Boshlang'ich ta'lim boshqaruvi meyoriy asoslarni o'zlashtirish
Download 39.32 Kb.
|
1 2
Bog'liqboshlang\'ich ta\'lim boshqaruvi meyoriy asoslarni o\'zlashtirish referat
boshlang'ich ta'lim boshqaruvi meyoriy asoslarni o'zlashtirishReja:1.Kirish. Mashg`ulotning maqsadi. 2.Boshlang`ich sinf o`qituvchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish muammolari. 3.O`qituvchilarning o`z ustida ishlashlarini tashkil etish yo`llari. 4.Me`yoriy-uslubiy hujjatlar (konsepsiya va b.) ning tahlili. Xulosa. Prezidentimiz I. A. Karimov o`zlarining Oliy Majlis IX sessiyasi (1997-yil 29-avgust) da so`zlagan “Barkamol avlod - O`zbekiston taraqqiyotining poydevori” mavzusidagi nutqlarida ta`lim tizimining barcha jabhalarini chuqur tahlil qilib chiqib, jahon andozalariga mos, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash maqsadida, shu davrgacha yo`l qo`yilgan kamchiliklarni ochiq-oydin tanqid qilib, ta`limning har bir sohasida amalga oshirilishi zarur bo`lgan ishlarni aniq va ravshan belgilab berdilar. Yurtboshimiz yuqorida ta`kidlangan nutqlarida boshlang`ich ta`limga alohida to`xtalib, quyidagi fikrlarni aytib o`tdilar: “ … Ikkinchi masala, avval aytganimdek, tarbiyachi, ya`ni o`qituvchiga borib taqalayapti. Tarbiyachilarning o`ziga zamonaviy bilim berish, ularning ma`lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo`lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. Eski ta`lim tizimining eng yomon qusuri boshlang`ich ta`limga ikkinchi darajali ish deb qarayotganimizdadir. Ochiq aytishimiz kerak: bilimi sayoz muallimlar ham birinchi sinfda dars beraveradi. Boshlang`ich ta`limga past nazar bilan qaralishining isboti shuki, sobiq SSSR da butun boshli pedagogika texnikumlari va bilim yurtlari tizimi tashkil etilib, ular asosan 1- 4 - sinf o`quvchilarini o`qitadigan muallimlar tayyorlar edi. Vaholanki, bolaning dunyoqarashi, didi, salohiyati shakllanadigan boshlang`ich sinflarga eng yetuk, eng tajribali murabbiylar birkitib qo`yilishini oddiy mantiqning o`zi talab etadi. Zamonaviy boshlang`ich ta`limning o`zi nimadan iborat bo`lishi kerak? Bola 1-4-sinflarda qanday bilimga ega bo`lishi lozim? Ularning tarbiyasi qanday bo`lishi kerak? Shu masalalarga javob topishimiz zarur…” Bu fikrlar boshlang`ich ta`lim xodimlari, o`qituvchilar oldida juda katta vazifalar qo`yganligi ma`lum. Ana shunday mas`uliyatli vazifalarni bajarish uchun, eng avvalo, jami necha nafar boshlang`ich sinf o`qituvchisi faoliyat ko`rsatmoqda, ulardan necha nafari o`rta maxsus bilimga ega, qanchasi mutaxassis emas kabi ma`lumotlarni aniqlab, ularni qayta tayyorlash kurslaridan o`tkazishni tashkil etish zarur. Bu masalani 1-2 yilda bajarish mushkul. Shuning uchun, ungacha har bir oliy o`quv yurti va bilim yurtini tugatgan o`qituvchini malaka oshirish kurslaridan muntazam, reja asosida o`tkazib turish lozim. Buning uchun, avvalo, maktab uslubbirlashmalarida o`qituvchilar orasida tushuntirish ishlarini olib borib, oliy ma`lumotli, lekin universitet hamda pedagogika institutining boshlang`ich ta`lim metodikasi fakultetini tugatmagan o`qituvchilarni Viloyat pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga qayta tayyorlov kursiga o`qishga yuborish zarur. Nopedagogik oliy hamda o`rta maxsus ma`lumotga ega o`qituvchilarni universitetning “Pedagogika va BTM” fakultetining sirtqi bo`limiga kirish uchun maslahatlar berish. Pedagogika bilim yurtlarini tugatgan o`qituvchilarni esa universitetlarda maxsus tashkil etilgan uch yillik sirtqi bo`limlarga kirib o`qishlarini tavsiya etish lozim bo`ladi. Yuqorida sanab o`tilgan talablarni amalga oshirguncha, har bir o`qituvchi birinchi o`rinda, maktab ma`muriyati, qolaversa, tuman XTB uslubxonasi nazoratida, reja asosida, muntazam, o`z vaqtida malaka oshirish kurslariga yuborib turilishi shart. O`qituvchi malaka oshirish kursida olgan bilim, ko`nikma va yangiliklarini doimo, kursdan keyin ham boyitib borishi zarur bo`ladi. Buning uchun o`qituvchi ta`limning, shu jumladan boshlang`ich ta`limning quyidagi asosiy masalalariga e`tibor qaratib borishi tavsiya etiladi. Chunki, yuqorida aytib o`tilgan vazifalardan tashqari, boshlang`ich sinf o`qituvchisi quyidagi me`yoriy-huquqiy va me`yoriy-uslubiy hujjatlarni ham bilishi va o`z faoliyati davomida qo`llay bilishi zarur: -Prezidentimiz I. Karimovning asarlarini, ulardagi ta`limga, istiqlol mafkurasini yaratishga, ma`naviyat va ma`rifatga oid fikr-mulohazalarni bilish. “Ta`lim to`g`risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablarini bilish. Vazirlar Mahkamasi qarorlari, “O`zbekiston Respublikasida umumiy o`rta ta`lim to`g`risida Nizom”ni bilish: -“Ta`lim to`g`risida”gi qonunning II bo`lim 12-moddasida boshlang`ich ta`lim bo`yicha qayd etilgan ikki jumlani (“Boshlang`ich ta`lim umumiy o`rta ta`lim olish uchun zarur bo`lgan savodxonlik, bilim va ko`nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir. Maktabning birinchi sinfiga bolalar 6–7 yoshdan qabul qilinadi”.); -“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da boshlang`ich ta`limga oid belgilangan vazifalarni (“Umumiy o`rta ta`lim. To`qqiz yillik (I–IX sinflar) o`qishdan iborat umumiy o`rta ta`lim majburiydir. Ta`limning bu turi boshlang`ich ta`limni (I–IV sinflar) qamrab oladi hamda o`quvchilarning fanlar asoslari bo`yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim o`zlashtirish ehtiyojini, asosiy o`quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma`naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat ko`nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda bo`lishini va kasb tanlashini shakllantiradi. Umumiy o`rta ta`lim tugallanganidan keyin ta`lim fanlari va ular bo`yicha olingan baholar ko`rsatilgan holda davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi attestat beriladi. Umumiy o`rta ta`limning yangicha tizimi va mazmunini shakllantirish uchun quyidagilar zarur: maktabning I–IX sinflari doirasida sifatli umumiy o`rta ta`lim olishni ta`minlovchi davlat ta`lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, bunda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlaridan keyin olinadigan ta`lim dasturlari bilan mantiqiy bog`liqlik hisobga olinishi lozim; yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash; hududlarning jo`g`rofiy va demografik xususiyatlariga, shaxs, jamiyat va davlatning ehtiyojlariga muvofiq ravishda ta`lim muassasalari tarmoqlarini rivojlantirish”); - boshlang`ich ta`lim konsepsiyasini (“Boshlang`ich ta`lim” jurnali, Toshkent, 1998, 6-son, B. 12-18), /uning 8 bo`limi mazmunini; boshlang`ich ta`limning bosh maqsadini, vazifalarini, boshlang`ich sinf o`qituvchisiga aynan konsepsiyaning “Boshlang`ich sinf o`qituvchisi” nomli 7-bo`limida qo`yilgan talablarni; -boshlang`ich sinf o`qituvchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishga qo`yiladigan davlat talablarini (Xalq ta`limi vazirligining 2002-yil 16-apreldagi 77-buyrug`i, “Ziyokor” jurnali, Samarqand, 2002-yil, 9-son) /unda jami 25 ta talab belgilanganligini, har bir talab mazmun-mohiyatini o`zlashtirib, o`z pedagogik faoliyatida qo`llay olishni/; -boshlang`ich ta`limni bitiruvchilariga, ya`ni 4-sinfni bitirib, 5-sinfga o`tuvchi o`quvchilarga qo`yilgan davlat ta`lim standartlari (DTS) ni; -DTS ga asoslangan holda 1-, 2- va 3- sinfni bitiruvchilariga belgilangan har bir fan kesimidagi dastur talablarini; Bundan tashqari, ma`ruzada ta`kidlab o`tilgan hujjatlarga tayangan holda tuzilgan va ishlab chiqilgan darslik, uslubiy qo`llanma, ko`rgazmali, tarqatma hamda boshqa qurollarni; va shu kabi boshqa boshlang`ich ta`limga oid manbalarni o`z vaqtida o`rganib, o`zlashtirib borishi talab etiladi. Shu bilan birga o`qituvchi muntazam o`z malakasini mustaqil oshira borib, BT konsepsiyasi, boshlang`ich ta`limga (shu jumladan boshlang`ich sinf o`qituvchisiga) qo`yilgan davlat talablarini hamda umumiy o`rta ta`lim Davlat standartlari talablarini bilishi kerak. Ta`limni boshqarish nazariyasi va amaliyotidagi yangiliklar, hozirgi maktab taraqqiyotining asosiy yo`nalishlari, Respublika Xalq ta`limi vazirligi qabul qilgan eng muhim buyruqlar va boshqa ta`limni boshqarishga oid me`yoriy hujjatlarni bilish. Milliy g`oya, ma`naviyat va ma`rifat, huquq sohasida zaruriy bilimlarga ega bo`lish. Umuminsoniy qadriyatlar va milliy qadriyatlar, ularning mushtarakligi, XXI asr bo`sag`asidagi vaziyatni bilish. Hozirgi ekologik vaziyat, ekologik muammolarning global xarakteri, o`quvchilarga ekologik tarbiya berish sohasidagi vazifalarni bilish. Pedagogika va psixologiya fani yangiliklaridan xabardor bo`lish, barkamol avlodni tarbiyalash ishiga yondashuvning yangicha aspektlari, sharqona tarbiya, o`zbek oilasidagi bolalarni komil inson qilib tarbiyalash an`analari, ta`limda yangi pedagogik va informatsion (axborot) texnologiyalarni qo`llash nazariyasidan xabardor bo`lish kabi talablarni bajara borishi ko`zda tutiladi. Kurs ishtirokchisi yuksak pedagogik mahoratga ega bo`lishi, ta`limning noan`anaviy shakllarini qo`llay olishi, yangi pedagogik texnologiya element (unsur) larini qo`llay olish malakasiga ega bo`lishi lozim. O`zi dars beradigan fanlar bo`yicha nazariy bilimlarga ega, shu fandagi eng so`nggi kashfiyotlar, shu fan taraqqiyoti yo`nalishlaridan xabardor bo`lishi. O`qituvchi dars beradigan fanlarining o`qitish metodikasini yuqori darajada egallagan, uslubiyotdagi yangiliklarni bilishi, shu fanni o`qitishdagi ilg`or tajribalardan xabardor bo`lishi. Bundan tashqari, tuman XTB nazoratida, maktab ma`muriyati, uslubiy birlashma tomonidan tashkil etilgan turli “o`qishlar”, qolaversa, “tayanch” maktablarida o`tkaziladigan seminarlar orqali, o`qituvchilarning o`z ustlarida ishlashlarini , ya`ni o`z malakalarini oshirishlarini yo`lga qo`yish orqali ham yuqorida ta`kidlangan mas`uliyatli masalani hal etishga kirishish mumkin. O`z ustida ishlash daftarlari, papkalari tashkil qilinib, unda quyidagilarning bo`lishiga erishilsa, maqsadga muvofiq bo`ladi: 1.O`z ustida ishlash mavzusi. 2. Mavzu asosida tuzilagan istiqbol reja. 3. Ish rejaning bajarilishi to`g`risida hisobot, ma`lumot va tasdiqlovchi hujjatlar. 4. I.A. Karimovning ta`lim to`g`risidagi, shu jumladan boshlang`ich ta`lim (BT) bo`yicha aytgan fikrlari. 5. “Ta`lim to`g`risida”gi qonun. 6. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”. 7. BT bo`yicha davlat ta`lim standarti va davlat talablari. 8. BT konsepsiyasi. 9. Har bir fan dasturlari. 10. Barcha darsliklar tahlili. 11. Yillik rejalashtirish. 12. Ochiq (noan`anaviy, yangi pedagogik texnologiya asosida) darslarning ishlanmasi, konspekti. 13. Barcha fanlarning o`qitish metodikalari. 14. Ko`rgazmali va tarqatma materiallarning ro`yxati, ularni qo`llash usullari. 15. Televideniye, radio, matbuot: “Xalq ta`limi”, “Ta`lim taraqqiyoti”, “Boshlang`ich ta`lim”, “Ziyokor” jurnallari va gazetalardan olingan yangiliklar tahlili. 16. Uslubbirlashma yig`ilishi, tuman, viloyat anjumanlari, “Tayanch” maktablarida o`tkaziladigan o`quv seminarlari, an`anaviy Avgust kengashlari va boshqalarda qilingan ma`ruzalar matni. 17. Referat. 18. Diktantlar, bayonlar, insholar matni. 19. O`zbek tilining imlo qoidalari. 20.“Sinfdan tashqari o`qish” mashg`ulotlarida foydalaniladigan kitoblarning ro`yxati (kitoblar sinf kutubxonasida turishi mumkin). 21. Malaka oshirish kursida yozgan konspektlari va boshqalar. Bu hujjatlarning tashkil etish bo`yicha tubandagilarga e`tibor berish zarur. 1.O`z ustida ishlash mavzusi, masalan - “Yangi pedagogik texnologiya asosida dars o`tish muammolari” deb atalishi ham mumkin va boshqalar. 2.Shu mavzu bo`yicha qilinadigan ishlar istiqbol, ya`ni ilmiy rahbar bilan hamkorlikda bir necha yilga, o`quv yili kesimida, oyma-oy rejalashtiriladi. Bu rejada masalan, sentabr oyida material va adabiyotlar to`plash, oktabr oyida kartoteka tuzish va tahlil qilish, noyabr oyida uslubbirlashma yig`ilishida ma`ruza tayyorlash va hokazo ishlar belgilanadi. 3.Qilingan ishlarni tasdiqlovchi hujjatlar - konspektlar, o`qib tahlil qilingan adabiyotlar, tuzilgan kartoteka, yozilgan ma`ruza yoki referat kabilar alohida saqlanadi. 4.Yurtboshimiz I.A.Karimovning xalq ta`limini isloh qilish, shu jumladan,boshlahg`ich ta`lim bo`yicha aytgan fikrlari, qolaversa, u kishining boshqa - “O`zbekiston XXI asrga intilmoqda” kabi nutqlari hamda asarlari, ularning konspektlari jamlanadi, v.b. Yuqorida sanab o`tilgan o`z ustida ishlashda e`tibor qartilishi lozim bo`lgan hujjatlar, metodik ishlar bo`yicha to`liq tavsiyalar institut tomonidan tayyorlangan uslubiy tavsiyanomada (5) keltirilgan. Ko`pchilik boshlang`ich sinf o`qituvchilarimiz BT Davlat standarti, ya`ni 4-sinfni bitiruvchisiga qo`yilgan talablar, BT konsepsiyasi, ya`ni BT ning bosh maqsadi va vazifalari, boshlang`ich sinf o`qituvchisiga qo`yilgan talablar kabi eng zarur hujjatlarni bilishmaydi. Bu hujjatlardan eng muhimi boshlang`ich ta`lim konsepsiyasini tahlil qiladigan bo`lsak, bu - boshlang`ich ta`limning o`zi nima? deyilgan savolga batafsil javob bera oladigan, davlat komissiyasi tomonidan ishlab chiqiladigan me`yoriy-huquqiy hujjat, yo`riqnoma hisoblanadi. Unda boshlang`ich ta`limning barcha jabhalarini tashkil etish, o`quv jarayonini amalga oshirish, boshlang`ich ta`limning maqsaq va vazifalari, metod va vositalari, istiqbol rejalari, boshlang`ich sinf o`qituvchisiga belgilangan talablar, boshlang`ich sinf o`quvchilarining salomatligini asrash va boshqalar aniq-ravshan yoritilgan. Boshlang`ich ta`lim (BT) konsepsiyasini quyidagi reja asosida ham tahlil etish mumkin. -Kirish. Boshlang`ich ta`lim konsepsiyasining maqsadi, mohiyati. -BT konsepsiyasini 1994-yil va 1998-yilda tasdiqlangan variantlarining bir-biridan farqi. -BT ning vazifalari. -BT ni tashkil etish prinsiplari (yo`nalishlari). -BT ning mazmuni, vosita va metodlari. -Boshlang`ich sinf o`qituvchisiga qo`yilgan talablar. -BT konsepsiyasini amalga oshirish yo`llari. -Xulosa. Boshlang`ich ta`lim (BT) konsepsiyasi – yo`l-yo`riq ko`rsatuvchi, maqsad va mohiyatini ochib beruvchi davlat hujjatidir. Har bir o`qituvchi konsepsiyani mukammal bilishi va o`z ish faoliyatida unga amal qilishi lozim. BT konsepsiyasida O`zbekistonning kelajagi, hozirgi yosh avlodni sog`lom va ilm olishga layoqatli qilib tarbiyalashga bog`liqligi asoslab berilgan. 1994-yildagi BT konsepsiyadan va 1998-yildagi yangi konsepsiyaning farqi, yangisining afzaliklari."Ta`lim to`g`risida"gi qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", DTS asosida qayta ishlanganligi. Davr talabiga mosligi. Unda belgilangan vazifalar. Boshlang`ich ta`limning vazifalari: - bolalarning ongi va tafakkurida mavjud bo`lgan yashirin imkoniyatlarni aniqlash va rivojlantirish; -kichik maktab yoshdagi bolalarda ta`limning dastlabki davridan boshlab yangi imkoniyatlarni shakllantirish; Boshlang`ich ta`limni tashkil etish tamoyillari (yo`llari). BT ning O`bekiston Respulikasining "Ta`lim to`g`risida"gi qonunda va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da belgilangan qoida, talab va yo`nalishlar asosida amalga oshirilishi. BT ning mazmuni va asosiy vositalari quyidagi prinsiplarga asoslanganligi: - jamiyat taraqiyoti bilan barobar rivojlanib boruvchi ta`lim tamoyillariga; - ijtimoiy buyurtmaga; - o`quvchilarning bilishga bo`lgan qiziqishlarining istiqbolliligiga; - ijtimoiy so`rovlarning ilmiy jihatdan ta`minlanganligiga; - ta`limning hammabopligiga; - ta`limning umumiyligiga; -BT ning ochiqligiga, ilmiyligiga, dunyoviyligiga, milliyligiga, insonparvarligi va umuminsoniyligiga, innovatsiyonligiga; -BT sikllari va o`quv fanlari orasidagi aloqalarning o`zaro ta`minlanganligiga. Boshlang`ich ta`lim mazmunining o`quvchilarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida, har tomonlama rivojlangan holda tarbiyalashga yo`naltirilgan ta`lim jarayoni ekanligi. Boshlang`ich ta`limning vosita va metodlari. Ta`lim vositalarining ahamiyati. 1-2-sinflarda o`quv materiallari kitob shaklida emas, balki o`quv daftari shaklida berilishi. Topshiriqlarni tarqatma kartochkalar, rasmli ko`rgazmalar sifatida bo`lishi. O`yin BT da o`qitishning muhim metodlaridan biri ekanligi. Dars-ertak, dars-sayohat, dars-munozara, dars-musobaqa kabi noan`anaviy metodlardan foydalanish. Yangi pedagogik texnologiyalar unsurlaridan foydalanish. Masalan, topshiriqlar to`plamlari tuzib, o`quvchilar tomonidan bu topshiriqlarni jamoa bo`lib bajarishlariga o`rgatish. Mavzuni o`zlashtirganliklarini yozma yoki kompyuterda test topshiriqlari orqali aniqlash. O`quvchilar bilim darajasini reyting tizimi asosida baholash. BT da kompyuter texnologiyasini o`zlashtirish hamda darslarda foydalanish ta`limning asosiy vositasi ekanligi va boshqalar. Boshlang`ich sinf o`qituvchisiga qo`yilgan talablar. Boshlang`ich sinf o`qituvchisi chuqur bilimga, yuksak kasb mahoratiga ega bo`lishi hamda bolani o`ziga jalb eta olishi kerakligi. Buning uchun dars berayotgan fanlari (ona tili, bolalar adabiyoti, matematika, tabiyat va boshqalar) bo`yicha nazariy bilimlarga ega bo`lishi, ma`naviyat, pedagogika, psixologiya, metodika, yangi axborot texnologiyasi va boshqa sohalardagi yangiliklarni bilishi, o`z kasbining mohir ustasi bo`lishi, ya`ni yuqori talab darajasida dars o`ta olishi, bolalarni sevuvchi, mehribon, har qanday bolani har qanday holatda o`ziga qarata oladigan qobiliyatga ega bo`lishi lozimdir. BT konsepsiyasini amalga oshirish yo`llari, BT konsepsiyasini chuqur o`rganib chiqish lozimligi. Tuman, maktab uslubbirlashma yig`ilishlarida ma`ruza tayyorlab, bahs-munozara o`tkazish. O`qituvchilar xonasida stend tashkil etish. O`z ustida ishlash mavzulari bo`yicha yillik hamda istiqbol rejalarida BT konsepsiyasi asosida qilinajak ishlarni belgilash. BT konsepsiyasi bo`yicha tuzilgan testlar va topshiriqlarni tahlil qilish va boshqalar. Konsepsiyada tasdiqlanishicha, boshlang`ich ta`limning bosh maqsadi - kichik maktab yoshidagi o`quvchilarda ta`lim olishga, o`rganishga qaratilgan faoliyatni shakllantirish asosida, ularni (milliy istiqlol g`oyalari ruhida) tarbiyalash hamda shaxsiy imkoniyatlarini ro`yobga chiqarishdan iborat (2, 16-b). Demak, boshlang`ich sinf o`qituvchisi 6-7 yoshli xalqimiz farzandlarini to`rt yil mobaynida ilm olishga, yangiliklarni o`rganishga mo`ljallangan darslar (savod o`rgatish, ona tili, o`qish, matematika, atrofimizdagi olam, (tabiatshunoslik), mehnat, tasviriy san`at, musiqa, odobnoma, jismoniy tarbiya) davomida ularni davr talabiga mos, har taraflama to`g`ri shakllangan, barkamol qilib tarbiyalash hamda ularda mavjud bo`lgan individual, tug`ma qobiliyatlarni, talantlarni rivojlantirib, 5-sinfga uzatishi darkor. Buning uchun, o`qituvchining o`zi davr talabiga mos bo`lmog`i zarur. Boshlang`ich ta`lim konsepsiyasida ta`kidlanishicha, boshlang`ich sinf o`qituvchisi “chuqur bilimga, yuksak kasb mahoratiga ega bo`lishi hamda…(har qanday) bolani o`ziga jalb eta olishi kerak” (3; 16). Bu so`zlarni kengroq tahlil qilsak, o`qituvchi, birinchi o`rinda, o`zi dars berayotgan, bizning misolda (“Savod o`rgatish” (ya`ni fonetika), “Ona tili”, “O`qish” (ya`ni bolalar adabiyoti va xalq og`zaki ijodi), “Matematika”, “Tabiat”, “Odobnoma”, “Mehnat”, “Tasviriy san`at”, “Musiqa” va “Jismoniy tarbiya”) fanlarini, bu fanlarda bo`layotgan yangiliklarni chuqur bilishi, o`zlashtirib borishi lozimligi qayt etiladi. Shu bilan birga, yuksak kasb mahoratiga ega bo`lishi uchun pedagogika va psixologiyadagi yangiliklarni, yangi pedagogika va axborot texnologiyalaridan boxabar bo`lib, o`z darslarini metodikadagi eng yangi, eng ilg`or tajribalar, usullar ko`magida tashkil eta olishi kerak. Konsepsiyada belgilangan uchinchi talab, ya`ni “bolani o`ziga jalb eta olishi kerak” jumlasida ham juda katta ma`no yotadi. Bunda o`qituvchining dars paytida o`quvchilar diqqatini o`ziga, darsga jalb qilishi, tortishi haqida aytilmayapti. Aksincha, boshlahg`ich sinf o`qituvchisi (xo u ayol bo`lsin, xo u erkak kishi) avvalo, bolajon, mehribon, xalq farzandlarini o`z bolasidek sevadigan, shu bolalarda millatining kelajagini ko`ra oladigan, ularni, birinchi o`rinda, sog`lom, baquvvat, chiniqqan bo`lib o`sishlarini ta`minlay oladigan bo`lmog`i darkorligi ko`zda tutiladi. Shu o`rinda, boshlang`ich sinf o`qituvchisiga qo`yilayotgan tubandagi vazifalarni ham keltirmoqchimiz. Professor J.G`.Yo`ldoshevning Farg`ona viloyatida bo`lib o`tgan “Ayol - ona va o`qituvchi” mavzusidagi boshlang`ich ta`lim respublika amaliy seminarida qilgan ma`ruzalarida zamonaviy boshlang`ich sinf o`qituvchisining modeli (portreti, unga qo`yilgan talablar) quyidagilardan iboratligi sanab o`tildi: 1. Chuqur bilimga ega. 2.Metodik jihatdan mahoratli. 3.Shaxsiy madaniyati yetuk. 4.Kechirimli. 5.Qaysidir chet tilini biladigan. 6. Iqtisod alifbosi va 7. kompyuterda ishlashni o`zlashtirgan bo`lishi kerak. Xulosa qilib shuni aytish joizki, boshlang`ich ta`limning vazifalari shu bugungi kunda juda ko`p. Bu vazifalarni bajarish uchun davlatimiz tomonidan ancha ijobiy va amaliy ishlar qilinmoqda. Endigi mas`uliyat, asosan boshlang`ich sinf o`qituvchilari zimmasiga tushmoqda. Ular tinmay izlanishlari, muntazam o`z ustlarida ishlab, chuqur bilimga, yuksak kasb mahoratiga ega bo`lmoqlari kerak bo`ladi. Buning uchun, ular boshlang`ich ta`lim bo`yicha barcha me`yoriy-uslubiy hujjatlarni puxta bilishlari, ularda ko`rsatilgan talablarni o`z faolyatlarida, darslarida qo`llashlari lozim bo`ladi. Har bir fan kesimida o`tayotgan darslarini, tadbirlarini zamon talablari darajasida, tashkil etib, o`quvchilarni DTS ko`rsatkichlari darajasiga to`la javob bera oladigan qilib, ta`lim berishlari zarur. Adabiyotlar: Download 39.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling