Uy rasmi va –qu bo’g’inidan uyqu so’zining kelib chiqishi ham yuqoridagicha muhokama qilinadi.
Maktab o’quvchilariga rebus tuzishni o’rgatishning navbatdagi bosqichida rebusda ishtirok etuvchi rasmlar va tovushlar miqdori kengaytirib boriladi. O’quvchilarning ilgarigi mashg’ulotlarda olgan bilimlari asosida bu rebuslar bajariladi. Biroq bularning barchasida o’qituvchi ham, o’quvchilar ham faol qatnashadilar. Bunday o’yinlarda o’quvchilar rasmlarni so’zga aylantirishda ko’proq fikrlaydilar. Bora-bora ta’limiy rebuslarda rasmlar salmog’i oshib boradi. Endi o’quvchilar ikki rasmli va bir tovushli yoki ikki rasmli va bir necha tovushli reburlarni tahlil qilib o’qiydi. O’zlari ham ana shunday rebuslarni tuzishga harakar qilishga o’tishadi. Dastlab ba’zi qiyinchiliklarga uchrashsa ham, asta-sekin bunday rebuslar tuzishga o’rgana boradilar. Bunday rebuslarning o’quvchilar tushunishi mumkin bo’lgan darajadagi murakkabligi hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |