabalarga to’plam, ular ustida bajariladigan amallar qanchalik maktab matematikasidan tanishligini aniqlash va ularning bilimini oliy ta’lim talablari asosida to’ldirish va chuqurlashtirish maqsadida talabalarga maqsadga qaratilgan savollar berib borish va ularning javoblarini to’ldirish (klaster tuzishni topshirish mumkin), tartiblash orqali yangi tushunchalar kiritiladi. Talabalarga Eyler-Venn diagrammalari haqida elektron ko’rgazmali qurol yordamida ma’lumot beriladi va bir qancha misollar birgalikda hal etiladi. Dars davomida to’plamlar ustida bajariladigan amallar, Eyler-Venn diagrammalari multimedia imkoniyatlaridan foydalanib Power Point dasturi orqali tayyorlangan elektron ko’rgazmali qurollar yordamida namoyish etib boriladi.
Talabalarning ma’ruza davomida olgan bilimlarini tartiblash, mustahkamlash maqsadida ekran orqali har bir talabaga alohida tuzilgan topshiriqlar beriladi. Talabalar 10 daqiqa davomida topshiriqlarni bajaradilar hamda yonidagi sherigiga tekshirish uchun beradilar. O’qituvchi daftarlarni yig`ib olgan vaqtda topshiriqlarni tekshirib har bir talabani baholaydi. Pedagogik texnologiyaning mohiyati – ta‘lim jarayonini jadallashtirish, o‘quvchilarning o‘zlashtirish va uning natijalarini sur‘atini tezlashtirish, natijalarini obyektiv, holisona baholay olish, ko‘zlangan natijalarga erishishni kafolatlashga qaratilgan pedagogik jarayonni anglatadi. Boshqacha aytganda, o‘qitish jarayonining barcha bosqichlarini aniq maqsad asosida kutilgan natijalarni beradigan tarzda tizimli loyihalash tushuniladi. Ta‘lim – tarbiya jarayonini loyihalash, loyihalangan pedagogik texnologiyani boshlang‘ich sinflarda matematika fanini o‘qitish jarayoniga tadbiq etish o‘qituvchidan texnologik loyihalash qobiliyatini talab etadi. O‘qituvchining texnologik loyihalash qobiliyatiga quyidagi talablar qo‘yiladi; - texnologiyalashtirish jarayonlarining o‘zaro bog‘liqliklari haqida tushunchaga ega bo‘lish; - individuallashtirish; - ta‘limni taraqqiy ettirishda texnologiyalarning o‘rnini tushunish; - o‘qitishni shaxsga yo‘naltirishning asosiy maqsad, tur, shakli va darajalari haqida tasavvurga ega bo‘lish; 46 - individual yondashuv, o‘qitishni tabaqalashtirish, individual o‘qitish tushunchalari o‘rtasidagi bog‘lanish va farqlanishlarini bilish; - o‘quv jarayonini tashkil qilish vositalari orqali o‘quvchining individual xususiyatlarini rivojlantirish yo‘llarini bilish; - o‘quv materialni o‘lchanadigan, kuzatiladigan darajada qismlarga ajratish; - o‘quv jarayonining mantiqiy tuzilishini qulaylashtirish; - xatolarni va qiyinchilik tug ‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlarni aniqlay olish; - texnologiyalashtirishning umumiy mezonlarini bilish. Ushbu talablarga javob berish uchun quyidagi dastur asosida o‘z ustida ishlash tavsiya etiladi: 1. Ta‘limga texnologik yondashuvlar va shart – sharoitlar. Ta‘lim jarayoniga har xil qarashlar, o‘qitish va texnologiyalashtirishga texnokratik yondashuvlar haqida tasavvurga ega bo‘lish talab etiladi. 2. Ta‘lim jarayonini texnologiyalashtirishning psixologik – pedagogik asoslari. Ta‘lim texnologiyalarida maqsad qo‘yish, tashxislash, ta‘lim texnologiyalarida ta‘lim mazmunini texnologiyalashtirishni bilish talab etiladi. 3. Mualliflik ta‘lim texnologiyalari. Bunda individual o‘qitish texnologiyasi, jamoa orqali o‘qitish texnologiyasi, pedagogik mahoratlar texnologiyasini bilishi lozim. 4. Ta‘lim jarayonini loyihalash texnologiyasi. Zamonaviy o‘qituvchining pedagogik faoliyati tuzilishi, o‘quvchilarning mustaqil faoliyati, o‘qitish ko‘nikma va malakalari – ta‘lim texnologiyalarini tatbiq etishning zarur sharti, o‘quvchi bilish faoliyatini rag‘batlantirib borish, didaktik tamoyillari haqida bilimga ega bo‘lish zarur. 5. Ta‘lim texnologiyalari – o‘quv jarayonini qulaylashtirish vositasi. 47 Ta‘lim texnologiyalarining o‘quvchilar individual xususiyatlariga moslashishi, tanlash holatlari haqida yaxshi tushunchaga ega bo‘lishi talab etiladi. Bu talablarning amalga oshishi quyidagi shart – sharoitlarni taqozo etadi: - maktablarda doimiy ravishda pedagogik texnologiyalarni o‘rganish; - umumlashtirish; - amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ilmiy – amaliy seminarlar tashkil etish; - o‘qituvchi o‘z ustida doim ishlashi va yangi kitoblar bilan tanishib borishi. Matematika o‘qitish jarayonida yangi ta‘lim texnologiyalaridan foydalanish shaxs kamolotini ta‘minlashga xizmat qiluvchi mustaqil fikr yuritish, o‘z ustida ishlash, faoliyatga nisbatan ijodiy yondashish kabi xislatlarning ham shakllanishiga zamin yaratadi. Shu yerda bu boradagi ichki imkoniyatlarni ochib berish haqida so‘z yuritamiz. Boshlang‘ich ta‘lim o‘zga ta‘lim bosqichlaridan integrativ, o‘yinga asoslangan ta‘lim texnologiyalariga beriluvchanligi bilan ajralib turadi. Lekin bolaning bog‘cha davridan maktab davriga o‘tishi ancha murakkab ruhiy – hissiy ichki jarayonlar asosida amalga oshadi. Bu davrda aksariyat bolalarda chuqur psixologik qiyin holati kuzatiladi. Buni bola ichki dunyosini yaxshi his eta oladigan, tom ma‘nodagi jonkuyar pedagog nuqtai nazari bilan yondoshuv, suyanchiq deyish mumkin. Ko‘pincha o‘quvchi o‘qituvchi faoliyatini aynan takrorlaydi, ya‘ni ta‘lim mazmunini ongli emas, ongsiz ravishda qabul qiladi. Mazkur holatning oldini olish uchun, 1 – sinf o‘quvchisini ongli o‘quv faoliyatiga jalb etish uchun nima qilish kerak? Bilim qanday o‘zlashtiriladi.
Davlat ta'lim standartlari o'quv fani bo'yicha o'quv -metodik majmualar (dastur, o'quv rejasi, darstliklar )ni yaratish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi, shuningdek o'quv fanlararo bog'lanish va bilimlarni muvofaqiyotlashtirish tamoyili asosida o'quv fanlarni bog'lanishi ta'minlashga xizmat qiladi. Yangi matematika kursida, avvalgiga o'xshash, arifmetika asosiy o'rni egallaydi. I-IV-sinflarining yangi dasturida arifmetik materialar mazmuni unchalik ko'p o'zgarmagan:arifmetika nazariyasi (amallarning xossalar,natijalari va kompanentlardan biri o'zgarganda amallar natijalarining o'zgarishi) kamroq yoritilgan, nazariyaning amaliy masalalar (sanoq,o'lchashlar,hisoblashlar,masalalar yechish ) bilan bog'lanishi bilan yanada mustahkamlangan: eng muhimi tushunchalar (son, sanoq, sistemasi,arifmetik amallar) shakllantirishining birmuncha mukammal sistema tarzda tutilgan.
Shuningdek arifmetik boshlang'ich o'rganish uslubi ham mukammallashtirilgan. Kichik yoshdagi o'quvchilarni o'qitishning barcha bosqichlaridan ularning tiklash faoliyatini aktivlashtirishga tayanch faktlar va kuzatishlarni o'z vaqtida umumlashtirishga,ayrim masalalar orasidagi o'zaro bog'lanishni tayinlashda, bolalarda mustaqil ishlash o’quvlarini paydo qilishda qaratilgan yangi ilmiy asoslangan usul va uslubdagi maktab dasturiga kiritilgan. O'quv materialini o'quv yillari bo'yicha taqsimlanishida o'rganilayotgan sonlar sohasini asta-sekinkengayib borishi ko'zsatiladi.

XULOSA
Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish jarayonida o’quvchilarni boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarning arifmetik amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik prinsiplarini o’rganish va ularga individual yondashish darajasi bo’yicha bilish topshiriqlarini ularni xal etish jarayonida cheklash shart-sharoitlarini belgadashdan iborat bo’ladi.
Psixologik-pedagogik nuqtai nazardan o’quvchilar boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarining arifmetik amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik ‘rintsi’larining o’ziga xosliklari, o’quv jarayonining didaktik ta’minoti, didaktik ishlanmalar moxiyati va yo’nalishi ko’rib chiqilgan, bu barcha materiallarning o’quvchilar Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarining arifmetik amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik prinsiplarini shakllantirish maqsad va masalalariga muvofiqligining ilmiy asoslangan taxlili berilgan.
Boshlang’ich ta’lim amaliyotida qo’llanuvchi masalalar o’quvchilar Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarining arifmetik amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik prinsiplarini shakllantirishga turli darajada qulaylik yaratadi. Bu holat ularni shakllantirish ta’siri darajasi bo’yicha guruhlarga masalalarni cheklash zaruriyatini qo’yadi.
Biz o’zimizning nazariy qarashlarimiz asosida Boshlang’ich sinfda matematika kursining metodik ta’minoti tarkibini aniqladik va o’quvchilarning o’qish jarayonida. Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarning arifmetik amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik prinsiplarining foydalanilmagan imkoniyatlarini belgiladik.
Eksperimental ma’lumotlarga suyanib, yangi qo’llanmalar didaktik materiallar kompleksi va metodik tavsiyalar tizimi ishlab chiqildiki, ular o’quvchilar Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarining arifmetik amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik ‘rintsi’larini faollashtirish darajasiii oshirishga imkon beradi.


Download 289.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling